Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIY CHIN MA’NODA MUALLIM'

ABDULLA AVLONIY CHIN MA’NODA MUALLIM Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1622
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta‟lim / tarbiya / axloq / badan tarbiyasi / fikr tarbiyasi / pedagogika / darslik / usuli jadid.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mohidil Sobirjon Qizi Yo’Ldosheva

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy yaratgan darsliklar va o‟qish kitoblari to‟g‟risida so‟z boradi. U yaratgan darsliklar savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli yetkazishga alohida e‟tibor berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIY CHIN MA’NODA MUALLIM»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-769-773

ABDULLA AVLONIY CHIN MA'NODA MUALLIM

Mohidil Sobirjon qizi Yo'ldosheva

Namangan davlat universiteti Pedagogika-Psixologiya fakulteti Pedagogika nazariyasi va tarixi 2-bosqich magistranti E-mail: yuldoshevamokhidil@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy yaratgan darsliklar va o'qish kitoblari to'g'risida so'z boradi. U yaratgan darsliklar savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli yetkazishga alohida e'tibor berilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, axloq, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, pedagogika, darslik, usuli jadid.

KIRISH

Bugungi rivojlanayotgan va taraqqiy topayotgan jamiyatimiz manaviyatini yanada rivojlantirishda millatimiz tarixini o'zida aks ettirgan tarixiy, badiiy, ilmiy, asarlarning alohida o'rni bor. O'zbek adabiyoti bunday asarlarga juda boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat "Adabiyot yoxud milliy she'rlar" hamda "Birinchi muallim" , "Turkiy guliston yoxud axloq" , "Ikkinchi muallim" , "Maktab gulistoni" kabi darslik va o'qish kitoblari xarakterlidir.

Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli yetkazishi alohida e'tiborni tortadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

2019-yil 3-avgust kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev mamlakatimizning ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Ushbu uchrashuvda madaniyat va san'at sohasida yuzaga kelgan ko'plab muammolar o'rtaga tashlandi, ayni paytdagi ijodiy jarayonlar muhokama qilindi.

Mazkur yig'ilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari adabiyot va san'at sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar xususida so'z bordi, yosh iste'dodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-769-773

adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida yangi g'oya, tashabbus va takliflar bildirildi. "Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o'ta muhim masala borki, unga alohida to'xtalib o'tishni zarur deb bilaman. U ham bo'lsa, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog'liqdir. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan ham yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir va o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan, ta'bir joiz bo'lsa, masalalarning masalasidir"1.

Shu ma'noda, bugungi kunda Abdulla Avloniy yozgan asarlarining bolalar adabiyoyotida tutgan o'rni, o'ziga xos xususiyatlari, muallifning darslik yaratishdagi harakatlari, uning talim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langanligi, adibning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini o'rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.

Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog'langan. Uning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qiladi. Shu ma'noda Avloniyning siymosi, faoliyati biz uchun qadrlidir.

Taniqli ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan, o'z asarlarida o'zbek xalqining eng yaxshi an'analarini, ta'lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir.

Abdulla Avloniy xalq orasida ilg'or fikrlarni tarqatishda, ilm va ma'rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli g'oyat katta ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907 yili «Shuhrat», «Osiyo» nomli gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi. Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib, «Matbuot har insonga o'z holini ko'rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong'i kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, ittifoq, himmatg'oyalari»ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog'i mumkin bo'lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog'i mumkin emasligini uqtiradi.

XX asr boshlarida O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida pedagogik fikrlarning rivojida Abdulla Avloniy alohida o'rin egalladi, butun faoliyati davrida u o'z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-769-773

ma'naviyatini shakllantirishga alohida e'tibor berdi.

MUHOKA VA NATIJALAR

Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to'rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she'rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik va o'qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug'lab, o'z xalqini ilmli, madaniyatli bo'lishga chaqiradi.

XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning «Birinchi muallim»i ham o'ziga xos o'ringa ega; «Birinchi muallim» 1917 yil to'ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval»iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).

Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo'lar, desak xato bo'lmas.

Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o'rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.

«Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm- axloq haqida fikr yuritiladi.

Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo'l uzatmak kabidur», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g'oyat katta ahamiyatga ega.

O'zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya'ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta'rif berdi. Tabiiy bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.

Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to'rt

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-769-773

bo'limga ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4.«Axloq tarbiyasi» haqida hamda uning ahamiyati to'g'risida fikr yuritadi. «Tarbiyaning zamoni» bo'limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi.

«Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur» deb uqtiradi, Avloniy.

Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq, deb hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog'cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo'ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilishi lozimligini uqtiradi.

Avloniyning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o'qumoq, o'qutmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog'lom qilib o'stirishda ota- onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o'qituvchilarning faoliyatlariga alohida e'tibor beradi.

«Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to'g'risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g'oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko'rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkur qilmoq, ... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni jaholat, qorong'ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzug' ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g'ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog'liqdur»

Adibning obrazli ifodasiga ko'ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag'iz. Uni qo'lga kiritish uchun mehnat qilish, ya'ni chaqib uni po'chog'idan ajratib olish kerak.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-769-773

U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yo'lida qo'llanmasa, u o'likdir. A.Avloniy o„z ilmini amalda qo'llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi. Abdulla Avloniy o'tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilarni, ularning odamgarchilikka to'g'ri kelmaydigan ishlar bilan shug'ullanayotganini ko'rib, ulardan nafratlanadi.

XULOSA

Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kunda ham o'zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois uning ijodiy merosini chuqur o'rganishga qiziqish ortib bormoqda.

Abdulla Avloniy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o'zi ham yuqori sinf talabalariga jo'g'rofiya va tarixdan ham boshlang'ich sinflarga o'qish , ona tilidan saboq berar edi. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o'quvchilariga hamda eng yaxshi o'qiganlarga va muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug' Turkiston uchun va uning kelajagi bo'lgan yoshlar uchun qilardi. Millat bolasi savodini chiqarish, ularning dunyo ilmlaridan xabardor bo'lishi uchun butun vujudi bilan harakat qildi. Bu ulug' ota-bobolarimiz bugungi kun yoshlari uchun, shubhasiz, o'rnak va ibratdir!

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'grisida. // Prezident Farmoni. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 13-yanvar. - №9. - B. 1.

2. Mirziyayev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.//Toshkent - 2017, "O'zbekiston", 593 b

3. Abdulla Avloniy. ,, Tanlangan asarlar" 1- jild Toshkent "Manaviyat" 2006.

4. Abdulla Avloniy. ,, Tanlangan asarlar" 2- jild Toshkent "Manaviyat" 2009.

5. www.ziyouz.com kutubxonasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.