Научная статья на тему 'SAYIDAHMADXOʻJA SIDDIQIY-AJZIYNING QOFIYA QOʻLLASH MAHORATI'

SAYIDAHMADXOʻJA SIDDIQIY-AJZIYNING QOFIYA QOʻLLASH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qofiya / radif / raviy / mujarrad qofiya / murdaf qofiya / muqayyad qofiya / muassas qofiya / mutlaq qofiya / rhyme / radif / raviy / abstract rhyme / murdaf rhyme / muqayyad rhyme / enterprise rhyme / absolute rhyme

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — T.A.Shaymardonov

Maqolada raviy va radif, qofiya va uning tulari: mujarrad qofiya, murdaf qofiya, muqayyad qofiya, muassas qofiya, mutlaq qofiya haqida fikr yuritilgan. Xuxusan, Sayihmadxoʻja Siddiqiy-Ajziyning qofiya qoʻllash san’ati va mahorati shoirning lirik merosi misolida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SKILL OF RIMMA SAYIDAHMADKHOJA SIDDIQI-AJZI

The article discusses the narrator and the radith, rhyme and its types abstract rhyme, murdaf rhyme, muqayyad rhyme, institutional rhyme, absolute rhyme. In particular, using the example of the poet’s lyrical heritage, the art and mastery of the use of rhyme by Sayidahmadhoja Siddiqi-Ajzi is revealed.

Текст научной работы на тему «SAYIDAHMADXOʻJA SIDDIQIY-AJZIYNING QOFIYA QOʻLLASH MAHORATI»

UDK

SAYIDAHMADXO'JA SIDDIQIY-AJZIYNING QOFIYA QO'LLASH MAHORATI

T.A.Shaymardonov*

Kalit so'zlar: qofiya, radif raviy, mujarrad qofiya, murddf qofiya, muqayyad qofiya, muassas qofiya, mutlaq qofiya.

She'riyatda qofiya muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Qofiya she'rning mazmuni, janri, shakli va kompozitsiyasida muhim ahamiyatga ega. U she'r ritmi va ohangdoshligini ta'minlashdan tashqari, g'oyaviy mazmunni ham go'zal va ta'sirchan ifodalashga xizmat qiladi.

Ahmad Taroziy "Funun ul-balog'a" asarida qofiyani chuqur tahlil etib, badiiyat ilmida uning o'rnini yuksak belgilaydi. Qofiya she'rning ustuni ekanligini, qofiyasiz she'r bo'lishi mumkin emasligini ta'kidlaydi: "...tab'ning natijasi she'rdur. Va she'rning asli qofiya. Va qofiyasiz she'r mumkin ermas"[l. 3-b.]. Shu bilan bir qatorda har bir fozil va olim kishi uni bilishi va mahorat bilan qo'llay olishi lozimligini ham ta'kidlagan: "Bilgilkim, majmu'i ulamo va fuzalo mazhabinda ahli tab'ga qofiya ilmini bilmak muhimdir" [1. 3-b.].

Abdurauf Fitrat esa "Adabiyot qoidalari" asarida qofiyaning she'riy misralar bezagi ekanligini, majburiy sharti emasligini aytadi. Eng muhimi, she'r insonni to'lqinlantirishi, unda fikr va ta'sirlanish uyg'ota olishi kerak, deb hisoblaydi olim [2. 22-b.]. Vazni aniq, qofiyasiz she'r oq she'r deb ataladi. Vazni, misralardagi rang-barang ritmik qurilish oq she'rning ohangdorligini ta'minlaydi. Oq she'r atamasi misralarning qofiyalanmay qolishidan, ya'ni "oq" qolishidan olingan. O'zbek adabiyotida oq she'rning go'zal namunalarini Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabi shoirlar ijodida ko'rish mumkin. Shuningdek, Shekspirning "Romeo va Juletta" [3. 21-178-b.], "Otello" [3. 179-372-b.], "Qirol Lir" [4. 5-202-b.], "Hamlet" [5. 5-248-b.], Sofoklning "Shoh Edip" [6. 7-75-b.] kabi asarlarining tarjimalari ham oq she'rda yaratilgan.

