MAHMUD ZAMAXSHARIY PEDAGOGIK QARASHLARI TIZIMIDA UMUMINSONIY G'OYALARNING O'RNI
Manzura Azadovna Raxmedova
Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Mahmud Zamaxshariyning tarbiyaga oid asarlarida umuminsoniy qadriyatlarning o'ziga xos talqini va bu talqinning xususiyatlari masalasi tahlil qilinadi. Allomaning asarlaridagi irfon va islom ma'rifati bilan bog'liq jihatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liq aloqadorligi ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari maqolada muallifning masalaga doir shaxsiy nuqtai nazari ham keltirib o'tiladi.
Kalit so'zlar: Kalom, mutasavvuf, tafsiz, maqomot, Nozik iboralar, pand-nasixat, o'git, umuminsoniy qadriyatlar.
THE ROLE OF UNIVERSAL IDEAS IN THE SYSTEM OF MAHMUD ZAMAKSHARI'S PEDAGOGICAL VIEWS
ABSTRACT
This article analyzes the unique interpretation of universal values and the characteristics of this interpretation in Mahmud Zamakhshari's works on education. The connection of aspects related to gnosis and Islamic enlightenment in Alloma's works with universal human values is considered. In addition, the author's personal point of view on the issue is mentioned in the article.
Keywords: Kalam, mysticism, tafsiz, maqamot, delicate expressions, advice, instruction, universal values.
KIRISH
O'rta asrlarda islom diyorimiz rivojlanishining asosiy omillaridan bo'lib turgan bir davrda, muqaddas va jannatmakon diyorimizda dunyo ahliga taniqli, ma'lum va mashxur bo'lgan yetuk allomalar faoliyat olib borib, yashab o'tkanligi hammamizga ma'lum. Ular kabi ensklopedik olimlaming buyuk mehnatlari ilm-ma'rifat yo'lidagi mehnati qadr-qimmatlidir. Bu buyuk qomusiy olim va allomalarimiz yaratgan ko'plab asarlari bilan vatanimiz nomini ko'klarga ko'tarish bilan birgalikda bugun gi yosh avlodni tarbiyalash uchun bitmas xazina meros qilib ketganlr. Yurtimizni ilm ma'rifat markaziga
July, 2022
243
aylandirishdi, dunyo hamjamiyatining limning turli-tuman sohalari bo'yicha rivojlanishiga ham katta hissa qo'shishgan.
METOD VA METODOLOGIYA
Ulug' Xorazm diyorida ham qadimdan dunyo ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga o'zlarining ulkan hissasin qo'shgan, ilm-fanning har xil sohalarida samarali faoliyat ko'rsatkan, ijod qilgan, dovrug'i butun olamga tarqalgan Muso Al Xorazmiy, Abu rayxon Beruniy kabi ko'plab buyuk qomusiy siymolarimiz yetishib chiqqan. Bu yurtda tavallud topgan va faoliyat olib borib yurtni nomini ulug' qilgan insonlar qatorida Abul Qosim Maxmud az Zamaxshariyning ismi ham o'rin olgan. Alloma hijriy 467-sana rajab oyi (milodiy hisobda 1075-yilning 19-martida) Xorazmning Zamaxsharida tavallud topgan. Buyuk allomamiz Zamaxshariyning oilasi o'rta hol bo'lganlar, ya'ni otasi unchalik badavlat bo'lmasa-da, o'z davrining savodli, ancha taqvodor, diyonatli kishisi bo'lgan. Aksar vaqtini Qur'oni karim tilovati-yu, toat ibodat bilan o'tkazgan. Zamaxshardagi bir masjidda imomlik ham qilgan. U xulq atvori yaxshi, shirin suxan va g'oyatda muruvvatli kishi bo'lgan. Bu fazilati bilan el orasida katta obro'-e'tibor topgan. Uning onasi ham taqvodor va diyonatli ayollardan hisoblangan. Bunga qo'shimcha nazmiy asarlaridan birida ota-onasiyu, oila a'zolaridan birortasi ham na sharobu, na boshqa ichimlikni mutlaqo iste'mol qilmaganini alohida ta'kidlashi ham bu fikrimizni yanada oydinlashtiradi.
