Научная статья на тему 'CHUSTIYNING RADIF QO‘LLASH MAHORATI'

CHUSTIYNING RADIF QO‘LLASH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
92
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
radif / qofiya / aruz / devon / sodda radif / tarkibli radif / juft so‘zli radif / an’ana / sarlavha / taxallus / badiiy mahorat. / radif / rhyme / aruz / divan / simple radif / content radif / double-word radif / tradition / title / nickname / artistic skill.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Otaxanova, Mahmuda Mamadaliyevna

Ma’lumki, ijodkor salohiyati va mahoratini belgilovchi unsurlardan biri bu radifdir. Ushbu maqolada aruznavis shoir Chustiy lirikasida qo‘llangan radif va uning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, shoirning radif qo‘llash bilan bog‘liq yuksak badiiy mahorati o‘rganilgan. Ijodkorning “Hayotnoma”, “Sadoqat gullari” devonlaridagi radifli va radifsiz, shu bilan birga, sodda va murakkab tarkibli radifga ega g‘azallar ilk marta miqdoriy ko‘rsatkichlarda berilgan va fikrlar aniq misollar bilan dalillangan.Chustiy lirikada radif qo‘llash borasida ham buyuk salaflari an’analari izidan ergashdi. Ayniqsa, so‘z sehrgari Alisher Navoiy ijodi shoir uchun ilhom manbai bo‘ldi. Shu kabi bir qator o‘ziga xosliklar maqolada yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHUSTY’S RADIF APPLICATION SKILL

It is known that one of the elements that determine the potential and skill of a creator is radif. In this article, the radif used in the lyrics of the poet Chustiy and its specific features are studied. Also, the poet's high artistic skill in using radif was studied. Ghazals with radif and without radif, and at the same time with simple and complex radif in the works of the artist "Hayatnoma", "Sadoqat gullari" are given for the first time in quantitative indicators and the ideas are proven with concrete examples. followed the traditions of his predecessors. In particular, Alisher Navoi's work, a magician of words, became a source of inspiration for the poet. A number of such peculiarities are highlighted in the article.

Текст научной работы на тему «CHUSTIYNING RADIF QO‘LLASH MAHORATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

CHUSTIYNING RADIF QO'LLASH MAHORATI

Otaxanova Mahmuda Mamadaliyevna

Namangan davlat universiteti, o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi E-mail: otaxanovamahmuda3 0 @gmail .com Tel:+998936768400

ANNOTATSIYA

Ma'lumki, ijodkor salohiyati va mahoratini belgilovchi unsurlardan biri bu radifdir. Ushbu maqolada aruznavis shoir Chustiy lirikasida qo 'llangan radif va uning o 'ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, shoirning radif qo 'llash bilan bog'liq yuksak badiiy mahorati o'rganilgan. Ijodkorning "Hayotnoma", "Sadoqat gullari" devonlaridagi radifli va radifsiz, shu bilan birga, sodda va murakkab tarkibli radifga ega g'azallar ilk marta miqdoriy ko 'rsatkichlarda berilgan va fikrlar aniq misollar bilan dalillangan.Chustiy lirikada radif qo'llash borasida ham buyuk salaflari an 'analari izidan ergashdi. Ayniqsa, so 'z sehrgari Alisher Navoiy ijodi shoir uchun ilhom manbai bo 'ldi. Shu kabi bir qator o 'ziga xosliklar maqolada yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: radif, qofiya, aruz, devon, sodda radif, tarkibli radif, juft so'zli radif, an 'ana, sarlavha, taxallus, badiiy mahorat.

CHUSTY'S RADIF APPLICATION SKILL

Otahanova Mahmuda Mamadaliyevna

Teacher of the department of Uzbek literature Namangan State University E-mail: otaxanovamahmuda3 0 @gmail .com Phone:+998936768400

ABSTRACT

It is known that one of the elements that determine the potential and skill of a creator is radif. In this article, the radif used in the lyrics of the poet Chustiy and its specific features are studied. Also, the poet's high artistic skill in using radif was studied. Ghazals with radif and without radif, and at the same time with simple and complex radif in the works of the artist "Hayatnoma", "Sadoqat gullari" are given for the first time in quantitative indicators and the ideas are proven with concrete examples. followed the traditions of his predecessors. In particular, Alisher Navoi's work, a magician of words, became a source of inspiration for the poet. A number of such peculiarities are highlighted in the article.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Key words: radif, rhyme, aruz, divan, simple radif, content radif, double-word radif, tradition, title, nickname, artistic skill.

