Научная статья на тему 'YO‘L TO‘SHAMALARIDA PAYDO BO‘LADIGAN DEFORMATSIYALARNI O‘RGANISH VA UNI YECHIMLARI'

YO‘L TO‘SHAMALARIDA PAYDO BO‘LADIGAN DEFORMATSIYALARNI O‘RGANISH VA UNI YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
578
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GOST standarti / chaqiqtosh-qum / mustahkamlangan grunt / ishlov berilgan materiallar / sement sarfi / shlakoportlandsement / marka / avtogreyder / zichlangan xolati / yo’ldagi defektlar / yo‘l qoplamasi / sifat ko‘rsatkichlari / mustaxkamlik parametrlari / zichlash ishlari / grunt. / GOST standard / gravel-sand / reinforced soil / processed materials / cement consumption / slagportland cement / brand / motor grader / compacted condition / road defects / road surface / quality indicators / strength parameters / compaction works / grunt.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Qo‘ysinaliyev Nuriddin Zafarali O‘g‘li, Madaminova Dilnoza Dilshodbek Qizi, Xakimov O‘tkirbek Hoshimjon O‘g‘li

Ushbu maqolada avtomobil yo’llarida uchrayotgan nuqsonlarni bartaraf etish hamda qurib foydalanishga topshirilgan yo’llarimizning tez orada ta’mirtalab ahvolga kelib qolayotganligi, yo’llarimizning qurilish jarayoniga sarflanayotgan mablag’larni inobatga olgan holatda, bugungi kunda toshi betonli yo’llarga o’tish kerakligi taklif etilgan. Yo’llarimizning qurishdan avval asos qoplamani qurish jarayonini. Shu bilan bir qatorda qurish vaqtining o’zida ishlov berishimiz kerakligi, va yaroqlilik muddatining uzayishiga va iqtisodiy jihatdan samaradorliklarga erishishga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY AND SOLUTIONS OF DEFORMATIONS OCCURRED ON ROADS

In this article, it is noted that the repair of roads and the commissioning of our roads will soon be in a state of disrepair. suggested the need for teeth. The process of building the pavement before the construction of our roads. At the same time, the fact that we have to process it at the time of construction, leads to an increase in service life and economic efficiency.

Текст научной работы на тему «YO‘L TO‘SHAMALARIDA PAYDO BO‘LADIGAN DEFORMATSIYALARNI O‘RGANISH VA UNI YECHIMLARI»

Tashkent state transport university

YO'L TO'SHAMALARIDA PAYDO BO'LADIGAN DEFORMATSIYALARNI O'RGANISH VA UNI YECHIMLARI

Qo'ysinaliyev Nuriddin Zafarali o'g'li, Madaminova Dilnoza Dilshodbek qizi, Xakimov

O'tkirbek Hoshimjon o'g'li

Namangan muhandislik-qurilish instituti (Namangan, O'zbekiston)

Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil yo'llarida uchrayotgan nuqsonlarni bartaraf etish hamda qurib foydalanishga topshirilgan yo'llarimizning tez orada ta'mirtalab ahvolga kelib qolayotganligi, yo'llarimizning qurilish jarayoniga sarflanayotgan mablag'larni inobatga olgan holatda, bugungi kunda toshi betonli yo'llarga o'tish kerakligi taklif etilgan. Yo'llarimizning qurishdan avval asos qoplamani qurish jarayonini. Shu bilan bir qatorda qurish vaqtining o'zida ishlov berishimiz kerakligi, va yaroqlilik muddatining uzayishiga va iqtisodiy jihatdan samaradorliklarga erishishga olib keladi.

Kalit so'zlar: GOST standarti, chaqiqtosh-qum,mustahkamlangan grunt, ishlov berilgan materiallar, sement sarfi, shlakoportlandsement,marka, avtogreyder, zichlangan xolati,yo'ldagi defektlar, yo'l qoplamasi, sifat ko'rsatkichlari, mustaxkamlik parametrlari, zichlash ishlari, grunt.

