SHARQ ALLOMALARINING DUNYOQARSHIDA TA'LIM-TARBIYA
MASALASI
TO'RAEV Laziz Abdivali o'g'li,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bo'lim boshlig'i, Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi o 'qituvchisi, PhD,
[email protected] NIZOMOVA Nigora Qosimjonovna, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyi katta o'qituvchisi [email protected]
d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-l-16-20
Mazkur maqolada har doim ham dolzarb hisoblangan ta'lim va tarbiya masalalari tahlilga tortilgan. Bu tahlillar sharq allomalarining ta'lim va ANNOTATSIYA tarbiya hamda ilm-ma'rifatga oid fikrlari ularning asarlari asosida
amalga oshirilgan. Qolaversa ta'lim va tarbiya masalasining bugungi kundagi ahamiyati ko'rsatib berilgan.
f
14ж|
\ i -, i 11 /
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, ilm, ma'rifat, hadis, manba, ilmiy meros, donolik, sifat, fazilat
В данной статье анализируются вопросы образования и воспитания, которые всегда считались актуальными. Эти анализы АННОТАЦИЯ были сделаны на основе работ восточных ученых по воспитанию и
обучению, а также познанию и просвещению. Кроме того, показана важность вопроса воспитания и обучения на сегодняшний день. Ключевые слова: образование, обучение, наука, просвещение, хадис, источник, научное наследие, мудрость, качество, добродетель.
In this article, the issues of education and upbringing, which are always considered relevant, are analyzed. These analyzes were made on the
basis of the works of Eastern scholars on education and training, as well ABSTRACT , , . . , t ■ i ■ 7, ■
as knowledge and enlightenment. In addition, the importance of the issue
of education and training today has been shown.
Key words: education, training, science, enlightenment, hadith, source, scientific heritage, wisdom, quality, virtue
KIRISH (Introduction)
O'sib kelayotgan avlodni bilimli, zakovatli va aqlli qilib voyaga yetkazishda, umuman olganda jamiyatning yanada taraqqiy etishida sharqona ta'lim-tarbiyaning
16
14 www.birunijournal.uz
o'rni nihoyatda katta. Ta'lim va tarbiya orqali inson jamiyatda o'z o'rniga ega bo'ladi hamda barkamol inson bo'lib yetishadi.
Sharq zaminida o'z hukmronligini qilgan hukmronlik qilgan har bir sulola rahbarlari muntazam ravishda ta'lim-tarbiyaga alohida ahamiyat berib kelishgan. Bu holat bugunga qadar davom etayotgan jarayondir. Ilm-fanni qo'llab-quvvatlagan odil podshoh va vazirlar doim olimlarga, ilm ahliga g'amxo'rlik va homiylik qilib kelishgan. Ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarga, umuman olganda insonlarga donishmandlik va donolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Donishmandlik va donolik sifatlari o'z navbatida aqllilik, zakiylik, mehnatsevarlik, adolatlilik, xushxulqlilik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu maqolani amalga oshirish jarayonida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiylarning asarlari metodologik jihatdan tanlab olindi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilish usullaridan foydalanildi. Sharq allomalarinig ta'lim va tarbiyaga oid qarashlari obyektiv ochib berildi. Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" kitobi, tadqiqotchi L.To'rayev va Sh.Jurayevlarning ilmiy maqolalari tadiqiqotning metodologik asosi sifatida tanlab olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
Bugungi kunda mamlakatimizdagi ta'lim tizimining rivojlanishida pedagoglarning Markaziy Osiyolik Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi allomalarning ta'lim va tarbiyaga oid qarashlari, fikrlari va ilmiy nazariyalardan oqilona foydalanib kelishayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqorida nomlari keltirilgan allomalarimiz asosan o'rta asrlarda ilm-ma'rifat yuksak darajaga yetgan "Birinchi hamda Ikkinchi renessans davri"da yashab faoliyat yuritishgan. Bu davrlarda yashagan allomalar tomonidan yaratilgan ilmiy va ma'naviy meros jahon ilm-fani taraqqiyoti uchun munosib xizmat qilgan va qilmoqda. Balki shu davrdagi ilm-fan va madaniyatni yuqori chuqqiga chiqqanligi, o'sha davrda ilm-fan tili bo'lgan arab tilida yozilgan ko'plab asarlarni boshqa tillarga, jumladan lotin tiliga ham tarjima qilingani orqali o'rta asr sharq allomalarining ilmiy asarlari yevropa mintaqasiga kirib borganligi uchun ham nemis olimi Xerler bejizga "Sharq Yevropaning muallimidir" deb aytmagan.
