Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI METODOLOGIYASIDA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHIDA SHARQ MUTAFAKKIRLАRINING PEDAGOGIK TA’LIMOTLАRI VA QARASHLАRINING TUTGAN O’RNI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI METODOLOGIYASIDA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHIDA SHARQ MUTAFAKKIRLАRINING PEDAGOGIK TA’LIMOTLАRI VA QARASHLАRINING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‘lim / tarbiya / ijtimoiy ong / hadis / ensiklopediya / olijanoblik / fidoyilik / rivojlanish / mehnatsevarlik / hikmat / bilim / ma’naviy yuksalish. / education / upbringing / social consciousness / hadith / encyclopedia / nobility / dedication / development / hard work / wisdom / knowledge / spiritual growth.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akbarova, Gulidabonu Lutfillo Qizi

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlаrining pedagogik ta’limotlаri va qarashlаridа tarbiyaning ma’naviy, axlоqiy negizlаri haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PEDAGOGICAL TEACHINGS AND VIEWS OF EASTERN THINKERS IN THE ORGANIZATION OF EDUCATION IN THE METHODOLOGY OF PRIMARY CLASS TEACHERS

This article discusses the spiritual and moral foundations of education in the pedagogical teachings and views of Eastern thinkers.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI METODOLOGIYASIDA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHIDA SHARQ MUTAFAKKIRLАRINING PEDAGOGIK TA’LIMOTLАRI VA QARASHLАRINING TUTGAN O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI METODOLOGIYASIDA TA'LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISHIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK TA'LIMOTLARI VA QARASHLARINING TUTGAN O'RNI

Akbarova Gulidabonu Lutfillo qizi

Andijon viloyati Shahrixon tumani 10-umumiy o'rta ta'lim maktabining Boshlang'ich sinf o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlаrining pedagogik ta'limotlаri va qarashlаridа tarbiyaning ma 'naviy, axhqiy negizlаri haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, ijtimoiy ong, hadis, ensiklopediya, olijanoblik, fidoyilik, rivojlanish, mehnatsevarlik, hikmat, bilim, ma'naviy yuksalish.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются духовно-нравственные основы образования в педагогических учениях и взглядах восточных мыслителей.

Ключевые слова: образование, воспитание, общественное сознание, хадисы, энциклопедия, благородство, самоотверженность, развитие, трудолюбие, мудрость, знания, духовный рост.

ABSTRACT

This article discusses the spiritual and moral foundations of education in the pedagogical teachings and views of Eastern thinkers.

Key words: education, upbringing, social consciousness, hadith, encyclopedia, nobility, dedication, development, hard work, wisdom, knowledge, spiritual growth.

KIRISH

Tarbiya - ijtimoiy ong ko'rinishlaridan hisoblanib, shaxsda halollik, poklik, burch, vijdon, olijanoblik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Tarbiya insonlarning o'ziga, oilasiga, yaqinlariga, do'st-u yorlariga, atrofdagilariga bo'lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan xulq-atvor me'yorlarining majmuasidir. Tarbiya qadimdan ongimizga, qalbimizga singib kelgan, millatimizning o'ziga xosligini ko'rsatib beradigan, o'zbek oilalarining boshqa millat oilalaridan ajratib turadigan, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan sifatlardan biri sanaladi. Eng avvalo, "Tarbiya" faniga to'xtalishdan oldin tarbiya tushunchasining mohiyatini anglash lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Tarbiya keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyatining hamma jabhalariga ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya barcha soha-ishlab chiqarish, turmush, oila, bo'sh vaqtda ham kishilar xulq-atvorini, insoniy munosabatlarini tartibga soladi. Tarbiya ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farq qilib, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy vazifalarni bajaradi.