STUDY AND SOLUTIONS OF DEFORMATIONS OCCURRED ON

ROADS

Qoysinaliyev Nuriddin Zafar ogli, Madaminova Dilnoza Dilshodbek qizi, Khakimov

Otkirbek Khoshimjon ogli

Namangan engineering and construction institute (Namangan, Uzbekistan)

Abstract: In this article, it is noted that the repair of roads and the commissioning of our roads will soon be in a state of disrepair. suggested the need for teeth. The process of building the pavement before the construction of our roads. At the same time, the fact that we have to process it at the time of construction, leads to an increase in service life and economic efficiency.

Keywords : GOST standard, gravel-sand, reinforced soil, processed materials, cement consumption, slagportland cement, brand, motor grader, compacted condition, road defects, road surface, quality indicators, strength parameters, compaction works, grunt.

Kirish. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda bo'lganday o'zbekistonningham umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarining sementbeton qoplamali yo'llarga o'tish to'g'risida prezidenrimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 2-oktyabrda bo'lib o'tgan yig'ilishda berilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash vaqtida shunday vaziyatlar amin bo'lindiki yo'llaarni Sement bilan ishlov berilgan chaqiqtosh-qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlardan asos va qoplamalar qurishning usullari ishlab chiqildi. SHNK 3.06.03-08 ning 8.10 bandi talabiga asosan, sement bilan ishlov berilgan tosh materiallardan asoslarni (qoplamalarni) quruq havoda, kunlik o'rtacha harorat +50C dan past bo'lmaganda bajarilishi ko'rsatilgan.

Hozirgi kunda Respublikamizda sementobeton qoplamalarini qurish masalalariga katta etibor berilmoqda. 2019 yilning 2 oktabrida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishida ta'kidlanganidek,

Tashkent state transport university

"Mamlakatimizda yo'l qurishda hanuzgacha asosan asfaltbeton ishlatiladi. Bunday yo'llarning xizmat muddati 10-15 yil bo'lib, 4-5 yildayoq ta'mirtalab ahvolga kelib qoladi. Sementbeton qoplamali yo'llarni qurish 15-20 foizga qimmat bo'lsa-da, ekspluatatsiya muddati 2-3 baravar ko'p va saqlash xarajatlari 3 baravar kam" Yurtboshmiz, respublikamizda sement ishlab chiqarish hajmi ortayotganini inobatga olib, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan davlat ahamiyatiga ega yo'llarni bosqichma-bosqich sement-beton qoplamaga o'tkazish bo'yicha topshiriqlar berdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, avtomobil yo'llarining sementbeton qoplamalarini qurish va ta'mirlash usullarini tadqiq etish dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Avtomobil yo'llarining sementbeton qoplamalarini qurish T. J. Amirovning "Avtomobil yo'llari va aerodromlar sementbeton qoplamalarini qurish" nomli o'quv qo'llanmasida keng yoritilgan. Shuning uchun ushbu o'quv qo'llanmada sementbeton qoplamalarini yuza qatlamlarini ta'mirlash, qoplama yuzasini ta'mirlashga tayyorlash, sement "qaymog'i"ni ko'chishini bartaraf etish jarayoni, qoplamaning yuza qatlamini ta'mirlash uchun materiallar, qoplama yuzasini ta'mirlashga tayyorlash bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar, qorishmani tayyorlash usullari ilmiy nuktai nazardan tadqiq qilingan va ularni amalga oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Materiallar va metodlar. Maqolani tayyorlashda qiyosiy tahlil hamda chet el tajribalarini o'rganish va milliylashtirish shu bilan bir qatorda rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan texnologiyalarni milliylashtirishga va albatta o'z imkoniyatimizga katta e'tibor qaratilgan

Asosiy qism. GOST23558-94 "Yo'l va aerodromlar uchun noorganik bog'lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiqtosh-qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlar" bo'yicha chaqiqtosh qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlardan tayyorlanadigan materiallar tayyorlanishi usuliga ko'ra quyidagicha nomlanadi:

Ishlov berilgan material.Ya'ni, chaqiqtosh-qum, shag'al-qum, chaqiqtosh-shag'al-qumli aralashmalar, qum-shlakli aralashmalar, qumni sement va suv bilan qorishtirish uskunalarda (BSU) aralashtirib olingan va loyixaviy yoki oraliq muddatlarda sovuqbardoshlik va mustaxkamlik kabi sifat ko'rsatkichlariga javob beradigan sun'iy materialga ishlov berilgan (obrabotanniy) material deyiladi.

Yo'l qurilishida asosiy e'tiborni mustaxkamlangan (ukreplenniy) gruntga qaratishimiz kerak bo'ladi. Mustaxkamlangan grunt deganda gruntni sement va suv bilan, odatda ob'yektni o'zida qorishtirish orqali olingan va loyixaviy yoki oraliq muddatlarda sovuqbardoshlik va mustaxkamlik kabi sifat ko'rsatkichlariga javob beradigan sun'iy materialga mustaxkamlangan grunt deb aytiladi. GOST 23558-94 ning 1-bandi ham doirada ko'rish mumkin. Ushbu standart shag'al-shag'al-qum aralashmalari va poydevorlarni qurish uchun ishlatiladigan noorganik sementlash materiallari bilan ishlov berilgan tuproqlarga nisbatan qo'llaniladi. Biz yuqorida aytib o'tgan ishlov berilgan materiallar va mustaxkamlangan gruntlarni avtomobil yo'llari va aerodromlar qurishda quyidagi qatlamlar uchun qo'llash mumkin:

Tashkent state transport university

> Asos qatlamlariga

> Asosning qo'shimcha qatlamlariga

> Qoplamalarga

1-rasm: Asos va qo 'shimcha qatlamlarga hamda qoplamalarga qo 'llanilis ishlov berish jarayoni

(muallif tomonidan suratga olingan)

Ishlov berilgan materiallar va mustahkamlangan gruntlarga mustaxkamlik bo'yicha markalar belgilangan:

Shu o'rinda e'tibor berish lozimki, M75 marka uchun, siqilishdagi mustaxkamlik 7,5 MPa bilan bir qatorda egilishdagi cho'zilishi bo'yicha mustaxkamlik 1,5 MPa dan kam bo'lmaslik talablariham mavjud. Lekin bu talab, aksariyat loyixalarda tekshirilmay qolib ketmoqda.

1-jadval gruntlarning mustaxkamlik bo 'yicha markalar

Kuch darajasi Kuchlanish kuchi, MPa (kgf/sq.sm), dan kam emas

siqish uchun Rsj kuchlanishli egilish uchun Rizg

M10 1,0 (10) 0,2 (2)

M20 2,0 (20) 0,4 (4)

M40 4,0 (40) 0,8 (8)

Tashkent state transport university

M60 6,0 (60) 1,2 (12)

M75 7,5 (75) 1,5 (15)

M100 10,0 (100) 2,0 (20)

Eng axamiyatli tomoni shundaki, yo'l konstruksiyasini xisoblashda, siqilishdagi emas, balkim egilishdagi cho'zilishi bo'yicha mustaxkamlik qo'llaniladi. Amaliyotdan ma'lum bo'lmoqdaki, siqilishdagi mustaxkamligi 7,5 MPa ni tashkil qilganda, egilishdagi mustaxkamlik ko'rsatkichi 1,5 MPa ni ta'minlay olmaydi.

