SEMENTBETON QOPLAMALI AVTOMOBIL YO'LLARINI SAQLASH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI ULARNING XIZMAT
MUDDATINI OSHIRISH
Aslidin Xushvaktovich Urakov
Toshkent davlat transport universiteti, texnika fanlari doktori, professor
Xadicha Dilshodovna O'rolova
Toshkent davlat transport universiteti, tayanch doktorant [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sementbeton qoplamali avtomobil yo'llarining xizmat muddatiga ta'sir etuvchi asosiy ko'rsatkichlar tahlil qilingan bo'lib, saqlash ishlarini tashkil etishdagi kamchiliklar va muammolar Respublika sharoitida o'rganilgan. Saqlash texnologiyalarini tashkil etish bo'yicha rivojlangan mamlakatlar tajribalari tahlil qilinib, texnologiyalarni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan va bu orqali qoplamalarning xizmat muddatini oshirish masalalari ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: sementbeton qoplama, xizmat muddati, saqlash texnologiyalari, harorat choklari, mastika, germetik, qishki saqlash, muzlashga qarshi materiallar.
ABSTRACT
In this article, the main indicators affecting the service life of cement concrete roads are analyzed, and the shortcomings and problems in the organization of maintenance work are studied in the conditions of the Republic. The experiences of developed countries on the organization of storage technologies were analyzed, recommendations were made on improving technologies, and the issues of increasing the service life of coatings were considered.
Keywords: cement concrete pavement, service life, maintenance technologies, temperature joints, mastic, sealant, winter maintenance, anti-frost materials.
KIRISH
Bugungi kunda Respublikamizda avtomobil yo'llarini xizmat muddatini oshirish maqsadida yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan va mavjud mahalliy xomashyolardan unumli foydalangan holda avtomobil yo'llarini qurish ishlarini olib borish bo'yicha qator islohotlar olib borilmoqda. Shu boisdan mustahkamligi yuqori bo'lgan va xizmat muddati davri uzoq bo'lgan sementbeton qoplamalariga talab oshib bormoqda.
May, 2023
141
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-may 2022-yildagi PQ №249 sonli "Sementbeton qoplamali avtomobil yo'llari tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq avtomobil yo'llari tarmog'idagi umumfoydalanuvdagi yo'llar bilan bir qatorda ichki yo'llarni ham bosqichma-bosqich ravishda sementbeton qoplamaga o'tkazish ishlari jadal amalga oshirilmoqda[2]. Birgina o'tgan 2022 yilda qariyb 500 km ichki yo'llar sementbeton qoplamaga o'tkazilganligi fikrimiz isboti bo'la oladi. Bu esa Respublikamizda mavjud sementbeton qoplamali avtomobil yo'llari va kelajakda qurilishi rejalashtirilayotgan yo'llarning belgilangan muddatlarda xizmat qilishini ta'minlash uchun ularni Respublikamizga xos bo'lgan tabiiy-iqlim va ekspluatatsion sharoitda saqlash texnologiyalarini takomillashtirishni taqoza qilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Sementbeton qoplamalari foydalanishga topshirilgandan so'ng doimiy ravishda parvarishda bo'lishini taqozo qilinadi. Chunki, yuk va yo'lovchi hajmining o'sishi qoplamaning yomonlashuviga olib keladi va ish ta'mirlash darajasigacha borsa iqtisodiy xarajatlarning oshishiga sabab bo'ladi. Amerikalik tadqiqotchilar xizmat muddati davomida qoplama holatining yomonlashinuvini ularga texnik xizmat ko'rsatishga bog'liqligini tahlil qildilar (1-rasm).
Shu boisdan amerikalik mutaxassislar tomonidan sementbeton qoplamalariga texnik xizmat ko'rsatishning 5 darajasi belgilab olingan[6]. Bular: -qoplama holatini monitoring qilish; -konservativ parvarishlash; -qoplamani funksional ta'mirlash; -qoplamani strukturaviy ta'mirlash; -rekonstruksiya qilish.
