Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINO NAZARIYASIDA TA`LIM TARBIYA'

ABU ALI IBN SINO NAZARIYASIDA TA`LIM TARBIYA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
17229
659
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Abu Ali ibn Sino / axloqiy qarashlar / komilkka yo`l / tarbiy va tarbiyachi munosabati / ma`daniyatlarning turlari / tarbiya nazariyasi / axloqning ko`rinishi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Durdona Bahodir Qizi Sagdullayeva

Ushbu maqolada ``Bolaning shaxs sifatida kamol topishi uchun pedagog insonlarning tarbiyaviy qarashlari`` o`z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINO NAZARIYASIDA TA`LIM TARBIYA»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ABU ALI IBN SINO NAZARIYASIDA TALIM TARBIYA

Durdona Bahodir qizi Sag'dullayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ''Bolaning shaxs sifatida kamol topishi uchun pedagog insonlarning tarbiyaviy qarashlari'' o'z aksini topgan.

Tayanch so'zlar. Abu Ali ibn Sino, axloqiy qarashlar, komilkka yo'l, tarbiy va tarbiyachi munosabati, ma'daniyatlarning turlari, tarbiya nazariyasi, axloqning ko'rinishi.

Axloq - ''kishilarning tabiati, muomlasi, hatti - harakati ya'ni insonni shaxs sifatida shakllanib jamiyatga chambarchaz bog'lana boshlagandan so'ng ko'zga ko'rinadigan, insonlarga bog'laydigan, undagi yaxshi - yu yomon bo'lgan insoniylikni ochib beruvchi harakter.

Axloq bolaning yoshiga qarab, uning tarbiyasi va tarbiyachisiga qarab, vaqt va zamonga qarab shakllanib boradi. Bilim va ko'nikmalari keyinchalik amaliyoti va malakasi kuchli bo'lgan insonda axloq tushunchasi ham yetarlicha shakllanadi. Va shu me'zonga loyiq bola boshlaydi.

Axloq insonga har jabhada yordam beradi. U insondagi ommaviy ma'daniyatni (kiyinish, ovqatlanish, o'zini tuta bilishi, gapirish, salomlashish v.k.) ham yaqqol ochib berdi. Kishining ta'lim jarayonida bilimni, ilmni bilish o'rganish, bevosita axloq bilan namoyon bo'ladi.

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoroning Afshona qishlog'ida tavallud topgan. Ibn Sinoning tibbiyotga doir 10lab qo'llanmalari mavjud. G'arbda "Avitsenna" nomi bilan shuhrat qozongan ibn Sino 57 - yil umrguzaronlik qilgan bo'lsada o'z olamining yetuk vakili bo'lgan. Kamolot sari harakat qilar ekan ibn Sino hayotga, undagi borliqdagi savollarga o'z ma'naviyati bilan javob berar ekan -"Insonning kamoloti, tarbiyasidadir III, ya'ni uning fikricha, tarbiya odamda narsa va hodisaga ongli munosabatda bo'lishni rivoj toptirishi kerak. Abu Ali ibn Sino bolaning o'smirligidan uning manaviy olami, ruhiyati, tarbiyasiga, uning kelajak uchun foydali yetuk inson bo'lishini xoxlar ekan, avvalo bolaning talim tarbiya nazariyasiga alihida e'tibor beradi. Uning nazarida ''onglilik inson baxtining asosidir. Har bir inson kuchli, aqlli, jismoniy jihatdan yetuk bo'lmog'i lozim. Agarda kishida bu hislatlar bo'lmasa tom ma'noda inson jamiyat a'zosi bo'la olmaydi'' deydi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Shu bilan birga ta'limga alohida e'tibor berar ekan uning tarbiya nazariyalari quyidagicha: Har bir insonda axloqiylik tug'ma holda bo'lmaydi. Aksincha tarbiya orqali shakllanadi, olimning fikricha faqat o'z shaxsiy manfaati uchun emas, balki boshqalar uchun ham yashaydigan insonni shakllantirish kerak. Buning uchun esa yoshlarda kuchli axloqiylikni, do'stlikni, iroda va e'tiqod kabi tuyg'ularni shakllantirmoq zarur.