Kam sementli chaqiqtosh qum aralashmasidan olingan namunani egilishdagi cho'zilishga bo'lgan mustaxkamlik markasi 1,5 MPa, amalda siqilishdagi mustaxkamlik ko'rsatkichi 10-12 MPa bo'lgandagina ta'minlanayapti. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida shu ayon bo'ldiki kam sementli beton qorishmasini egilishdagi cho'zilishga bo'lgan mustaxkamligini sement miqdorini ko'paytirish xisobiga oshirish asos yoki qoplamada yoriqlar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. GOST 23558-94 standartining 4.1.2 bandi bo'yicha ishlov berilgan materiallar va mustaxkamlangan gruntlar sovuqbardoshligi bo'yicha mos ravishda F5, F10, F15, F25, F50, F75 markalarga javob berishi lozim. Lekin, yuqoridagi kabi, standartning ushbu talablari xam ko'p ob'yektlarda talab qilinmaydi.

Ishlov berilgan materiallar va mustaxkamlangan gruntlarga bog'lovchi sifatida qo'llanilagan portlandsement, shlakoportlandsement, sulfat tuzlariga bardoshli va pussolan sementlar markasi qoplama uchun kamida 400 marka, asos uchun esa kamida 300 marka bo'lishi kerak.

Sement bilan ishlov berilgan chaqiqtosh-qum, shag'al-qumli aralashmalar va gruntlardan asos va qoplamalar qurishning asosiy qoidalari va kamchiliklari. ShNQ 3.06.03-08 ning 8.10 bandi talabiga asosan, sement bilan ishlov berilgan tosh materiallardan asoslarni (qoplamalarni) quruq havoda, kunlik o'rtacha harorat +50C dan past bo'lmaganda bajarilishi ko'rsatilgan.Lekin, xavoning kunlik o'rtacha harorati -50S dan -150C gacha bo'lganda asosni, suv va to'ldiruvchilarni isitish, qorishmaga muzlashga qarshi kimyoviy qo'shimchalarni qo'shib ishlarni bajarishga ruxsat etilgan. Bunda suvning eng yuqori ruxsat etilgan harorati 800C, to'ldiruvchilarniki 500C Qorishmaning qorishtirgichlardan chiqishdagi harorati kamida 250S bo'lishi kerak. Qorishmalarni avtomobil chiqarayotgan gazlar bilan isitish va samosval kuzovlarini yopib tashish lozim. Qorishmalarni tashish uchun ketadigan vaqtni ishlab chiqarish oldidan aniqlanadi, lekin 60 minutdan oshmasligi kerak.

Ishlov berilgan material va mustaxkamlangan gruntlarni yuk tashuvchi avtomobillarning xar qanday turida tashish mumkin. Bog'lovchi sifatida portlandsement, shlakoportlandsement, syement bilan faollashtirilgan shlakli va kulli bog'lovchilar, suyuq shisha qo'llanilganda ishlab chiqarish va zichlash ishlar i davomiyligi 5 soatdan ortmasligi kerak.

Ostki qatlam qabul qilingandan keyin qorishma yotqizish ishlariga kirishiladi. Ostki qatlam loyixaviy balandlikda tekislangan va to'liq zichlangan

Tashkent state transport university

bo'lishi kerak. Asos qurish ishlarini boshlashdan oldin geodezik o'lchov ishlarini amalga oshirish lozim. Ishlarni davomiyligini ta'minlash maqsadida materiallarni tashib keltirish uchun vaqtinchalik kirish yo'llari tayyorlanadi. Ishlarni bir me'yorda bajarilishini ta'minlash uchun yetarli miqdorda qurilish mashinalari, avtosamosvallar va ishchi kuchi tashkil qilinishi kerak.

Bajarilish mexanizmi. Ishlov berilgan material yoki mustaxkamlangan gruntlardan asos, asosning qo'shimcha qatlami va qoplamalar uch xil usulda qurish mumkin.

1. Asfaltbeton va beton yotqizish mashinasida

2. Avtogreyderda

3. Resayklerda

Ostki qatlam qabul qilingandan keyin qorishma yotkizish ishlariga kirishiladi. Ostki qatlam loyixaviy balandlikda tekislangan va to'lik zichlangan bo'lishi kerak. Asos qurish ishlarini boshlashdan oldin geodezik o'lchov ishlar ini amalga oshirish lozim. Ishlarni davomiyligini ta'minlash maqsadida materiallarni tashib keltirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik kirish yo'llarini tayyorlanadi. Ishlarni bir me'yorda bajarilishini ta'minlash uchun yetarli miqdorda qurilish mashinalari, avtosamosvallar va ishchi kuchi tashkil qilinishi kerak.