Yuqoridagi fikrlar professor Abdurauf Fitrat nazariyasini asoslaydi. Biroq Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" asarida qayd etilgan nazariy qarashlar davr nuqtayi nazaridan qaraganda ayni haqiqat edi. Mumtoz adabiyotda qofiya muhim vazifani bajaradi. Qofiya she'r baytlarida ifodalanayotgan fikrning yechimini o'zida mujassam etadi. O'quvchi she'r qofiyasini o'qish bilan uning tasavvuri oydinlashadi. Chunki qofiya faqat ohangdorlikni ta'minlovchi vositagina emas, balki ijodkor aytmoqchi bo'lgan fikrning mazmun-mohiyatini jamlab beruvchi badiiy unsur hamdir. Shuningdek, nazariyotchi olim To'xta Boboyev ta'kidlaganidek: "Qofiya adabiy janrlar (g'azal, qasida, ruboiy, tuyuq, qit'a, murabba', musaddas, sonet.,.)ni vujudga keltirishda muhim rol o'ynaydi" [7. 265-b.].

Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonidagi qofiya va radiflar badiiy g'oya bilan chambarchas bog'liqligini ta'kidlab quyidagicha yozadi: Ham qofiyasi aning sifoti, Ham barcha radifi oning oti [8. 141-b.].

Sayidahmadxo'ja Siddiqiy-Ajziy she'riyatida ham qofiya muhim vazifa bajargan. Shoir she'riyatida qofiya ohangdorlikni ta'minlabgina qolmasdan, she'r baytlarining alohida-alohida yechimini ham o'zida jamlagan. O'quvchi harbirbaytni o'qiganida qofiyadosh so'zlardaifodalangan mazmun orqali she'r baytidagi nisbiy tugallangan fikrni anglaydi.

Professor Anvar Hojiahmedov mumtoz badiiyatning asoslaridan bo'lgan qofiyaning ahamiyatini quyidagicha ta'riflaydi: "Ijodkorning salohiyati she'rlarda qo'llagan qofiyalarning

* T.A.Shaymardonov - Toshkent iqtisodiyot va pedagogika intituti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

g'oyalar mohiyatini, timsollar qiyofasini ochishdagi ahamiyati, qofiya uchun tanlangan so'zlarning ma'naviy teranligi, ohangdorligi, jilo va jozibasi bilan ham belgilangan. Qofiyaning xilma-xil turlari va san'atlaridan, vazn va qofiya munosabatlaridan o'rinli foydalanish shoir mahoratining muhim jihatlaridan biri hisoblangan"[9. 195-b.]. Sayidahmadxo'ja Siddiqiy-Ajziy lirik merosi qofiya qo'llash nuqtayi nazaridan ham tadqiqotlar uchun boy material beradi.

Raviy qofiyaning asosi ekanligini va u barcha qofiyalanuvchi so'zlar tarkibida aynan takrorlanib kelishi zarurligi e'tiborga olinsa, Sayidahmadxo'ja Siddiqiy-Ajziy she'riyatida ana shu nazariy qoidaga to'liq amal qilingani kuzatiladi. Masalan, quyidagi g'azalda "n" undoshi raviy bo'lib kelgan:

Oh Mm, etmish ummidim g'ami hijron mafqud, О ylaMm, bulbuli sho 'rida guliston mafqud. G 'ayr uchun gavhar elin ma 'dan ochilmish, ban uchun Sangda xora duton la 'li Badaxshon mafqud.

G'azalning keyingi baytlarida qofiyadosh bo'lib kelgan "Sulaymon", "urfon", "rayhon", "hayvon", "iymon", "ehson", "inson" so'zlarining barchasida "n" undoshi raviydir.

Ma'lumki, o'zak tarkibiga ko'ra qofiyalarning to'rtta turi mavjud: mujarrad qofiya, murdaf qofiya, muqayyad qofiya, muassas qofiya.

