Научная статья на тему 'Yo'l to'shamalarida paydo bo'ladigan deformatsiyalarni o'rganish va uni yechimlari'

Yo'l to'shamalarida paydo bo'ladigan deformatsiyalarni o'rganish va uni yechimlari Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
516
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GOST standarti / chaqiqtosh-qum / mustahkamlangan grunt / ishlov berilgan materiallar / sement sarfi / shlakoportlandsement / marka / avtogreyder / zichlangan xolati / yoʻldagi defektlar / yoʻl qoplamasi / sifat koʻrsatkichlari / mustahkamlik parametrlari / zichlash ishlari / grunt. / ГОСТ / гравийно-песчаный / армированный грунт / перерабатываемые материалы / расход цемента / шлакопортландцемент / марка / автогрейдер / уплотненное состояние / дорожные дефекты / дорожное покрытие / качественные показатели / прочностные показатели / работы по уплотнению / грунтовка.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xabibullayev Alimardon Hidoyatillayevich, Qoʻysinaliyev Nuriddin Zafarali Oʻgli, A’zamov Rahmatali Rohatali Oʻg’li, Abduqaxxorov Xusniddin Abdusalom Oʻg’li

Ushbu maqolada avtomobil yoʻllarida uchrayotgan nuqsonlarni bartaraf etish hamda qurib foydalanishga topshirilgan yoʻllarimizning tez orada ta’mirtalab ahvolga kelib qolayotganligi, qurilish jarayoniga sarflanayotgan mablag’larni inobatga olgan holatda, yoʻllarimiz bugungi kunda toshbetonli yoʻllarga oʻtish kerakligi taklif etilgan. Yoʻllarimizning qurishdan avval asos qoplamani qurish jarayoni, shu bilan bir qatorda, qurish vaqtining oʻzida ishlov berishimiz kerakligi yaroqlilik muddatining uzayishiga va iqtisodiy jihatdan samaradorlikka erishishga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Адсорбционные характеристики сорбента на основе модифицированного клиноптилотита

В данной статье отмечается, что ремонт дорог и ввод в эксплуатацию наших дорог скоро будут в аварийном состоянии, предположил необходимость зубьев. Процесс укладки тротуарной плитки перед строительством наших дорог. В то же время тот факт, что нам приходится перерабатывать его во время строительства, приводит к увеличению срока службы и экономической эффективности.

Текст научной работы на тему «Yo'l to'shamalarida paydo bo'ladigan deformatsiyalarni o'rganish va uni yechimlari»

UDK: 629.4.017

YO'L TO'SHAMALARIDA PAYDO BO'LADIGAN DEFORMATSIYALARNI O'RGANISH VA UNING YECHIMLARI

Xabibullayev Alimardon Hidoyatillayevich NamMQI, dotsent [email protected]. (998972574656)

Qo'ysinaliyev Nuriddin Zafarali o'g'li NamMQI. o'qituvchi [email protected]. (998994922726)

A'zamov Rahmatali Rohatali o'g'li NamMQI. o'qituvchi raxmatali [email protected] Tel: +998902615540

Abduqaxxorov Xusniddin Abdusalom o'g'li NamMQI. magistr [email protected] Tel: +998903455076

Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil yo'llarida uchrayotgan nuqsonlarni bartaraf etish hamda qurib foydalanishga topshirilgan yo'llarimizning tez orada ta'mirtalab ahvolga kelib qolayotganligi, qurilish jarayoniga sarflanayotgan mablag'larni inobatga olgan holatda, yo'llarimiz bugungi kunda toshbetonli yo'llarga o'tish kerakligi taklif etilgan. Yo'llarimizning qurishdan avval asos qoplamani qurish jarayoni. shu bilan bir qatorda. qurish vaqtining o'zida ishlov berishimiz kerakligi yaroqlilik muddatining uzayishiga va iqtisodiy jihatdan samaradorlikka erishishga olib keladi.

Аннотация: В данной статье отмечается, что ремонт дорог и ввод в эксплуатацию наших дорог скоро будут в аварийном состоянии, предположил необходимость зубьев. Процесс укладки тротуарной плитки перед строительством наших дорог. В то же время тот факт, что нам приходится перерабатывать его во время строительства, приводит к увеличению срока службы и экономической эффективности.