Kommia emu
1-rasm: Qoplama holatining uning yoshiga bog'liqlik grafigi
May, 2023
142
Yuqoridagi grafikdan ko'rinib turibtiki, qoplamadan foydalanish davomida ekspluatatsiya ishlarini to'g'ri tashkil etish uning xizmat muddatini oshishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
MDH mamalakatlari xususan, Rossiyalik tadqiqotchilar tajribalari shuni ko'rsatadiki qoplama holatining yomonlashuvida saqlash ishlarini tashkil etish ya'ni sementbeton qoplamalarini suv ta'siridan himoyalash, harorat choklarini muntazam ravishda ishlashini ta'minlash va qishki saqlash ishlarida muzlashga qarshi materiallarni to'g'ri tanlash qoplamada erta vujudga keladigan nuqsonlarni oldini oladi. Bu esa ta'mirlash ishlari xarajatlarini ancha kamaytiradi[5].
Bulardan kelib chiqadiki, sementbeton qoplamalarini saqlash samaradorligini oshirishga quyidagi masalalarni yechish orqali erishish mumkin:
1. Harorat choklarini muntazam ishlashi uchun iqlim sharoitiga mos bo'lgan chok to'ldiruvchi materiallardan foydalanish.
2. Suv o'tkazmay digan kompozitsiyalarni o'z vaqtida qo'llash.
3. Qishki saqlash ishlarida muzdan tozalash reagentlarini to'g'ri tanlash.
NATIJALAR
Sementbeton qoplamalarida harorat choklari
Ma'lumki choklarni to'ldiruvchi materiallar namlik va atmosfera haroratining o'zgarishi ta'siri ostida buzilishlar sodir bo'lishini oldini olish uchun qo'llaniladi. Shu munosabat bilan ular yopishqoqlik va tashqi ob-havo ta'siriga qarshi turish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.
Shuni ta'kidlash kerakki, sementbeton qoplamalar choklari uchun qo'laniladigan materiallar korroziyaga qarshi himoya qilishi va gidroizolyatsiyani ta'minlashi kerak. Shuning uchun ularga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
• ultrabinafsha nurlari ta'siri ostida egiluvchanlik va massani saqlab turish;
• salbiy haroratlarga yorilishsiz va elastiklikni yo'qotishsiz bardosh berish;
• yuqori haroratlarda o'z xususiyatlarini saqlab qolish va avtomobil shinalariga yopishib qolmaslik;
• namlik o'tkazmaslik;
• beton va metallga yuqori yopishqoqlik.
Respublikamizda sementbeton qoplamalari choklarini to'ldirish ishlatilayotgan materiallar GOST 30740-2000 talablari asosida olib boriladi. Unga ko'ra yumshash harorati +1000C dan kam bo'lmagan rezina-bitumli mastika, polimer-bitumli mastika va boshqa biriktiruvchi materiallar qo'llanilib kelinmoqda. Sementbeton qoplamada siqilish
May, 2023
143
choklarini bitum mastikasi bilan an'anaviy to'ldirishning kamchiliklari ko„p.
Issiq ob-havoda chokning eni kamayganda mastika qoplamaning yuzasiga chiqib qolib do'ngliklar hosil qiladi[4]. Ularni avtomobil g'ildiraklari bosib tekislab o'tadi. Sovuq ob-havoda kengaygan chokdagi mastikaning hammasi ham o„z joyiga qaytib tushmaydi. Chok chala to'ladi va ifloslar bilan to'lib boradi (2-rasm). Shuning uchun yo'lni ekspluatatsiya qilish jarayonida vaqti-vaqti bilan qoplama yuzasidan olib tashlash
2-rasm: Issiq ob-havoda siqilish choklaridagi mastikaning qoplama yuzasiga chiqib
qolishi
va chokning ustki qismi ifloslardan tozalangandan keyin yangi mastika qo'yish talab etiladi. Bundan tashqari mastikalar ko'pga chidamaydi va ikki-uch yilda deformatsiyalanish xususiyatlarini butunlay yo'qotadi.
