Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023
O'QUVCHI YOSHLARNING ESTETIK KAMOLOTIDA AN'ANAVIY MUSIQA IJROCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI
Hamroqulov Naimjon Baxronovich
O'zbekiston - Finlandiya pedagogika instituti san'atshunoslik fakulteti musiqa ta'limi kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqola barkamol avlod estetik tarbiyasida musiqaning o'rni va ahamiyati, umumta 'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida musiqa madaniyati fani bo 'yicha o 'quv mashg 'ulotlarini olib borishning ba 'zi muammo va yechimlari, shuningdek, bolalarning yoshiga mos asarlar tanlash hamda uni o 'qitish metodikasi borasida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalitso'zlar: barkamol avlod, shaxs, davlat ta'lim standarti, o'quv reja, musiqa, kuy, qo 'shiq.
ABSTRACT
The article is about the role and importance of music in the aesthetic education of the mature generation, some problems and solutions of conducting training sessions on the subject of music culture in the primary classes of general education schools, as well as the selection of works suitable for the age of children and its Opinions were held about the teaching method.
Key words: mature generation, person, state educational standard, curriculum, music, tune, song.
KIRISH
Har qanday jamiyatda yosh avlod tarbiyasi davlat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan. Chunki, jamiyatning jamiyat sifatida ravnaq topishi va rivojlanishi ana shu kelajak avlodi tarbiyasiga bog'liq. Ma'lumki, tarbiya shaxsni jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash, shuningdek, uning ma'naviy, aqliy, jismoniy va musiqiy rivojlanishiga muntazam ta'sir etib boruvchi uzluksiz jarayon. Endilikdagi asosiy vazifa ana shu yoshlarga ta'lim va tarbiya berish, ularning kuch va sadoqatini ana shu Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va osoyishtaligi, respublika mustaqilligini mustahkamlash yo'lida safarbar etishdir. Buni dunyoning ko'pgina davlatlari qatori O'zbekiston Respublikasi hukumatining olib borayotgan odilona siyosati natijasida amalga oshirilayotgan keng ishlar ko'lamida payqash qiyin emas.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qadimgi davrlarda musiqa san'atini o'ziga kasb qilmoqchi bo'lgan yoshlar usta san'atkorga shogird tushib, yillar mobaynida uning uyida yashab, nafaqat ustozning san'at bobidagi mahoratini, balki uning barcha yaxshi fazilatlarini o'ziga singdirib olgan. Vaqt o'tishi bilan ustoz-shogird an'anasi mahorat maktablarining vujudga kelishida poydevor vazifasini o'tagan. Bunday maktablarning samarali faoliyati mazmunida shaxsni jamiyatda kamol topishi va o'z o'rnini belgilashida musiqa haqiqiy ma'nodagi kasbiy tarbiya vositasi ekanligi o'z ifodasini topdi.
O'zbek xalqining yuksak milliy qadrqimmati, or-nomusi va shon-sharafi uning o'ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir. Farzand tug'ilishi bilan unga alla orqali ota-onaning orzu umidlari, his'hayajonlari, o'y-kechinmalari ohang orqali singdirilib boriladi. Bola ulg'ayib borgan sari unga turli janrdagi qo'shiq-aytim va kuy-ohanglar hamroh bo'ladi. Qo'shiq aytimning kuy-ohang va she'riy ma'no mazmuni o'sib kelayotgan yosh avlodni o'z tarbiyasiga oladi. Bolaning hatti-harakatlarida namoyon bo'la boshlaydi. Bu jarayonda farzandlarimiz qanday kuy-qo'shiq eshitayotganligi orqali uning xatti-harakatlaridagi o'zgarishlarni kuzatib borish mumkin bo'ladi.