Annotation: In this article. it is noted that the repair of roads and the commissioning of our roads will soon be in a state of disrepair. Suggested the need for teeth. The process of building the pavement before the construction of our roads. At the same time. the fact that we have to process it at the time of construction. leads to an increase in service life and economic efficiency.

Kalit so'zlar: GOST standard. chaqiqtosh-qum.mustahkamlangan grunt. ishlov berilgan materiallar. sement sarfi. shlakoportlandsement.marka. avtogreyder. zichlangan xolati.yo'ldagi defektlar. yo'l qoplamasi. sifat ko'rsatkichlari. mustahkamlik parametrlari. zichlash ishlari. grunt.

Ключевые слова: ГОСТ, гравийно-песчаный, армированный грунт, перерабатываемые материалы, расход цемента, шлакопортландцемент, марка, автогрейдер, уплотненное состояние, дорожные дефекты, дорожное покрытие, качественные показатели, прочностные показатели, работы по уплотнению, грунтовка.

Keywords: GOST standard. gravel-sand. reinforced soil. processed materials. cement consumption. slagportland cement. brand. motor grader. compacted condition. road defects. road surface. quality indicators. strength parameters. compaction works. grunt.

Kirish. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda bo'lganiday O'zbekistonning ham umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarining sementbeton qoplamali yo'llarga o'tishi

to'g'risida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 2-oktyabrda bo'lib o'tgan yig'ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash vaqtida shunday vaziyatlarga amin bo'lindiki, yo'llarni sement bilan ishlov berilgan chaqiqtosh-qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlardan asos va qoplamalar qurishning usullari ishlab chiqildi. SHNK 3.06.03-08 ning 8.10 bandi talabiga asosan, sement bilan ishlov berilgan tosh materiallardan asoslarni (qoplamalarni) quruq havoda, kunlik o'rtacha harorat +50C dan past bo'lmaganda bajarilishi ko'rsatilgan.

Avtomobil yo'llarining sementbeton qoplamalarini qurish T. J. Amirovning "Avtomobil yo'llari va aerodromlar sementbeton qoplamalarini qurish" nomli o'quv qo'llanmasida keng yoritilgan. Shuning uchun ushbu o'quv qo'llanmada sementbeton qoplamalarining yuza qatlamlarini ta'mirlash, qoplama yuzasini ta'mirlashga tayyorlash, sement "qaymog'i" ning ko'chishini bartaraf etish jarayoni, qoplamaning yuza qatlamini ta'mirlash uchun materiallar, qoplama yuzasini ta'mirlashga tayyorlash bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar, qorishmani tayyorlash usullari ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilingan va ularni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan[2].

Materiallar va metodlar. Maqolani tayyorlashda qiyosiy tahlil hamda chet el tajribalarini o'rganish va milliylashtirish, shu bilan bir qatorda, rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan texnologiyalarni milliylashtirishga va, albatta, o'z imkoniyatimizga katta e'tibor qaratilgan

Asosiy qism. GOST23558-94 "Yo'l va aerodromlar uchun noorganik bog'lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiqtosh-qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlar" bo'yicha chaqiqtosh qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlardan tayyorlanadigan materiallar tayyorlanishi usuliga ko'ra quyidagicha nomlanadi:

Ishlov berilgan material.Ya'ni, chaqiqtosh-qum, shag'al-qum, chaqiqtosh-shag'al-qumli aralashmalar, qum-shlakli aralashmalar, qumni sement va suv bilan qorishtirish uskunalarda (BSU) aralashtirib olingan va loyixaviy yoki oraliq muddatlarda sovuqbardoshlik va mustahkamlik kabi sifat ko'rsatkichlariga javob beradigan sun'iy materialga ishlov berilgan (obrabotanniy) material deyiladi.