Ta'lim-tarbiya masalasi islom dinining ham asosini tashkil etadi. Islom dini insonlarni ilmga targ'ib-tashviq etadi va ma'rifatga yetaklaydi. Biz buni Qur'oni karimning qator oyatlari va ikkinchi muqaddas manba bo'lgan hadisi shariflarda ilm
17
www.birunijournal.uz
o'rganish kerakliligiga oid ko'rstamalar berilganligidan kuzatishimiz mumkin. Xususan, Qur'oni Karimning ilk nozil bo'lgan oyatining o'zi ham "Iqro!" ("O'qi!") deb boshlanishi yoki "Ilm izlab Chinga bo'lsa-da, bor" deyilgan hadislarini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Mazkur muqaddas manbalar bilan birga ilm-ma'rifati, ilmiy va ma'naviy merosi butun dunyoga mashhur bo'lgan ulug' allomalarimizning pand-nasihatlari va o'gitlari ham insonni ilmli bo'lishga va ma'rifatli hayot kechirishga qaratilgan. Mashhur mutafakkir va qomusiy olim, "Muallim as-soniy" ("Ikkinchi muallim") Abu Nasr Farobiy aksar asarlarida ilm-ma'rifatni yuqori darajaga ko'taradi, uning qarashlari diqqat markazida ilmli inson turadi.
Arab tarixchi olimi Ibn al-Qiftiyning aytishicha Abu Nasr Farobiyning "Ihso al-ulum va at-ta'rif" ("Ilmlar sanog'i va ularning ta'riflari") degan qutlug' kitobi bor. Ibn al-Qiftiy: "Bunday asarni yozishda shu paytgacha Abu Nasrdan hech kim o'zib ketolmagan, hatto bu xil fikr-mulohazalarni ungacha hech kim ayta olmagan. U kishi yetishgan darajaga erisha olmagan ham; bironta ham tolibi ilm yo'qki, u tutgan to'g'ri yo'ldan foydalanmagan bo'lsin"1.
Abu Nasr Forobiy o'zining mashhur "Fozil odamlar shahri"asarida ham ta'lim masalasiga alohida ahamiyat beradi. Xususan u asardagi "Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqida so'z" bo'limida bunday shaharga hokim bo'ladigan podshoh o'n ikki xislatga ega bo'lishi haqida tuxtaladi. Mazkur xislatlarning oltinchisida hokim (ustozlardan) ta'lim olishi, bilim, ma'rifatga havasli bo'lishi, o'qish, o'rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo'lishi zarur"2, deb ta'lim masalasini ulug'laydi. Haqiqatda har qanday hokim yoki podshoh o'zi ilmli va ma'rifatli bo'lsa xalqini ham shunday bo'lishiga sharoit yaratadi, ilm ahlini qadrlaydi va ularga g'amxo'rlik qiladi. Bu esa o'z navbatida o'sha jamiyatni yanada taraqqiy etishiga zamin yaratadi.
