Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFFAKIRLARI MEROSIDA TA’LIM VA TARBIYA'

SHARQ MUTAFFAKIRLARI MEROSIDA TA’LIM VA TARBIYA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / odob-axloq / meros / mehnatsevarlik / insonparvarlik / barkamol inson / tafakkur / islom / do‘stlik / saxiylik

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sidikova Zulfiya Murodjon Qizi, Yusupova Madinaxon

Ushbu maqolada sharq allomalarining ta’lim tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari, asarlarning tahlili, pedagogik g‘oyalari va bugungi kunda yosh avlodni yetuk qilib yetishtirishda yangi tarbiya usullari va vositalari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFFAKIRLARI MEROSIDA TA’LIM VA TARBIYA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

SHARQ MUTAFFAKIRLARI MEROSIDA TA'LIM VA TARBIYA 1Sidikova Zulfiya Murodjon qizi, 2Yusupova Madinaxon

Vqtuvchi FarDU, 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11004596

Annatatsiya. Ushbu maqolada sharq allomalarining ta'lim tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari, asarlarning tahlili, pedagogik g'oyalari va bugungi kunda yosh avlodni yetuk qilib yetishtirishda yangi tarbiya usullari va vositalari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya, odob-axloq, meros, mehnatsevarlik, insonparvarlik , barkamol inson, tafakkur, islom, do'stlik, saxiylik

Kirish:

O'zbek xalqi o'zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta'lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda vatanparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik imon-e'tiqod , mehr-oqibat ,kabi umuminsoniy fazilatlarni shakillantirishning o'ziga xos tajribasi to'plangan. Ajdodlarimizdan qolgan boy meros o'zining o'ta muhimligi va ilmiy salohiyati bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini lol qoldirib kelmoqda. Vatanimiz tarixining ibrat olsa arzigulik zarvaroqlarini holisona o'rganish va ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil insonlarni shakillantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. ,,Xalqimizning tayanchi ma'naviy merosning o'zi bir katta xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim. Ajdodlar vasiyatiga sodiq va munosib bo'lmog'imiz kerak'' deb degan jumlalarni birinchi prizentimiz I.A.Karimov bejiz aytmagan.

Mutaffakirlardan biri Imom al-Buxoriy 20dan ortiq kattta va kichik kitoblari mavjud bo'lib , ular orasida ,, Al-jome' as-saxix''alohida o'rinda turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur'ondan keyingi ikkinchi diniy manba deb e'lon qilingan.

Imom al-Buxoriy o'z asarlarida axloq-odob haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e'zozlashga, ular oldidagi o'z burchlarini mukammal ado etishga da'vat etadi. Oilaviy muhitning barqaror tinch, oila a'zolarining sog'-salomat, to'q bo'lishi, kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatda bo'lish fazilatlar hozirgi kunda ham ta'lim tarbiyaga aloqador bo'lib kelmoqda. O'zbek xalqi jahondagi boshqa xalqlar kabi moddiy boyliklargina emas, ma'naviy boyliklarning ham asoschisi hisoblanadi. Tarbiya birinchi oiladan boshlanar ekan, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tibor berish lozim.

Fitrat tarbiyani 3 qismga bo'lgan.

1. Badan tarbiya

2. Aqliy tarbiya

3. Axloq tarbiya

Ibn Sino ham bola tabiatini nafaqat tabib , balki yetuk poedagog sifadida chuqur o'rangan. Ibn Sino bolani onasi emas, balki tarbiyachi tarbiyalashi kerakligi h aqida fikr bildirgan. Uning fikriga qaraganda, bolaning onasi o'z farzandi tarbiyasida ko'proq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida to'g' ri yo'ln i tanlay olmaydi.Tarbiyachi oldiga aniq bir vazifalarni qo'yadi u o' z o'quvchisini qachon jazolash yoki

rag'batlantrishini yaxshi biladi. Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning meyoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko'ra tarbiyani muoffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

bo'lish kerakligini ta'kidlab o'tgan.

Yirik allomalardan biri buyuk mutaffakir Alisher Navoiy axloqning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr bildirgan: ,, Adab kichik yoshdagilarni ulug'vor duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umurbod baxramand bo'ladi. Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'glida abadiy qoladi''. Demak, yaxshi xulq asosi -odob. Alloma o'z davrida ilm olish tamoillarini ham yoritib bergan. Xususan bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini chuqur o' rganish maqsadga muofiqdir deb hisoblaydi. Shu sababli maqasad

yo'lida Samarqandda o'zining shaxsiy mablag'i evaziga ,, Ixlosiya'' madrasasini barpo etdi va uning yonida maktab ochdi. Madrasa va maktab faoliyatini shaxsiy mablag'i hisobidan yo'lga qo'yadi. Madrasada o'ziga xos tartib - qoidalarga muofiq faoliyat yuritilgan. O'zining ,,Mahbub ul qulub'' asarida ilm o'qib uni ishlatmagan kishi urug'sochib hosilidan bahra olmagan kishigan qiyoslanishini aytib o'tgan.

Abu Rayhon Beruniy esa insonning tashqai qiyofasi, uning axloqiy qiyofasi bilan uzviy bog'liqlini ,kishidagi oliyjanoblik va orastalik insonlar bilan muomalasida muhim o'zak ekanligini aytib o'tgan.

Sharq mutafakkirlarning yaratgan shoh asarlardan nafaqat O'rta Osiyo, balki Yevropa mamlakatlari ham foydalanib kelmoqda. Ularning buyuk asarlari yillar davomida o'zbek adabiyoti xazinasini boyitib, o'quvchi- yoshlarni komil inson etib tarbiyalashda muhim manba bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Xulosa qilib aytish mumkinki, Mamlakatimizda oila tarbiya masalalari juda ham dolzarb muomolaridan biridir.

Ma'naviyati yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy merosiga sohib chiqgan avlodni hech qanday tashqi kuch, g'oya yoki mafkura aslo o'z ta'siriga tushira olmaydi.

REFERENCES

1. UMUMIY PEDAGOGIK . -,,FAN VA TEXNALOGIYA'' 2018. YIL

2. MILLIY ISTIQLOL G'OYASI: ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR'' , TOSHKENT 2000 YIL

3. O. HASANBOEVA , J. HASANBOEV, H,HAMIDOV ,,PEDAGOGIKA TARIXI '' , TOSHKENT 1997 YIL

4. I.KARIMOV ,,O'ZBEKISTONNING O'Z ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO'LI '' , TOSHKENT 1994 YIL

5. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF. BAXTIYOR OILA.T: ,, HILOL-NASHR'' 2013 YIL.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.