Pedagog olim Abu Ali ibn Sino o'zining pedagogic qarashlarida oila muhitidagi tarbiyaga alohida e'tibor beradi. ''Tadbiri manzil' asarida oila jamiyatining ajralmas qismi ekanini ta'kidlaydi. Oila boshlig'I bola tarbiyasida ham amaliy ham nazariy bilimlarga ega bo'lishi kerak deydi yana olim oila boshlig'ini bu sohada yetarli bilimi tajribasi bolmasau oila a'zolariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Tarbiya faqat oilaning o'ziga emas bali qo'shno oilalarga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi deydi o'z asarlarida. Ibn Sino yaxshi tarbiya oila farovonligi baxtining asosi, zamini, oila muhitida har qanday holatda bolaning barkamol qilib yetishtirish bolaning ota-onasining asosiy burchi, vazifasi ekanligini ta'kidlaydi.

Ibn Sino bola tarbiyasida u bilan yakka holda suhbatda bo'lishbusulini tavsiya etadi. Suhbat chog'ida xalqning hikmatli so'zlaridan, ertaklaridan misollar aytib mazmunli, axloq-odoblilik ma'nosini tushuntirmoqeng ma'qul usul. Bola aytilgan gaplarni e'tibor bilan tinglab, suhbatdan mamnunligi sezilganda uning faoliyatidagi yaxshi ishlar maqtovga sazovor ekanligi, kamchiliklarni tuzatmog'I kerakchili va rag'batlantirilmog'I kerak deydi.

Xullas pedagoglar bola tarbiyasida har xil o'zlari uchun oson va bola uchun foydali bo'lgan bir qancha yangicha to'xtam va fikrlarga kelishgan. Xususan bola voyaga yetar ekan shakllanar, insonlar bilan jamiyat bilan muloqotga kirar ekan u shaxs sifatida o'sha jamiyat bilan muloqot qila olmog'I kerak. Ommaviy madaniyat ta'sirni axloqiy qarashlari o'z odabi bilan uyg'unlashtirishi kerak. O'z dunyo qarashini kengaytirmog'I yuqoridagi ibn Sino kabi yana bir qancha pedagoglar: A.Avloniy, at- Termiziy, al-Buxoriy, Abdurahmon Jomiy kabi bola tarbiyasida muhim bo'lgan qarashlari bor insonlar asarlaridan mutolaa qilmog'lik joiz. Zero ''Yoshlikda lingan ilm - toshga o'yilgan naqsh kabidir'' deydi A.Navoiy. ilm insonni g'oyatda yetuklikka undovchi bebaho boylik...

Sino o'z davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy e'tibor bilan karadi va bu soqada „Aqsom al-ulum alaqliya" („Aqliy ilmlar tasnifi") nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga bo'ldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga bo'linadi: 1) quyi darajadagi ilm, ya'ni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) o'rta darajadagi ilm — mat. (geometriya,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajadagi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch kiyem (axloq, iqtisod va siyosat) ga bo'linib, birinchisida bitta shaxs, uning fe'l-atvori qanday bo'lishi haqida; ikkinchisida insonlarning oilada, xo'jalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday bo'lishi va uchinchisida shahar yoki o'lka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday bo'lishi, davlatni idora qilish haqida ran boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga bo'linib ketadi. Asarda 29 ilm tarmog'i tilga olinadi, Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o'zaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta'kidlaydi. Jamiyat kishilarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini aytadi. Jamiyat a'zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi lozim. Agar hokim podshoning o'zi adolatsizlikka yo'l qo'ysa, xalqning unga qarshi qo'zg'oloni to'g'ri va jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanmog'i kerak, deb hisoblaydi. O'zining axloq to'g'risidagi fikrlarida insonlarning kundalik ishlaridagi eng zarur axloqiy munosabatlarga, kamtarlik, izzathurmat, jasurlik, to'g'rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e'tibor beradi.

Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o'qituvchining unga bilim, hunar o'rgatishi zarurligini uqtiradi.

Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma'naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni ma'naviy yuksaklikka ko'taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo'lib xizmat qiladi.

Tark qil bor narsani, jon barchadin a'lodudir,

Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so'li sog'.

Jon agar bir shisha bo'lsa, ilm sham chirog'.

Hikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog'.

Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik.

Ul chiroq so'nsa, sening ham o'lganingmasmu shu chog'.l

REFERENCES

1. B.X.XODJAYEV Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 154-157

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

9. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.