1-rasm. Asos va qo'shimcha qatlamlarga hamda qoplamalarga qo'llanilis ishlov

berish jarayoni

Yo'l qurilishida asosiy e'tiborni mustahkamlangan (ukreplenniy) gruntga qaratishimiz kerak bo'ladi. Mustahkamlangan grunt deganda gruntni sement va suv bilan, odatda obyektni o'zida qorishtirish orqali olingan va loyihaviy yoki oraliq muddatlarda sovuqbardoshlik va mustahkamlik kabi sifat ko'rsatkichlariga javob beradigan sun'iy materialga mustahkamlangan grunt deb aytiladi. GOST 23558-94 ning 1-bandi ham doirada ko'rish mumkin. Ushbu standart shag'al-shag'al-qum aralashmalari va poydevorlarni qurish uchun ishlatiladigan noorganik sementlash materiallari bilan ishlov berilgan tuproqlarga nisbatan qo'llaniladi. Biz yuqorida aytib o'tgan ishlov berilgan materiallar va mustahkamlangan gruntlarni avtomobil yo'llari va aerodromlar qurishda quyidagi qatlamlar uchun qo'llash mumkin[3]:

> Asos qatlamlariga

> Asosning qo'shimcha qatlamlariga

Qoplamalarga

Ishlov berilgan materiallar va mustahkamlangan gruntlarga mustahkamlik bo'yicha markalar belgilangan:

Shu o'rinda e'tibor berish lozimki, M75 marka uchun, siqilishdagi mustahkamlik 7,5 МРа bilan bir qatorda egilishdagi cho'zilishi bo'yicha mustahkamlik 1,5 МРа dan kam bo'lmaslik talablariham mavjud. Lekin bu talab, aksariyat loyihalarda tekshirilmay qolib ketmoqda [1].

Eng ahamiyatli tomoni shundaki, yo'l konstruksiyasini hisoblashda siqilishdagi emas, balki egilishdagi cho'zilishi bo'yicha mustahkamlik qo'llaniladi. Amaliyotdan ma'lum bo'lmoqdaki, siqilishdagi mustaxkamligi 7,5 MPa ni tashkil qilganda, egilishdagi mustahkamlik ko'rsatkichi 1,5 MPa ni ta'minlay olmaydi.

1-jadval.

Gruntlarning mustahkamlik bo'yicha markalar_

Kuch darajasi Kuchlanish kuchi, MPa (kgf/sq.sm), dan kam emas

siqish uchun Rsj kuchlanishli egilish uchun Rizg

M10 1,0 (10) 0,2 (2)

M20 2,0 (20) 0,4 (4)

M40 4,0 (40) 0,8 (8)

M60 6,0 (60) 1,2 (12)

M75 7,5 (75) 1,5 (15)

M100 10,0 (100) 2,0 (20)

Kam sementli chaqiqtosh qum aralashmasidan olingan namunani egilishdagi cho'zilishga bo'lgan mustahkamlik markasi 1,5 MPa, amalda siqilishdagi mustahkamlik ko'rsatkichi 10-12 MPa bo'lgandagina ta'minlanayapti. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida shu ayon bo'ldiki kam sementli beton qorishmasini egilishdagi cho'zilishga bo'lgan mustaxkamligini sement miqdorini ko'paytirish hisobiga oshirish asos yoki qoplamada yoriqlar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. GOST 23558-94 standartining 4.1.2 bandi bo'yicha ishlov berilgan materiallar va mustaxkamlangan gruntlar sovuqbardoshligi bo'yicha mos ravishda F5, F10, F15, F25, F50, F75 markalarga javob berishi lozim [4]. Lekin yuqoridagi kabi, standartning ushbu talablari ham ko'p ob'yektlarda talab qilinmaydi.

Ishlov berilgan materiallar va mustahkamlangan gruntlarga bog'lovchi sifatida qo'llanilagan portlandsement, shlakoportlandsement, sulfat tuzlariga bardoshli va pussolan sementlar markasi qoplama uchun kamida 400 marka, asos uchun esa kamida 300 marka bo'lishi kerak.

Sement bilan ishlov berilgan chaqiqtosh-qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlardan asos va qoplamalar qurishning asosiy qoidalari va kamchiliklari. ShNQ 3.06.03-08 ning 8.10 bandi talabiga asosan, sement bilan ishlov berilgan tosh materiallardan asoslarni (qoplamalarni) quruq havoda, kunlik o'rtacha harorat +50C dan past bo'lmaganda bajarilishi ko'rsatilgan. Lekin, xavoning kunlik o'rtacha harorati -50S dan -150C gacha bo'lganda asosni, suv va to'ldiruvchilarni isitish, qorishmaga muzlashga qarshi kimyoviy qo'shimchalarni qo'shib ishlarni bajarishga ruxsat etilgan. Bunda suvning eng yuqori ruxsat etilgan harorati 800 C, to'ldiruvchilarniki 50° C Qorishmaning qorishtirgichlardan chiqishdagi harorati kamida 250 C bo'lishi kerak. Qorishmalarni avtomobil chiqarayotgan gazlar bilan isitish va samosval kuzovlarini yopib tashish lozim. Qorishmalarni tashish uchun ketadigan vaqtni ishlab chiqarish oldidan aniqlanadi, lekin 60 minutdan oshmasligi kerak[7].

