Научная статья на тему 'BО’LАJAK BOSHLANG’ICH SINF О’QITUVCHILARINI TАRBIYА FАNINI О’QITISHGA MЕTОDIK TАYYORLASH PEDAGОGIK MUAMMО SIFATIDА'

BО’LАJAK BOSHLANG’ICH SINF О’QITUVCHILARINI TАRBIYА FАNINI О’QITISHGA MЕTОDIK TАYYORLASH PEDAGОGIK MUAMMО SIFATIDА Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

39
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / umuminsoniy qadriyatlar / yakka tartibda o‟qitish / ijtimoiy muhit / tarbiyaning zamoni / badan tarbiyasi / fikr tarbiyasi / axloq tarbiyasi. / globalization / universal human values / individual education / social environment / time of education / physical education / intellectual education / moral education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnura Zafarbek Qizi Novshadbekova

Ushbu maqolada bo‟lajak boshlang‟ich sinf o‟qituvchilarini tarbiya fanini o‟qitishga tayyorlash tizimini takomlillashtirish masalalari, tarbiya fanida qo‟llaniladigan metodlar, sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qarashlari hamda ularning bugungi kunda amaliyotga tadbiqi haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the issues of improving the system of training future primary school teachers to teach education, the methods used in education, the views of Eastern thinkers on education and their application in practice today

Текст научной работы на тему «BО’LАJAK BOSHLANG’ICH SINF О’QITUVCHILARINI TАRBIYА FАNINI О’QITISHGA MЕTОDIK TАYYORLASH PEDAGОGIK MUAMMО SIFATIDА»

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O'QITISHGA METODIK TAYYORLASH PEDAGOGIK MUAMMO

SIFATIDA

Dilnura Zafarbek qizi Novshadbekova

Andijon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga tayyorlash tizimini takomlillashtirish masalalari, tarbiya fanida qo'llaniladigan metodlar, sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qarashlari hamda ularning bugungi kunda amaliyotga tadbiqi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, umuminsoniy qadriyatlar, yakka tartibda o'qitish, ijtimoiy muhit, tarbiyaning zamoni, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi.

ABSTRACT

This article discusses the issues of improving the system of training future primary school teachers to teach education, the methods used in education, the views of Eastern thinkers on education and their application in practice today

Keywords: globalization, universal human values, individual education, social environment, time of education, physical education, intellectual education, moral education.

KIRISH

O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirishda moddiy omillar bilan birga bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorlash pedagogik muammo sifatida darajasi va salohiyatiga ko'ra ham muhim ahamiyatga ega. Talabalarning tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va zamon talablariga muvofiq faoliyat yurita olishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratishda boshlang'ich ta'lim tizimi alohida ahamiyat kasb etadi.

Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, -yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bo'g'chalar, maktablar, oliy o'quv yurtlari, nufuzli horijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, "Temurbeklar maktabi", "Prezident maktabi", "Ijod maktabi" deb nom olgan mutloq yangi na'munadagi ta'lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida

March, 2023

479

raqobatga qodir bo'lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda. [1, 4-bet]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorlashning bosh maqsadi - yosh avlod barcha jabhalarda yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun kerakli bo'lgan barkamol shaxs qilib shakllantirishdir. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qator qaror va farmonlar yosh avlodning ta'lim va tarbiyasini rivojlantirishga qaratilganligi hech birimizga sir emas. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan soxalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 422-son qarori umumta'lim muassasalari o'quvchilarining yoshiga mos psixo-fiziologik jihatlarini hisobga olib ularda umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma'naviyatni, sog'lom muhitni chuqur singdirish, o'quvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumta'lim tashkilotlari tasarrufidagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangi bosqichda tashkil etishga qaratilganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Yuqoridagi qarorga muvofiq umumta'lim tashkilotlarida "Vatan tuyg'usi", "Odobnoma", "Dunyo dinlari tarixi" hamda "Milliy istiqlol g'oyasi" fanlarini birlashtirib yagona "Tarbiya" fani 1 - 9 sinf o'quvchilarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab, 10-11 sinf o'quvchilarida esa 2021-2022 o'quv yilidan boshlab o'quv fanlariga ajratilgan asosiy soatlar doirasida amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. [4, 203-bet]

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorlash ta'lim jarayonining asosiy bo'g'ini bo'lgan, doimiy diqqat va e'tiborni talab qiladigan, o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan pedagogik muammodir.

Markaziy Osiyoda tarbiya metodlarining shakllanish va rivojlanish tarixi o'rganilganda ta'limda turli usullarning amaliyotda qo'llanilganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, Abu Ali ibn Sino "Tadbir al-manozil" asarida yosh bolalarni tug'ilganidan to voyaga yetgunigacha ma'lum tartib asosida tarbiyalab borish lozimligini aytadi. U bolalarni yakka tartibda o'qitishdan ko'ra jamoa tartibida o'qtishni afzal deb biladi va bu usulning ustuvorligi haqida shunday deb yozadi: "Bolalar o'qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. Ular birga bo'lganlarida doimo bir-birlari bilan suhbatlashadilar va bu bilan o'z tarbiyasi va nutqlarini rivojlantiradilar".

