Научная статья на тему 'Avtomobil yo’llari uchun mahalliy va ikkilamchi xom-ashyolar asosida mastika olishning ilmiy asoslari'

Avtomobil yo’llari uchun mahalliy va ikkilamchi xom-ashyolar asosida mastika olishning ilmiy asoslari Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
217
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish / asfaltbeton / sementbeton / mastika / choklar / rezina kukuni / bitum / asbest kukuni / mineral kukun / penitrasiya / deformatsion / kompozitsiya / ingrediyentlar / duktilometr / kommunikatsiya / choʻziluvchanlik. / Эксплуатация автомобильных дорог / асфальтобетон / цементобетон / мастика / швы / резиновый порошок / битум / асбестовый порошок / минеральный порошок / пенитрация / ингредиенты / дуктилометр / коммуникация / удлинение.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Maxkamov Dilshod Ismatullaevich, Xabibullayev Alimardon Xidoyatillayevich, A’zamov Rahmatali Rohatali Oʻg’li, Qoʻysinaliyev Nuriddin Zafarali Oʻgli

Ushbu maqolada Avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish davrida asfaltbeton qoplamada paydo boʻladigan yoriqlarini hamda sementbeton qoplamalarni koʻndalang va boʻylama choklarini toʻldirish uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida sifatli mastika olish taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Научные основы получение местных и вторичных мастик для автомобильных дорог

В научной статье предлагается получать качественные мастики на основе местного и вторичного сырья для заполнения трещин, возникающих в асфальтобетонных покрытиях и поперечных и продольных швах цементобетонных покрытий в процессе эксплуатации автомобильных дорог.

Текст научной работы на тему «Avtomobil yo’llari uchun mahalliy va ikkilamchi xom-ashyolar asosida mastika olishning ilmiy asoslari»

UDK: 629.4.017

AVTOMOBIL YO'LLARI UCHUN MAHALLIY VA IKKILAMCHI

XOM-ASHYOLAR ASOSIDA MASTIKA OLISHNING ILMIY ASOSLARI

Maxkamov Dilshod Ismatullaevich Namangan muhandislik - qurilish instituti. dotsent. PhD E-mail: [email protected]. Tel: +998993627801

Xabibullayev Alimardon Xidoyatillayevich Namangan muhandislik - qurilish instituti. dotsent. t.f.n.

E-mail: [email protected] Tel: +998972574656

A'zamov Rahmatali Rohatali o'g'li Namangan muhandislik - qurilish instituti. Stajyor o'qituvchi E-mail: [email protected] Tel: +998902615540

Qo'ysinaliyev Nuriddin Zafarali o'g'li NamMQI, o'qituvchi [email protected], (998994922726)

Annotatsiya. Ushbu maqolada Avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya qilish davrida asfaltbeton qoplamada paydo bo'ladigan yoriqlarini hamda sementbeton qoplamalarni ko'ndalang va bo'ylama choklarini to'ldirish uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida sifatli mastika olish taklif qilingan.

Аннотация. В научной статье предлагается получать качественные мастики на основе местного и вторичного сырья для заполнения трещин, возникающих в асфальтобетонных покрытиях и поперечных и продольных швах цементобетонных покрытий в процессе эксплуатации автомобильных дорог.

Annotation. The scientific article proposes to obtain quality mastic based on local and secondary raw materials to fill cracks in the asphalt pavement and cement concrete pavements during the operation of roads, as well as transverse and longitudinal seams.

Kalit so'zlar. Avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya qilish, asfaltbeton, sementbeton, mastika, choklar, rezina kukuni, bitum, asbest kukuni, mineral kukun, penitrasiya, deformatsion, kompozitsiya, ingrediyentlar, duktilometr, kommunikatsiya, cho'ziluvchanlik.

Ключевые слова. Эксплуатация автомобильных дорог, асфальтобетон, цементобетон, мастика, швы, резиновый порошок, битум, асбестовый порошок, минеральный порошок, пенитрация, ингредиенты, дуктилометр, коммуникация, удлинение.

Keywords. Maintenance of roads, asphalt concrete, cement concrete, mastic, seams, rubber powder, bitumen, asbestos powder, mineral powder, penitration, deformation, ingredients, ductilometer, communication, elongation.

Asosiy qism

Dunyoda bugungi kunda transport tarmog'ining texnik holatini yaxshilashga va transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini yanada rivojlantirishga talab tobora ortib bormoqda. Bu yo'nalishda asfaltbeton qoplamalarning yoriqlari va beton qoplamalarning deformatsion choklarini to'ldirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan samarali kompozitsion materiallar, ular asosida mastikalar olish va ularning samarali texnologiyalarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda[1].