Ishlov berilgan material va mustahkamlangan gruntlarni yuk tashuvchi avtomobillarning har qanday turida tashish mumkin. Bog'lovchi sifatida portlandsement, shlakoportlandsement, sement bilan faollashtirilgan shlakli va kulli bog'lovchilar, suyuq shisha qo'llanilganda ishlab chiqarish va zichlash ishlari davomiyligi 5 soatdan ortmasligi kerak.

Ostki qatlam qabul qilingandan keyin qorishma yotqizish ishlariga kirishiladi. Ostki qatlam loyihaviy balandlikda tekislangan va to'liq zichlangan bo'lishi kerak. Asos qurish ishlarini boshlashdan oldin geodezik o'lchov ishlarini amalga oshirish lozim. Ishlarni davomiyligini ta'minlash maqsadida materiallarni tashib keltirish uchun vaqtinchalik kirish yo'llari tayyorlanadi. Ishlarni bir me'yorda bajarilishini ta'minlash uchun yetarli miqdorda qurilish mashinalari, avtosamosvallar va ishchi kuchi tashkil qilinishi kerak.

Bajarilish mexanizmi. Ishlov berilgan material yoki mustaxkamlangan gruntlardan asos, asosning qo'shimcha qatlami va qoplamalar uch xil usulda qurish mumkin.

1. Asfaltbeton va beton yotqizish mashinasida

2. Avtogreyderda

3. Resayklerda

Ostki qatlam qabul qilingandan keyin qorishma yotkizish ishlariga kirishiladi. Ostki qatlam loyixaviy balandlikda tekislangan va to'lik zichlangan bo'lishi kerak. Asos qurish ishlarini boshlashdan oldin geodezik o'lchov ishlarini amalga oshirish lozim. Ishlarni davomiyligini ta'minlash maqsadida materiallarni tashib keltirish uchun foydalaniladigan

vaqtinchalik kirish yo'llarini tayyorlanadi. Ishlarni bir me'yorda bajarilishini ta'minlash uchun yetarli miqdorda qurilish mashinalari, avtosamosvallar va ishchi kuchi tashkil qilinishi kerak[6].

Ishlov berilgan material hajmi asos uchun tayyorlangan ko'tarma ko'rinishidagi holati kengligi, uzunligi va qalinligi zichlangan holati bo'yicha aniqlanadi. Qalinlik ish borishining boshlang'ich davrida tajribaviy zichlash orqali zichlanish zaxirasini 1,2-1,4 miqdorda hisobga olgan holda aniqlab olinadi.

2-rasm. Obektlarga qorishmani yetkazish va zichlash jarayoni

Bunday yo'l qurilish usulining qulayliklari quyidagicha:

- zichlash koeffitsiyentini aniqlab olgandan so'ng sim arqon (tross) tortib talab qilingan qalinlikka osongina erishish;

- tashib keltirilayotgan qorishma turib qolmasdan joyga yotqizilishi;

- geodezik o'lchov ishlarining xajmini kamayishi;

- talab qilingan kenglik chegaralariga yog'och bruslar o'rnatilmasligi.

Albatta barchamizga ma'lumki har bir ishning afzallik tomoni bo'lgani singari , Natijaga erishish uchun uchraydigan qiyinchiliklariham bo'ladi albatta. Olib borilayotgan ilmiy izlanishlarimn natijasida shunga amin bo'ldimki quyidagicha marakkablik jarayonlari mavjud

Albatta har bir ish bo'lgandan keyin unda kamchiliklarham uchrab turadi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida quyidagilar aniqlandi.