Barchamizga ma'lum bo'lgan yana bir sharq mutafakkiri Abdulla Avloniyning pedagogik asarlari ichida "Turkiy guliston

March, 2023

480

yohud axloq" asari 20-asr boshlaridagi pedagogik qarashlar taraqqiyotini o'rganish borasida ulkan ahamiyatga molik asar hisoblanadi. "Turkiy guliston yohud axloq" asari axloqiy, talimiy va tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilik qilishga chorlovchi, yomonlardan qaytaruvchi ilm-ahloq haqida fikr yuritiladi. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib "Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, ahloqsiz bo'lib o'sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turib yulduzlarga qo'l uzatmoq kabidir",- deydi. [2, 12-bet] Uning fikriga ko'ra, bolalarda axloqiy hislatlarning shakllanishida ijtimoiy muhit, sharoit va atrofdagi kishilar g'oyat katta ahamiyatga ega.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi bo'lib "Pedagogika", ya'ni bola tarbiyasining fanidir, deb tarif berdi. Tabiiyki, bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.

Abdulla Avloniy bola tarbiyasini to'rt bosqichga ajratadi:

1. "Tarbiyaning zamoni"

2. "Badan tarbiyasi"

3. "Fikr tarbiyasi".

4. "Axloq tarbiyasi" haqida va uning ahamiyati tog'risida fikr yuritadi. "Tarbiyaning zamoni" bo'limida tarbiyani yoshlikdan berish lozimligini, bu ishga barchani: ota-ona, o'qituvchi, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi. Avloniy "Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo xayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir" deb ta'kidlaydi. Tarbiya xususiy ish emas, milly va ijtimoiy ishdir. Har bir millatning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga albatta bog'liq, deb xisoblaydi adib. Tarbiya farzand dunyoga kelgandan boshlab, umrining oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichlardan - uy, bog'cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. [3, 8-bet]

Tarbiyaning zamoni haqida fikr yuritar ekanmiz, u tarbiyaning asosini yaratishini anglashimiz mumkin bo'ladi. Chunki badan tarbiyasi yoki fikr tarbiyasi ham badan tarbiyasi zamonida amalga oshiriladi. Shu sababli ham boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda asosiy urg'uni tarbiya oluvchiga emas, tarbiya beruvchiga qaratish o'rinli bo'ladi deb hisoblaymiz. Taqlid qilish nuqtayi nazaridan boshlangich sinf o'quvchilari ancha faol bo'ladilar. Nazariya asosiga emas, bevosita amaliy tajribalar asosiga qurilgan ta'lim barqaror va beqiyosdir.

Talim- o'quvchi yoki talaba bilishi, egallashi lozim bo'lgan bilimlar manbayi bo'lsa, tarbiya- shaxsda mujassam bo'lgan

March, 2023

481

bilimlarni, yangi nazariyalarni bevosita amaliyotga tatbiqi sifatida qaralishi o'rinli bo'ladi.

Avloniy tarbiyani keng ma'noda tushunadi. Uni faqatgina axloq bilan chegaralab qo'ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog'ligi bilan shug'ullanish kerakligini uqtiradi. Avlonining fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. Badanning salomat va kuchli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o'qimoq, o'qitmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir.

Tananing sog'lom bo'lishi fikrning te'ran va ravshan bo'lishini ta'minlaydi. Zero, ko'plab allomalarimizning uzoq yillik ilmiy tadqiqotlarida ham bu o'z aksini topgan. Badan tarbiyasi masalasida bolani sog'lom qilib o'stirish borasida ota-onalarga murojaat qilib, bolani fikr tomondan o'stirishga alohida e'tibor beradi.

Respublikamiz pedagog olimlari S.Nishonova, M.Kuronovlarning tadqiqotlarida talaba shaxsining manaviy-axloqiy ongini shakllantirish asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish va barkamol shaxsni shakllantirish konsepsiyalari yaratilgan.

Kelajak avlodni ilm-fan va ta'lim-tarbiya negizida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o„z o'rnida tarbiya ma'naviyat bilan chambarchas bog'liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalaridir.

Shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik va uslubiy adabiyotlarda talabalarning taabiyaviy ishlarini tashkil qilishga qaratilgan bir qator vazifalar aniqlangan, ammo ular ta'lim tizimida yetarlicha yoritilmagan, amaliy ko'rsatmalar ishlab chiqilmagan. Talabalarning darsda tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish uchun zarur bo'lgan pedagogik shart-sharoitlar aniqlanmagan.

XULOSA

Talabalarda tarbiyaviy jihatlarni o'stirish va tarbiya bilan doimiy shug'ullanishi nihoyatda zarur va muqaddas vazifa hisoblanadi. Binobarin, u o'qituvchilarning "Diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadir...Negaki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'liqdir"

Eng avvalo "Tarbiya" faniga to'xtalishdan oldin tarbiya tushunchasining o'zini tushunish lozim.

Tarbiya - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, yoshlarda halollik, poklik, burch, vijdon, mas'uliyat, fidoyilik kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Tarbiya insonlarning o'ziga, oilasiga, yaqinlariga, do'st-u yorlariga bo'lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan xulq-

March, 2023

482

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

atvor me'yorlarining majmuasidir. Tarbiya keng qamrovli tushuncha tariqasida inson faoliyatining barcha jabhalariga ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya barcha jabhalarda - ishlab chiqarish, turmush, oila, bo'sh vaqtda ham kishilar xulq-atvorini, insoniy xususiyatlarini tartibga soladi. Tarbiya ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farq qilib, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy vazifalarni bajaradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta'lim va fanni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son qarori.

2. A.Avloniy "Turkiy guliston yohud axloq" asari

3. T. Ortiqov O'zbek gulistoni yohud axloq. Toshkent. «Navruz stancioty» 2019 y.

4. Novshadbekova, D. (2022). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga metodik tayyorlashni takomillashtirish. Science and innovation, 1(B6), 202-205.

17-18 b.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.