Barkamol avlod kamolotida musiqa tarbiyasini amalga oshirishda musiqa sohasi bo'yicha kadrlar tayyorlayotgan ta'lim muassasalarida «Musiqa o'qitish metodikasi» fani katta ahamiyat kasb etadi. Bu fan maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinfi, o'rta va yuqori sinflarida musiqa o'qitish metodikasi orqali singdirilib boriladi. «Musiqa o'qitish metodikasi» fan sifatida o'zining tizimiga mansub bo'lib, musiqiy fanlar tarmog'ida o'zining mustaqil o'rniga egal. Unda musiqiy tarbiya mazmuni, metodlari, sifat va samaradorlikka erishish yo'llari, qonuniyatlari o'rganiladi. O'quvchi-yoshlarni musiqa mashg'ulotlari asosida tarbiyalashda nafosat, musiqa fiziologiyasi, musiqiy psixologiya kabi qator fanlarning tajribalariga tayanish lozim. Chunki musiqa inson ruhiyati bilan uzviy bog'liq bo'lib, unga eng oson ta'sir etuvchi kuch hamdir.
Musiqa asarini ongli idrok etish, asar mazmunini tushuntirishda o'quvchilarga musiqa tinglash mashg'ulotlarini to'g'ri tashkil etish muhimdir. Bu ularda tajriba to'plash va undan oqilona foydalanish, shu bilan birga ma'naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Yoshlarni musiqaga bo'lgan qiziqishida musiqiy estetik didini tarbiyalaydi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta'siri ostidagina shakllanmaydi. U uyda, tevarak-atrofda, jamoat joylarida, to'y-hashamlarda, bayramlarda, ham shakllanadi. Bunda ommaviy axborot vositalari ham katta rol o'ynaydi. Gap umumta'lim maktablari haqida borar ekan, bunda albatta, musiqiy pedagogik metodlar o'z yechimini kutadi:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
a) o'quvchi-yoshlarda ijodiy musiqiy qobiliyatni erta rivojlantirish;
b) ijro mahorati, ovoz rivojlanishini nazorat qilish;
v) tarbiyalanuvchi yoshi va individual xususiyatlarini e'tiborga olish;
g) o'quvchilarning musiqiy faoliyatlarining turli shakllarda rivojlanishida keng shart-sharoitlar yaratish.
Yuqorida ta'kidlanganidek, barkamol avlod tarbiyasi, musiqa ta'limi va tarbiyasini tashkil etishda ta'lim muassasalari yetakchi omil hisoblanadi. Chunki o'quvchilarning ommaviy tarzda jalb etilishi maktabdagi musiqa faniga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Bunda xoh u maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lsin, xoh umumta'lim maktabi bo'lsin yaratilayotgan davlat ta'lim standartlari (DTS) hamda o'quv dasturlarini tuzishda o'quvchining yoshga xos psixologik xususiyatlarini inobatga olish lozim.
Bolada juda yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini tarbiyalash lozim, bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi, degan g'oyani ilgari suradi. Darhaqiqat, musiqa nafaqat insonning ruhiyatiga samarali ta'sir etuvchi vosita, balki o'z mohiyati va jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko'ra, tarbiya vositasi hamdir.
O'sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama komil inson bo'lib shakllanishida barcha fanlar qatori musiqaninng o'rni naqadar katta ekanligini hamma juda yaxshi biladi. Musiqa shaxs ma'naviy barkamolligining tarkibiy va o'z o'rnida ajralmas qismlaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Musiqa san'atining yosh avlodga kuchliroq ta'sir ko'rsatishi faqat uni tinglash yoki chuqur idrok etishni emas, balki o'quvchilarning shu san'at bo'yicha musiqa madaniyati darslari jarayonida o'rganilayotgan kuy-qo'shiqlarni ularning tafakkurida shakllantirish va rivojlantirishni taqozo qiladi.
Modomiki shunday ekan, umumta'lim maktablarida olib borilayotgan «Musiqa» darslarining mohiyatini bugungi kunda musiqa pedagogikasi nuqtai nazardan o'zlashtirish, dars mashg'ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun avvalambor, o'qituvchi yuqori darajadagi pedagogik texnologiyalarni yaxshi egallagan, zamonaviy axborot texnologiyalardan chuqur tajriba va malakaga ega bo'lishi, dars ishlanmalarini o'quv elektron modul - sillabuslar asosida yaratgan bo'lishi lozim. Chunki bugungi kun musiqa ta'limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli, ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdir.
