Научная статья на тему '“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONLARIDA QOFIYA TIZIMI'

“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONLARIDA QOFIYA TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“FARHOD VA SHIRIN” DOSTONLARIDA QOFIYA TIZIMI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

"FARHOD VA SHIRIN" DOSTONLARIDA QOFIYA TIZIMI

Sh. U. Ruzmetov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi shahruzmetov@gmail.com, O'zbekiston

Sharq, xususan, arab, fors-tojik va turkiy adabiyotning ilmiy hamda badiiy namunalarida qofiya she'riyatdagi badiiyatning asosiy unsurlaridan biri sanalgan. Turk she'riyatining ilk davri yuzasidan tadqiq olib borgan olimlarimiz esa she'rning qofiya tomonini vazn hamda badiiy san'atlardan ham avvalroq tushunib yetganlar. Shuningdek, mazkur unsur yuzasidan o'zlarining nazariy qarashlarini bayon qilganlar. Arab olimlari johiliya davridayoq she'rning qofiya jihatidan tahlil qilingan ayrim fikrlarini ham bildirib o'tganlar. Islomiy davrda esa Ibn Qutayba (828-889)ning "She'r va shuaro", Qudama ibn Ja'farning "Naqd ush-she'r", Asmaiyning "Kitobi fuxulat ush-shuaro", Ibn Xaldunning "Muqaddima" asarlarida ham qofiya nazariyasiga doir fikrlar borligi mutaxassislar tomonidan e'tirof etilgan. Shuningdek, qadimgi yunon va hind she'r tizimini o'rgangan buyuk allomalarimiz - Forobiy va Beruniylarning asarlarida ham qofiya yuzasidan bildirilgan fikrlar mavjud. Biz yuqorida ta'kidlagan Qudama ibn Ja'farning "Naqd ush-she'r" asarida ham besh jihat yuzasidan nazm tahlilini amalga oshirish kerakligi tushuntirilgan. Mana shu besh jihat: vazn, qofiya, lug'at tarkibi, syujet, (tartib) hamda naqd ilmidan iborat ekanligi dalillangan. Ma'lumki, "Naqd ush she'r" asari, asosan, naqd ilmiga bag'ishlangan hamda yuqorida keltirilgan besh jihat esa boshqa olimlar tomonidan qilingan ishlarda atroflicha yoritilgan. Ammo Qudama ibn Ja'far ham nazmni farqlaydigan va barcha olimlar tomonidan qabul qilingan to'rt unsurning farqlanishi haqida mulohazalar keltiradi. Ularga tovush, syujet, vazn va qofiyani kiritadi. Uning qarashlariga ko'ra ham mazkur unsurlarning turli xil o'zgarishlar asosida birlashishidan nazm, ya'ni she'r hosil bo'ladi. Bilamizki, tovush, bevosita, vazn va qofiya bilan o'lchanadi. Qofiya o'z-o'zidan mazmun bilan mutlaqo bog'langan unsur hisoblanadi. Shunday ekan, mumtoz asarlarni tahlil qilar ekanmiz, qofiya tizimi asar mohiyatidagi alohida ahamiyatga ega jihatlardan biri ekanligini inobatga olish lozim. Bu borada bir talay ishlar amalga oshirilgan bo'lib, ma'rifatchilik davri ijodkorlarimizdan Fitrat o'zining "Adabiyot qoidalari" asarida qofiyaga ta'rif berib: "misralarning oxirida tovushlari bir xil bo'lg'an so'z bo'g'inlariga qofiya deyiladir", deb yozadi. Shuningdek, o'zining qarashlarini Navoiy, Bobur hamda Muhammad Solih asarlaridan misollar keltirish bilan asoslaydi. G'azal, masnaviy kabi janrlarda yozilgan asarlardan misol keltirish orqali qofiya ilmiga doir o'zining fikr va xulosalarini o'quvchiga yetkazishga harakat qiladi. Biz tadqiq etayotgan Alisher Navoiy va Lamii Chalabiylarning "Farhod va Shirin" dostonlaridagi qofiya tizimi xususida alohida tadqiqot ishlari amlaga oshirilmagan. Biz aynan ular haqida so'z yuritamiz. Xususan, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi 1-bob Allohga hamd bilan boshlanadi. Lamii dostonidagi birinchi

359

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennq|tisodiyot^a^edagogikaj^

bob ham munojot ko'rinishidagi hamd bo'lganligi sababli biz aynan shu boblarni tahlilga tortdik.