Mumtoz adabiyotda qofiyaning bu to'rt turidan qaysi turi qo'llanishidan qat'i nazar she'rning muhim asoslaridan biri sifatida ahamiyatlidir. "Qofiya mumtoz she'rshunoslikda vazn kabi she'riy ruknni vujudga keltiruvchi asosiy unsur sanalib, uning bayt so'ngida qo'llanilishi zaruriy talablardan biri bo'lgan"[10. 289-b.].

Mujarrad qofiya. Bu qofiyaning ikki turi bo'lib, birinchisi, "...raviy cho'ziq unlidan iborat bo'lib, ana shu cho'ziq unlidan boshqa biror harf ishtirok etmaydi. Raviy o'rnida esa cho'ziq unlilardan istalgani kela oladi"[9. 197-b.]. Masalan, Siddiqiy-Ajziyning quyidagi g'azali buning isbotidir:

Bu Mm ashhodi zoting ila guftor aylaram insho,

Vujuding "lo "din isbot etrnaka "illolloh " istisno.

Ко 'zum ashM-la bag'rim qoni tasdiq etsa aqvolim,

Bu mazmun ila ishqing ishtiyoqin aylaram da 'vo.

Misralardagi "insho", "istisno", "da'vo" so'zlari va g'azalning so'nggi misralarida kelgan "savdo", "parvo", "shaydo", "hosho", "ma'vo", "paydo", "rasvo" so'zlari so'ngida kelgan "o" raviysi cho'ziq unli hisoblanib, qofiyadosh so'zlar shu harf bilan tugagan. Qofiya ushbu g'azalda lirik qahramon kechinmalari ifodasining ohangdorligini, ta'sir kuchini oshirib, shoir ijodiy niyatining o'quvchi ongi va qalbiga yetib borishini ta'minlagan.

"Mujarrad qofiyaning ikkinchi turi undosh bilan tugallanib, shu undosh raviy bo'lib hisoblanadi, undan oldin esa istalgan qisqa unli kelishi mumkin. Bu unli tavjih deb yuritiladi"[9. 199-b.]. Siddiqiy-Ajziy g'azallarida bu turdagi qofiya keng qo'llanilgan. Jumladan, "Yo'x" radifli g'azalning qofiyalanish tartibi bunga misol bo'la oladi:

Ко 'nglim asrorini sharh etmakka bir mahram yo 'x,

Hamdam-u dard-u banim dardima bir hamdam yo 'x.

Ushbu baytda "mahram", "hamdam" so'zlari o'zaro qofiyadosh bo'lib, "m" undoshi raviy, "a" qisqa unlisi esa "tavjih" sanaladi. Mujarrad qofiyaning asosiy sharti qofiyaning raviy harfi bilan tugallanishidir. Shunga ko'ra, ushbu g'azal mujarrad qofiyaga misol bo'la oladi.

G'azalning matla'sidagi "marham", "xurram" so'zlariga keyingi baytlarda kelgan "odam", "mustahkam", "ham", "beg'am" so'zlari qofiyadosh bo'lib kelgan. Qofiya baytdan baytga o'tgan sari lirik qahramon ahvoli ruhiyatini mantiqiy izchillikda, ta'sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Teran mazmun va shakl uyg'unligi g'azal badiiyati yuksak bo'lishini ta'minlagan.

Murdaf qofiya. "Raviy harfidan oldin cho'ziq unlilardan biri kelgan qofiya murdaf (ridfli) qofiya deb nomlanadi. Cho'ziq unlining o'zi esa ridf deb ataladi"[9. 197-b.]. Raviydan oldin kelgan cho'ziq unli ridfi asliy, raviy bilan ridfi asliyning o'rtasida kelgan undosh ridfizoyiddeb yuritiladi[10.

190-291-b.]. Siddiqiy-Ajziy g'azallarida qofiyaning bu turi keng qo'llangan. Jumladan, shoirning "G'alat" radifli g'azali qofiyaning ana shu turiga misol bo'la oladi: Vermak ozurdalaring qalbina ozor g 'alat, Gimah afgori tcmim aylamak afgor g 'alat.