Mastika yoriq ichini yaxshi to'ldirishi va devorlarga yaxshi yopishishi kerak, shunda qoplama ichiga suv o'tmaydi.

Yoriqlarni to'ldirishga ishlatiladigan mastikaning tarkibi ikki xil bo'ladi. Birinchisining tarkibida BND 40/60 bitum 50% va mineral kukun 50% bo'ladi. Ikkinchisida o'sha bitumdan 50%, mineral kukundan 35%, asbest donalari 10%, rezina uvoqlari 5%. Mastika zavod sharoitida ishlab chiqariladi.

Yoriqlar ko'p bo'lmasa, ularga to'ldirgich yordamida mastika quyiladi. Mastikani quyish jarayonida yoriqlar chetigacha mastika bilan to'lishi, ozgina toshib chiqishi kerak. Keng yoriqlarning ichi maxsus asboblar yordamida ta'mirga tayyorlab ishlanadi. Bu asboblar qoplamalarni ta'mirlash, yoriqlarni to'ldirish mashinasi komplektiga kiradi. Shu mashina va chokni to'ldirish asbobidan mastika quyib chiqishda ham foydalaniladi.

Sementbeton qoplamali yo'llarda deformatsiya choklarini ta'mirlashda katta yoriqlarni ta'mirlagandagidek texnologiya qo'llanadi. Bunda kompressor, pnevmo asboblar, bitum quygichlar ishlatiladi.

Avtomobil yo'llari qoplamalari uchun foydalaniladigan samarali mastikalar ishlab chiqarishda quyidagi materiallar ishlatildi: BND-40/60, BND 60/90; rezina kukuni (TU-38-10436-70); mineral kukun; asbest kukuni[2,3].

Yuqorida aytib o'tilgan bog'lovchilar va to'ldiruvchilar turli xil ko'rsatkichlarga ega bo'lganligi sababli, tadqiqot ob'yektini tanlashimizdan oldin barcha ingrediyentlarning fizik-mexanik xossalarini va strukturalarini batafsil tadqiq etib chiqdik. Eng avvalo mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida tanlab olingan organomineral ob'yektning, xususan: mineral kukun; asbest kukunining kompleks fizik-kimyoviy xususiyatlarini va strukturasini o'rgandik. Avtomobil yo'llarining asfaltobeton qoplamalari yoriqlari va beton qoplamalari deformasion choklari uchun qo'llaniladigan mastikalarni yaratishga oid xarakteristikalar esa adabiyotlarda amaliy jihatdan mavjud emas.

Birinchi navbatda tarkibi 60% bo'lgan BND60/90 markali bitum, 25% mineral kukun, 5% rezina kukun, 10% asbest kukun: 710S yumshash harorati; 250S haroratda cho'ziluvchanligi 5,1 sm; penitrasiyasi 47 mm-1; suvga to'yinuvchanligi 0,2 soat va qaynash vaqti 1 soatdan iborat namunaviy mastika tanlab olindi va tadqiq qilindi.

Bitum, rezina kukuni, mineral kukun; asbest kukuni kabi ingrediyentlarni tarkibiga bog'liq holda namunaviy mastikani fizik- mexanik xossalarining ko'rsatkichlari juda muhim ekanligi aniqlandi.

Natijada BND60/90 markali bitum miqdorini oshirish orqali yumshash harorati ko'rsatkichlari yaxshilandi, penitrasiya va cho'ziluvchanlik ko'rsatkichlari bir maromda

kamaydi. BND 60/90 markali bitumni qo'llashda esa teskari qonuniyat, ya'ni kompozisiyadagi bitumni miqdorini oshirish penitrasiyani va cho'ziluvchanlikni oshishiga hamda yumshash harorati va beton bilan bog'lanish mustahkamligini kamayishiga olib keldi.

Namunaviy kompozisiya tarkibiga asbest kukuni qo'shish uning fizik-mexanik xossalarini oshishiga olib keldi. Strukturasi tarkibida reaksiyaga kirishuvchi gidroksil guruh borligi tufayli reaksiyaga kirishadi. Natijada polikondensasion jarayonlardan namunaviy kompozisiya tizimining o'rtacha molekulyar og'irligi oshadi.

Mastika tarkibidagi rezina kukuni miqdorini oshirilishi ignani botish chuqurligidan boshqa barcha fizik-mexanik xossalarini oshishiga olib keldi, mineral kukun miqdorining oshirilishi natijasida esa yumshash harorati oshishi va cho'ziluvchanlik hamda ignani botish chuqurligi kamayishi kuzatildi. Asbest kukuni mastikaning fizik mexanik xossalarini, shu bilan birga ignani botish chuqurligining oshishiga sezilarli ravishda ta'sir qiladi.