1."Sâkî" - "bâkî" - k raviy, o'zakka ko'ra murdaf, tuzilishiga ko'ra mutlaq qofiya.

Gel imdi câm-i Cem sun câna sâkî Safâ bezminde geçsun 'ômr-i bâkî

2."Kâyinâtuq" -'"âliyâtuq" - q raviy, o'zakka ko'ra mujarrad, tuzilishiga ko'ra muqayyad qofiya.

Gôrem tâ anda sirrin kâyinâtuy Kilam çerhin hurûf-i 'âliyâtuy

Alisher Navoiy dostonining I bobi hamd ko'rinishida bo'lib, unda quyidagi qofiya turlari keltirilgan:

T/r Qofiya turi Qo'llanilishi

1. Mujarrad 19

2. Murdaf 10

3. Muqayyad 4

4. Muassas 0 Jami 33

Lamii Chalabiy dostonida esa o'zak tarkibiga ko'ra quyidagi qofiya turlari keltirilgan:

T/r Qofiya turi Qo'llanilishi

1. Mujarrad 19

2. Murdaf 19

3. Muqayyad 6

4. Muassas 3

Jami 47

Jadvalda ko'rib turganimizdek, Navoiy ijodida mujarrad va murdaf qofiya turlar yetakchilik qilgan va hamd qismning salmoqli o'rnini egallagan. Muqayyad va muassas turlari esa dostonning ayrim o'rinlaridagina uchraydi. Lekin bu miqdor mazkur qofiya turlari qo'llanilmagan degani emas, chunki bu qofiyalar dostonda katta hajmni egallamaydi. Bu miqdorning o'zi ham qofiyaning mazkur turi munojotlarda unumli qo'llanilganligidan dalolatdir. Bu kabi miqdorlarning kelib chiqishi ham bejiz emas, albatta. Ijodkor badiiy asariga singdirmoqchi bo'lgan asosiy g'oyani aynan qofiya orqali o'quvchiga yetkazadi. Qofiyaning asosiy vazifasi ham ijodkor maqsadini kitobxonga to'la yoritib berishdan iborat.

"Farhod va Shirin" dostonida "Xusrav" va "Farhod" munozarasi keltiriladi. 25 baytni o'zida qamrab olgan ushbu parchadagi qofiya qo'llanilishi, qofiyaning radif bilan munosabati, badiiy san'atlarning o'rni haqida quyidagilarni keltirmoqchimiz. Ushbu qism o'ziga xos ohangga egaligini D. Yusupova o'z tadqiqotlarida quyidagicha izohlaydi:

360

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

1. Dialog usuli.

2. Barcha misralarning anaphora (dedi yoki dedikim) asosiga qurilganligi.

3. Deyarli barcha baytlarda takrir (yoki tanosub, ishtiqoq, alliteratsiya) san'atlarining qo'llanilganligi.

4. Asosiy ritmik zarbdan tashqari qo'shimcha ritmik zarbning ham mavjudligi [4. B-

41].

Dostonning aynan shu parchasida qo'llanilgan qofiya turlari, qofiya san'atlari va badiiy san'atlar, shuningdek, qofiyaning radif bilan munosabatiga e'tibor qaratamiz. Birinchi baytning o'zidayoq ridfli qofiya asosiy o'lchov bo'lib xizmat qilgan. Ritorik so'roq orqali baytlarda o'zaro savol-javob qism boshlanishini kuzatish mumkin.

1. Ridfli muqayyad qofiya:

Dedi: Qaydinsen, ey majnuni gumrah?

Dedi: Majnun vatandin qayda ogah.

2. Mujarradi muqayyad qofiya:

Dedi: Nedur sanga olamda pasha?

Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha.