МАСТЕРСТВО ЧУСТИЯ В ПРИМЕНЕНИИ РЕДИФА

Махмуда Мамадалиевна Отаханова

преподаватель кафедры узбекской литературы Наманганский государственний университет Е-mail: otaxanovamahmuda3 0 @gmail .com

В статье исследуются редиф и его специфические особенности в лирике восточного поэта Чустия, а также изучено высокое художественное мастерство поэта в использовании редифа.

Ключевые слова: редиф, рифма, аруз, диван, простой редиф, содержательный редиф, двусложный редиф, традиция, заглавие, псевдоним, художественное мастерство.

"Mavlono Chustiy she'riyat qilichidek o'tkir qalamli shoir edi. U zo'r-zo'raki shoir emas, tabiatan tug'ma shoir edi. Shoirlik uning zuvalasida, qonida edi. Sho'xlik, muhabbat, quvnoqlik unga o'tmish shoirlaridan meros edi. She'r unga o'zi quyilib kelar, uning to'yonasi ham she'r, tuhfasi ham, qo'shig'i ham, yig'isi ham she'r edi"[7, 40-bet], deya shoir Chustiy (Nabixon Xo'jayev) ga haqli baho bergan edi adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov. Aruz mumtoz adabiyotimizning eng go'zal va jozibador she'riy vazni sifatida e'tirof etib kelingani barchaga ma'lum. Chustiy adabiy va ma'naviy evrilishlar yillarida ana shunday ko'xna aruzda ijod qilishdan tolmadi, ko'p ta'kidlashsa-da, bir marta bo'lsin, boshqacha uslublarga murojaat qilmay, o'z qalbi ohanglariga quloq tutib, go'zal g'azallar, muxammaslar yozib qoldirdi. U o'tmish an'analarga sodiq ravishda ishq-muhabbatni baland pardalarda kuyladi, an'anaviy obrazlarni bugungi kun uchun ham vobasta qila oldi. Shu boisdan ham shoir she'rlari kitoblarda qolib ketmadi, hali siyohi qurimay, kuyga solinib, yurtimiz bo'ylab qo'shiq sifatida yuksak parvoz etdi. Salaflarning boy tajribasidan bahra olgan Chustiy she'rshunoslikning badiiy unsurlaridan samarali foydalanib, ustozlarga munosib izdosh ekanligini isbot etdi.

Biz quyida Chustiyning g'azallarda radif qo'llash mahorati haqida so'z yuritmoqchimiz. Ma'lumki, she'riy ohangdorlikni va shoir badiiy niyatini ifoda etishda radifning o'rni muhim hisoblanadi. She'riyatimizdagi qofiya ko'pincha radif

Тел:+998936768400

АННОТАЦИЯ

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

bilan birgalikda qo'llanadi. "Radif «izma-iz keluvchi» ma'nosini ifodalovchi so'z bo'lib, adabiyotshunoslikda qofiyadan so'ng kelib aynan takrorlanuvchi so'z yoki so'zlar birikmasini anglatadi" [3, 236-bet] . Radif so'z takrorining xususiy ko'rinishi bo'lib, faqat uning takrorlanish o'rni qat'iy belgilab qo'yilgan, lekin bu she'riyatda radif qo'llash shart degani emas, albatta.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chustiy o'z lirikasida radifning o'rniga alohida ahamiyat bergan, uning turli xil ko'rinishlarini mohirona qo'llay olgan, shuningdek, o'zi ifoda etgan etakchi fikrni radif orqali ham ta'kidlab, o'quvchining asosiy e'tiborini ana shu radifda ifodalagan so'z etakchilik qilgan g'oyaga qaratgan. Radif yordamida ijodkor g'oyaviy niyatini etkazish maqsadiga erishgan. Jumladan,

deb boshlanuvchi g'azalidagi «ko'zingdan» radifi matla' va har qaysi bayt oxirida takrorlanar ekan, o'quvchining e'tibori yorning ko'ziga qaratiladi.

Adabiyotshunos Sharif Yusupov kirish so'zi bilan nashr etilgan Chustiyning "Hayotnoma" nomli devoni janr jihatdan xilma-xil. Unga shoirning g'azal, mustazod, muashshar, musaddas, muxammas, murabba', tarje'band, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit'a va chiston janridagi ijod namunalari jamlangan. Devonda 282 ta g'azal mavjud bo'lib, ularning 199 tasi radifli, 83 tasi esa radifsiz. Bu miqdoriy ko'rsatkichdan anglashiladiki, shoir o'z g'azaliyotida radifga alohida o'rin bergan. Endi shu jihatdan Chustiyning "Sadoqat gullari" nomi ostida chop etilgan devonini ham ko'zdan kechirsak, devondagi 211 g'azaldan 161 tasida radif qo'llangan va qolgan 50 ta g'azal radifsiz holatda yozilganligining guvohi bo'lamiz. Demak, ijodkor o'z lirikasida ilgari surayotgan g'oya va maqsadga kitobxon diqqatini qayta-qayta jalb etish, shuningdek, baytlar jozibasini orttirish, ohangdorlikni ta'minlash uchun ham radifga ko'p murojaat qilgan.