TAHLIL
Zamaxshariy ilm-fanning turli soxalari bilan qiziqib, o'z tengqurlari orasida zo'r qobiliyati va kata iste'dodini namoyon qila boshlaydi. Madrasada o'qiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar majmuasini to'liq egallaydi. Shu bilan bir qatorda o'sha davrda ilm ahllari orasida muhim hisoblangan hattotlik san'ati siru asrorlarini ham mukammal o'zlashtirib oladi. Maxmud Zamaxshariy bizga ulkan ilmiy meros qoldirgan. Hozirga qadar olim qalamiga mansub 66 ta asar borligi aniqlangan. Allomaning eng mashhur asarlari sifatida Al-Keshshafan Haka'iki t-tanzil, "Kitobul-Mufassal", "Al-Mufred ve'l-mü'ellef fi'n-nahv", Mukaddimetü'l-adeb, Asäsü'l-balag'a (arabcha mumtoz so'zlarning majoziy san'ati va lafzi bilan bog'liq), Kitobul-foik (Garibul-hadis ilmiga mansub asar), Kitâbu'l-amkina val-jibal val-miyah (Geografiya lug'ati), Maqamat (Adabiy nutqlar), Al-Mustakshâ fi'l-amsal (Qadimgi arab maqollariga mansub), Atfaku'z-zahab (Aforizmlar), Shomimü'l-'arabiya (arabcha jumlalar bilimiga mansub), Mutesäbihetü'l-esmo' (Hadis ilmida o'xshash so'zlar ustida yozilgan asar), Muhtasaru'l-muvafaka bayna'l-bayt va§-shahaba. (Hadis bilan
July, 2022
244
bog'liq), Naväbügü'l-Keli, Devon (uning she'rlari jamlangan kitob)1 larni sanash mumkin.larni keltirish mumkin.
Zamaxshariy yashagan davrdagi hokimoiaydagi Saljukiylar sultoni Muhammad Ibn Abu-l-Fatx Malikshohning nazariga tushgan olim undan ko'p sahovatlarni ko'radi. Uning adolatliligi, go'zal xulq-atvori va jasurligi bilan mashhur edi. "Zamaxshyariy sultonning ushbu fazilatlari va xayrli ishlaridga bag'ishlab madhiyalar yozadi. Shundan keyin ham az-Zamaxshariy ijodidda podshohu hukmdorlarga madhiyalar yozish asosiy o'rinni egallaydi..."
Zamaxshariyning tarixiy shaxs sifatida zamondoshlarining e'tifo va e'tiboriga tushgan olim deyishimiz mumkin. Mashxur tarixchi Ibn al-Kiftiy u haqda bunday degan edi : "Xudo raxmat qilgur az-Zaaxshariy ilmul adab, naxv va lug'at bobida o'zgalarga misol bo'ladigan alloma edi. U o'z hayoti davomida ko'plab buyuk olimlar va fozillar bilan uchrashgan bo'lib, tafsir, hadis, nahv va bo shqa sohalar bo'yicha bir qancha asarlari border. U o'z asrida arab tilida ijod qilgan ajamlilar
-5
orasida eng buyugidir." Ilm pog'onalaridan birin-ketin ko'tarilib brogan Zamaxshariy ijoodining eng cho'qqisida o'z shogirdlariga pand-nasizatlar yozish bilan shug'ullanadi. Chunki, "o'z davrining yirik olimi darajasiga ko'tarilgan az-Zamaxshariyning Xorazmda ham, Sharqning boshqa ko'pgina shaharlarida ham ko'pdan-ko'p shogirdlari bo'lgan, alloma ko'p vaqtini o'shalarga bag'ishlardi"4.
Olimlarning ta'kidlashicha, "U juda kuchli madrasa ta'limi oldi va juda qisqa vaqt ichida, ayniqsa, diniy ilmlarda katta obro'-e'tibor qozondi. U yozgan "Al-Kashshaf' nomli tafsir kitobi nafaqat Xorazmda, balki boshqa joylarda ham ko'p murojaat qilingan manbalardan biri bo'lgan. Bu buyuk asarni arab tilida yozgan Zamaxshariy o„z uslubining ajoyib qimmati tufayli bu adabiyotning buyuk asarlaridan birini arab adabiyotiga olib keldi"5.
Bundan tashqari, uning ijodida umuminsoniy g'oyalar e'tirofiga, ularning insoniyatning yorug' kunlarda yashashidagi o'rni haqida asarlar ham bitadi. Bu asarlar asosan hukmdorlarga madhiyalar ko'rinishida bo'lib, u bu madhiyalar orqali o'lmas g'oyalarni hukmronlarga maqtovlar asnosida o'z asarlarida keltirib boradi. "...xorazmshoh Muhammad ibn Anushtagin (hij 490-521) bilan yaqindan tanishib, unga bag'ishlab madhiyalar yozadi. "Muqaddimat ul adab" nomli yirik asarida
Nuri Yüce, Zemah^eri, islam Ansiklopedisi, C.13. ist. 1985, s.509-514.
