Tashkent State Transport University Google Scholar indexed
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International Specialists in the Field ort
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-570-573
ort
MODIFIKATSIYALANGAN SEROBITUMNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI VA UNING XUSUSIYATLARINI O'RGANISH
Alisher Turaqulovich Mamatmuminov
Toshkent davlat transport universiteti [email protected]
Ibrohim Solihovich Sodiqov Toshkent davlat transport universiteti [email protected]
Elyor Sotimboyevich Sottiqulov
Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti elyor- s88 @mail.ru
Modifikatsiyalangan serobitumni ishlab chiqarish va ulardan yo'l qurilishida foydalanish istiqbollari bir qancha holatlarga bog'liq. Eng avvalo so'ngi 10 yillikda barcha rivojlangan mamlakatlarda texnik jihatdan oltingugurt, neft, tabiiy gaz va tutun gazlarini qayta ishlash va tozalashda ancha o'sish kuzatildi. Modifikatsiyalangan serobitumni tayyorlash texnologiyasi bo'yicha tavsiyalar berishda asosan oltingugurt va bitumni modifikatsiya qilishda olingan eng maqbul natijani tahlil qilamiz. Respublikada sanoat chiqindilari, gaz va neftni qayta ishlash sanoati ikkilamchi mahsulotlari asosida modifikasiyalangan oltingugurtli bog'lovchilar hamda modifikatsiyalangan seroasfaltbeton tayyorlash bo'yicha ma'lum ilmiy va amaliy izlanishlar olib borilmoqda [1].
Modifikatsiyalangan serobitumning xususiyatlarini o'rganish uchun avvalo bitum va oltingugurtni modifikatsiya qilish kerak. Qashqadaryo viloyatidagi muborak gazni qayta ishlash zavodidan chiqayotgan gaz qoldig'i, ya'ni oltingugurtdan mahalliy hom'ashyo sifatida foydalanamiz. Bugungi kunda yiliga 80 ming tonna oltingugurt qayta ishlanadi.
Modifikatsiyalangan serobitumni tayyorlash texnologiyasi bo'yicha tavsiyalar berishda asosan oltingugurt va bitumni modifikatsiya qilishda olingan eng maqbul natija sifatida BND 60/90 markali bitumni olib uni oltingugurt bilan modifikatsiya qilishdagi texnologiyasini keltirib o'tamiz.
Oltingugurtni modifikatsiya qilish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilishi kerak. Oltingugurtni modifikatsiya qilishda
kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu ishni bajarishda asosan
April 21-22
Tashkent State Transport University Google Scholar indexed
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International Specialists in the Field ort
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-570-573
ort
mahalliy hom'ashyo bo'lgan oltingugurt va bitum modifikatsiya qilinadi. Oltingugurtni modifikatsiya qilishda texnika-xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi talab etiladi. Oltingugurtni 135 oC temperaturadan oshirmasdan qizdiriladi va qizdirish jarayonida oltingugurt quyuq va qizg'ish tusga kirguncha aralashtiriladi. Bu jarayon 30-40 minutdan kam vaqt bo'lmasligi kerak. Oltingugurt qizdirilish jarayonida 135-140 oC dan yuqori haroratgacha qizdirib yuborilsa o'zidan zaharli hid chiqaradi. Shuning uchun zaharli hiddan zararlanmaslik uchun maxsus niqob taqib ishlash tavsiya etiladi. Oltingugurt eritib olingandan so'ng unga modifikator qo'shiladi va aralashtiriladi. Oltingugurt va modifikator birikishi uchun aralashtirish jarayoni 30-40 minut davom ettiriladi. Modifikator sifatida "modifikator FZG dan foydalanamiz. Modifikatorni oltingugurt og'irligiga nisbatan 2 % olamiz.
Boshqa idishda BND 60/90 markali bitumni 160 oC dan yuqori bo'lmagan holatda (agar temperatura 160 oC dan oshib ketsa bitumdagi bog'lovchilik xossalari yo'qoladi) suvsiz holatga kelguncha qizdiriladi va shundan so'ng modifikatsiyalangan oltingugurt bilan aralashtiriladi. Bitum qizdirib bo'lingandan so'ng uni modifikatsiyalangan oltingugurt ustiga quyiladi va 30-40 daqiqa aralashtirib turiladi. Barcha jarayonlar uchun aralashtirishlar chastotasi 100-120 marta/minut dan oshmasligi kerak. Aralashtirish jarayoni normadan ortib ketsa serobitum xususiyatlari salbiy tomonga o'zgaradi. Modifikatsiyalangan oltingugurt va bitum o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Buning natijasida bitum o'z xossalarini o'zgartiradi. Oltingugurtni bitum bilan 20-80 % nisbatda olish eng maqbul nisbat hisoblanadi. Serobitumdagi oltingugurt miqdorining 10 % gacha ko'payishi yoki kamayishi undagi yopishqoqlikning ya'ni plastiklikning pasayishiga olib keladi, hosil bo'lgan serobitum standart talablarga javob bermaydi. Serobitumni olish usullarining aksariyati reaksiya aralashmasini uni bitum bilan keyingi aralashtirish bilan faollashtirishga asoslangan. 130-135 °C haroratda oltingugurt va bitumdan faollashtirilgan reaksiya aralashmasini aralashtirish orqali serobitumni olish oltingugurt va bitum tarkibiy qismlari o'rtasida kimyoviy o'zaro ta'sirni amalga oshirilishini ta'minlaydi. Harorat rejimi oltingugurtning zarur bo'lgan erish nuqtasi (pastki chegara) va gaz chiqindisi bo'lgan oltingugurt va vodorod sulfidini (135 °C gacha) chiqarish uchun normal harorat hisoblanadi.
