Научная статья на тему 'AVTOMOBIL YO’LLARINI TA’MIRLASHDA BITUM IMULSIYASINING O’RNI'

AVTOMOBIL YO’LLARINI TA’MIRLASHDA BITUM IMULSIYASINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

233
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Asliddin Xushvaqtovich O‘Roqov, Qurbon Ochilovich Mo‘Minov, Jahongir Azamat O‘G‘Li Isayev

Maqolada avtomobil yo’llarida ta’mirlash ishlari samaradorligini oshirishda nazariy va amaliy tadqiqol natijalari hamda ishlab chiqarishga tadbiqi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL YO’LLARINI TA’MIRLASHDA BITUM IMULSIYASINING O’RNI»

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International

^^pecialists^n^heFie/doiTtantSotM

AVTOMOBIL YO'LLARINI TA'MIRLASHDA BITUM IMULSIYASINING

O'RNI

Asliddin Xushvaqtovich O'roqov

Toshkent davlat transport universiteti professori

Qurbon Ochilovich Mo'minov

Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi

Jahongir Azamat o'g'li Isayev

Toshkent davlat transport universiteti assistenti

ANNOTATSIYA

Maqolada avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari samaradorligini oshirishda nazariy va amaliy tadqiqol natijalari hamda ishlab chiqarishga tadbiqi keltirilgan.

Hozirgi kunda Respublikamizda avtomobil yo'llari tarmog'i bo'yicha yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, yo'l qurilish ishlarining kam mablag' bilan moliyalashtirilishi va ko'plab yo'l qurilish ishlari olib borilishi yo'lni ochish uchun yangi samarador texnologiyalarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda.

Issiq iqlim hududlardagi avtomoibil yo'llarida bitum emulsiyalari va asfaltgranulasidan foydalanib yuqori qatlamlarni qurish texnologiyasini tadbiq etish orqali ta'mirlash ishlar samaradorligini oshirish kuzatilmoqda[1].

Asfaltbeton qoplamalarni yotqizishda qayta ishlangan materiallardan foydalanish keng tarqalgan holda qoplamaning notekis joylari tekislagandan so'ng sovuq holda olingan (freza)asfaltogranulalar bitum emulsiyasi bilan aralashtiriladi va yotqiziladi. Bitum yoki qatron va suvdan tashkil topgan suyuq material emulsiya hisoblanadi hamda emulsiyalar mineral materiallar yuzasida tez yoyilishi bilan organik mahsulotni 30% gacha tejash imkonini bermoqda.

Emulsiya bitum bilan taqqoslanganda juda past ko'rsatkichga ega. Tosh materiallarni, emulsiya va aralashmani isitishdan tashqari, sovuq qorishma ishlatiladi, yo'llarni qurish va ta'mirlash ishlarini tezlashtiradi.

Eski sirt va asfaltbeton qatlami o'rtasida qattiq bog'lanish mavjud, ya'ni yo'llarning ko'pgina turlari uchun yopishqoq

April 21-22

342

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport

qatlamdan foydalaniladi va butun sirtni nozik bir qatlam bilan ishlov berish uchun tenglashtiriladi. Qoplamaning turiga va bir kvadrat metr uchun sirtning holatiga qarab 0.25 dan 0.7 l bitum emulsiyasidan qo'llash ta'vsiya etiladi. Emulsiya ortiqcha moylaydigan vosita sifatida harakat qilishi va ikki qatlam orasida bir tekislikni tashkil etadi. Qatlam ostida qo'llanganidan so'ng transport harakati to'xtab qolsa yoki tezligi 40 km/s ga tushirilganda yuqori qatlamni yotqizishdan oldin emulsiyaning to'liq parchalanishini kutish kerak[2].

Bitum emulsiyasini avtomobil yo'llarida qo'llash orqali avtomobil yo'llarini ta'mirlash ishlari samaradorligi yuqori bo'ladi. Bu usulda qoplamaga bitum miqdori 0,3-0,8 l/m miqdorida 30-40 % li emulsiyani qo'llashdan iborat. Bu usulda bir yoki bir necha qatlam hosil qilishi mumkin. Ushbu usul eski asfaltbeton qoplamalarni turli xil nuqsonlar va oksidlanish, parchalanish hamda yoriqlar yoki ochiq sirt qoplamalarini ta'mirlashda ishlatiladi. Emulsiya osongina yoriqlar ildiziga kirib sirt yuzasiga tushadi va mineral agregatni qoplaydi, bu texnologiya qoplamaning ekspluatatsiya davrini oshishiga sabab bo'ladi. Texnologiya yordamida qoplama qayta ta'mirlanganda mayin qumli qatlam qo'llaniladi.