2 Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kamalak, 1992. - B. 8.
3 Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kamalak, 1992. - B. 12.
4 https://kh-davron.uz/kutubxona/islomiy-adabiyot/har-kunning-bir-hikmati-bor-zamaxshariy-hikma
5 Aydin Taneri, Türk Kavraminin Geli^mesi, Ankara Üniv. Türk inkiläp Tarihi Enstitüsü Yayinlari,Ankara, 1983, s.76. HSeyin © Q Akyüz, a.g.e. s.125.
© ® •
July, 2022'
245
sultonning o'g'li Xorazmsoh Otsizning (hij 521-551) ilm ahllari va adiblarga nisbatan g'amxo'rligini alohida ta'kidlaydi"6
Zamaxshariy qalamiga mansub bo'lgan uning didaktik qarashlari, odob-axloqqa doir pand -nasixatlari jamlangan mashhur asarlari "Al- Kalim an - navobig" (Nozik iboralar) va Atvoq uz-zahab" (Hikmatlar shodasi) deb nomlanadi. Bu asar "Nasriy saj uslubida yozilgan, asosan hikmatlar, nasixatl va o'gitlar nmajmuasi
n
bo'lib, xilma-xil mavzularni qamrab olgan"
"Nozik iboralar" asari Zamaxshariy Makkada yashaganda yozilgan, uning qo'lyozmalaridan bittasi Bag'dodda Iroq Milliy muzeyida (563-raqamda), undan tashqari Berlinda (8676), Leydenda(891 va 92 raqamlarda) ham saqlanadi. Nasriy saj' uslubida yozilgan bu asar asosan hikmatlar, nasihat va o'gitlar majmuasi bo'lib, xilma-xil mavzularni qamrab olgan. Taniqli, arabshunos olim Ubaydulla Uvatovning keltirishlaricha, bu asar arab mamlakatlarida bir necha marta nashr qilingan. Asarning 1914 va 1927 yillardagi Qohira nashri, 1306 hijriy yili Bayrutda Muhammad al-Kistiy al-Bayrutiy tomonidan bajarilgan nashri uning dastlabki nashrlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari professor Bahiyja Boqir al-Husniy tadqiq qilgan tanqidiy nashri esa 1971 yilda "al-Arab" majallasida bosilib chiqdi. Gollandiyalik olim Genrix Albert SHulteyn 1772 yilda az-Zamaxshariy asarini lotinchaga o'girdi. 1876 yilda esa fransiyalik sharqshunos Barbier Meynrad tomonidan bajarilgan tadqiqot asarning fransuzcha tarjimasi bilan chop etildi.
"Navobig' al-kalim" ga bir qancha sharhlar ham bitilgan bo'lib, "ulardan Samarqandda, Amir Temur saroyida xizmatda bo'lgan yirik alloma Sa'duddin at -Taftazoniyning "An-Ni'am as-savobig' fi sharh in-navobig'" e'tiboriga molikdir.
o
Mazkur sharh 1286-hijriy yilda Qohirada chop etilgan" .
Xorazmlik olim Abu-l-Hasan ibn Abdulvahob al-Xivaqiy yozgan sharhdan bir qo'lyozma nusxa Berlinda saqlanadi.
Mahmud Zamaxshariyning «Maqomat az-Zamaxshariy» asari haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun uning taribiy taxliliga nazar solsak. Birinchi makoma «Maqomat al-marashid» deb nomlangan. Bu maqomada az-Zamaxshariy yaxshilik va yomonlikni bir-biriga taqqoslaydi. Uning fikricha, "yaxshilik qancha bo'lsa ham oz. Yaxshilik insonni doimo o'ziga jalb qilaveradi. yomonlik ozgina bo'lsa ham, uning zarari katta, u xalokatga boshlaydi. Agar inson izzat-ikrom, obru-e'tiborga erishishni
' Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kamalak, 1992. Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kama
1 Maxmud Az-Zamaxshariy's ideas about culture speech and oratory. http://notiq.uz/archives/54l
July, 2022'
©
©
9. 14.
246
xoxlasa, faqat yaxshilik qilishi kerak. Inson hamisha ogoh bo'lishi, ogoh kishigina hidoyatga erishishi mumkin. Shuningdek, inson o'z nafsini jilovlashi kerak"9.