Chustiy lirikada radifning o'rni muhimligini chuqur his qilgan holda, radifning turli xil shakllaridan foydalandi. Bir so'zli, ikki so'zli, uch so'zli, to'rt so'zli, besh so'zli va hatto olti so'zli radiflarni ham lirik maydonga olib kira oldi. "Hayotnoma" nomli devondagi 199 ta radifli g'azalning 132 tasi bir so'zli, 54 tasi ikki so'zli, 7 tasi uch so'zli, 3tasi to'rt so'zli, 2 tasi besh so'zli va 1 tasi olti so'zli g'azallardir. Tahlillardan anglashiladiki, shoir ijodida bir va ikki so'zli radiflar miqdoran ko'pchilikni tashkil etadi. Devondagi g'azallarda radif qo'llanishining har bir turiga misollar keltirishni lozim topdik.

El ko'rdi bu kun g'amzani jonona ko'zingdan, Nur oldi jahon xalqi shabistona ko'zingdan (9, 223)

Bir so'zli:

Kelmas oshiq kulbasiga fayz, jonon kelmasa,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Bu quruq tandan na hosil jismaro jon kelmasa" [9, 58] Ikki so'zli:

Bo'lmasin suhbat aro bema'ni gap, Aylagay baxti qaro bema'ni gap[9, 259] Uch so'zli:

Meni, ey sho'xi beparvo, unutsang ham unutmasman, Solib boshimga yuz savdo, unutsang ham unutmasman[9, 227] To'rt so'zli:

Barchamiz bu yo'lda, ammo kim keyin, kim ilgari, Bilmagan hech qaysi dono, kim keyin, kim ilgari[H, 142] Besh so'zli:

Seni yayratar diyorim, sadag'ang bo'lay, nigorim, Qarashing mening madorim, bu tomonga bir qarab qo'y. Menga yo'q gunohni ilma, beri kel, uzoqqa jilma, Go'zalim, bahona qilma, bu tomonga bir qarab qo'y. [9, 161] Olti so'zli:

Dedi: yorim fido bo'lg'il, dedim: xo'b bo'pti, xo'b bo'pti, Na etsam men, rizo bo'lg'il, dedim: xo'b bo'pti, xo'b bo'pti[9, 124] Juft so'zlardan tanlangan radiflar ham ijodkor she'rlariga ayricha latofat va joziba bag'ishlaydi. Shoirning

Ko'chaga chiqsa to'xtamay ko'zi xumor o'tar-ketar, Yursa yo'lini yashnatib misli bahor o'tar-ketar (9, 289) deb boshlanuvchi g'azalidagi «o'tar-ketar» radifi shu xil xususiyatga egadir. Chustiyning "Sadoqat gullari" nomli devonidagi g'azallarni ham radif jihatidan tahlil etar ekanmiz, bir so'zli radif qo'llash bu devonda ham ustunlik qilganiga amin bo'ldik.Yuqorida ta'kidlaganimizdek, 161 ta radifli g'azalning 126 tasi bir so'zli, 30 tasi ikki so'zli, 3 tasi uch so'zli va 2 tasi to'rt so'zli radiflar hisoblanadi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, ikki devonda ham bir so'zli radiflardan iborat g'azallar miqdoran ko'p. Bu esa bir tomondan ijodkor badiiy niyatining bir so'z orqali alohida ta'kidlanishi ustun ekanligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan Chustiyning radif qo'llash borasida ham salaflar an'analariga sodiq ekanligini namoyon etadi. So'z mulkining sultoni "Alisher Navoiyning 2600 ta o'zbek tilidagi g'azallarining 1300 dan ortig'ida radiflar qo'llangan" [5, 22] bo'lib, ular tarkibida bir so'zdan iborat radiflarga keng o'rin berilgan:

Husni ortar yuzda zulfin anbar afshon aylagach, Sham' ravshanroq bo'lur torin parishon aylagach [1,126]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Aruznavis Chustiy ham Navoiy an'analariga ergashib, devonlarida bir so'zdan tarkiblangan radifli g'azallarni ko'proq istifoda etdi:

Yozdi Navoiy maqtab qancha asar tilingdan, Halvochi qildi halvo balkim shakar tilingdan[10, 143] Yuqoridagi baytda "asar", "shakar " so'zlari g'azalning qofiyasi hisoblanib, ulardan keyin kelgan "tilingdan" so'zi esa radifdir.