Aytishimiz mumkinki, yuqoridagi parchada "dedi" va "dedikim" anaforasi ritmik zarb vazifasini bajarmoqda. Dostonning yuqorida keltirilgan parchasidan birinchi galda qofiya jihati haqida to'xtalamiz hamda buni quyidagi jadval asosida yaxshiroq ko'rishimiz mumkin:

T/r Qofiya turi

1. Mujarrad

2. Murdaf

3. Muqayyad

4. Muassas

Raviy Vasilli

6

6 4

3

Xurujli Mazidli

1 3

1 1

Noyirali Radif

1

2

Ko'rinib turibdiki, qofiya jihatdan murdaf tur yetakchilikni egallagan. Shuningdek, radif qo'llanilishi ham uch o'rinda kelsa, uning 2 ulushi aynan murdaf qofiya turidagi baytda qo'llanilgan. Biz o'rgangan parchada qaydli qofiyadan deyarli foydalanilmagan, ta'sisli qofiya esa umuman uchramaydi. Mazkur qofiya turlari, o'z navbatida, badiiy san'atlar bilan uyg'unlik kasb etgan. Yuqoridagi misralarni tasnif qilish asnosida mubolag'a, ishtiqoq, tanosub, takrir kabi san'atlar qo'llanilganligi va ularning ham dostonning, ritmik go'zalligini ochishda, ham qofiyalanuvchi so'zlarni o'zaro moslashga harakat qilganligida ko'rishimiz mumkin. Bu unsurlar badiiy asar yaratilishida bir-birini taqozo etadi. Shuningdek, savol-u javob san'ati esa ayni shu dostonning asosini tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu san'atning shartiga ko'ra biror maqsad-muddaoni ikki tomonning savol-u javobi tarzida ifodalash she'riyatdagi badiiy san'atlar sirasiga kiradi. Bu san'atning amaliyot doirasi ancha keng. Buni masnaviyda bir necha baytda qo'llash mumkin. Biz asos qilib olgan yuqoridagi parcha ham aynan shuni ifoda etadi.

361

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^Il

Biz yuqoridagilarni inobatga olgan holda quyidagi xulosalarga keldik: Navoiy va Lamii "Farhod va Shirin" dostonidagi 1-bob Allohga hamd bo'lganligi sababli biz aynan shu boblarni tahlilga tortdik. Tahlil natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, Navoiy va Lamii ijodida mujarrad va murdaf qofiya turlar yetakchilik qilgan va hamd qismning salmoqli o'rnini egallagan. Muqayyad va muassas turlari esa dostonning ayrim o'rinlaridagina uchraydi. Lekin bu miqdor mazkur qofiya turlari qo'llanilmagan degani emas, chunki bu qofiyalar dostonda katta hajmni egallamaydi. Bu miqdorning o'zi ham qofiyaning mazkur turi munojotlarda unumli qo'llanilganligidan dalolatdir.

Navoiyda dastlabki bobdagi hamd 33 baytni tashkil qilib, undan 19 bayti mujarrad, 10 bayti murdaf, 4 bayti muqayyad qofiyada kelgani muassas qofiya keltirilmagani aniq bo'ldi. Lamii Chalabiy ijodida esa baytlar soni 47 tani tashkil qilib, undan 21 bayti mujarrad, 21 bayti murdaf, 5 bayti muqayyad qofiyada yozilgani ma'lum bo'ldi. Navoiyniki kabi bu o'rinda muassas qofiya turidan foydalanilmagan. Xulosa sifatida har ikkala ijodkorda ham mujarrad va murdaf qofiya turi yetakchi deya olamiz.

"Xusrav" va "Farhod" munozarasi keltirilgan 25 baytda ham mujarrad va murdaf qofiya turi kelganligi aniqlandi. Bu har ikkala ijodkorda aynan takrorlagan faqat turk shoiri ujodida 10 bayt ko'pligi hisobiga qofiya turlari va soni miqdor jihatdan ko'proq.

References / Adabiyotlar

1. Farhod va Shirin. Doston. T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-manba ijodiy uyi, 2020

2. Fitrat. Tanlangan asarlar. Toshkent: "Ma'naviyat", 2009

3. Hasan Ali Esir, Lâmiî Çelebi. Ferhâd ile §îrîn 2017: Ankara

4. Sirojiddinov Sh, Yusupova D. Navoiyshunoslik. Toshkent: Tamaddun, 2018

5. Юсупова Д. Алишер Навоий "Хамса"сида мазмун ва ритмнинг бадиий уйгунлиги. Тошкент: "MUMTOZ SO'Z", 2011.

362

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.