Oltingugurtni modifikator bilan faollashishi, u qo'shimcha sifatida 0,3-3,0 % miqdorida ishlatiladi. Oltingugurtga nisbatan modifikatorni eritilgan oltingugurtga kiritish orqali (130-135 °C haroratda) amalga oshirish mumkin, bitum 130-150 °C haroratda qizdirilib aralashtiriladi. Usulni
amalga oshirish uchun siz har qanday yo'l sinfidagi bitumdan
April 21-22
Tashkent State Transport University
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-570-573
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International
foydalanishingiz mumkin. Reaksiya aralashmasi 2-3 soat davomida 130-150 °C haroratda oltingugurt va bitumning massa nisbatida aralashtiriladi: bitum va oltingugurt 80:20 %. Olingan serobitum oltingugurt va bitum kimyoviy birikmalarining aralashmasi bo'lib, normal sharoitda uzoq vaqt davomida barqaror holatni saqlab turish qobiliyatini oladi, shuningdek fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi.
Dastlabki komponentlar sifatida oltingugurt (GOST 127-93), bitum markasi BND 60-90 GOST 22245-90 ishlatiladi [2].
Eng avvalo barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan isitiladigan idishda 800 gramm bitum 130-150 °C gacha qizdiriladi va 135 °C gacha qizdirilgan 200 gramm oltingugurt va 4 gramm modifikator (oltingugurtga nisbatan 2 %) aralashmasi qo'shiladi va 135-140 °C haroratda 1-2 soat davomida aralashtiriladi.
Olingan natijalarni bitum va serobitum GOST lari bilan o'zaro solishtiramiz va natijalarni tahlil qilamiz. Bunda asosan quyidagi kattaliklar aniqlab olindi:
- bitumga ignaning botish chuqurligi;
- bitumning cho'ziluvchanligi;
- bitumning yumshash harorati [3].
Serobitumning bu xususiyatlari barchasi GOST talablariga javob berishi kerak. Har bir kattalikning o'z GOST talablari mavjud va ular quyidagilardan iborat:
- bitumga ignaning botish chuqurligi GOST 11501 -78 ga asosan;
- bitumning cho'ziluvchanligi GOST 11505-75 ga asosan;
- bitumning yumshash harorati GOST 11506-73 ga asosan aniqlanadi va natijalar qayd etib boriladi [4].
Quyida keltirilgan qiymatlar aniqlangandan so'ng ularni jadval asosida ko'rsatib o'tamiz.
3.1-jadval
Serobitumning xususiyatlari
Ko' rsatkichlar nomlari O'lchov birligi Ko'rsatkichlar qiymatlari
GOST bo'yicha Bitumning haqiqiy qiymati Serobitum bo'yicha Serobitum haqiqiy qiymat
2 3 4 5 6 7
Ignaning botish chuqurligi, 25 oC da 0,1 mm 61-90 86 60, 62, 71 60
April 21-22
371
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Prospects for Training International
^^pecialists^n^heFie/doiTtantSotM
Tashkent State Transport University
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-570-573
Yumshash harorati (xalqa va shar bo'yicha) оС 47 dan kam emas 50 56 57
Cho'ziluvchanligi, 25 oC da sm 55 dan kam emas 70 dan ortiq 33 52
Shunday qilib serobitum olishning yangi tejamkor va ekologik toza usuli taklif qilindi, bu standart talablariga javob beradigan serobitumni olish va buning asosida fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilangan seroasfaltbetonni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Serobitumni ishlab chiqarish bo'yicha ishlab chiqilgan texnologik usul quyidagi afzalliklarga ega:
1) muhim miqdordagi oltingugurt qo'shilishi tufayli maqsadli mahsulot narxining 20 % pasayishi;
2) usul neft qazib olish va qayta ishlashning yon mahsuloti bo'lgan oltingugurtdan foydalanish muammosini hal qiladi;
3) ishlab chiqilgan texnologik usul bilan oltingugurt bitumini olish uchun har qanday markadagi yo'l bitumidan foydalanish mumkin [5].
Modifikatsiya qilingan serobitum mahsuloti muhim afzalliklarga ega: odatdagi bitum bilan solishtirganda yumshash harorati ortadi, mineral moddalar bilan bitumning yaxshi yopishishi va serobitumdan tayyorlangan seroasfaltbetonning xizmat qilish muddati yuqori bo'ladi.
REFERENCES
1. Amanova N.D. "Mahalliy xomashyolar asosida modifikasiyalangan oltingugurt olish texnologiyasini ishlab chiqish va uni oltingugurtli beton olishda qo'llash". Avtoreferat. Termiz 2020. 43 bet.
2. ГОСТ 22245-90. Межгосударственный стандарт. «Битумы нефтяные дорожные вязкие». Технические условия. 1991. Стр 9.
3. Mamatmuminov A.T., Sodiqov I.S. "Mahalliy homashyo asosida modifikasiyalangan serobitumning tarkibini o'rganish". Maqola. Toshkent 2020. 4-bet.
4. Садиков И.С., Карабаев А., Маматмуминов А.Т. "Модифицированный серобитум на основе местного сыръя" Огатья. Токио 2021. Стр 7.
5. Васильев Ю.Э., Мотин Н.В., Пекарь С.С. и другие. Способ получения модифицированной серы. Патент RU 2554585 О2. Москва, Ленинградский пр-кт, 64, МАДИ, 30.08.2013. Стр 7.
April 21-22
372