O'quvchilarda yuqorida keltirilgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirishda «Musiqa madaniyati» fanining asosiy nazariy tarkibiy qismini tashkil etuvchi «Musiqa nazariyasi», «Solfedjio», «Garmoniya», «Musiqiy cholg'ularni o'rganish» bo'limlariga alohida e'tibor qaratish muhimdir. Bu faoliyat o'quvchilarda nota
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
o'qishni shakllantirish bilan bir qatorda musiqani ongli ravishda idrok etishni ham rivojlantiradi. Bu esa o'quvchilarda musiqa darslarining vokal, xor, jamoa bo'lib qo'shiq aytish, musiqa nazariyasi, musiqa tinglash kabi boshqa qator faoliyatlarini osonlik bilan o'zlashtirishlarida juda katta yordam beradi.
Musiqa darslarining unumli bo'lishi uchun dars mashg'ulotlari davomida solfedjio, ya'ni nota o'qish, notaga qarab kuylash faoliyatlariga ko'proq vaqt ajratish maqsadga muvofiqdir. O'quvchilar kuylash mashg'ulotlari davomida barcha faoliyatlarini nazariy va amaliy jihatdan bir-biriga bog'laydi.
Xulosa o'mida, barkamol avlodni musiqa orqali tarbiyalashda quyidagi asosiy tamoyillami ilgari surishni tavsiya etamiz:
1. O'quvchi-yoshlarning badiiy didini milliy kuy-qo'shiqlar asosida o'stirish tamoyili. Mazkur tamoyilning asosiy vazifasi asosan o'quvchi-yoshlarning badiiy-musiqiy didini o'stirishdan iborat. Bunda asosan o'zbek musiqiy merosi qatlamlarida mavjud xalq qo'shiqlari va milliy cholg'u kuylaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.
2. O'quvchi-yoshlarning eshituvchanlik qobiliyatini o'stirish tamoyili. Mazkur tamoyil bugungi kunda o'ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sir emaski, G'arb mamlakatlaridan «ommaviy madaniyat» degan tushuncha jadal sur'atda butun Sharq mamlakatlari madaniyatiga ta'sir qilmoqda. Bu holat O'zbekistonni ham chetlab o'tgani yo'q. Ommaviy madaniyatning yoshlarga singdirilishida musiqa asosiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun yoshlarga ta'lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega milliy kuy-qo'shiqlarni eshittirish va uni kuylash yo'l-yo'riqlarini o'rgatish ancha samara beradi. Demak, barkamol avlodni tarbiyalashda musiqa eshitish tarbiyasini to'g'ri tashkil etish muhim.
3. O'quvchi-yoshlar tarbiyasida milliy, umuminsoniy g'oyalarni o'zida mujassam etgan, Ona-Vatanga muhabbat va sadoqat ruhiyati kasb etgan kuy-qo'shiqlarni o'rgatish va ularni dasturlarning asosiy qismi sifatida qarash tamoyili.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Karimov I.A. O'zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «O'zbekiston», 1998.
2. Sharipova G. Musiqa va uning o'qitish metodikasi. - T., 2006.
3. Mansurov A., Norxo'jaev N. Musiqa.5-sinf uchun darslik. - T., 2018.
4. Ibrohimov O. va boshqalar. Musiqa. 7-sinf uchun darslik. - T.,2018.
5. Рахматов, З. Н., & Рашидов, Д. Н. (2023). Пути совершенствования механизма разработки маркетинговой стратегии ао «узтемирйулйуловчи». Innovative achievements in science 2022, 2(17), 55-60.
6. Ilxomov M. Barkamol avlod tarbiyasida she'r, qo'shiq, ohang. - T., 2018.
XULOSA