Alisher Navoiyning "G'aroyib us-sig'ar" devonini varaqlar ekanmiz, ijodkorning bir radifda bir necha g'azallar bitganligining shohidi bo'ldik. Shoirning "Ango", "Aro", "Ko'rub", "Chekib", "Erur", "Hargiz", "Emas", "Mening" kabi radifli g'azallari shular jumlasidandir. Mazkur an'ana shoir Chustiyda ham munosib davom ettirilganligini ko'rishimiz mumkin:

Ishq toridan to'qilgan atlasim yor ustida, Ming guli ra'no ochilmish xuddi gulnor ustida[9, 22] Ushbu matla'li g'azal shoirning "Hayotnoma" nomli devoniga kiritilgan bo'lib, 7 baytdan tashkil topgan. G'azal an'anaviy ishq mavzusida yozilgan, ma'shuqa ta'rif-tavsifiga bag'ishlangan. Aruzning ramali musammani mahzuf vazni (taqte'si: - V--/-V--/-V--/-V-; foilotun/foilotun/foilotun/foilun.) da bitilgan. "Yor", "gulnor" so'zlari qofiya bo'lsa, "ustida" so'zi esa radif sanaladi. Devonda xuddi mana shu vazn va radif bilan yozilgan yana bir g'azal mavjud:

Aylanur davlat qushi oltin tarog'ing ustida,

- V - - / - V - -/ - V - - / - V -Ne tarog'kim, qush qanoti erdi bog'ing ustida [9, 59]

- V - - / - V - -/ - V - - / - V -

Chustiy devonlarini o'rganganimizda, bir radif bilan bir nechta g'azallar yozilganligini aniqladik va ularga "Bo'lsangiz" (3 ta), "Dema" (2 ta), "Bo'lmasa" (4 ta), "Bo'ling" (2 ta), "Ustiga" (2 ta), "Menga" kabi radifli g'azallarni misol qilib keltira olamiz.

Ijodkorning "Hayotnoma", "Sadoqat gullari", "Ko'ngil tilagi", "Muhabbatnoma" nomli devonlari tarkibidagi barcha g'azallar o'z sarlavhasiga ega. "Mumtoz she'riyat an'anasida g'azalni nomlash, unga sarlavha qo'yish odat qilinmagan" [Quronov D.Adabiyotshunoslik lug'ati.-Toshkent:Akademnashr,2013. 394] bo'lsa-da, she'rshunoslikda g'azalning ilk so'zlari yoki ilk misrasi, ba'zan g'azaldagi eng diqqatga sazovor qism va ba'zan esa radif sarlavha vazifasini o'taydi. "Hayotnoma" devonidan o'rin olgan 199 ta radifli g'azalning 87 tasida, shuningdek, "Sadoqat gullari" devoni tarkibidagi 161 ta radifli g'azalning 55 tasida radif g'azalning nomi sifatida xizmat qilgan. Chunonchi, "Farg'ona", "Farhod tog'ida", "Qaro ko'zingga", "O'xshatma", "Bahor ayyomida", "O'ynaganda", "Qomatingga",

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

"Yor ilgida", "Esizgina", "Ona", "Bo'lmasa", "Umrim boricha" kabi g'azallar fikrimizni tasdiqlaydi.

Yana bir muhim jihat haqida to'xtalishni o'rinli deb o'ylaymiz. Bilamizki, mumtoz adabiyotimizda taxallusni radif sifatida keltirish an'anasi ham mavjud. Buning yorqin dalilini Turdi Farog'iy, Boborahim Mashrab, Jahonotin Uvaysiy kabi qalam sohiblari ijodida uchratamiz. Turdi Farog'iyning "Turdiman" radifli g'azali 3 baytdan iborat bo'lib, avtobiografik mazmun kasb etishi bilan alohida xarakterga ega:

Bu g'azalda "qulzum", "talotum" so'zlari qofiyani yuzaga keltirsa, "Turdiman" so'zi ikki misrada ham radifni hosil qilgan.

