Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’RIFATLI INSON KAMOLATI HAQIDAGI FIKRLARI'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’RIFATLI INSON KAMOLATI HAQIDAGI FIKRLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’rifatli / yetuk / ilmli / dono / ta’lim – tarbiya / axloqi / mehnat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aliyeva Dilshodaxon Ummatali Qizi, M.A.Esonova

Maqolada sharq mutafakkirlarining ma`rifatli, komil inson, ilmli va dono kishilarning axloq-odob to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’RIFATLI INSON KAMOLATI HAQIDAGI FIKRLARI»

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA'RIFATLI INSON KAMOLATI HAQIDAGI FIKRLARI

1Aliyeva Dilshodaxon Ummatali qizi, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim 206 -sirtqi gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11193099

Annotatsiya. Maqolada sharq mutafakkirlarining ma'rifatli, komil inson, ilmli va dono kishilarning axloq-odob togrisidagi fikrlari bayon etilgan.

Kalitso^zlar: ma'rifatli, yetuk, ilmli, dono, ta'lim - tarbiya, axloqi, mehnat.

Аннотация. В статье изложены взгляды восточных мыслителей на нравственность просвещенных, совершенных, ученых и мудрых людей.

Ключевые слова: просвещенный, зрелый, знающий, мудрый, образование, нравственность, труд.

Abstract. The article outlines the views of Eastern thinkers on the morality of enlightened, perfect, learned and wise people.

Keywords: enlightened, mature, knowledgeable, wise, education, morality, work.

Farobiy bilimdon, ma'rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm hikmatni o'rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog' - salomatligi yaxshi bo'lsin, yaxshi axloq va odobi bo'lsin, so'zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo'lsin, barcha qonun - qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo'lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol - dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to'g'risida bilimga ega bo'lsin». Bu fikrlardan Farobiyning ta'lim - tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy - axloqiy tarbiyada alohida e'tibor berganligi ko'rinib turibdi, uning e'tiqodicha, bilim, ma'rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog'i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo'lib yetishmaydi.

Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy - ro'zg'or tutish masalalari xususida ham so'z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota - onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O'z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo'lgan ota - ona tarbiyachi bo'lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g'ururiga tegmagan holda, yakkama - yakka suhbatga bo'lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o'zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo'lib kamol topmog'i kerak. Buning uchun u tug'ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog'i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o'zlariga xos xususiyatiga e'tibor berishni ta'kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog'i shart. Shundagina ularning noo'rin xatti -harakatlariga berilishining oldi olinadi.

Mirzo Ulug'bekning oila muhiti sog'lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo'lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o'rinni egallaydi. Oilada ota - onalar ayniqsa o'qimishli ota -onalar o'z farzandlarining haqiqiy inson bo'lib kamol topishiga aloxida e'tibor berishlari lozim.

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e'tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yyetuk kishi bo'lib o'sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o'zida

yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir - birlariga bo'lgan ruxiy ma'naviy ta'sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o'qtiradi.

Husayn Voiz al - Koshifiyning uqtirishicha insonni ta'lim - tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatini o'stirish mumkin. Koshifiy o'zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish masalasiga alohida e'tibor beradi. Ota - onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o'rin tutadi. Bola to'g'ri so'zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.

Jaloliddin Davoniy ota - onaning bolani tarbiyalashdagi ahamiyatiga keng to'xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq - odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko'maklashishi ilm - fan va kasb - hunar egallashining moddiy asosi bo'lmishoziq - ovqat, kiyim - kechak, kerakli buyum va jihozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko'rsatishi kerak.

Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sa'diy Sheroziy Sheroz shahrida 1184 yilda tug'ildi. Sa'diyning fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma'suliyatli tarbiyachidir. Ota o'z bolalarini tarbiyalashi, o'qitishi, hunarga o'rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Sa'diyning pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo'lishi mumkin. Qobiliyat o'z - o'zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo'lmasa, boladagi qobiliyat so'nadi, tarbiyani 3 asosiy - aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo'ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota - onalariga, ya'ni oilaviy tarbiyaga kata e'tibor beradi. Sa'diy ota - onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta'sir etmaydi.

XIX asr o'zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vaqillaridan biri Komil Xorazimiy o'z asarlarida ma'rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g'oyalarini olg'a surdi. U ilm-ma'rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o'rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini o'zviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi. Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma'rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma'naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go'zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo'lganlar obro'-e'tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.

Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko'p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta'kidlashicha, ortqcha so'zmonlik kishi boshiga olin o'rniga qattiq tosh bo'lib tegishi mumkin. Shoir yomon so'zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuhbat bo'lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o'z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo'lishga, jaxolatdan yiroq turishga da'vat etadi, uning fikiricha, adolat sqaraf ko'rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo'lishga, ularni hurmat qilib e'zozlashga chorlaydi. Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta'lim -tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.

REFERENCES

1. Kayumova N.M. "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y

2. Qodirova F., Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova , M.Azamova , Maktabgacha Pedagogika Toshkent2019

3. Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y

4. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

5. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, O'quv qo'llanma Toshkent 2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.