Научная статья на тему 'ASFALTOBETON QOPLAMALI AVTOMOBIL YO'LLARINING SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARINI TADQIQ QILISH'

ASFALTOBETON QOPLAMALI AVTOMOBIL YO'LLARINING SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
321
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asfaltobeton qoplama / chaqiqtosh / iqlim. / asphalt concrete pavement / gravel / climate.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Abdullayev Xayrullo Mahmudjonovich, Xoliqov O‘tkirbek Qo‘chqor O‘g‘li

Asfaltobeton qoplamalarida buzulish sabablari va oldini olish ucnun tavsiyalar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE QUALITY OF ASPHALTOBETON PAVED ROADS INVESTIGATION OF PROBLEMS

Causes of damage in asphalt concrete pavements and recommendations for prevention.

Текст научной работы на тему «ASFALTOBETON QOPLAMALI AVTOMOBIL YO'LLARINING SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARINI TADQIQ QILISH»

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent state

ASFALTOBETON QOPLAMALI AVTOMOBIL YO'LLARINING

SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARINI TADQIQ QILISH

1Abdullayev Xayrullo Mahmudjonovich, 2Xoliqov O'tkirbek Qo'chqor o'g'li

1Toshkent Davlat Transport Universiteti, 2Avtomobil yo'llari ilmiy tadqiqot instituti UK

Annotatsiya: Asfaltobeton qoplamalarida buzulish sabablari va oldini olish ucnun tavsiyalar. Kalit so'zlar: asfaltobeton qoplama, chaqiqtosh, iqlim.

IMPROVING THE QUALITY OF ASPHALTOBETON PAVED ROADS

INVESTIGATION OF PROBLEMS

1Abdullayev Khayrullo Makhmudjonovich, 2Kholiqov Otkirbek Qochqor ogli

1Tashkent state transport university, 2Roads research institute UE

Abstract: Causes of damage in asphalt concrete pavements and recommendations for prevention. Keywords: asphalt concrete pavement, gravel, climate.

O'zbekiston iqlim sharoiti, avtomobiF yo'llarida asfaltobeton qoplamalarni qurish va ulardan foydalanishda SHNQ-2.05.02-07, SHNQ 3.06.03-08 va QMQ-3.06.03-96 talablariga muvofiq yondashishni talab etadi. Chunki, asfaltobeton qoplamaga quyosh nuri, yuqori harorat, shamol, yomg'ir, qor va haroratning 0 °C orqali o'tadigan (keskin harorat o'zgarishi) kunlari salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Bu eng avvalo, asfaltobeton qoplama yuzasida namoyon bo'ladigan kislorod ta'sirida organik bog'lovchining kimyoviy tarkibining o'zgarishiga olib keladi. Bunday qoplamalardan foydalanishning ko'p yillik tajribasi shuni ko'rsatadiki, ba'zi hollarda ular loyihada belgilangan xizmat muddatiga yetib bormaydi, chunki, quruq issiq iqlim

sharoitida deformatsiya ta'sirida o'zgarishlari to'la o'rganilmaganligi va mahaliy iqlim sharoitlarini hisobga olmaslikdir.

Shuningdek, asfaltobetondagi organik bog'lovchi va mineral to'ldirgichlarning chiziqli harorat kengayish koeffitsienti qoplamani buzilishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Asfaltobeton qoplamaning xizmat muddati uncha uzoq emas, deformatsiyaga moyilligi yuqori. Asfaltobeton qoplamaning xizmat muddati harakat jadaligi 1000 avt/sutka bo'lganda 20 yilga yetadi, harakat jadaligi 10000 avt/sutkadan oshsa 3-4 yilga qisqaradi.

Asfaltobeton qoplama buzilishining asosiy turi, uning xizmat muddatini aniqlovchi avtomobil g'ildiragi ta'sirida hosil bo'ladigan yemirilish xisoblanadi.

Uzoq yillar mobaynida, Rossiyalik prof., V.K.Nekrasov, prof., N.N.Ivanov, M.YA.Telegin, V.V.Mixaylov, YE.N. Baranov va boshqalarning keng ilmiy izlanishlari va kuzatuvlari asfaltobeton qoplamalarda o'rta xisobda bir yilda 1 mm ga yemirilish to'g'ri keladi [1].