Ushbu baytda "ozor", "afgor" qofiyadosh so'zlari so'ngidagi "r" undoshi raviy, undan avvalgi "o" cho'ziq unlisi esa ridfi asliy hisoblanadi. Natijada ohangdorlik kuchayishi barobarida o'quvchi ko'z o'ngida yaqqol namoyon bo'ladigan badiiy tasvir yaratilgan. Saydi bedodam shamshiri jafo bismilim, Kim edan bismili bismil gimah takror g 'alat.

Ushbu bayt Siddiqiy-Ajziyning badiiy tasvir yaratish borasida yuksak san'atkor darajasiga ko'tarilganidan dalolat beradi. Baytdagi "gunah takror" so'zi qofiyadosh so'zlar bilan bog'liqlikda poetik tasvir mukammalligini hosil qilgan.

G'azalning so'nggi baytlarida kelgan "sarkor", "raftor", "guftor", "xor", "ag'yor" so'zlari hosil qilgan muradaf qofiya ifodaga mos ohangni, fikrning mantiqiy izchilligini va ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qilgan.

Siddiqiy-Ajziy g'azallarida qo'llagan qofiyalardan eng unumlisi bu murdaf qofiyadir. "Ey karaming hodiyi rohi najot", "Niholi darddur bani hosilim ashk qatoridur", "Bahor fayzi tarovat-la mahram o'lmish bog"', "Yadi bedodi yag'modin na o'lmish, ey Vatan, holing", "Pariro'lar parishon zulfitek xotir parishonam", "Navla rahm etsa falak ban kabi bemorlara", "Amomali shaytonlaringa "shukr" Xudoyo!" misralari boshlanuvchi va "Bango", "O'lmasa", "Edub", "Bois", "Iloj" "Farah", "Mafqud", "Dars", "Etmish", "Arz", "Malhuz", "Tama'", "Sadaf', "Etmish", "Hilol" radifli g'azallari shular jumlasidandir. Bu hoi ijodkorning qofiya ilmini yaxshi egallaganining va o'z she'riyatida mahorat bilan qo'llay olganining tasdig'idir.

Muqayyad qofiya. Bu turdagi qofiyalarda qo'sh undoshdan oldin qisqa unli keladi. "Bunda qisqa unli hazv, raviydan oldin turgan undosh qayd deb ataladi"[10. 2291-b.]. Shoir qofiyaning bu turidan "Ey millati jalilayi islom atolari" deb boshlanuvchi tarje'bandning quyidagi bandida foydalangan:

Atfoli maktab o 'Idi kamoling-la bahramand, Lutfing alarni etti aziz-u ham arjam and. Hiisni tavajjuhing verub atfola bol-ii qand, Yo 'q shabha o 'Idilar iki olamda sarbaland, Neshi zamon havodisidin etmagay gazand. Yo Rab, bu zumrayi baxt i la iqbolin et baland, Sabriy Hasan muallimi din-u lisonimiz, Rabbi jahon jism-u g'izobaxshi jonimiz.

Tarje'bandning ushbu bandida "bahramand - arjumand - qand - sarbaland - gazand - baland" so'zlari - qofiya, "d" harfi - raviy, "n" - qayd, "a" qisqa unlisi - hazv bo'lib kelgan. Natijada taije'band misralarining ohangdorligini kuchaytirib, jozibadorligini oshirgan.

Siddiqiy-Ajziy "Mir'oti ibrat" dostonida muqayyad qofiyaga ko'plab murojaat qilgan. Jumladan, quyidagi baytlar bunga misol bo'ladi: Aygum sana bir mi soli monand, Mahbubi azizatek Samar qand... Xurram edi sabzi sabzadan dasht, Sahroyi nasim edardi gidgasht.