Suv o'tkazmaydigan kompozitsiyalar
Gidrofobizatsiya- bu qayta ishlash texnologiyasi bo'lib sementbeton qoplamasining sirtlarini organik kremniy birikmalariga asoslangan maxsus eritmalar bilan ishlov berib gidrofobik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida qo'llaniladi. Ushbu texnologiyaning mohiyati eritma qoplamaning sirt qatlami, so'ngra g'ovakliklariga kirib borib ularni to'ldirishi va yaxlit bikr suv ta'sir etmaydigan strukturani shakllantirishidir. Natijada hosil bo'ladigan struktura sement beton qoplamasini kuchaytiradi.
Turli xil kompozitsiyalardan foydalanish natijasida sementbetonning ishlash xususiyatlari yaxshilanadi:
1. Sovuqqa chidamliligi oshadi.
May, 2023
144
2. Atmosfera yog'inlarining salbiy oqibatlarni oldini oladi.
3. Qoplamaning kimyoviy korroziyaga chidamliligi oshadi, xususan, muzlashga qarshi materiallarga.
4. Suvga chidamlilik sezilarli darajada yaxshilanadi.
5. Yemirilishga qarshilik kuchayadi.
Muzlashga qarshi reagentlar
Me'yoriy talablarga muvofiq xlorid tuzlariga asoslangan muzlashga qarshi materiallar foydalanishning birinchi yilida taqiqlanadi. Xloridsiz MQM dan foydalanishga ruxsat beriladi yoki tuzsiz materiallarini qo'llash tavsiya etiladi. Shuningdek, asetat va karbamid asosidagi MQM dan (Nordix, Antisneg, NKMM va boshqalar) foydalanish maqsadga muvofiqdir.
MUHOKAMA
Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlar asosida shuni takidlash joizki Respublikamiz sharoitida sementbeton qoplamali avtomobil yo'llarini saqlash ishlarini takomillashtirish uchun bir necha yo'nalishlarda ishlarni olib borish lozimdir. Shu boisdan sementbeton qoplamali avtomobil yo'llarining saqlash ishlarini olib bo' yicha bir necha texnologiyalar tavsiya etiladi.
"STROP-M" texnologiyasi va uning qo'llanilish tasnifi. "STROP-M" singdiruvchi va himoya qiluvchi kompozitsiyasi bu Qozog'iston yo'lchi olimlari tomonidan sementbeton qoplamasining yuzasini tashqi ta'sirlardan himoya qilish va qo'llanilgandan so'ng uning ekspluatatsion ko'rsatkichlarni yaxshilash uchun ishlab chiqilgan. Himoya tarkibi sifatida fosforit kislota asosidagi biriktiruvchi ishlatiladi. U yo'l yuzasida uzoq vaqt davomida eskiradi so'ngra kalsiy gidroksidning 10-15% li
л
eritmasi bilan 1m yuzaga 0.3-0.4 kg eritma sepiladi. Buning natijasija sovuqqa chidamliligi oshadi. O'zgaruvchan haroratning qoplamaga ta'sirini kamaytiradi va sirtini har-xil yedirilishlar va buzilishlardan himoyalaydi. Biriktiruvchi modda birinchi navbatda beton tarkibidagi kalsiy ionlari bilan o'zaro ta'sir qiladi va reaksiyaga kirishmagan qismi betonning g'ovakliklarida to'planadi. Bunda sement toshi bilan beton g'ovakliklaridagi neoplazmalarning bog'lanishlari hosil bo'ladi va kam eruvchan kalsiy vodorod fosfatlar bilan to'ldiriladi. Betonning sovuqqa chidamliligi oshadi[1].
Qalsiy-vodorod fosfatlar oq rangga ega bu ishlov berilgan yuzaning yorug'ligini aks ettirishga imkon beradi va beton plitalarning deformatsiyadan qizishini mos ravishda pasayishini ta'minlaydi. Bu esa yo'l yuzasida yoriqlar va buzilishlar sodir bo'lishini oldini oladi. Sementbeton g'ovakliklaridagi kalsiy gidrofosfatlar sement
May, 2023
145
toshiga mahkam bog'langanligi sababli muzlashga chidamliligini oshiradi.
