Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI'

ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6398
280
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / tarbiyaning zamoni / yaxshi xulqlar / yomon xulqlar / ma’rifatparvarlik / milliy uyg’onish / “axloq ulamosi” / nafs / uyg’onish davri.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Zuhra Furqat Qizi Sultonova

Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri, taniqli pedagog va alloma, o’zbek jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati, yozuvchining pedagogik qarashlari va u ilgari surgan fikrlarning yosh avlod va jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

Zuhra Furqat qizi Sultonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri, taniqli pedagog va alloma, o'zbek jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati, yozuvchining pedagogik qarashlari va u ilgari surgan fikrlarning yosh avlod va jamiyat hayotida tutgan o'rni haqida so'z boradi.

Tayanch so'zlar: tarbiya, tarbiyaning zamoni, yaxshi xulqlar, yomon xulqlar, ma'rifatparvarlik, milliy uyg'onish, "axloq ulamosi", nafs, uyg'onish davri.

Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o'zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma'rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi.

Adib 1878-yil 12-iyulda Toshkentda to'quvchi oilasida tavallud topgan. Avval O'qchidagi boshlang'ich maktabda, so'ng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Juda ko'p mustaqil o'qib o'rgandi, tez orada o'z davrining savodxon, ma'rifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida o'lkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko'rish, farovon etish yo'lida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko'p sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda o'z uyida "Shuhrat" nomli gazeta nashr qildi. Mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. "Usulijadid" maktablari uchun to'rt qismdan iborat "Adabiyot yoxud milliy she'rlar", "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni", "Turkiy guliston yoxud axloq" kabi darslik va o'qish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam ko'rsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. "Nashriyot" shirkati tuzib, Xadrada "Maktab kutubxonasi" kitob do'konini ochdi.

Ma'rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etgan.

Abdulla Avloniyning Pedagogikaga oid asarlari ichida uning 1913-yilda yozilgan va 1907-yilda ikkinchi bor nashr qilingan "Turkiy guliston yoxud axloq" asari (XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o'rganish sohasida) alohida ahamiyatga molikdir.

"Turkiy guliston yoxud axloq" didaktik asar bo'lib, unda Abdulla Avloniy o'z ijtimoiy va axloqiy-ta'limiy qarashlarini bayon etadi. Asar katta-kichik 64 bobdan iborat

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bo'lib, har bir bob ta'lim-tarbiya masalasig bag'ishlanadi va biri ikkinchisini to'ldiradi. Muallif odamlarni xulq, hatti-harakat nuqtai nazaridan 2 guruhga bo'ladi: biri yaxshi xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir. U bunday deydi: Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo'lmishdir: agar nafs tarbiyat topib yaxshi ishlar qilurg'a odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo'lib, "Yaxshi xulq", agar tarbiyatsiz o'sib, yomon ishlar ishlaydurg'on bo'lib ketsa, yomonlikka tavsif bo'lib, "Yomon xulq" atalur.

Abdulla Avloniy insonning fatonat, nazofat, sa'y va g'ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, ilm, sabr, hilm, idrok va zako, avf kabi xususiyatlarining hammasini "Yaxshi xulqlar" sarlavhasi ostida beradi.

G'azab, jaholat, razolat, safohat, hamoqat, atolat, hasad, g'iybat, ta'ma, zulm -bularning barini muallif "Yomon xulqlar" sarlavhasi ostida beradi.

Abdulla Avloniy "tarbiya" sarlavhasi ostida tarbiyaning turlari haqida fikr yuritadi:

a) Tarbiyaning zamoni;

b) Badan tarbiyasi;

c) Fikr tarbiyasi;

d) Axloq tarbiyasi.

Qolaversa, muallif til masalasiga ham alohida e'tibor beradi, tilni, axloq bilan bog'lab talqin qiladi.

Asar bo'limlarida yozuvchining o'z fikr va qarashlarini yanada boyitish maqsadida Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v, Hazrati Ali, Hazrati Umar, Imom Shofe, Aflotun, Ibn Sino, Suqrot, Aleksand Makedonskiy, Mavlono Rumiy, Luqmoni Hakim va yana boshqa ko'plab hukamolarning ibratli so'zlariga, o'gitlariga murojaat qilganiga guvoh bo'lamiz.

Asarda yaxshi xulqlar egasi bo'lish kerakligi, yomon odatlardan, illatlardan xazar qilish, go'zal xulq egasining hamisha el orasida nufuzi baland bo'lishi, axloqsiz kishining esa hamisha odamlar orasida yuzi qora bo'lishi asarning bosh g'oyasi qilib olingan.

Muallif bola tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta ekanini ko'rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazar e'tibordan qoldirmaydi.

Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she'r va masallar yozgan. Shoir bu she'rlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, vatanga muhabbat uyg'otishni maqsad qilib qo'ygan. Uning ko'pgina she'rlari zamirida Vatanni sevish g'oyasi yotadi. Shoir bu she'rlarida Vatanni soda va samimiy misrakarda tasvirlaganki, faqat o'sha o'ninchi yillarning o'rtalaridagina emas, balki, bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni avodxon qilish, o'zbek xotin-qizlarini o'qitish, o'qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan ham shug'ullangan. U 1923-1924-yillarda Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-1929-yillarda Toshkent harbiy maktabida o'qituvchi, 1925-1934-yillarda O'rta Osiyo kommunistik universiteti, O'rta Osiyo qishloq xo'jaligi maktabida, O'rta Osiyo davlat universitetida dars bergan.

1933-yilda o'zbek maktablarining 7-sinfi uchun "Adabiyot xrestomatiyasi" tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy "Hijron", "Nabil", "Indamas", "Shuhrat", "Tangriquli", "Surayyo", "Shapaloq", "Chol", "Ab", "Chig'aboy", "Abdulhaq" taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she'r ijod qilgan.

Quyida ma'rifatparvar allomaning pedagogikaga, ta'lim-tarbiya masalasiga aloqador bo'lgan fikrlaridan bir nechtasini keltirib o'tmoqchimiz:

1. Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir.

2. Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim.

3. Tug'ib tashlash bilan bo'lmas bola, bo'lg'ay balo sizga,

Vujudi tarbiyat topsa bo'lur ul rahnamo sizga.

Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo'lur olim,

Buzilsa xulqi, Luqmon o'g'li bo'lsa, bo'lg'usi zolim.

4. Moziyga qaytib ish ko'rish xayrlikdir.

5. Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo'lib, amalsiz bo'lsa, bu shogirtlar axloqiga yomon ta'sir ko'rsatadi.

6. Kerak tarbiyat yoshlikdan kerak,

Ulug' bo'lsa lozim kelur g'am yemak.

7. G'azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.

8. Millatning dunyoda borligini ko'rsatadurg'on oynayu hayoti uning til va adabiyotidir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, adib hamisha el-yurti, vatani ravnaqi, yoshlarning savodli va salohiyatli bo'lishi haqida qayg'urgan. Axloqiy, ta'limiy asarlar, darsliklar yozib, o'zbek ma'rifatchiligida sezilarli iz qoldirgan, milliy uyg'onish davri adabiyotining maydonga kelishi va rivojiga katta hissa qo'shgan Abdulla Avloniy ijodi bugun ham ma'naviyatimizni boyitishga xizmat qilib kelmoqda.

REFERENCES

1. A. Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq.

2. B. X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti, Toshkemt- 2017.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

3. J. Hasanboyev, X. A. To'raqulov, I. Sh. Alqarov, N. O'. Usmanov. Pedagogika, Toshkent-2011.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.