3-rasm. Qurilish obektida noteisliklarni hisob kitob ishlari va qoplamasini qurish

usullari

Sementli qorishma yotqizishda xozirda gusenisali kuchli asfalt yotqizish mashinasi kamligi, mashinaning qorishma uzatish moslamasi tez yemirilishi. texnik nosozliklar sababli ish to'xtab qolishi, qorishmaning avtosamosvallarda turib qolgani uni natijasida qurib qolishi, qotish jarayoni boshlanishi tufayli yotqizilgan qatlam sifati yuzada sochilish(shelusheniya) yuzaga kelishi va mustahkamlikni yo'qotish) pasayib ketish xollari kuzatilmoqda. Bajarilgan ishlarda mexanizm to'xtab turgan qismlarda notekisliklar paydo bo'lishi, birinchi qator va keyingi qatorlar orasidagi choklarda nuqsonlar paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda[5].

Istiqboli. Ushbu ilmiy maqolamning istiqboli jihati shundaki, olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni isbotladiki toshi betonli yo'l quradigan bo'lsak yo'llarimizga ketayotgan milyardlab mablag'larni tejab qolgan bo'lamiz. Bularning yaqqol misoli shundaki bugungi kunda 79465 ming kilometrni mahalliy ichki ho'jalik yo'llarimiz mavjud bo'lib bularning 90 % qismiga qattiq qoplama yotqizishimiz kerak bo'ladi qattiq qoplama yotqizish uchun sarflangan mablag'ning 60% qismi bilan bunday chaqiqtoshli toshi beton qoplamali yo'llarni qurishimiz mumkin.

Xulosa.Yuqorida ko'rilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda asos va qoplamalar avtogreyderda qurish: Qorishmalar avtosamosvallarda tashib keltirilib, chetki qismiga yog'och bruslar o'rnatilgan yo'l qismiga avtogreyderlar yordamida dastlabki tarqatish ishlari bajariladi va katok yordamida boshlangich zichlanadi. Geodezik o'lchov ishlari bajarilgandan so'ng balandligi otmetkalari ta'minlagan holda qorishma tarqatilib katoklar yordamida belgilangan tartibda zichlash ishlari bajariladi. Bu usulning qulayligi shundaki, tashib keltirilgan qorishma avtosamosvallarda turib qolmaydi, o'z vaqtida obyektga yetkazib kelinsa, yetarli muddatda yotqizib bo'linsa aytilgan mustahkamlikka erishish mumkin bo'ladi albatta.

Keyingi afzalligi shundaki, yuzaga kelgan notekisliklarni zichlash ishlari yakuniga yetgunga qadar bartaraf etish mumkinligi.Yana bir usuli qatlamda bo'ylama choklarsiz yotqizilish imkoni borligi. Yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgandan so'ng, albatta, natijadorlik ortadi va yo'llarimizdagi yaroqlilik muddati ortadi, va shu bilan bir qatorda, foydalanish muddati uzygandan so'ng iqtisodiy jihatdan ham samaradorlikka erishish mumkin bo'ladi albatta.

ADABIYOTLAR

1. Saydazimov N. et al. RESEARCH OF METHODS OF REPAIR OF CEMENT CONCRETE PAVELS //Экономика и социум. - 2020. - №. 11. - С. 1677-1680.

2. Saydazimov N. et al. IMPROVING THE ELASTICITY OF CEMENT-CONCRETE ROADS //Теория и практика современной науки. - 2020. - №. 11. - С. 6-10.

3. Qo'Ysinaliyev N. Z. O. G., Muxiddinov S. Z. O. G. AVTOMOBIL YO'LLARIDA SEMENTBETON QOPLAMALARINING AFZALLIGI //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 10. - С. 356-362.

4. Koysinaliev N., Erkinov S., Ahmadjonov M. Improving the drainage system of highways using plastic materials in response to today's demand //Экономикаисоциум. - 2021. - №. 3-1. -С. 146-149.

5. Mutalibov I. et al. AVTOMOBIL YO'LLARIDA SEMENTBETON QOPLAMALARNI MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 10. - C. 681-686.

6. Saydazimov N. et al. IMPROVING THE ELASTICITY OF CEMENT-CONCRETE ROADS //TeopHAHnpaKTHKacoBpeMeHHOHHayKH. - 2020. - №. 11. - C. 6-10.

7. Dadaxodjayev A. et al. Creating a road database using gis software //HHTepHayKa. -2020. - №. 43-2. - C. 30-32.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.