Научная статья на тему 'CHUSTIY G‘AZALIYOTIDAGI G‘OYALAR'

CHUSTIY G‘AZALIYOTIDAGI G‘OYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
237
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘azalnavis / tarjimon / qo‘shiqchi shoir / sharqona uslub / axloqiy falsafa / estetik g‘oyalar. / Ghazal writer / translator / singer-poet / oriental style / moral philosophy / aesthetic ideas.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdulxamidova Diyora

Nabixon Xo‘jayev Nurilloxo‘ja o‘g‘li hayoti va ijodi. Mumtoz she'riyat turlari. SHoir asarlaridagi asosiy qaxramonlar. Ilgari surilgan g‘oyalar. Yangi davr va mumtoz adabiyot o‘rtasida ko‘prim vazifasini o‘tashdagi xizmatlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHUSTIY G‘AZALIYOTIDAGI G‘OYALAR

Life and work of Nabikhan Khojayev Nurillokhoja ugli. Types of classical poetry. The main characters in the works of the poet and the ideas in them. His services as a bridge between the new era and classical literature.

Текст научной работы на тему «CHUSTIY G‘AZALIYOTIDAGI G‘OYALAR»

CHUSTIY G'AZALIYOTIDAGI G'OYALAR Abdulxamidova Diyora

Namangan viloyati CHust tumani XTBga qarashli 53-maktabning Ijodiy-madaniy masalalar

bo'yicha targ'ibotchi. https://doi.org/10.5281/zenodo. 7627284

Annotatsiya. Nabixon Xo'jayev Nurilloxo'ja o'g'li hayoti va ijodi. Mumtoz she'riyat turlari. SHoir asarlaridagi asosiy qaxramonlar. Ilgari surilgan g'oyalar. Yangi davr va mumtoz adabiyot o'rtasida ko'prim vazifasini o'tashdagi xizmatlari.

Kalit so'z. G'azalnavis, tarjimon, qo'shiqchi shoir, sharqona uslub, axloqiy falsafa, estetik g'oyalar.

Abstract: Life and work of Nabikhan Khojayev Nurillokhoja ugli. Types of classical poetry. The main characters in the works of the poet and the ideas in them. His services as a bridge between the new era and classical literature.

Key words: Ghazal writer, translator, singer-poet, oriental style, moral philosophy, aesthetic ideas.

Аннотация: Жизнь и творчество Набихана Ходжаева Нуриллоходжа угли. Виды классической поэзии. Главные герои произведений поэта и идеи в них. Его заслуги в качестве моста между новой эпохой и классической литературой.

Ключевые слова: газель писатель, переводчик, певец-поэт, восточный стиль, нравственная философия, эстетические идеи.

KIRISH

Chustiy-Nabixon Xo'jayev 1904-yil 20-fevralda (ayrim manabalarda may oyida deyilgan) Namangan viloyatining Chust shahrida to'quvchi oilasida tug'ilgan. Uning otasi Nurillaxo'ja ham ziyoli kishi bo'lib, Turobiy taxallusida ajoyib g'azal, muxammas va masnaviylar yaratgan edi. Chust va Qo'qondagi eski maktab va madrasalarda ta'lim olgan. Chustiy Alisher Navoiyning yubileyi munosabati bilan 1939 yili Toshkentga ishga chaqiriladi va buyuk shoir ijodini, jamlash o'rganish, nashr etish ishlarida faol ishtirok etadi. Muqimiy teatrining adabiy emakdoshi, so'ng direktori lavozimlarida ishladi. Urushdan keyin u O'zbekiston davlat nashriyotida tarjimon, Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo'lib faoliyat yuritdi.