O'zgaruvchan harorat, quyosh nurlari va issiqlik darajasi ta'sirini pasaytiradi. Texnologiyaning afzallliklari: -qoplamaning 30 mm chuqurligiga kiradi; -suv va quyosh nurlari ta'sirini pasaytiradi; -mustahkamligini oshiradi; -muzlashga chidamliligini oshiradi; -sementbeton qoplamaning xizmat muddatini oshiradi; -yorug'likni aks ettirishga qarshilik ko'rsatadi.
3-rasm: Sementbeton qoplamada "STROP-M" texnologiyasini qo'llash jarayoni
"PAVIX CCC100" texnologiyasi va uning qo'llanilish tasnifi. "PAVIX CCC100" (AQSh) singdiruvchi birikmasi suvga asoslangan noyob vosita bo'lib qo'llanilgandan so'ng sementbetonning sirt qatlamining ishlash chususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi[3]. "PAVIX CCC100" suv o'tkazmaydigan va betonning g'ovakliklarida kristallarning hosil bo'lishini birlashtirgan mahsulot. Birinchidan "PAVIX CCC100" havo bilan reaksiyaga kirishib suvni qaytaruvchi vositani hosil qiladi va bir vaqtning o'zida betonga kirib betonning g'ovaklari va o'shliqlarida kristallar hosil qiladi.
"PAVIX CCC100" qoplama yuzasiga maxsus uskunalar yordamida plyonka yoki oddiygina cho'tka bilan purkash yo'li bilan qo'llaniladi va qoplamaning xizmat muddatini oshirish va uning texnik xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.
Texnologiyaning afzalliklari: -sementbeton qoplama chuqurligigacha kirib boradi; -suv va reaktiv to'yinishini pasaytiradi; -mustahkamligini oshiradi; -muzlashga chidamliligini oshiradi;
May, 2023
146
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 I Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
-sementbeton qoplamaning xizmat muddatini oshiradi.
4-rasm: Sementbeton qoplamada "PAVIX CCC100" texnologiyasini qo'llash jarayoni 3. Deformatsiya choklarini germetiklash. Texnologiyaning tavsifi va qo'llanilish sohasi: Sementbeton qoplamalarining kengaytiruvchi bo'g'inlarini o'rnatish va germetiklash texnologiyasining so'ngi 10 yil ichida ishlab chiqilganlari sezilarli afzalliklarni bermadi. Barcha turdagi kengaytiruvchi bo'g'inlar uchun yechimlar universaldir va texnologik jarayon barcha zamonaviy uskunalar majmuasi bilan ta'minlangan. Kengaytiruvchi bo'g'inlarning geometrik parametrlari chuqurligi va kengligi bo'g'inlar qirralarining gorizontal va vertikal harakatlanish chegaraviy qiymatlari qoplamaning qalinligi va transport vositalaridan tushayotgan yuq turiga qarab hisoblab chiqiladi. Monolit sementbeton qoplamalarida quyidagi ketma-ketlikni o'z ichiga oladi:
- choklarni olmosli uskuna bilan kesish; -issiq siqilgan havo yuborish; -chok devorlarini gruntovkalash;
-170-180°C haroratgacha qizdirilgan bitum-polimer bilan to'ldirish; -sirtini mayda dispersli mineral material bilan qoplash.
"BIGUMA", "Biguma TTL-82", "Biguma Arctic" (Germaniya) mastika seriyalari -yo'llar va aerodrom qoplamalarida shuningdek muhandislik inshootlarida choklarni to'ldirish uchun mo'ljallangan bitum-polimer materiallardir. Ushbu materiallar turli xil iqlim sharoitlarida ishlaydi. Mastikaning afzalliklari:
-harorat o'zgarishi va yemirilishga yuqori qarshilik;
-vaqt o'tishi bilan qattiqlashmaydi;
-termoplastikaga ega emas(qizdirilganda yumshamaydi);
-ultrabinafsha nurlanishiga qarshilik.