Muassas qofiya. Aruzshunos Anvar Hojiahmedovning yozishicha: "Cho'ziq "o" unlisi (faqat cho'ziq "o" unlisi) bilan raviy o'rtasida bir undosh va undan keyin bir unli keladigan qofiya muassas (ta'sisli) qofiya deyiladi. Cho'ziq "o" unlisi ta'sis deb, undan keyingi undosh daxil deb, raviy oldidagi qisqa unli ishbo' deb ataladi"[9. 203-b.]. Siddiqiy-Ajziy qofiyaning bu turidan "Mir'oti ibrat" dostonidagina foydalangan. Shoirning boshqa janrlardagi she'rlarida muassas qofiya uchramaydi. "...muassas qofiyalar lirik she'riyatda juda kam qo'llanadi. Shoirlar bu xil qofiyaga

ko'proq epik she'riyatda murojaat qilishadi. Shunda ham ular jami qofiyaning 3,5 - 7 foizidan oshmaydi"[9. 204-b.].

Siddiqiy-Ajziy "Mir'oti ibrat" dostonida muassas qofiyadan mohirlik bilan foydalanganini ko'rish mumkin:

...To 'ti sori ayladi ishorat, Verdi banayangi bir bashorat.

Ushbu baytdagi "ishorat" va "bashorat" so'zlari - qofiya, "t" harfi - raviy, "o" - ta'sis, "r" undoshi - daxil, "a" qisqa unlisi - ishbo' bo'lib kelgan. Bu esa, o'z navbatida, she'rda ilgari surilgan g'oyaviy mazmunning o'quvchi ongi va qalbiga go'zal va ta'sirchan yetib borishiga xizmat qilgan. Shoir "Mir'oti ibrat" dostonidagi quyidagi baytlarda ham muassas qofiyalardan foydalangan: ...Bu nav da istiqomatimiz, Bay-bay, na go 'zal iqomatimiz. ...Bilmoq necha chayr etar kavokib, Gobi ko 'rimir goh о 'la g 'oyib. ...Uqboda venir anga makofat, Dimyoda kim aylasa ibodat.

Ta'kidlangan qofiyalarning barchasida cho'ziq "o" unlisi - ta'sis, undan keyin kelgan undosh - daxil, qisqa unli - ishbo' va undosh bilan ifodalangan raviy kelgan. Yuqorida keltirilgan qofiyalarni quyidagicha ko'rsatish mumkin:

ta'sis daxil ishbo' raviy

istiq 0 m a t imiz

iq 0 m a t imiz

kav 0 k i b

0 У i b

muk 0 f a t

ib 0 d a t

Ushbu misollar shoirning muassas qofiya qo'llash borasidagi salohiyati baland va tajribasi katta bo'lganini ko'rsatadi. Shoir qo'llagan badiiy tasvir vositalari bilan birgalikda muassas qofiyadan foydalanishi dostonning poetik mukammalligini ta'minlashga xizmat qilgan.

Ma'lumki, qofiyalar raviy bilan tugashi yoki raviydan keyin harflar kelishiga ko'ra ikki turga bo'linadi:l. Muqayyad qofiya. 2. Mutlaq qofiya.

Siddiqiy-Ajziy lirikasida qofiyaning ushbu ikki turi ham mahorat bilan qo'llangan. Qofiya shoir lirikasida she'rning musiqiyligini va ohangdorligini ta'minlovchi vositagina bo'lib qolmasdan, balki ifodalanayotgan ijtimoiy-axloqiy g'oyalarni badiiy so'z vositasida yuzaga keltiruvchi omillardan biridir, ya'ni qofiyadosh so'zlarda shoirning g'oyaviy-badiiy niyati ham amalga oshgan. Siddiqiy-Ajziy she'riyatida muqayyad qofiya ham, mutlaq qofiya ham birdek qo'llanilganligini ko'rish mumkin.