Pedagogik ensiklopediyada "tarbiya" tushunchasi quyidagicha talqin qilingan1: Tarbiya shaxsda ma'lum jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayondir. Shu bilan bir o'rinda, tarbiya

- bu, kelajak avlodni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan umuminsoniy hamda ijtimoiy tajribani ta'lim oluvchilarga ya'ni o'quvchi va talabalarga tizimli berib borish jarayonidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tahlillar natijasiga ko'ra, tarbiya tushunchasi pedagogik-psixologik kontekstlarda tor va keng ma'noda qo'llaniladi. Tor ma'nodagi "tarbiya" subyekt tomonidan shaxsda muayyan qarashlar, tasavvurlar, me'yorlar, tushunchalar va boshqa shu kabilarni qaror toptirish maqsadida yo'naltirilgan ta'sir ko'rsatish jarayonidir. Bunda tarbiyaviy ta'sir jarayonining reja asosida olib borilishi va aniq maqsadga qaratilganiga urg'u beriladi.

Keng ma'nodagi "tarbiya" tushunchasida esa insonning ijtimoiy tajribani o'zlashtirishiga ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy aloqalarning butun boshli tizimi nazarda tutiladi. Fikrimizcha, o'quvchilarni jamiyat a'zosi sifatida shakllantirishga qaratilgan tarbiyani ijtimoiylashtirishning eng samarali vositasi deyilsa mantiqan to'g'ri bo'ladi. Bu borada, ya'ni tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta'siri, ajdodlarimizning uning ijtimoiylashuvidagi o'rniga oid qator qimmatli fikrlari hanuz o'zining ahamiyatini yo'qotmagan.

Shu nuqtai nazardan IX-XII asrlarda ijod qilgan Sharq mutafakkirlarining tarbiyaviy qadriyatlaridan foydalanish katta pedagogik ahamiyat kasb etadi, degan xulosaga asoslangan holda nazariy ma'lumotlarni mohiyatan o'rganish va tajriba-sinov ishlarimizda ularga tayanishga e'tibor qaratdik. Shuningdek, ajdodlarimizning hayotiy tajribalari, yosh avlod tarbiyasiga oid g'oyalaridan foydalanmasdan turib, Vatanga sadoqatli, xalqi va yurtining ravnaqini o'ylaydigan yuksak fazilatli yoshlarni shakllantirib bo' lmaydi.

XI asrda ijod qilgan Sharq mutafakkirlaridan biri Yusuf Xos Xojibning komil insonni shakllantirish hamda farzand tarbiyasi haqidagi g'oyalari, qarashlari ilmiy-ma'rifiy fikrlari tarbiyaviy ta'sir amaliyotini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

1 Педaгoгикa энциклопедия. «Узбекистан миллий энциклопедияси» Дaвлaт илмий нaшриёти.

- Тошкент, 2015.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" she'riy asarida uning hayoti va faoliyati, o'sha davr voqealari hamda ajdodlardan qolgan bebaho pedagogik qadriyat namunalari aks etgan2.

Tarbiya masalasida so'z borar ekan Imom al-Buxoriyning buyuk merosiga to'xtalmay, u xaqda so'zlamay ketishning imkoni yo'q. Imom al-Buxoriy boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan. Durdona asarlaridan biri "Sahihi Buxoriy" asari bo'lib, Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo'ldi, o'sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom ta'limotida Qur'ondan keyingi ikkinchi o'rinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Boy ma'naviy va tarbiyaviy meros qancha davrlar o'tsa ham farzand tarbiyasida eng samarali, eng ta'sirli va eng sevimli asardir. Ular mehr-muhabbat, saxiylik, ochiq ko'ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollikka da'vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o'zini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo'l -yo'riqlar, pand-nasihat va o'gitlar aks ettirilgan. Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: "Boshliq bo'lmasingizdan avval ilmni chuqur o'rganing! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari yoshlari ulg'ayganda ham ilm o'rganganlar"

Yosh avlodni tarbiyalashda buyuk ajdodlarimizning o'gitlari, pand-u nasihatlari, hadis-u rivoyatlari katta ahamiyatga ega. Imom al-Buxoriyning hikmatli xazinalaridan boshlang'ich sinf o'quvchilarining "Tarbiya" darsini o'rgatish, sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlardan unumli foydalanish, o'quvchilarning axloqiy-estetik qarashlarini yanada rivojlantirish mumkin. Bugungi kunda ham Imom Muhammad al-Buxoriyning nafaqat diniy, balki ijtimoiy, iqtisodiy, tarbiyaviy, estetik, ma'naviy, ma'rifiy tarbiyaga oid ilg'or g'oyalari alohida o'rin egallaydi. Shuningdek, odob va tarbiya, insonparvarlik, xalqsevarlik, ota-onani e'zozlash, adolatparvarlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, yoshlarni o'zlaridan katta kishilarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilishga oid yondashuvlari bugungi kunda muhim tarbiyaviy qadriyat sifatida baholanadi. Sharq mutafakkirlari o'zlarining asarlarida tarbiyaning bir nechta turlari haqida fikr yuritganlar. Ular - badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi, mulk tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, mehnat tarbiyasi, tejamkorlik tarbiyasi kabilar. Ularning fikricha, bolalarga tarbiyani ona qornidayoq berish kerak. Tarbiya