May, 2023
5-rasm: "BIGUMA" mastikasi va "Masterflex-472" germetigini o'rnatish texnologiyasi
"Masterflex-472" germetigi- sementbeton qoplamalarining deformatsiya va harorat choklarini germetiklash uchun qo'llaniladigan poliuretan modda. Germetikning afzalliklari: -deformatsiyadan keyin tiklanish qobiliyati; -harorat o'zgarishi va yemirilishga yuqori qarshilik; -hatto -30°C dan +80°C gacha haroratda qattiqlashmaydi; -termoplastikaga ega emas(qizdirilganda yumshamaydi); -ultrabinafsha nurlanishiga qarshilik; -bitta komponentli material yengil qo'llaniladi.
"Crafco Road Saver" silikonli germetiklari-bu noyob tarkibga ega bo'lgan past modulli to'ldiruvchi moddalar bo'g'inlarni yopish uchun mo'ljallangan har qanday iqlim sharoitida sementbeton qoplamalarida qo'llaniladi. Germetiklar ob-havo va namlik ta'siriga chidamli izolyatsiyani ta'minlaydigan va astar(gruntovka)ni talab qilmaydigan bir komponentli materialdir. Germetiklar foydalanish uchun 2 xillikda beriladi.
Germetikning afzalliklari:
-ob-havo ta'siriga mkuammal qarshilik ko'rsata oladi; - -46° da moslashuvchan bo'lib qoladi;
-vaqt o'tishi bilan qotib qolmaydi hatto -30 °C dan +80° gacha haroratda ham; -reaktiv dvigatellardan chiqadigan gaz oqimi ta'siriga chidamli; -yoqilg'i va moylarning vaqti-vaqti bilan to'kilishi xizmat ko'rsatishni saqlaydi.
"CRAFCO" polimer bitumli mastikalar bitum asosida har xil polimerlarning qo'shimchalari bilan issiq holatda ishlatiladigan bir komponentli materialdir. Mastikaning turiga qarab ular barcha yo'l iqlim zonalarida foydalanishga yaroqlidir. Mastikalar 15-17 kg og'irlikdagi qattiq briket shaklida yetkazib bariladi va bo'g'in qizdirilgandan so'ng
May, 2023
148
ular asfalt va sementbeton qoplamalarida choklar va yoriqlarni to'ldirish uchun ishlatiladi.
Afzalliklari:
-ularni qayta-qayta isitgandan so'ng ham ishlash xususiyatlari o'zgarmaydi; -har qanday iqlim zonalari uchun ishlatiladi;
-past salbiy va yuqori musbat haroratlarda ham yuqori deformatsiya xususiyatlariga ega;
-astar talab qilinmaydi;
- yoqilg'i va moylarning vaqti-vaqti bilan to'kilishi xizmat ko'rsatishni
saqlaydi.
6-rasm:"Crafco Road Saver" silikonli germetigi va "CRAFCO" polimer bitumli mastikasi XULOSA
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, sementbeton qoplamalarida saqlash ishlarini to'g'ri tashkil etishda iqlim omillarini, harorat choklarini to'ldiruvchi materiallarni va muzlashga qarshi materiallarni to'g'ri tanlash bilan qoplamaning xizmat muddatini oshirish, bu orqali esa sezilarli iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin.
REFERENCES
1. Album-catalog (2017) of new technology and materials used in the automotive industry in the Republic of Kazakhstan. KazdorNII
2. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. 249 (2022) "On measures to expand the network of cement concrete roads", Tashkent.
3. M. Tyler Ley, Bruce W. Russell, Robert N. Emerson (2013) Temperature effects on concrete pavements in Oklahoma. Stillwater, Oklahoma.
4. T.J. Amirov (2017) Construction of cement concrete pavements of highways and airfields. Sano-standard.
5. V.V. Ushakov, V.A. Maksimov (2022) "Obsnovanie tekhnologii soderjaniya cementobetonnih pokriti avtomobilnih dorog dlya povisheniya sroka ix slujbi", Avtomobil. To Dorothy. Infrastructure 2(35) 105-112.
6. Youn su Jung, Thomas J. Freeman, Dan G. Zollinger (2008) Guidelines for routine maintenance of concrete pavement, USA.
May, 2023
149