Zamaxshariyning nozik iboralariga nazar tashlasak va ularni chuqurroq tahlil qilsak uning didaktik mohiyati, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va umuminosniy g'oyalarning o'ziga xos tarannumiga guvoh bo'lamiz. Masalan bu hikmatlarda asosiy o'rin ilmli bo'lishga intilish, adolat mezonlarini ushlashning ahamiyati, ota-onaga xurmatning insonda shakllangan bo'lishligi, insonda ilm va axloq muvozanatining ahamiyati, qanoatli bo'lishlik, ezglikka xizmat qila olishlik, halollik va poklikni qdrlash kabi bir-biridan muhim bo'lgan umuminsoniy mohiyat kasb etgan g'oyalarning inson hayotidagi, uning ikki dunyo saodatiga erishishidagi ahamiyati masalasi tahlil qilinadi. Zamaxshariy ta'kidlashicha, "... insonga doimo ilmli, adabli, taqvodor bo'lishni, bo'lar insonga eng mexribon ota-ona kabi yaqin bo'lishini uqtiradi. Ota-ona o'z farzandlariga doimo yaxshi niyat qilib, ularga ezgulik tilaganlari kabi, ilm, adab va taqvo insonga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi"10. Bu mushohadalar didaktik jihatdan yoshlarni ota-onalar bilan munosabatlarini tashkil qilishda bugungi kunda ham o'z qiymatini yoq'otmagan desak mubolag'a bo'lmaydi. "Otaga nisbat boshqaga nisbatan shafliroq va mashxurroq, ya'ni falonchining o'g'li deb atalar, ammo, Ona esa doimo shavqatli va matlabliroqdir"11.
NATIJA
Yana bir hikmatida alloma "...kulbangning teshigini yamash uchun ozgina narsa kifoya, qanoatpeshalik sen uchun yetarli dasmoyadir. Bas, odamlardan ta'magirlikni uzib, Allohning fazlu karamidan umid qilishni to'xtatmagin. Vaxolanki, dunyoda o'z nafsiga qul, lazzat topish uchungina yashayotgan kimsalar ham borki, ularga qorin to'ysa bas, obro'sining to'kilishi uchun ahamiyatsiz Blr narsadir. Faqat dunyo va mol yig'ishni maqsad qilib olgan surbet odamga uning bu sifati har tomondan o'lja keltirar, yopiq eshiklarni ochar, xurmo va boshqa xushxur yemishlarni yedirar, dadil aytishga jasoratli qilar, qiyin ishlarni esa osonlashtirib berar". Zamonaviy davrda ham yoshlarni qanoatli, sabrli jasoratli qilib tarbiyalashda, zamonaviy ma'naviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqishda allomaning bu yondashuvi o'ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, umuminsoniy qadriyat darajasiga ko'tarilgan sabrlilik, qanoatning go'zal bo'lishligini biz allomalarimiz merosiga
Abbaz Turdibaev. "Buyuk allomamiz maxmud az-Zamaxshariyning asarlarida yaxshilik, do'stlik diniy fikrlari haqida" Science and Education, vol. 1, no. 2, 2020, pp. 410-418.
10 Abbaz Turdibaev. "Buyuk allomamiz maxmud az-Zamaxshariyning asarlarida yaxshilik, do'stlik, oila tarb
nyasi va
nyasi va
diniy fikrlari haqida" Science and Education, vol. 1, no. 2, 2020, pp. 410-418.
---------q----------------------, ^ ^ 2020 pp. ,10 ,18. „ ©A«®
Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kamalak, 1992. - B. 17.
July, 2022'
247
tayangan holda yoshlarimizga singdirsak ma'naviy targ'ibot ishlari ham samarali bo'ladi.
Insonning ilm-ma'fatga intilishi qadimdan ko'plab xalqlar tomonidan e'tirof qilib kelinayotgan umuminsoniy g'oyalardan biridir. Alloma ham bu xususda to'xtalib, "yoki ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish ko;'radigan bo'l, loakal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, biroq to"rtinxchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok
19.
bo'lasan" deydi. Ya'ni insonning najoti ilm bilan bo'lsa uni falokati jaholatga yuz burish bilan ekanligini aytadi. Yana, u "Ilmli bo'lish bir baland toqqa chiqish kabi ko'p mashaqqatlidir, lekin undan tushish osondir, johilligu nodonlik bulog'i chuqur
1 3
chashma misoli bo'lsada, biroq, u ko'p qiyinchilig-u azoblarga giriftor qiladi" deydi.