Butun dunyoga mashhur, buyuk qomusiy olim, Sharq olamida "Shayx ur-rais", G'arb olamida esa "Avitsenna" nomi bilan tanilgan Abu Ali ibn Sinoning qarashlarida ham ta'lim va tarbiya masalasi yuqori o'rinda turgan. Biz buni allomaning bizgacha qoldirgan ilmiy va ma'naviy merosi orqali bilishimiz mumkin. Allomaning qarashlarida ta'lim va tarbiya masalasida avvalo oilaning o'rni nihoyatda katta ekanligi, xususan farzand tarbiyasi borasida aqlli onaning zimmasida ekanligini kuzatamiz. Abu Ali ibn Sinoning "Axloq haqidagi risola"sida ko'pgina axloqiy xislatlar qatoriga ilm-ma'rifatli bo'lish kabi fazilatlar haqida ham tuxtalib o'tadi. Alloma insonlarni kamolotga yetishishlari uchun avvalo ma'rifatli bo'lishlari kerakligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sino asosan yoshlarga ta'lim berishda uning yoshiga
1 Fozil odamlar shahri. Abu Nasr Forobiy. 13-bet.
2 Fozil odamlar shahri. Abu Nasr Forobiy. 245-bet.
18
www.birunijournal.uz
ahamiyat berishni, yengildan og'irga qarab harakat qilishga undaydi. Allomaning fikricha, "Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi", shuning uchuna ham inson tarbiyali bo'lishi va yaxshi narsalarga odatlanishi zarur.
Jahon ilm-fani tamadduniga munosib hissa qo'shgan, "Ustoz ud-dunya" ("Butun dunyoning ustozi"), "Ustoz ul-arab val-ajam" ("Arab va arab bo'lmaganlarning ustozi"), "Jorulloh" ("Allohning qo'shnisi) kabi unvonlar bilan mashhur bo'lgan Mahmud Zamaxshariy ham ta'lim-tarbiya masalalariga katta e'tibor bergan olimlardan biridir. Biz buni uning adab ilmiga oid asarlari orqali kuzatishimiz mumkin. Allomaning didaktik asarlari markazida insonlarni ma'rifatli bo'lishlari, yoshlarni komil inson etib tarbiyalash masalalari turadi. Ilm egallash, ta'lim olish Mahmud Zamaxshariy asarida markaziy nuqtada turadi. Har bir inson o'z o'rniga, hurmatga va obro'-e'tiborga ega bo'lmoqchi bo'lsa albatta ilmli bo'lishi lozim.
Mahmud Zamaxshariyning "Navobig' ul-kalim" ("Nozik iboralar") asarida ilm va ilmli bo'lish, ilmu-ma'rifatning kuch-qudrati, xalqqa o'z oqilligi bilan ziyo tarqatuvchi ilm ahlini hurmat qilish, ularni e'zozlashga ibratli o'gitlar berilgan. Mahmud Zamaxshariy ilmni "qalbning nodonlikdan forig' bo'lishi, zakovatning chirog'i, zulmatda nur, zaif badanda quvvatdir, ilm ila inson oliy darajadagi axborotlar manziliga yetishadi" deb ta'riflasa, ilm ahli-olimlar haqida so'zlab: "Yeru zaminning ko'rkamligi olimlar bo'lganidek, osmonu falakning ziynati esa yulduzlardir"3. Bunday chiroyli o'xshatish faqatgina balog'at va fasohat ilmlarini mukammal egallagan Mahmud Zamaxshariyga xosdir.
Mahmud Zamaxshariyning "Rabi' al-abror" ("Yaxshilar bahori") asarida ham ko'plab ilm-marifatga oid fikrlar jamlangan. Bu asarning o'ziga xos xususiyati shundaki asarda nafaqat Mahmud Zamaxshariyga tegishli, qolaversa, arab, fors, hind va turkiy xalqlarning turli olmlari, donishmandlari va ma'rifatli hukmdorlaridan iqtiboslar keltirilgan. Asarda ilm-ma'rifatga oid yunon faylasufi Aflotundan quyidagi iqtibos keltirilgan: "Bir kishi Aflotundan so'rabdi: Qanday qilib shuncha bilim egallagansiz? Aflotun: Men umr bo'yi ichgan ichimligimdan ko'ra sham chirog'im uchun moyni ko'proq sarf qilganman"4. Bu keltirilgan iqtibos bilan Mahmud Zamaxshariy tugal bilimga inson uluksiz o'qish va davomiy ilm olish bilan yetishi mumkinligini ta'kidlaydi. Bu keltirilgan iqtibos ayniqsa bugungi kunda jadal rivojlanayotgan bir paytga to'la mos keladi. Hozirgi sharoitda bilim olishga tuxtab qolgan inson zamonaviy ilm-fandan orta qolib ketishi turgan gap.