Muqayyad qofiya. Bu turdagi qofiyaning muhim xususiyati uning raviy bilan tugallangan bo'lishidir. Siddiqiy-Ajziy lirikasida muqayyad qofiya keng va samarali qo'llangan. Jumladan, shoirning

Nola-yu faryod etarmu kim sa bemor o 'Imasa,

Siynasi tig'i tazallumlar-la afgor o'imasa - matla'li g'azali bunga misol bo'la oladi. Ushbu baytdagi "bemor" va "afgor" qofiyadosh so'zlarida "r" undoshi raviy bo'lib kelgan. Keyingi baytlardagi "bedor", "devor", "hushyor", "sarkor", "ag'yor", "xabardor" qofiyalari ham bayt mazmunini ta'sirchan qilgan hamda g'azalning musiqiyligini ta'minlashga xizmat qilgan. She'riyatda badiiyatning boshqa unsurlari kabi qofiyaning ham o'ziga xos o'rni borligiga nazariyotchi olim Bahodir Sarimsoqovning quyidagi fikrlari dilildir: "...badiiy asarning mazmuni hamda shakli badiiylikning ikki qanotidir"[l 1. 5-b.].

Siddiqiy-Ajziy g'azallarining aksariyati muqayyad qofiyaga asoslangan. Shoirning "Bu kun ashhodi zoting ila guftor aylaram insho", "Charxdin navla agar etmasa ozor bango", "Nola-yu faryod

etarmu kimsa bemor o'lmasa", "G'unchasin ochmish tamaddun gulshanij avión edub", "Ey karaming hodiyi rohi najot", "Ko'rmadim dahrda bir lahza ban zor farah", "Ko'nglim asrorini sharh etmaka bir mahram yo'x", "Ohkim, etmish ummidim g'ami hijron mafqud", "Kimsa mag'mum o'lan ahvolimi masrur edamaz", "To tamaddun maktabinda etmisham takror dars", "G'amingdin osmon badri munirinto hilol etmish", "Vermak ozurdalaring, qalbina ozor g'alat", "Dardmandamki durur dardima darmon malhuz", "Sen etma sarvati dunyodan e'tibor tama'", "Bahor fayzi tarovat-la mahram o'lmish bog"', "Nadan jahona ayon etdi e'tibor sadaf', "Hiloling suvratidek, ey falak, qaddim duto etding", "Dun banim ranju malolimdan xayol etmish hilol", "Inson o'la istarsang agar tolibi rang o'l" misralari bilan boshlanuvchi g'azallari hamda "Chin va yolg'on ziyolilar", "Ulamolar", "Tabrik" she'rlari shular jumlasidandir.

Mutlaq qofiya. Qofiyaning bu tunda ".. .raviy harfidan keyin qofiyaning boshqa harflari (vasl, xuruj, mazid, noira) ham ishtirok etadi"[10. 293-b.]. Anvar Hojiahmedov raviydan keyin keluvchi harflarning har biriga quyidagicha izoh beradi: "...raviydan keyin turuvchi undosh yoki cho'ziq unli vasl deb, ikkinchi, ya'ni vasldan keyin turuvchi undosh yoki cho'ziq unli xuruj deb, uchinchi, ya'ni xurujdan keyingi undosh yoki cho'ziq unli mazid deb, to'rtinchi, ya'ni maziddan keyingi undosh yoki cho'ziq unli noyira deb yuritiladi. Harflar noyiradan keyin davom etsa, har qaysi undosh yoki cho'ziq unli shu nom bilan, ya'ni noyira deb atalaveradi"[9. 205-b.].

Siddiqiy-Ajziy lirikasida mutlaq qofiyali she'rlar ham ko'p. Jumladan, shoirning

Niholi darddur bani hosilim ashk qatorimdur,

Fano gidzorin obod aylamish jismi nizorimdur -

matla'si bilan boshlangan g'azalning "qatorimdur" va "nizorimdur" so'zlari mutlaq qofiya bo'lib, ulardagi "r" undoshi - raviy hisoblanadi. Raviydan keyingi "i" unlisi - majro, "m" undoshi -vasl, "d" undoshi - xuruj, "u" unlisi - nafoz, "r" undoshi - mazid sanaladi.