Yaratilgan mastikaning sifat ko'rsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida rezina kukunning mastikalarning barcha xususiyatlariga ta'siri o'rganildi[3].

60 i

•■e 50«

§ 40 -

«

^ 30 -

8

Ü 20 -

£

£ 100 -

13 4 5

Tarkibi

1-rasm. Mastika xususiyatlarining yumshash xarorati miqdoriga bog'liqligi.

1-rasmdan ko'rinadiki, rezina kukuni mastikani kompleks xossalarini yaxshilaydi. Rezina kukunining 5 dan 10% gacha oshirilishi yumshash haroratini 50°S dan 90°S gacha oshirdi. Beton bilan bog'lanish mustahkamligi esa 0,6 MPa dan 1,15 MPa gacha ko'tarildi. Penitrasiya va cho'ziluvchanlik ko'rsatkichlari 25°S haroratda o'z ko'rsatkichlarini respublika texnik shartlari talablariga binoan saqlab qoldi[4].

Rezina kukuni ma'lum ma'noda BND 60/90 markali bitum rolini bajaradi deb xulosa qilishimiz mumkin. Bu esa, ishlab chiqarilgan kompozitsion germetiklovchi mastika mavjud mastikalarga nisbatan ancha yuqori ko'rsatkichlarga ega ekanligini ko'rsatadi.

Tarkibi

2-rasm. Mastika xususiyatlarining igna botish chuqurligi miqdoriga bog'liqligi

2-rasmdan ko'rinadiki, rezina kukunining 5 dan 10% gacha oshirilishi penitratsiyasi (igna botish chuqurligi)ni 46 mmdan 38 mmgacha kamaytirdi.

Mastika tarkibidagi asbest kukuni xam ma'lum ma'noda penitratsiyasi (igna botish chuqurligi)ni kamaytirdi deb deb xulosa qilishimiz mumkin. Bu esa asbest kukunidan mastika tayyorlashda foydalanish sifatli mastika olishni kafolatlashiga olib keladi.

3-rasm. Mastika xususiyatlarining cho'ziluvchanlik miqdoriga bog'liqligi

3-rasmdan ko'rinadiki, mineral kukun va rezina kukunidan foydalanganimizda mastikaning cho'ziluvchanligini 5,5 sm oshishiga olib keldi.

Namunaviy mastikaning fizik-mexanik xususiyatlariga bitum, mineral kukuni, rezina kukuni, asbest kukuni va bir qancha organik va noorganik ingrediyentlarni ta'sirini kompleks o'rganib shunday xulosaga keldikki, asfaltobeton va sementobeton qoplamali yo'llardan foydalanish uchun yuqori markali mastikalar yaratish mumkin.

Yaratilgan kompozitsion germetiklovchi mastikalarning tarkibi 1-jadvallarda keltirilgan.

1-jadval

Komponentlar Yo'l iqlim mintaqalari uchun mastika tarkibi, %

I II III IV V

Bitum BND 60/90 60 59 58 57 56

Mineral kukun 25 25 25 25 25

Rezina kukuni 5 6 7 8 9

Asbest kukuni 10 10 10 10 10

Yaratilgan 5 ta markali mastikaning xalqa va shar usuli bo'yicha yumshash haroratini, penitrometr jixozi yordamida ignani botish chuqurligini, duktilometr jixozi yordamida cho'ziluvchanligini aniqladik. Tekshirish natijalariga ko'ra yaratilgan V-markali mastikada yuqori natijalarga erishilganligini 2- jadvalda ko'rishimiz mumkin.

2-jadval

Ko'rsatgichlar I II III IV V

Xalqa va shar usuli bo'yicha yumshash harorati,0s, kam emas 50 60 70 80 90

25 0s da ignani botish chuqurligi, 0,1 mm, kam emas 38 40 42 44 46

Cho'ziluvchanligi, 25 0s da, kam emas 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5

Suvga to'yinuvchanligi, 24 soatda, kam emas 0,2 0,2 0,2 0,2 0,2

Tayyorlash vaqti, soat 1,0-1,2

Shunday qilib, avtomobil yo'llarining asfaltobeton qoplamalari yoriqlari va beton qoplamalarining deformasion choklarini germetiklash uchun bir qator kompozitsion materiallar va mastikalarning quyidagi samarali tarkiblari birinchi marta yaratildi: I, II, III, IV, V. Ushbu

kompozitsion germetiklovchi mastikalarni - 30 dan + 900S gacha bo'lgan harorat oralig'idagi iqlim sharoitlarida ishlatish mumkin[5,6].