3 Роль нравственных ценностей в духовном наследии Махмуда Замахшари. Востоковедения, 3(3), 136-bet.
4 MAHMUD ZAMAXSHARIYNING "RABI'AL-ABROR" ASARIDA IJTIMOIY, AXLOQIY VA FALSAFIY MASALALAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 270-bet.
19
www.birunijournal.uz
Ikkinchi renessans davrining yirik namoyandalaridan biri, shoir, davlat arbobi, sharqda "Din va millatning nizomi" unvoni bilan sharaflangan Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "G'aroyib us-sig'ar", "Mahbub ul-qulub" va "Devoni Foniy"kabi ilmiy va ma'naviy merosida ham ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya masalalari ulug'lanadi.Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida ham ilm ahliga ko'p g'amxo'rlik qilgan. Shoir dunyoqarashining diqqat markazida komil inson tushunchasi yotadi. Uning fikricha komil inson ilm-ma'rifat va ta'lim-tarbiya sifatlari bilan oziqlangan bo'lishi lozim. Alisher Navoiy barcha bilim egallashi kerakligi, uning uchun albatta maktablar kerakligini uqtiradi. Uning aytishicha: "maktab xalqqa nur keltiradi, unga to'g'ri yo'l ko'rsatadi hamda bolalarni bilimli qilib tarbiyalaydi". Shoir mudarrislarni nuini sochib turgan quyoshga qiyos qilib, bu quyosh o'z atrofidagi yulduzlarga nur, ziyo sochishini, ilmdan xabari bo'lmagan ilmi toliblarga ilm nurini sochadi, ma'rifat beradi, deb ta'kidlaydi.
XULOSA (Conclusion)
Yuqorida fikrlari tahliga tortilgan allomalarning asarlari nafaqat o'z zamonasining, bugunning ham ijtimoiy masalalarni o'z ichiga olganligi bilan bebaho ahamiyatga ega. Ularning asarlarida berilgan pand-nasihatlar kishilarning rivojlanishi, komil inson bo'lib shakllanishi, kamolotiga yo'naltirilgan ta'limiy-tarbiyaviy bog'liqlikni ko'rish mumkin. Buyuk sharq allomalarining yuqoridagi pand-nasihatlari bugungi kun ilm-fani va ta'lim-tarbiya tizimining milliy-ma'naviy negizlarini boyitishda ham muhhim ahamiyat kasb etadi.
Sharq allomalarining arab, fors va turkiy tillarda yozilgan didaktik asarlari tarjima qilib, ular ustida yangi ilmiy izlanishlar olib borilishi zarur, bu tadqiqotlar jamiyatimizning ilm-fan sohasini yanada rivojlanishiga katta ko'mak beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Фозил одамлар шахри. Абу Наср Форобий / Таржимонлар Абдусоди; Ирисов, Махкам Махмудов, Урфон Отажон. Масъул мухаррирлар М.Хайруллаев, М.Жакбаров. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. - 320 б
2. Jurayev, S. S. U. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida axloq masalasi va uning bugungi kundagi ahamiyati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.
3. To'Raev, L. A. O. G. L., & Nizomova, N. Q. (2021). MAHMUD ZAMAXSHARIYNING "RABI'AL-ABROR" ASARIDA IJTIMOIY, AXLOQIY VA FALSAFIY MASALALAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 266-273.
4. Тораев, Л. (2018). Роль нравственных ценностей в духовном наследии Махмуда Замахшари. Востоковедения, 3(3), 134-138.
20
www.birunijournal.uz