Aruzshunos Dilnavoz Yusupovaning ta'kidlashicha: "Mutlaq qofiya hisoblanishi uchun raviydan so'ng birgina vasl harfining qo'llanilishi ham kifoya qiladi"[10. 294-b.]. Siddiqiy-Ajziy g'azallari ichida mutlaq qofiyaning aynan shu shaklda qo'llangan ko'rinishi ham bor. Jumladan, shoirning "Arz" radifli g'azali bunga misol bo'la oladi:

Suhhi ummidim magar etmish shabi hijrona arz -

Kim, qora baxt etdi ruxsorin hayrona arz.

Bu o'rinda "hijrona" va "hayrona" qofiyadosh so'zlaridagi "n" undosh harfi - raviy, undan keyingi "a" unlisi - vasl harfi hisoblanadi. Raviydin keyin birgina vasl harfi qo'llanganining o'zi ushbu g'azalning mutlaq qofiya asosida yozilganini ko'rsatadi.

Siddiqiy-Ajziyning mutlaq qofiyaga asoslangan g'azallari ham ko'p. Shoirning "Bango qarorsiz o'lmoqda vordur bois", "Kimsa, yo Rab, bu dili zorima etmazmi iloj", "Sokini dashti balo o'lmoq bani majnuna xos", "Subhi ummidim magar etmish shabi hijrona arz", "Etma, ey oqil, sarvari qalbi dunyodin tama'", "Siynam, ahboblarim, otashi g'amdandur dog"', "Yadi bedodi yag'modan na o'lmish, ey Vatan, holing", "Pariro'lar parishon zulfitek xotir parishonam", "Navla mahsulim, Iloho, bu tamannolardin", "Ko'randa lola yafrog'in gumon etmang, chamandur bu", "Navla rahm etsa falak ban kabi bemorlara", "Nadur, yo Rab, bu giryon chashmi xunborim tamannosi", "Amomali shaytonlaringa "shukr", Xudoyo" satrlari bilan boshlanuvchi g'azallari, shuningdek, "Yo Rab, eshit bu xasta dilimning navosini", "Bu dunyog'a kelishda gul bo'lib, g'uncha otib keldik" misralari bilan boshlanuvchi muxammaslari mutlaq qofiyalangan she'rlarga misol bo'la oladi.

Ma'lumki, o'zak tarkibiga ko'ra qofiyalarning mujarrad, murdaf, muqayyad, muassas kabi to'rtta turi mavjud bo'lib, Sayidahmadxo'ja Siddiqiy-Ajziy ana shu to'rt turni ham mahorat bilan qo'llagan. Bundan tashqari, qofiyaning tuzilishi ko'ra muqayyad qofiya va mutlaq qofiyadan ham birdek san'atkorona foydalangan.

Sayidahmadxo'ja Siddiqiy-Ajziy lirikasida radif keng ko'lamda mohirlik bilan qo'llanilgan. Shoirning "Aynu-l-adab" turkiy she'riy majmuasiga 34 g'azal kiritilgan bo'lib, shundan 25 g'azal radifli, bundan tashqari XX asr boshlarida "Oyna" va "Mashrab" jurnallarida chop etilgan "Faxriya", "Ekin yerlaring dard-u hasrati", "Boshimdan o'tganlar", "Chervon", "Nima lozim?", "Tabrik", "Barakallo", "Keldik", "Chin va yolg'on ziyolilar, "O'zi anglovchiga", "Inchunin boyad",

"Ulamolarga" she'rlariga ham radif qo'llangan. Shoirning "Aynu-l-adab" asarida kelgan g'azallardagi radif, asosan, bir so'z bilan ifodalangan. Jumladan, "G'alat", "Bu", "Mafqud", "Sadaf "Tama"', "Dog"', "Farah", "Dars", "Iloj", "Bois" radifli g'azallar bunga misol bo'la oladi. "Ekin yerlaring dardu hasrati", "Nima lozim?", "Inchunin boyad" she'rlarida qo'llangan radiflar ikki yoki undan ortiq so'zlardan hosil bo'lgan.