2 rocy$ Xoc Xp^uÖHHHr «KyTagry 6HOTr» acapn. Fo$yp Fy^OM HOMugarn BagnuH agaônëT HampnëTH. TomKeHT 1971 h

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ishida ota-onalar, mahalla fidoyilari, tarbiyachilar, o'qituvchi-murabbiylar, jamiyat a'zolari hamda hukumat vakillari ham mas'ul ekanliklarini ta'kidlaydilar.

MUHOKAMA.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, tarbiya alohida xususiy ish emas, balki milliy, ijtimoiy ish hisoblanadi, har bir xalqning taraqqiyoti, davlatlarning qudratli bo'lishi kelajak avlodlar tarbiyasiga bog'liq, deyish mumkin. Shuningdek, Abu Nasr ibn Iroqning fikrlari e'tiborga loyiq3. Uning fikricha, har tomonlama tarbiyalanganlik insonga xos xususiyat bo'lib, yer yuzida uning oliy mavjudot ekanligini namoyon qiladi. Tarbiyali kishi yomon rasm-rusumlarni yo'qotib, halollik, rostgo'ylik, yaxshi, ezgulikka boshlaydigan qonun-qoidalarni o'z hayotiga joriy etadi. Bunday darajaga yetishish uchun esa, inson avvalo, o'zini o'zi anglab yetishi kerak. Tarbiyaviy manbalarda ilgari surilgan g'oyalar mag'zini chaqqan bo'lishi muhimdir.

Ma'lumki, aksariyat oilalarda farzand tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashish, manbalarda berilgan qoidalarni tushuntiradigan va albatta, bu jarayonda shaxsiy namuna ko'rsatiladigan muhit yaratilmagan. Kattalar ta'siri orqali e'tiqod munosabatlarini o'rganish imkoniyati yetarli bo'lmagan bolalar maktabda, xususan, Tarbiya va boshqa fanlarda taqdim etiladigan tarbiyaga oid ma'lumotlarni o'zlashtiradilar, hayotiy vaziyatlarni tahlil qilishlari mumkin. Aynan mana shu vaziyat ham boshlang'ich sinf o'qituvchilari zimmasidagi mas'uliyatni kuchaytiradi.

Demak, ta'lim muassasalarida boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy amaliyotga tayyorlashda ham aynan oilalarning tavsiflari va ulardan kelib chiqqan holda o'quvchilarni tarbiyalash metodikalariga ustuvorlik berish zarurati ham biz tanlagan muammoning ham metodik, ham ijtimoiy jihatlarga egaligini ko'rsatadi.

Markaziy Osiyoda tarbiya metodlarining rivojlanish tarixi o'rganilganda, ta'limda turli usullarning amaliyotda qo'llanilganini ko'rish mumkin. Jumladan, Abu Ali ibn Sino "Tadbir al-ma'nozil" asarida yosh bolalarni tug'ilganidan boshlab voyaga yetgunigacha ma'lum tartibda tarbiyalab borish lozimligini aytadi. U bolalarni individual ravishda bilim berishdan ko'ra jamoaviy tartibda o'qitishni afz al biladi va shunday deb yozadi: "Talabalar o'qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. Talabalar birga bo'lganlarida doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o'z tarbiyasi, nutqini rivojlantiradilar".

Yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash muammolari Yan Amos Komenskiyning qarashlarida ham alohida o'rin tutgan. U shaxsning borliqni o'rganishga yordam beruvchi sezgi organlari bilish jarayonlarida yetakchi o'rinni egallashini ta'kidlagan 4.