Chustiy asosan mumtoz she'riyat yo'lida ijod qilib, g'azal, muhammas, musaddas, murabba', ruboiy, tuyuq, masnaviylar yozgan. U butun umri davomida yigirmaga yaqin she'riy to'plam yaratgan va nashr ettirgan. Uning «Qo'zg'ol» (1942), «Shamshir», (1943), «Lolazor» (1945), «Hayot zavqi» (1951), «Gul mavsumi» (1969), «G'azallar» (1978), «Yod eting kamtarin Chustiyni ham» (1984) kabi qator she'riy majmualari qatorida «Zafarnoma» (1939), «Tiriklayin jannatga kirgan kampir» (1939), «Kiyiknoma» (1940), «Gul sadosi» (1949), «Uyg'urobod» (1948), «Bog'i Eram» (1978) kabi dostonlari ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan. Shuningdek, shoirning mumtoz adabiyotimiz an'analaridan oziqlangan «Hayotnoma» (1988), «Sadoqat gullari» (1992), «Ko'ngil tilagi» (1994) kabi devonlari kitobxonga Sharq axloqi falsafasini singdirishda munosib rol o'ynaydi. Uning so'nggi «Ko'ngil tilagi» devoniga kirgan bir qator g'azallar, muxammas va masnaviylari bu jihatdan muhim qiymatga egadir. Chustiy ijodida «Indamaslar olami» (1969) asari alohida qiymatga ega bo'lib, unda mavjud hayot ne'matlarini, milliy qadriyat va urf-odatlarni saqlash, e'zozlash g'oyasi yetakchilik qiladi. U boshqa mualliflar bilan hamkorlikda «Davron ota», «Qurbon Umarov» va «Jasur oila» kabi sahna asarlarini yozgan. Sa'diy, Hofiz, Husrav Dehlaviy, Mirzoda Ishqiy, Sobir Termiziy, Mirza G'olib, M.Tursunzoda

kabi klassiklar hamda Jafar Iftixor, Parvin E'tisomiy, Ali Sardor, Jafariy kabi horijiy ijodkorlardan qilgan tarjimalari ham bor. Chustiy qo'shiqchi shoir sifatida, ayniqsa, mashhur edi. Uning asarlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olinar edi. 1

Chustiy g'azaliyotining asosiy qahramoni shoirning o'zigina emas, shu bilan birga xalq, Vatan va dilkash do'st-u yoridir. Xalqqa, Vatanga, haqiqatga sadoqat, ota-onaga xurmat, elu yurtning shirin orzu-umidlari va nozik tuyg'ularini kuylash, chinakkam insoniy do'stlik va qardosh xalqlar birdamligini ulug'lash, bebaho sevgi va fidoyi sadoqatni ardoqlash, mardlik, oliyjanoblik va ezgulikni qadrlash, tubanlik, yovuzlik, munofiqlik va poraxo'rlikni qoralash-ana, shular Chustiy g'azaliyotuning asosiy g'oyaviy-estetik yo'nalishlaridir. 2

SHoir o'zining "Bo'lmasa" radifli g'azalida yer-u osmon bo'lsa-yu inson bo'lmasa, bu jahon turli yirtqichlar makoni bo'lar edi deydi. Odam nomida yurgani bilan unda idrok, aql-farosat, vijdon bo'lmasa vaxshiydan farqi yo'q. Odamiylikning joni-el va Vatan mehridir. Agar insonda tan bo'lib, jon ya'ni el va Vatan mehri bo'lmasa, el uni murda kabi ko'mgaydir-deya Vatan va xalq mehrini ilgari surmoqda. Odamiylar odami bu sarson bo'lmay, o'z uyida yayrab yashayotgan insondir. Yer yuzida eng baxtli inson fikri va erkining bo'ynida arqon bo'lmagan insondir. Agar quyoshdek mard-u maydon bo'lmaganida zulmat lashkarining shamshiridan kim qutulib qolar edi. Quyoshsiz kunni zulmat lashkariga, quyoshni zulmat lashkarini yenggan mardi-maydonga qiyoslamoqda. Chustiy o'ziga murojaat qilib, to'y va bayramlarni yoz agar bu davron bo'lmaganida, el uchun motam yozar eding, deya tugallaydi. Bu orqali ushbu davr-u davronga shukurlar ham aytilmoqda. O'n banddan iborat ushbu g'azal o'xshatish, sifatlashlar ila yozilgan, axloqiylikka yo'g'rilgan, el va Vatan mehrini tarannum etgan, insoniylikning, yashashning asl mohiyatini ochib bergandir.