Boborahim Mashrab ijodida taxallusi bilan bog'liq 3 ta g'azal mavjud. Diqqatga sazovor tomoni shuki, 3 g'azal ham deyarli bir xil ohangdosh qofiyalar asosiga qurilganligi, bir xil radifga egaligi hamda bir xil vaznda (hazaji musammani solim) yozilganligi bilan alohidalik kasb etadi. 1-g'azal matla'si:

Qarorim yo'q ko'ngilda lahzaye, sarsona Mashrabman,

V - - - / V - - -/ V - - -/ V - - -

Quyundek sham'i husnung aylanib parvona Mashrabman[2, 118]

V - - -/ V - - -/ V - - -/ V - - -2-g'azal quyidagicha boshlanadi:

Na holatdur, ayo do'stlar, ajab hayrona Mashrabman, Ko'rolmay gul'uzorimni base giryona Mashrabman [2, 119] 3-g'azal esa quyidagicha boshlanmaga ega:

Sanamning shavqida tinmay yurub ovvora Mashrabman, Ko'zi yoshlig', qadi xamlig', dili sadpora Mashrabman[2, 120] Iste'dodli shoira Uvaysiyning "Uvaysiyman" radifli g'azali xalqimiz orasida juda mashhur:

Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman, Qayda dard eli bo'lsa, oshno UvaysiymanK, 52] Mazkur an'ana Chustiy ijodida ham munosib davom ettirildi: Davrada Farhodlik bazmin qizitgan Chustiy men, Eskilik Xisravlarin erda chiritgan Chustiy men[9,236] Ijodkor "Chustiy men" jumlasini radif sifatida istifoda etar ekan, baxtdan shodlikka to'ladi, qalbdagi ishqidan hayotsevarlik ruhi jarang sochadi:

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,

Kelturan amvojg'a bahri talotum Turdiman [11]

Toj erur boshimda baxtim, boshqa toj darkor emas, Chunki hurmat-la boshim osmonga etgan Chustiy men.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

She'riyatning qalbiga qo'ygali so'z oltinin, Ishq o'ti-la dil qozonida eritgan Chustiy men[9,236] Chustiy g'azallari radifi ustida ishlar ekanmiz, yana bir an'anaviy jihatga e'tibor qaratdik. Shoir she'riyatida ba'zan faqat qofiya va radifdangina iborat bo'lgan g'azallar ham uchraydi. Masalan,

Himmatingdan o'rgilay, sendan rizo bo'ldim, bolam, Hurmatingdan o'rgilay, sendan rizo bo'ldim, bolam (9, 215) g'azalining matla'si va qofiyalanuvchi misralari faqat qofiya bilan radifdan tashkil topgan, ya'ni matladagi «himmat», «hurmat» so'zlari qofiya bo'lib, ulardan keyin kelgan «o'rgilay, sendan rizo bo'ldim, bolam» so'zlari radif sanaladi. G'azal 9 baytli bo'lib, qolgan juft misralarda "xizmatingdan, "g'ayratingdan", "mehnatingdan", "jannatingdan", "odatingdan", "xislatingdan", "qomatingdan" so'zlari qofiyani hosil qilgan.

Aslida bu taomil so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy, shuningdek, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasida o'ziga xos tarzda namoyon bo'lgan edi. Navoiy:

Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,

Har neniki sevmak andin ortuq bo'lmas, Ondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz[1,489]. Bobur:

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor, Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur[8,112]. Yuqorida keltirilgan va tahlilga tortilgan misollar shoir lirikasida radifning barcha turlari keng qo'llanilganligini tasdiq etadi. Umuman, Chustiy she'rlarining radifi asarda ifodalangan ijtimoiy-axloqiy g'oyalar, teran falsafiy mushohadalarni badiiy so'z vositasida jozibali va ta'sirchan aks ettirishning muhim vositalaridan biri bo'lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Алишер Навоий.Асарлар.Ун беш томлик. Биринчи том.Гаройиб ус-сигар.Тошкент: Фан, 1963.

2. Боборахим Машраб. Мехрибоним кайдасан. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990.

3. Хржиахмедов А. Мумтоз бадиият малохати. -Тошкент: Шарк, 1999.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

4. Жалолов Т.Узбек шоиралари. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980.

5. Орзибеков Р.Узбек лирик шеърияти жанри . - Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1976.

6. Куронов Д. Адабиётшунослик лугати.-Тошкент:Академнашр, 2013.

7. Ёд этингиз камтарин Чустийни хдм.Шоир Чустий ижодига чизгилар; хотиралар, эсселар, багишловлар.-Тошкент: Машхур-пресс, 2020.

8. Zahiriddin Muhammad Bobur. Har kimki vafo qilsa.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.

9. Чустий. Хдётнома. Девон. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988.

10. Чустий. Садокат гуллари. Девон. -Тошкент: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1992.

11. https://ilmlar.uz/turdi-farog'iy-g'azallari-to'plamL-turdi-farog'iy-tarjimai-holi/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.