Научная статья на тему 'BUYUK SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOY MA’NAVIY MEROSI VA ULARNI FARZAND TARBIYASIDAGI AHAMIYATI'

BUYUK SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOY MA’NAVIY MEROSI VA ULARNI FARZAND TARBIYASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

771
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUK SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOY MA’NAVIY MEROSI VA ULARNI FARZAND TARBIYASIDAGI AHAMIYATI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

BUYUK SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOY MA'NAVIY MEROSI VA ULARNI FARZAND TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

A. N. Saydullaev

Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat

bo'limi

Sh. A. Nasrullaev

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-Davolash fakulteti tyutori

"Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta'kidlagan edi Prezidentimiz "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" mavzuidagi anjumanda so'zlagan nutqida.

Darhaqiqat, so'nggi yillarda ta'limga oid qabul qilingan barcha me'yoriy hujjatlarda har tomonlama kamol topgan, jamiyatga, turmushga moslashgan, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his eta oladigan fuqoralarni tarbiyalash g'oyasi ilgari surilgan. Zero, har tomonlama barkamol yoshlar kelajakda yurt faravonligini belgilaydi.

Ma'lumki, shaxs kamolotida oilaviy tarbiyaning ta'siri juda katta. Oilada bolalarga tarbiyaviy ta'sir etish sifatini oshirish bugunning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Oiladagi nosog'lom psixologik muhit va tarbiyada yo'l qo'yilayotgan nuqsonlar bola tarbiyasiga o'z salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Shaxs xususiyatlarining shakllanishi eng avvalo u aloqada bo'lgan ijtimoiy muhitga va oilaga bog'liq bo'ladi.

Yoshlar shaxsidagi ma'naviy sifatlarni rivojlantirishda asosan quyidagi sifatlarga alohida ahamiyat qaratish lozim:

-Ota-onalarning oilada farzandlari bilan qilayotgan muomala va munosabatlari;

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

-Oilaviy tarbiyada bolalar va o'smirlarning yosh va individual-psixologik xususiyatlari;

-Ota-onalarda bolalar tarbiyasi to'g'risidagi nazariy va amaliy bilim va ma'lumotlarning mavjudligi;

-Xalqimizning boy ma'naviy merosi, qadriyatlar, urf-odatlar, rasm-rusumlarni tarbiya usullari orqali yoshlarga yetkazilishi.

Oilaning juda katta tarbiyaviy funksiyaga ega ekanligi barchamizga yaxshi ma'lum. Oila haqiqatdan ham yoshlarda ijtimoiy va milliy qadriyatlarni, axloqiy fazilatlarni, hayotiy mezon va me'yorlarni, odob va nazokatlilikni shakllantiruvchi muhim maskandir.

Ma'lumki, oilaviy tarbiya bola hayotida muhim o'rin tutadi. Oilaning bolalarga tarbiyaviy ta'sir doirasi ijtimoiy ta'sir doirasi singari o'ta kengdir. Oila bolalarni Vatanga muhabbat, ota-ona va atrofdagilarga sadoqat, mehnat va xalq boyliklariga ongli munosabat, nuqsonlarga murosasizlik, yuksak axloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirishda, turmushga, ijtimoiy faoliyatga tayyorlashda katta imkoniyatlarga egadir.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, bu borada buyuk Sharq mutafakkirlarining farzandlar tarbiyasi borasidagi boy ma'naviy merosi va undan samarali foydalanish katta ijobiy natija berish bilan birga katta ma'naviy manba bo'lib xizmat qiladi.

Farobiy komil inson obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: "Har kimki ilm xikmatni o'rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog' - salomatligi yaxshi bo'lsin, yaxshi axloq va odobi bo'lsin, so'zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo'lsin, barcha qonun - qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo'lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol - dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to'g'risida bilimga ega bo'lsin". Bu fikrlardan Farobiyning ta'lim va tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy - axloqiy tarbiyada alohida e'tibor berganligi ko'rinib turibdi, uning e'tiqodicha, bilim, ma'rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog'i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishib bo'lmaydi, bola yetuk bo'lib yetishmaydi.

Xuddi shu mazmunda Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida fikr bildirar ekan; "Bolani tarbiyalash oila ota-onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O'z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo'lgan ota - ona tarbiyachi bo'lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g'ururiga tegmagan holda, yakkama - yakka suhbatda bo'lish unga nasihat qilishdir"- deydi Ibn Sino.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

161

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e'tibor beradi va tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo'lib o'sishiga ishonadi. "Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o'zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir-birlariga bo'lgan ruhiy ma'naviy ta'sirlari natijasida tarkib topadi"- deya ta'kidlaydi.

Ajdodlarimizning ko'p ming yillik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, ma'naviyati va qadriyatlarida o'z ta'sirini qoldirgan zardushtiylik dinida ham jamiyatning ilk kurtagi bo'lmish oila va farzand munosabatlariga katta ahamiyat qaratilgan. Muhaddislar ichida eng mashhuri, islom olamining iftixori -AbuAbdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy asarlarida oilada farzandlarni mehr bilan tarbiyalash va ularga bir xilda munosabatda bo'lish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

Sharq mutafakkirlarining ma'naviy merosidan bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Ko'rinib turibdiki, oila va uning atrofidagi muammolar masalasiga Sharq mutafakkirlari va ma'rifatparvar ziyolilar alohida e'tibor bilan qaratganlar. Ularning asarlarida oilaning muqaddasligi, uning jamiyat hayotida tutgan o'rni, oilaning tinchligi va farovonligini belgilovchi muhim milliy-madaniy va milliy - psixologik omillar ko'rsatib o'tilgan. Ayniqsa, oilaning asosini tashkil etuvchi ota va onada yuksak insoniy fazilatlar shakllangan bo'lishi, ularning oilaviy burch va vazifalarini sadoqat bilan ado etishlari, bir-biriga mehribon va kechirimli bo'lishlari oilada tarbiya topayotgan farzandlar kamolotiga bog'liqligi uqtirilgan

REFERENCES

1. Ш.М.Мирзиёев "Ижтимоий баркарорликни таъминлаш, мукаддас динимизнинг софлигини асраш - давр талаби" мавзусидаги анжуманда сузлаган нутки.Тошкент. 2022 йил 15 июн.

2. Б.М.Умаров., А.Н.Сайдуллаев Фарзандлар тарбиясига бефарк булмайлик (ёки ёшлар хулк-атворига оид психологик чизгилар). Услубий кулланма Т.: 2016 й.

3. Ш.Ульжаева. Шарк мутафаккирларининг фарзанд тарбияси хавддаги фикрлари. Т.: 2019 й

4. ШАДустмухдмедова. Шарк мутафаккирларининг оилада фарзандлар таълим-тарбияси борасидаги карашлари. Халкаро анжуман туплами. Тошкент 24 ноябрь 2021й.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

162

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.