Научная статья на тему 'UYG‘ONAYOTGAN ADABIYOT'

UYG‘ONAYOTGAN ADABIYOT Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
95
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg‘onistondagi o‘zbek adabiyoti / umumo‘zbek adabiyoti / pashtu va dariy adabiyotlari / g‘azal / devon / Uzbek literature in Afghanistan / general Uzbek literature / Pashto and Dari literature / ghazal / devan

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mannonov, Abdurahim

Ushbu maqolada Afg‘oniston hududida azaldan o‘nlab iste’dodli shoir va adib o‘zbek adabiyoti rivojiga hissa qo‘shib kelganligi, ammo bu adabiyot umumo‘zbek adabiyoti jarayonlaridan ajralib qolganligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy omillar sabab pashtu va dariy adabiyotlari kabi yozma adabiyot sifatida keng rivoj topa olmagani, faqat XX asrning ikkinchi yarmiga kelib birmuncha jonlangani, o‘zbek millatiga mansub ziyolilar orasidan yetishib chiqqan o‘nlab shoir va adiblar, san’at va madaniyat arboblari yaratgan asarlar mahalliy o‘zbek adabiyoti muhitini shakllantirib, asta-sekin taraqqiy etgani haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AWAKENING LITERATURE

In this article, dozens of talented poets and writers have contributed to the development of Uzbek literature in the territory of Afghanistan, but this literature is separated from the processes of all-Uzbek literature, due to social, political, and economic factors, such as Pashto and Dari literature. that it did not develop widely as a written literature, but only revived somewhat in the second half of the 20th century, the works created by dozens of poets and writers, artists and cultural figures who grew up among the intellectuals belonging to the Uzbek nation formed the atmosphere of local Uzbek literature and gradually it is said that it developed slowly.

Текст научной работы на тему «UYG‘ONAYOTGAN ADABIYOT»

UYG'ONAYOTGAN ADABIYOT (Afg'oniston o'zbeklari adabiyotiga doir)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-163-170

Filol.f.d. Abdurahim MANNONOV,

TDSHU professori, Toshkent, O'zbekiston. Tel: +998 98 1252265; mannonova@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Afg 'oniston hududida azaldan o 'nlab iste'dodli shoir va adib o 'zbek adabiyoti rivojiga hissa qo 'shib kelganligi, ammo bu adabiyot umumo 'zbek adabiyoti jarayonlaridan ajralib qolganligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy omillar sabab pashtu va dariy adabiyotlari kabi yozma adabiyot sifatida keng rivoj topa olmagani, faqat XX asrning ikkinchi yarmiga kelib birmuncha jonlangani, o 'zbek millatiga mansub ziyolilar orasidan yetishib chiqqan o 'nlab shoir va adiblar, san 'at va madaniyat arboblari yaratgan asarlar mahalliy o 'zbek adabiyoti muhitini shakllantirib, asta-sekin taraqqiy etgani haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Afg'onistondagi o'zbek adabiyoti, umumo'zbek adabiyoti, pashtu va dariy adabiyotlari, g'azal, devon.

Аннотация: В данной статье речь идет о том, что десятки талантливых поэтов и писателей внесли свой вклад в развитие узбекской литературы на территории Афганистана. Однако данная литература была оторвана от процессов общеузбекской литературы, в силу социальных, политических и экономических факторов она не получила широкого развития как письменная литература пушту и дари. Она стала оживляться лишь во второй половине ХХ века. В это время произведения, созданные узбекскими поэтами и писателями, деятелями культуры, выросших в среде интеллигенции, принадлежащей к узбекской нatsiи.

Ключевые слова: Узбекская литература в Афганистане, общеузбекская литература, литература пушту и дари, газель, диван.

Abstract: The This article is about the fact that dozens of talented poets and writers have contributed to the development of Uzbek literature in Afghanistan. However, this literature was cut off from the processes of general Uzbek literature, due to social, political and economic factors, it did not receive wide development as written Pashto and Dari literature. It began to revive only in the second half of the twentieth century. At this time, works created by Uzbek poets and writers, cultural figures who grew up among the intelligentsia belonging to the Uzbek nation.