3 Ал-Беруни Абу Рaйxaн.Книгa об индийских рaшикax.Пер. и прим Б.А.Розенфельдa. В кн.: Из истории гауки и техники в a^arax Востокa.Вып.3, 1963, с. 148-170

4 https://mbaza.uz/anywork/yan-amos-komenskiyning-maktabgacha-yoshdagi-bolalarni-rivojlantirishga-oid-qarashlari/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

K.D.Ushinskiy o'z ilmiy tadqiqotlarida tarbiyani fikrlash hamda iroda sifatlarini rivojlantirishdan iborat faoliyat, deb tushuintirganligini ko'rishimiz mumkin. Bilim oluvchilarda tarbiyaviy sifatlarni rivojlantirish jarayonida ishonch va qat'iyatni tarkib toptirish zaruratini ta'kidlab o'tadi5.

Nazariy manbalar tahlilida "tarbiya", "farzand tarbiyasi", "odob-axloq" kabi tushunchalarning mohiyatan teng ta'sir doirasiga ega tushunchalar ekanligi sababli, ular haqida olim va ulamolarning fikrlari ham tahlil qilindi. Jumladan, T.Ortiqov, Mahmud Hasaniy, A.Ibrohimov, N.Komilov, A.Avloniy, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari va boshqalarning asarlarida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan qarashlar mavjud. XULOSA.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, professor T.Ortiqov o'zining "O'zbek gulistoni yoxud axloq" nomli risolasida farzand tarbiyasiga oid juda ko'plab ma'lumotlarni keltirib o'tgan. Rostgo'ylik va yolg'onchilik, shirinso'zlik va zaharxandalik, halol va xarom, ixlos va tilga ehtiyotkorlik, sabrlilik va besabrlik, omonatga xiyonat va omonatga sadoqat kabi juda ko'plab sifatlarni solishtirib, diniy va dunyoviy jihatdan asoslab bergan6. Uning risolasida keltirilgan hikoyalarda farzand tarbiyasiga oid muhim jihatlar aks etgan. Bir xudojo'y qo'shnim, doimo xotini va bolalariga, qizlariga "ovozing ko'chaga chiqmasin" deb aytar edi. Qo'shnilardan uyalishni, hayo qilish zarurligini doimo uqtirar edi. O'zi savodsiz bo'lsa-da, Qur'on va hadislar ma'rifatini yaxshi ko'rar edi. U kishi qirq yil avval vafot etdi. O'g'illari voyaga yetdi, mehnat qildilar, tarbiyali insonlarga ham aylandilar"

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. "Педaгoгикa" энциклопедия. «Узбекистан миллий энциклопедияси» Дaвлaт илмий ташриёти. - Тошкент, 2015.

2. Юсуф Хос Хржибнинг «KутaдFу билиг» aсaри. Гофур Гулом нoмидaги Бaдиий aдaбиёт нaшриёти. Тошкент 1971 й

3. Ал-Беруни Абу Рaйхaн.Книгa об индийских рaшикaх.Пер. и прим Б.А.Рoзенфельдa. В кн.: Из истории туки и техники в стрaнaх Вoстoкa.Вып.3, 1963.

4. Т.Орти;ов Узбек гулистони ёхуд axroK;. Тошкент. «Нвруз ташриёти» 2019 й.

5. Мухдммaд Соди; Мух1aммaд Юсуф. Рухдй тaрбия, Т.: «Шлрк», 2010, 241-б

6. А.Авлоний, Туркий гулистон ёхуд aKro;. Т.: «У;итувчи», 1992. 22-23

5 https://azkurs.org/k-d-ushinskiy-pedagoglik-faoliyatini-ilmiy-ijtimoiy-ish-bilan.html

6 Т.Орти;ов Узбек гулистони ёхуд яхло;. Тошкент. «Нлвруз нaшриёти» 2019 й.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

7. 100 MyMT03 $aönacy$. TomKeffr: ^Hra acp aBnogn, 2017.-416 6

8. U^epoH MapK TynnHH (M.a. 106-43) - www.ziyouz.uz

9. https : //in-academy.uz/index.php/ej ar/article/view/15137

10. https ://j ournal. imras. org/index. php/sps/article/view/896

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.