Xulosa

Namunaviy kompozisiyaning tarkibiy miqdoriga bog'liq holda organomineral ingrediyentlar (rezina kukuni, mineral kukun, va asbest kukuni) ning o'zaro ta'sirlarining asosiy qonuniyatlari o'rnatildi. Ular o'rtasida bo'ladigan kimyoviy jarayonlar kompozitsion materiallar va ular asosida mastika olishning ekspluatatsion va fizik-mexanik xossalarini yaxshilanishiga olib keladi. Kompozisiya tarkibidagi rezina kukunining miqdorini oshirish ham penitrasiyadan tashqari boshqa fizik-mexanik ko'rsatkichlarning sezilarli ravishda oshishiga olib keldi.Mastika tarkibidagi asbest kukini xam ignaning botish chuqurligini kamayishiga olib keldi.Mastika tarkibiga qo'shilayotgan bitum, rezina kukuni, mineral kukun; asbest kukunilari respublikaning barcha xududlarida mavjud bo'lganligi sababli xom ashyo taqchilligi yuzaga kelmaydi.Xozirgi kunda mastikalar deyarli mamlakatimizda ishlab chiqarilmasligi, mastikani chetdan olib kelinishi natijasida mastika narxini qimmatlashishiga olib kelmoqda.Avtomobil yo'llari qoplamasi sementbeton qoplamaga bosqichma bosqich o'tayotganligini inobatga olsak yildan yilga mastikaga bo'lgan ortib boradi.Mastikani maxalliy ikkkilamchi xom-ashyolar asosida ishlab chiqarishimiz natijasida respublikamizda mastikaga bo'lgan talabni qondirilishiga va bozorda mastika narxini arzonlashshishiga erishamiz. Mastika tarkibidagi rezina kukuni 5% dan 10% ga oshirishimiz natijasida mastikaning yumshash haroratini 50C dan 90 C gacha oshirishga erishildi. Buning natijasida respublikamizning issiq xududlarida mastikadan foydalanganimizda mastikaning yumshab ketishini oldi olinadi.Mastika tarkibiga mineral kukun va rezina kukini qo'shishimiz natijasida mastikaning qovushqoqligi ortishiga olib keldi. Mastika qovushqoqligining ortishi asfaltbeton qoplamalar yoriqlarini yamashda ularni birikishini kuchaytiradi va avtomobil yo'lining xizmat muddatini ortishiga olib keladi.

ADABIYOTLAR

1. Davronbek Nurxonov, Nosirjon Saydazimov, Islom Mamadaliyev, Davronbek Xamdamov, Avtomabil yo'llari xizmat muddatini uzaytirish uchun maxalliy xom ashyolar asosida olingan "geosetka"ni qo'llanilish jarayoni // Academic research in educational sciences. 2021. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/avtomabil-yo-llari-xizmat-muddatini-uzaytirish-uchun-maxalliy-xom-ashyolar-asosida-olingan-geosetka-ni-qo-llanilish-jarayoni (дата обращения: 24.11.2021).

2. Ismatillaevich M. D. et al. Analysis of laying asphalt concrete mixtures and new modern installation method //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 11. - С. 1164-1171.[2]

3. Nurhonov Davronbek, Dexqonaliyev Maqsudjon. use of geogrid technology in the construction andoperation of modern highways // Экономика и социум. 2021. №4. URL: http://www.iupr.ru

4. Nurxonov Davronbek, Mamajonov Murodjon, Mahkamov Dilshod "Avtomobil yo'llarini qurishda geosetkadan foydalanish" uzacademia scientific-methodical journal republican number 4 on the subject "Increasing the innovative activity of youth, improving the

spirituality and achievements in science" collection of materials september 30, 2020 part 9 pages 152-154 //ISSN (E)-2181-1334. - 2020. URL: www.academiascience.uz

5. Nurxonov Davronbek, Dexqonov Abror Geosetkani yotqizish texnologiyasini tahlil qilish // The 21st Century Skills for Professional Activity, (3). pages 83-84 URL: www.scientificprogress.uz

6. Д.И.Махкамов, ^.М.Иноятов, М.А.Абдуразак;ов, Д.Х.Нурхонов,. Автомобил йулларини куришда махаллий ва иккиламчи хом ашёлардан органикбогловчи сифатида фойдаланиш // композиционные материалы. 2019. №3 URL: https://www.researchgate.net/profile/Khaydar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.