Key words: Uzbek literature in Afghanistan, all-Uzbek literature, Pashto and Dari literature, gazelle, divan.

Afg'oniston ko'p millatli mamlakat. Unda yashovchi o'zbek (turkiy)larning o'z milliy tili va adabiyoti qadimdan mavjud bo'lib, taraqqiy etgan. XIX asrgacha bu hududda mavjud bo'lgan adabiyot umumo'zbek adabiyotining tarkibiy qismi sifatida e'tirof etilgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Xusayn Bayqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mashrab, Majlisiy, Xoja kabi adabiyot namoyandalarining ijodiy faoliyati umumo'zbek adabiyoti tarkibida nafaqat O'zbekistonda, balki Afg'onistonda ham birdek sevilib o'qiladi va qadrlanadi.

Siyosiy jarayonlar sabab chorizm bosqinidan keyin XIX asrdan boshlab Afg'onistondagi o'zbek adabiyoti asta-sekin umumo'zbek adabiyotining katta o'zanidan ajralib, mahalliy ya'ni afg'on o'zaniga o'tishga majbur bo'ldi va keyinchalik Afg'onistondagi o'zbek adabiyotini tashkil etgan holda, hududda alohida o'z faoliyatini davom ettirishiga to'g'ri keldi. Shuning uchun ham "Afg'onistondagi o'zbek adabiyoti" yoki "Afg'onistondagi o'zbek she'riyati" iborasini aynan XX asrning boshlari, ya'ni Mustaqil Afg'oniston davlati tashkil topgandan keyin paydo bo'lgan hududdagi o'zbek adabiyoti yoki she'riyatiga munosabatda qo'llash joizdir.

Manbalarning guvohlik berishicha, bu mamlakat hududida azaldan o'nlab iste'dodli shoir va adiblar o'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishiga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shib kelganlar. Ammo bu adabiyot umumo'zbek adabiyoti jarayonlaridan ajratib qolganligidan keyin, Afg'onistondagi pashtu va dariy adabiyotlari kabi yozma adabiyot sifatida keng rivoj topa olmadi. Buning juda ko'p ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy omillari bor. Lekin shunisi ham aniqki, Afg'onistonda shakllangan mahalliy o'zbek adabiyoti XX asrning ikkinchi yarmida birmuncha jonlandi va taraqqiyotga qarab yo'l oldi. Shuningdek, o'zbek millatiga mansub ziyolilar orasidan o'nlab shoir va adiblar, san'at va madaniyat arboblari yetishib chiqa boshladilar. Ularning yaratgan asarlari, she'riy to'plamlari mahalliy o'zbek adabiyoti muhitini shakllantirib, asta-sekin rivojlantirishga olib kela boshladi.

Afg'onistonda 1919 yildan keyingi mustaqillik sharoiti adabiyot va san'atning taraqqiyotiga muayyan ta'sir etdi, xatto turli xil ijtimoiy ta'ziqlar tufayli bu o'lkaga O'zbekiston va boshqa qo'shni mamlakatlardan kelib yashagan o'zbek ziyolilarning zamonaviy afg'on-o'zbek adabiyotini shakllantirishi va rivoji muhim ahamiyat kasb etganligi ham kuzatiladi.

R.

om

Ikkinchi jahon urushidan keyin, xususan, 1964 yili mamlakatda o'tkazilgan konstitutsiyaviy islohatlar Afg'oniston xalq (millat)larining madaniy-ma'naviy hayotiga muayyan ijobiy o'zgarishlar kiritdi. Ziyolilarning, xususan, talaba-yoshlarning siyosiy tafakkuriga, ijtimoiy faolligiga, mahalliy millatlarning milliy shuurida jiddiy ijobiy o'zgarishlar yasadi.