Ishlov berilgan material xajmi asos uchun tayorlangan ko'tarma ko'rinishidagi xolati kengligi , uzunligi va qalinligi zichlangan xolati bo'yicha aniklanadi. Qalinlik ish borishining boshlang'ich davrida tajribaviy zichlash orqali zichlanish zaxirasini 1,2-1,4 miqdorda xisobga olgan xolda aniqlab olinadi.

Bunday yo'l qurilish usulining qulayliklari quyidagicha:

- Zichlash koeffisiyentini aniqlab olgandan so'ng sim arqon (tross) tortib talab qilingan qalinlikka osongina erishish.

- Tashib keltirilayotgan qorishma turib qolmasdan joyga yotqizilishi.

- Geodezik o'lchov ishlarining xajmini kamayishi.

- Talab qilingan kenglik chegaralariga yog'och bruslar o'rnatilmasligi.

2-rasm: Obektlarga qorishmani yetkazish va zichlash jarayoni (muallif tomonidan olingan lavhalar)

Tashkent state transport university

Albatta barchamizga ma'lumki har bir ishning afzallik tomoni bo'lgani singari , Natijaga erishish uchun uchraydigan qiyinchiliklariham bo'ladi albatta. Olib borilayotgan ilmiy izlanishlarimn natijasida shunga amin bo'ldimki quyidagicha marakkablik jarayonlari mavjud

Albatta har bir ish bo'lgandan keyin unda kamchiliklarham uchrab turadi. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida quyidagilar aniqlandi.

Sementli qorishma yotqizishda xozirda gusenisali kuchli asfalt yotqizish mashinasi kamligi, mashinaning qorishma uzatish moslamasi tez yemirilishi. texnik nosozliklar sababli ish to'xtab qolishi, qorishmaning avtosamosvallarda turib qolgani uni natijasida qurib qolishi, qotish jarayoni boshlanishi tufayli yotqizilgan qatlam sifati yuzada sochilish(shelusheniya) yuzaga kelishi va mustaxkamlikni yo'qotish) pasayib ketish xollari kuzatilmoqda. Bajarilgan ishlarda mexanizm to'xtab turgan qismlarda notekisliklar paydo bo'lishi, birinchi qator va keyingi qatorlar orasidagi choklarda nuqsonlar paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda.

3-rasm: Qurilish obektida noteisliklarni hisob kitob ishlari va qoplamasini qurish usullari (muallif tomonidan suratga olingan)

Istiqboli. Ushbu ilmiy maqolamning istiqboli jihati shundaki, olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni isbotladiki toshi betonli yo'l quradigan bo'lsak yo'llarimizga ketayotgan milyardlab mablag'larni tejab qolgan bo'lamiz. Bularning yaqqol misoli shundaki bugungi kunda 79465 ming kilometrni mahalliy ichki ho'jalik yo'llarimiz mavjud bo'lib bularning 90 % qismiga qattiq qoplama yotqizishimiz kerak bo'ladi qattiq qoplama yotqizish uchun sarflangan mablag'ning 60% qismi bilan bunday chaqiqtoshli toshi beton qoplamali yo'llarni qurishimiz mumkin.

Xulosa.Yuqorida ko'rilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda asos va qoplamalar avtogreyderda qurish: Qorishmalar avtosamosvallarda tashib keltirilib, chetki qismiga yog'och bruslar o'rnatilgan yo'l qismiga avtogreyderlar yordamida dastlabki tarqatish ishlari bajariladi va katok yordamida boshlangich zichlanadi. Geodezik o'lchov ishlari bajarilgandan so'ng balandligi otmetkalari ta'minlagan xolda qorishma tarqatilib katoklar yordamida belgilangan tartibda zichlash ishlari bajariladi. Bu usulning qulayligi shundaki, tashib keltirilgan qorishma

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent state

avtosamosvallarda turib qolmaydi eng avvalo va albatta o'z vaqtida obektga yetkazib kelinsa va albatta yetarli muddatda yotqizib bo'linsa aytilgan mustaxkamlikka erishish mumkin bo'ladi albatta.