Shoir she'rlarida radif musiqiy ohangdorlikni, she'rda ifodalangan g'oyaning ta'sirchanligini, badiiyatning yuqori bo'lishini ta'minlagan. Baytlar va bandlararo bog'lanishni kuchaytirgan. Olima Dilnavoz Yusupova yozganidek, "Radif she'rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni takrorlash, kitobxon e'tiborini asosiy g'oyaga jalb etib, muallif g'oyaviy niyatini chuqurroq yetkazib berishga xizmat qiladi"[10. 294-b.].

Sayidahmadxo'ja Siddiqiy-Ajziy she'riyati radifi, asosan, turkiy-o'zbekcha, qisman, arab-fors tillariga mansubdir. Shoir she'riyatida, asosan, turkiy-o'zbekcha so'zlarining radif bo'lib kelishi ham Siddiqiy-Ajziyning o'zbek she'riyati taraqqiyotida alohida o'rin tutganidan dalolat beradi.

Adabiyotlar:

1. Тарозий А. Фунун ул-балога. - Т.: Хазина, 1996. - 210 б.

2. Фитрат А. Адабиёт коидалари. - Т.: Ук;итувчи, 1995. - 78 б.

3. Шекспир В. Танланган асарлар. 5 жилдлик. 1-жилд [Тахрир хдйъати С.Аъзимов ва боищ.]. Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. - 488 б.

4. Шекспир В. Танланган асарлар. 5 жилдлик. 2-жилд [Тахрир хдйъати С.Аъзимов ва боищ.]. Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. - 488 б.

5. Шекспир В. Танланган асарлар. 5 жилдлик. 3-жилд [Тахрир хайъати С.Аъзимов ва боищ ]. Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. - 640 б.

6. Софокл. Шох эдип. Трагедия / А.Мухтор таржимаси. - Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979.-76 6.

7. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. - Т.: Узбекистан, 2002. - 560 б.

8. Alisher Navoiy. Layli vaMajnun. Doston /Nashrga tayyorlovchi va mas'ul muharrir: Rahmonov V. - T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2020. - 340 b.

9. Х,ожиахмедов A. Мумтоз бадиият малохати. - T.: Шарк;, 1999. - 240 б.

10. Юсупова Д. Аруз ва мумтоз поэтикага кириш. - T.: Akademnashr, 2020. - 304 б.

11. Саримсоков Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари / Тупловчи ва нашрга тайёрловчи: X,. Ахмедов. - Т.: Bookmany print, 2022. - 252 б.

SAYIDHMADXO'JA SIDDIQIY-AJZIYNING QOFIYA QO 'LLASHMAHORATI

Maqolada raviy va radif, qofiya va lining tiilari: majarrad qofiya, murdaf qofiya, muqayyad qofiya, muassas qofiya, mutlaq qofiya haqida fikr yuritilgan. Xuxusan, Sayihmadxo 'ja Siddiqiy-Ajziyning qofiya qo 'Hash son 'ati va mahorati shoirning lirik merosi misolida ochib berilgan.

НАВЫК РИММЫ САЙИДАХМАДХОДЖИ СИДДИШ-АДЖЖ

В статье рассматриваются сказитель и радиф, рифма и ее виды: абстрактная рифма, рифма-мурдаф, рифма мукайяд, институциональная рифма, абсолютная рифма. В частности, на примере пирического наследия поэта раскрывается искусство и мастерство использования рифмы Сайидахмадходжи Сиддики-Аджзи.

SKILL OF МММ A SAYIDAHMADKHOJA SIDDIQI-AJZI

The article discusses the narrator and the radith, rhyme and its types abstract rhyme, murdaf rhyme, muqayyad rhyme, institutional rhyme, absolute rhyme. In particular, using the example of the poet's lyrical heritage, the art and mastery of the use of rhyme by Sayidahmadhoja Siddiqi-Ajzi is revealed.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.