Zamaxshariyning hikmatlarida insonga xos ezgu xislatlarni tizimli shakllantirish g'oyasi ham yaqqol namoyon bo'lib turadi. Ya'ni, "Qanoat eng xos narsang bo'lsin. Odamlardan tama qilishni kamaytir. Doimo Allohning fazli bilan bo'l"14. Bunda allomaning insonga xos bo'lgan eng muhim omillardan biri bu qanoat ekanligi va bu barkamol insonni bir belgisi ham ekanligi ta'kidlab o'tiladi.
Insoniyat ming yillardirki ezgulik , ezgulikka intilish, konstruktiv g'oyalarni ustunligini tan olib kelmoqda. Alloma ham shu ma'noda "Avval qilib kelgan xayrligu ezguliklaringizga keyin ham ezgulik qo'shavering, chunonchi, qushning qanotidagi kichik patlar ham katta patlariga madadkordir"15deydi. Ya'ni inson faqat ezgulik bilan kamol topishi mumkin degan g'oyani ilgari suradi.
Yana Zamaxshariy yaxshi xulqlar haqida to'xtalib, Ular shunday bir "Ne'matlar uzoqlashganda ular shabada bo'lb ne'matlarni sen tomon haydaydi, chorlaydi. Azobu uqubatlar to'p-to'p bo'lib yopirilganda , ularni sendan uzoqqa quvadi, haydaydi"16. "Halol-pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga
1 n
xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir" deydi.
Allomaning ta'kidlashicha, inson doimo ilm olishi, har qanday ishni aql, idrok, faxmu farosat, shariatga, payg'ambar alayxissalom ta'limotlariga muvofiq amalga oshirishi lozimligini ta'kidlaydi. U jamiyatdagi riyokorlik, poraxo'rlik, isrofgarchilik, fisqu-fasod, baxillik kabi barcha salbiy illatlarni qoralaydi va ularni doimo yo'qotish, tuzatish zarurligini uqtiradi. Allomamizning mehnatsevarligi, uning ilimga bo'lgan qiziqishlari oqibatida musulmon olamida mashhur bo'lib ketadi.
: Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kamalak, 1992. - B. 17. 1 Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kamalak. ' Fozil Zohid. Zamaxshar tasbexi. -Toshkent: Muharrir, 2011. - B.30. Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kam ' Fozil Zohid. Zamaxshar tasbexi. -Toshkent: Muharrir, 2011. - B.40. Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: K
July, 2022
248
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bu allomani serqirra mutafakkir ekanligini ta'kidlamoqchimiz. Chunki ko'plab tadqiqotchilar "U tilshunos edi, mufassir edi, notiq edi shuning uchun bu masalalarga birlamchi e'tibor qaratish kerak", deb aytishlari mumkin. Bularni inkor qilmagan holda Zamaxshariyni biz millat tarbiyachisi va yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladigan, ularni ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan pedagogi qarashlarni ilgari surgan shaxs deb tushunishimiz lozim deb hisoblaymz. Shuning uchun ham ma'naviy merosimiz namunasi bo'lgan bu kabi asarlarni va tafakkur tariximizni har tomonlama o'rganishimiz, tadqiq qilishimiz kerak, deymiz. Shu orqali, bu tarzda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan tadqiqotlar natijasida tarixiy manbalarni didaktik mohiyatini yanda chuqurroq o'rganishimiz mumkin.
Zamaxshariy bo'yicha olib borgan bu tor tadqiqotimiz faqat muallifning didaktik qarashlarini ko'rib chiqishga qaratilgan. Bunday tadqiqotda uni to'liq tanishtirish va ma'lum bir joyga joylashtirish mumkin emas. Jiddiy, keng qamrovli va chuqur izlanishlar kerak.
REFERENCES
1. Nuri Yüce, Zemahçeri, islam Ansiklopedisi, C.13. ist. 1985, s.509-514.
2. Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad az Zamaxshariy, Nozik iboralar. -Toshkent: Kamalak, 1992. - B. 8.
3. https://kh-davron.uz/kutubxona/islomiy-adabiyot/har-kunning-bir-hikmati-bor-zamaxshariy-hikmatlari. html
4. Aydin Taneri, Türk Kavraminin Geli^mesi, Ankara Üniv. Türk inkilâp Tarihi Enstitüsü Yayinlari, Ankara, 1983, s.76. Hüseyin Akyüz, a.g.e. s.125.
5. Abbaz Turdibaev. "Buyuk allomamiz maxmud az-Zamaxshariyning asarlarida yaxshilik, do'stlik, oila tarbiyasi va diniy fikrlari haqida" Science and Education, vol. 1, no. 2, 2020, pp. 410-418.
6. Fozil Zohid. Zamaxshar tasbexi. -Toshkent: Muharrir, 2011. - B.30.
July, 2022