"Ona" nomli radifli g'azalida eng ulug'lardan ulug' insonlar insoni deya ta'riflaydi onani. Eng ulug' deya ta'riflash ham mumkin, ammo ulug'lardanda ulug'i deya yuksak e'tirof bilan, ulug'likka urg'u berib ta'riflaydi onani. Mehr-u shafqat olamining yuksak osmoniga, tarbiyat mulkining zabardast mardi-maydoniga, g'amxo'rlik diyorining toza vijdoniga, onaning bag'rini bog' sahniga, farzandini rayhon-u gulga, onanig o'zini bu dunyoning eng katta bog'boniga qiyoslaydi. O'zining sayroq dili she'r-u dostoni deb biladi. "Eng qadrdondan qadrdonroq qadrdoni ona" deya onaning qadrini ikki-uch karra yuksakka ko'tarmoqda. O'xshatishlarga boy bu g'azali ham kitobxonlar qalbidan joy olgan. Har bir farzandning dilidagi so'zlarini bayon etgandir. Onani ulug'lash, xurmat qilish, mehrini aks etish g'oyalari ilgari surilgan.

Chustiyning 2013-yili G'afur G'ulom nashriyot uyi tomonidan Iqbol Mirzo mas'ul muharrirligida chop etilgan "Muhabbatnoma" devoniga kiritilgan asarlari so'zining o'ynoqiligi, go'zal o'xshatish va ta'riflarga boyligi, asosan muhabbatni tarannum etib, oshiq qalblarga yoquvchi, dildagi gaplarni topib aytilganligi bilan kitobxonni jalb etadi. Odatda g'azallar va yod olinishi qiyin bo'ladi, lekin mutanosib so'zlar ila quyma satrlarga aylangan ushbu g'azallar o'qilishi va yod olinishi onsonligi bilan ajralib turadi. Buni yillar davomida o'lmas qo'shiqlarga aylangan "Sadag'ang bo'lay nigorim", "Uyqudan", "Surmaga muhtoj emas" va yana ko'plab asarlaridan ham bilishimiz mumkin. Xatto bugungi kun ijodkorlari-san'atkorlari tominidan ham yangi-yangi qo'shiqlar ijro etilmoqda. Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgan "Kimni izlarsiz", Umar Shamsiyev tomonidan ijro etilgan"Zerikmasinlar" taronalari yoshlar va kattalarga ham birdek manzur bo'lgan qo'shiqlardandir. Boqiy asarlar asrlar o'tsa ham o'lmaydi. Aksincha, sayqallanib boraveradi. Chustiy domla so'nggi (1983-yil 12-sentabr kuni) "Birodarlik" qabristonida o'z nafaslari bilan "Indamaslar olami" dostonini o'qib berdilar. Abdullahon buni magnitafonga yozib olgan. Bu shoirning so'nggi kuni bo'ldi.

XULOSA

G'azal yozish rasman man etilgan davrda g'azalchilikka qo'l urib, katta shuxrat qozonib, yangi davr va mumtoz adabiyot o'rtasida ko'prik vazifasini o'tab berdi. Ijtimoiy faoliyatda ham faol bo'lgan CHustiy Farxod GESi, Katta Farg'ona kanali, Kattaqo'rg'on suv ombori qurilishlari kabi jarayonlarda shaxsan va she'rlari orqali hozir-u nozir edi. 3 G'azalnavis ijodkorga bugungi kunda ham yuksak e'tibor qaratilgan. Uning nomini abadiylashtirish maqsadida, Toshkent, CHust, Qo'qon, Namangan shaharlaridagi ko'cha, maktab, kutubxona, kinoteatr va jamoa xo'jaliklari CHustiy nomi bilan ataladi. 2004-yil iyun oyida CHustiy tavalludining 100 yilligi nishonlandi. 4 Bugungi kunda kitob o'qishdan ko'ra ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqtini o'tkazayotgan yoshlarga yo'qolib borayotgan odob-axloq, el-yurt manfaatini himoya qilish, ota-onaga, do'stu-yorlarga hurmat, farzandlarga o'git, qadriyatlarni ulug'lash....kabi tuyg'ularni singdirishda muhim ro'l o'ynaydi. Ana shunday asarlarni yaratgan CHustiy domlaning buyuk merosini bugungi kun yoshlariga ham yetkazish kerak. Buning uchun esa maktab darsliklari sirasiga kiritsh, kitoblarini yanada ko'plab chop etish, maktab va oliygoh kutubxonalariga tarqatish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Internet sahifasi. Arboblar.uz.

2. "Sadoqat gullari" CHustiy. BHemToprH3gaT, 1992 y.

3. "Mubabbatnoma" CHustiy. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

4. Internet sahifasi. Uz.m.wikipedia.org.wiki.CHustiy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.