Yozda-harorat 40 °C (ba'zi vaqtda 50 °C) ko'tarilishi hisobiga qoplama yuzasi 60-70 °C ga ko'tariladi, GOST 22245-90 ga binoan yopishqoq bitumning yumshash harorati 60/90-47 °C yetadi, natijada asfaltobeton yumshaydi [2].va

Tashkent state transport university

uning mustahkamligi GOST 9128-2013 50°C, 20 °C , 0 °C ,da [3].talab qilinganga nisbatan 3-4 marta kamayadi.

Avtomobil g'ildiragi harakatida gorizontal kuch ta'sirida asfaltobetonda surilish vujudga kelib, qoplamada deformatsiya paydo bo'ladi (1-rasm). Deformatsiyani o'lchamlari va turi yuqori haroratni miqdori kun va yil davomida ta'sir qilish muddatiga bog'liq. Quyosh nuri va yuqori harorat ostida bitumni eskirishi tezlashadi, elastiklik xossasi yo'qoladi. Natijada asfaltobetonning uzoq muddatga bardoshliligi kamayadi.

1-rasm: G'ildirak izi deformatsiyasi

Harorat ta'sirida qizish tezligi va bitumning plastikligi asfaltobeton qoplama har xil qalinlikda paydo bo'ladi. Qizitish chuqurligi va plastik qalinlik ortib borishi natijasida avtomobil g'ildiragi harakati ta'sirida katta qalinlikdagi asfaltobeton massasida surilish sodir bo'ladi.

Qoplama yuzasidagi harorat 70 °C va undan yuqoriga ko'tarilib ketishi natijasida yo'lda botiq izlar, surilishlar hosil bo'ladi (2-rasm). Asfaltobetonning surilishga chidamliligi uning mustahkamligiga (ayniqsa yuqori haroratda) bog'liq. Asfaltobeton uchun ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlarda mahaliy iqlim sharoitlar hisobga olinmagan[4]

Tashkent state transport university

2-rasm: Asfaltobeton qoplamasini buzilishi

Qish davrida- asfaltobeton qoplamani ishlashi tezda o'zgaradi. Qalinlik bo'yicha sovish darajasi va harorat natijasida deformatsiyani sodir bo'lishi asosan issiqlik, fizik tavsifi va asfaltobetonning qatlamiga bog'liq. Qoplama qanchalik qalin bo'lsa va issiqlik o'tkazuvchanligi kam bo'lsa, unda harorat shuncha yuqori bo'ladi va harorat kuchlanishi kam bo'ladi.

Agar qoplama qalin bo'lsa, sovish asta-sekinlik bilan chuqurlashib boradi va har qaysi qatlam chegarasida kuchlanish so'nishiga ulguradi, qoplama katta qalinlikda harorat kuchlanishi tezda o'sadi. Qishqi harorat -10 C bo'lganda asfaltobeton katta qattiqlikka erishadi. Bu elastik moduli o'zgarishini ifodalaydi, bu holat qoplama ishlashining yomonlashishiga olib keladi.

Qoplamaning chiziqli kengayishi odatda beton, chaqiq toshli va boshqa tur asoslarga nisbatan 3-marta ko'p (asfaltobeton turi A-0,00002, qumli tur G-0,00003, sementbeton-0,001, salbiy haroratda ko'ndalang kengayish koeffitsient 0,10 ga teng). Asfaltobeton g'ovaklarida suv muzlashi natijasida uning bosimi g'ovak devoriga bosim berish hisobiga katta kuchlanish beradi. Bu esa eriganda mayda yoriqlarni to'ldiradi, keyinchalik muzlaydi va buzilish jarayonini tezlashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, asfaltobeton qoplamaning yilning har-xil davrida har-xil sharoitda ishlashi quruvchilardan asfaltobeton qorishma tarkibini tanlash, yo'lga yotqizish va zichlashda iqlim sharoitdan kelib chiqishiga katta e'tibor berishni talab qiladi.

Issiq iqlim sharoitida asfaltobetonning uzoq muddatga xizmat qilishini ta'minlash uchun yuqoridagi masalalar yechimini topish, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

Tashkent state transport university

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.M. Grushko va boshqalar. Dorojno-Stroitelnie materiali. M.: Transport 1991.

2. ГОСТ 22245-90 Битумы Нефтяные Дорожные Вязкие Технические условия.

3. ГОСТ 9128-2013 "Смеси асфальтобетонные полимерасфальтобетонные, асфальтобетон, полимерасфальтобетон для автомобильных дорог и аэродромов. Техническиеусловия"

4. Z.X. Saidov, T. J. Amirov, X.Z. G'ulomova. Avtomobil yo'llari: materiallar, qoplamalar, saqlash, va ta'mirlash. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona «nashriyoti T.: 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.