Lekin XX asrning 50-yillarigacha bo'lgan davrda Afg'onistondagi ijodkor o'zbeklar ko'proq mumtoz adabiyot an'analariga sodiq ravishda, Alisher Navoiy, Bobur va Mashrab ijodida yuksaklikka ko'tarilgan, g'azallar, ruboiy, muxammas (taxmis), masnaviy singari janrlar doirasidan tashqariga chiqmay ijod qilib kelganlari ham ma'lum. Ularning she'riyatiga xos xususiyatlarni o'rganishda hisobga olinishi zarur bo'lgan omillar talaygina.

Aynan uzoq va boy tarixga ega bo'lgan mumtoz o'zbek adabiyotiga, she'riyatiga qattiq bog'lanib qolingan an'anaviy yo'nalishdagi ijod namunalarining aksariyat qismi zamonaviy o'zbek adabiyotining keksa avlod vakillari Mahjur Michanxil, Qodiriy Falangpo'sh, Cho'x Xalfa, Marviy, Tarxoniy, Abdurashid Mahdum Chustiy, Qori Sharafiddin Sharaf, Ustod Kurbat, Komil Faryobiy, Nafir Totor, Avlobiy, Xayriy va boshqalarning ijodiga xos bo'lib, ularning badiiy va ilmiy asarlari xalq oarsida keng tarqalgan va mashhur bo'lgan.

Bu avlod haqida so'z yuritilganda, ta'kidlash joizki, ularning bir qismi O'zbekistondan muhojir bo'lgan va mahalliy o'zbeklar qatori XX asrning birinchi yarmidagi Afg'oniston o'zbek va dariy adabiyoti rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan shoir va adiblardandir.

Shu o'rinda O'zbekistondan Afg'onistonga borib qolgan va zamonaviy afg'on-o'zbek adabiyotining vujudga kelishida katta rol o'ynagan bir necha yirik shoir vatandoshlarni eslab o'tmaslikning iloji yo'q. Bular orasida eng avvalo vatandoshlarimizdan, yirik shoir Sharofiddin Sharafni (1894-1973) eslash o'rinlidir. Bu shoir Afg'oniston o'zbeklari orasida "domla Bedili Toshkandiy" nomi bilan mashhur bo'lib, Toshkentda tug'ilib, so'ng Buxoro madrasasida tahsil oladi va o'z vaqtida mashhur O'zbekiston ma'rifatparvar adib va jamoat arboblari Behbudiy va Munavvar qorilar bilan yaqin munosabatda bo'lgan. Sharofiddin

R.

ob

Sharafning barcha g'azal, muxammas, ruboiy va boshqa she'rlari o'zbek mumtoz she'riyati an'analari bilan hamohangdir.

Shoir Muqimiy Andxuyi (1876-1951) ham garchi Afg'onistonning Andxuy viloyatida tavallud topgan bo'lsa-da, asosiy tahsilini Buxoroda, madrasada olgan. Bu shoir ham o'zbek mumtoz adabiyoti an'analarini davom ettirgan holda dariy tilida xam she'rlar yozgan zullisonayn shoirdir.

Toshkentda tug'ilib, Buxoroda tahsil olib, so'ng 22 yoshida Afg'onistonning Andxuy shahriga kelib kolgan boshqa bir taniqli o'zbek shoiri Mir Muhammad Amin Kurbatdir. Bu shoirning ham ikki - fors va o'zbek tilda birdek ajoyib g'azallar yozganligi va devon sohibi ekanligi ma'lum. Bu shoir Vatanidan ketishga majbur bo'lib, o'z qismatidan nolib yozgan o'nlab misralaridan birida:

Buxoro ma'rifatningkoni erdi ondin ayrildim, Jahon tor o'lg'usi zarra dilim baxti siyohimdan, Murodim O'zbekiston, gar Buxoro yodini istasam, Uzoq qildi falak ustodi donishi dastgohimdin, deb yozgan edi. Afg'oniston o'zbek adabiyotining yirik vakili Qo'qonda tug'ilgan, asli chustlik bo'lgan Abdurashid Mahdum Chustiy (1908-1983) ham XX asrning 20-yillarida Kobulga ko'chib kelgan va bu yerda tibbiyot fakultetida tahsil olib, shifokor-xirurg mutaxassisligini egallagan bo'lsa-da, yuksak badiiy saviyada ishqiy g'azallar ham bitgan to'plam sohibi edi. Uning ko'plab misralarida "Vatan dog'i" hasrati, g'urbati tinchlik bermaganligini ko'ramiz:

Chustiy ko 'z yoshi birlan g'urbat yerin bog' aylagan, Qon yurak rozin bilurg 'a g 'uncha yafrog 'ini ko 'r. Yuqorida nomlari zikr etilgan Afg'onistonning keksa o'zbekzabon shoir va adiblari kabi keyingi avlodlarga mansub boshqa o'nlab mahoratli shoirlar ham bor. Garchi ular bevosita O'zbekistonda tug'ilib, so'ng Afg'onistonga muhojir bo'lmagan bo'lsalar-da, ulardan aksariyatining kelib chiqishi O'zbekistonga bog'liq bo'lib, ular ham o'z ijodlarida asosan o'zbek mumtoz adabiyoti an'analarida ijod qilganlar va qilib kelmoqdalar. Ular Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimizning mashhur she'rlaridan ilhomlanib, muxammaslar, tatabbu'lar yozganlar, ularning yuksak badiiy pardalardagi san'atlaridan

Ä- R.

ob

ta'sirlanib, o'z she'rlariga sayqal berganlar. Quyida buyuk adiblarimiz g'azallariga yozilgan ba'zi muxammaslardan misollar keltiramiz:

Shoir Shoh G'ulom Ahmadning Alisher Novoiyning inashhur g'azaliga muxammasidan:

Va'daga qilmay vafo gulchehra hushro' kelmadi, Tiyra bo'Idi subhu shomim yonima ro' kelmadi, Shum raqibdin yoki qo 'rqib sho 'x tarsu kelmadi, Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro' kelmadi, Ko 'zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

Furqat g'azaliga shoir Erkinning rnuxammasidan:

Judo qildi falak oxir, xazonsiz gulzorimdin, Ketibdur aql boshimdan, adashdim kori borimdin, Bayon kilsam bu Furqatdan kuyar barcha sharofimdin, Fazokim gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin, G'amim ko'p, ey ko'ngil, sen bexabarsan ohi zorimdin.

Kozim Aminiyning Muqimiy g'azaliga muxammasidan:

Kelib koshimga lablaringni xandon aylading, ketding, Muhabbat shevasi birlan chu purson aylading, ketding, Oquzub ko'z yoshim, ko'ksimni buryon aylading, ketding, Ko'ngilni g'unchadek chin tahbotah aylading, ketding, Xaloyiq ichra mahzuniparishon aylading, ketding... Buning singari misollarni ko'plab keltirish mumkin. Afg'oniston o'zbek adabiyotining ushbu keksa avlodiga xos bo'lgan an'anaviylik badiiy yo'nalishi bu adabiyotga ikkinchi Jahon urushidan keyin kirib kelgan qator shoirlar ijodida ham kuzatiladi. Jumladan, Aminiy, Andxuy Ergash Uchqun, Majnun Qaysariy, Muhammad Amin Uchqun, Qori Sayfulloh, Sangin, Abdulhamid Ogoh, Shayx G'ulom, Ahmadiy, Ashraf Azimiy, Gul Muhammad Tanish kabilarning she'riyatining aksar qismi aynan mumtoz adabiyotimizning g'azal, muxammas, ruboiy lari kabi janrlarida va aruz vaznida ijod qilganligining va asarlarning aksariyatida an'anaviy mavzular doirasidadir. Ammo 50-60-yillarga kelib, xususan, 1964 yilda qabul qiligan Konstitutsiyadan keyingi davrlarda ularning ijodida, garchi an'anaviy shakllarda bo'lsa ham, ijtimoiy mavzular,

mahalliy millatlarning milliy o'zligini tanishi bilan bog'liq orzu-umidlari, intilishlari, Ona Vatan madhi hamda ozodlik, tinchlik, ijtimoiy adolat, va taraqqiyot kabi masalalarga ham e'tibor berilganligini, umuman adabiyotga, she'riyatga yangi zamon nafasi kirib kelayotganligini ko'ramiz.