Keyingi afzalligi shundaki, yuzaga kelgan notekisliklarni zichlash ishlari yakuniga yetgunga qadar bartaraf etish mumkinligi.Yana bir usuli qatlamda bo'ylama choklarsiz yotqizilish imkoni borligi. Yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgandan so'ng albatta natijadorlik ortadi va albatta yo'llarimizdagi yaroqlilik muddati ortadi va shu bilan bir qatorda foydalanish muddati uzygandan so'ng iqtisodiy jigatdanham samaradorlikka erishish mumkin bo'ladi albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.SHNQ 2.02.05-02 Avtomobil yo'llariniloyhalash.

2. Amirov T. J. "Avtomobil yo'llari va aerodromlar sementbeton qoplamalarini qurish", Textbook - T.: "Sona-standart" publishing house, 2017 -y.

3. Qo'Ysinaliyev N. Z. O. G., Muxiddinov S. Z. O. G. AVTOMOBIL YO'LLARIDA SEMENTBETON QOPLAMALARINING AFZALLIGI //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 10. - С. 356-362.

4- Koysinaliev N., Erkinov S., Ahmadjonov M. Improving the drainage system of highways using plastic materials in response to today's demand //Экономикаисоциум. - 2021. -№. 3-1. - С. 146-149.

5. Mutalibov I. et al. AVTOMOBIL YO'LLARIDA SEMENTBETON QOPLAMALARNI MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 10.

- С. 681-686.

6. Saydazimov N. et al. IMPROVING THE ELASTICITY OF CEMENT-CONCRETE ROADS //Теорияипрактикасовременнойнауки. - 2020. - №. 11. - С. 6-10.

7. Mutalibov I. et al. AVTOMOBIL YO'LLARIDA SEMENTBETON QOPLAMALARNI MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 10.

- С. 681-686.

8. Dadaxodjayev A. et al. Creating a road database using gis software //Интернаука. -2020. - №. 43-2. - С. 30-32.

9. Dadaxodjayev A. GAT DASTURIY TA'MINOTIDAN FOYDALANIB AVTOMOBIL YO'LLARI MA'LUMOTLAR BAZASINI YARATISH.

10. Dadaxodjayev A. et al. Automated drawing of roads in credo complex program //Экономикаисоциум. - 2020. - №. 11. - С. 1673-1676.

II. Mukhammadyusuf E. M. Mamajonov, M. Kholmirzayev" Automation and modulation of highways in gis software".

12. Saydazimov N. et al. RESEARCH OF METHODS OF REPAIR OF CEMENT CONCRETE PAVELS //Экономикаисоциум. - 2020. - №. 11. - С. 1677-1680.

13. Mutalibov I., Qo'ysinaliyev N. USE OF MINERAL POWDER IN THE CONSTRUCTION OF ASPHALT CONCRETE ROADS //Экономикаисоциум. - 2021. - №. 2-1. - С. 245-248.

14. Махкамов Д. И. и др. РАЗРАБОТКА КОМПОЗИЦИОННЫХ МАТЕРИАЛОВ, НАПОЛЬНЕНЫХ МЕХАНОАКТИВИРОВАННЫМИ ИНГРЕДИЕНТАМИ, ДЛЯ ПРИМЕНЕНИЯ ДОРОГ //Экономика и социум. - 2020. - №. 5-1. - С. 844-851.

15. ErgashevM. M., InoyatovQ. M., InamovA. N. Avtomobilyo'llaridageoaxborottizimlari //O'quvqo'llanma, Namangan-2019, NamMQI. - Т. 146.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.