Freza yordamida qirqib olingan eski asfaltni donadorlik tarkibi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

№ Elak o'lchamlari(mm.)

Ko'rsatkichlar nomi 20 10 5 2.5 1,25 0,63 0,315 0,16 0,071 <0,07 1

Jami qoldiqlar(gr) 6 14 38 34 20 82 138 86 28 24

To'liq o'tish(w1*w2) 464 450 412 378 358 276 138 52 24 0

To'liq o'tish(%) W1*W2*100% 99 96 88 80 76 59 29 11 5 0

Mineral qismida zarracha hajmini taqsimlash GOST 16557-78 talablarini bajarish uchun mineral kukunlar va sement bo'yicha quyida keltirilgan[3].

Bitum emulsiyasi tadbiq etilgan ushbu texnologiyalar yordamida qoplamalarni qurishda issiq va sovuq asfaltbeton qoprishmalarining qoplamalarini yotqizishga nisbatan bitum sarfi sezilarli darajada kamayadi va uning natijalari 2-jadvalda keltirilgan.

April 21-22

343

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International

^^pecialists^n^heFie/doiTtantSotM

Bizga ma'lumki bitum emulsiyasi qoplamaning pastki qismiga yaxshiroq yoyilishi uchun ham uni yo'l qurishida tadbiqi ortib bormoqda.

Amaldagi materiallraning hajmini taqqoslash ko'rsatkichlari:

2-jadval

№ Materiallar sarfi. 100 m da

Materiallar turi Issiq asfaltbeton qorishmasini yotqizish (%) Sovuq asfaltbeton qorishmasini yotqizish(%) Bitum emulsiyasi asosida kompazitsion texnologiyalardan foydalangan holda qoplamani yotqizish (%)

Sement - - 3

Qum 16 24 -

Bitum 5,5 6 2(Emulsiya tayyorlash uchun)

Dizel yoqilg'isi - 3 -

Chaqiqtosh 78,5 67 27

Suv - - 2(Emulsiya tayyorlash uchun)

Asfalt granulasi - - 66

Emulgator - - 0,5(Emulsiya tayyorlash uchun)

Jami 100 100 100

Yangi texnologiya yordamida yotqizilgan qoplamaning ekspluatatsiya davri 5 yil bo'lib, issiq va sovuq asfaltlbeton qoplamalarida to'liq foydalanish mumkin, hamda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.

Bitum emulsiyasi asosida kompozitsion texnologiyada qoplamani Qoplama yotqizilgandan so'ng 2 soatdan keyin yo'lda transport vositalari harakatlanishiga ruhsat etiladi, bu ayniqsa yuqori harakat jadalligiga ega bo'lgan yo'llarda tirbandlikni yuzaga kelishini oldini oladi.

Bitum emulsiyasi yordamida yo'llarni ta'mirlash texnologiyasi ichki yo'llarda juda mos keladi, chunki qoplama mustahkamligi yuqori haroratda ham o'rtacha 2 soatdda yuzaga keladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Respublikamizning issiq iqlim hududlaridagi avtomobil yo'llarda olib borilgan tadqiqot natijalaridan ko'rinib turibdiki bitum emulsiyasi va asfaltgranulasidan foydalanib qoplamaning yuqori qatlamlarni qurishda ushbu texnologiyadan foydalanish sifat va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydi.

April 21-22

344

Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-342-345

p

ort

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom eitirib, yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent: O'zbekiston 2017

2. Sodiqov I.S., Artikov A. A. Asfaltbeton qatlamlarda aks yoriqlar shakllantirish bo'yicha harorat ta'siri o'rganish ilmiy ishlar Universitetlar orasidagi kengash to'plamini qozonish. №5-Toshkent 2010 yil -S.65-73

3. Алферов В.И. Дорожные материалы на основе битумных эмульсий / В.И Алферов: монография. - Воронеж: Изд-во Воронеж. гос. ун-та, 2003.

4. ГОСТ 18659-81. Эмульсии битумные дорожные: Технические условия - Введ. 1.01.82. - М.: Изд-во стандартов, 1981. - 13 с.

5. ГОСТ Р 52128-2003 Эмульсии битумные дорожные. Технические условия. -М.: Госстрой России, ФГУП ЦПП, 2003. - 26 с.

April 21-22

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.