Afg'oniston o'zbek adabiyoti XX asrning 80-yillaridan e'tiboran mazmun va yo'nalish jihatdan yangi davrga qadam qo'ydi. 1978 yildagi Afg'onistonda ro'y bergan Savr voqealari va undan keyingi vaziyat mamlakatning dariy va pashtu adabiyotlari qatori asosan an'anaviy tarzda kun kechirayotgan o'zbek adabiyotida ham ulkan burilishlar yasaydi, rivojlanishning yangi bosqichi boshlanishiga katta turki beradi. O'zbek adabiyoti, she'riyati to'g'ridan-to'g'ri ijtimoiylashish, hatto siyosiylashish o'zaniga o'tadi. She'riyatda an'anaviy janrlar qatori, yangi she'r, sarbast, marsh, publitsistik, satirik she'r turlari paydo bo'ladi. Kichik-kichik hikoyalar, ijtimoiy-badiiy ocherklar, kichik qissa va hatto pesalar ham yozila boshlaydi. Ammo Afg'onistondagi o'zbek adabiyotida an'anaviy she'riy turlarning o'rni va salmog'i hamon yetakchi bo'lib qoladi.

Savr voqealari munosabati bilan mamlakatni boshqargan siyosiy partiyalar tomonidan milliy ozodlik, matbuot erkinligi, har bir millat va xalqlarning tengligiga oid islohotlar borasidagi e'lonlari, darhaqiqat, mamlakat ziyolilari, xususan, adiblar ijodiga qanot bag'ishlagandek bo'ldi.

Adabiyotda ijtimoiy mavzular yetakchi o'ringa olib chiqildi. Mana shu yangilanayotgan o'zbek adabiyotining yangi avlodi vakillari ham vujudga keldi va endilikda Afg'oniston o'zbek adabiyotining XX asrning 80-yillaridan keyingi qiyofasini: Sha'riy Juzjoniy, Said Muhammad Olim Habib, Matin Andixo'yi, Ashraf Azimiy, Hafiziy Jo'zjoniy, Kozim Aminiy, Toshqin Bahoiy, Azizullo Ulfatiy, Salim Osim, Is'hoq Sano va adiba ayollar Shafiqa Yorqin, Zulayho Sarpuliy, Osifa Shadob, Rayhona Rahmoniy kabi ijodkorlarsiz tasavvur qilish mumkin emas.

70-80-yillardan keyingi o'zbek she'riyatida chuqur ijtimoiy-siyosiy mazmundagi she'riy asarlar yozgan adib, siyosat va davlat arbobi Sha'riy Juzjoniydir. Uning Afg'onistonga ijtimoiy, siyosiy o'zgarishlar shamolining yetib kelayotganiga ishora qilib yozgan "Amudaryo" nomli she'ri va boshqa nazmiy asarlari zamonaviy afg'on o'zbek she'riyatida alohida iz qoldirdi. Shoirning bu she'rlarida na an'anaviy shakl, na mazmun ko'rinadi. 11 bo'g'inli barmoq vaznidagi tom ma'nodagi yangi

shakldagi bu ramziy she'r boshidan juda to'fonli, qonli tarixiy voqealarni boshdan kechirgan, o'zgarishlar, inqilob ramzi bo'lgan "Amudaryo" shoirning unga murojaatiga jumladan quyidagicha javobni izhor qiladi: Lekin bu vatan xalqi qahramon xalq, Yovlarga yov, do 'stlarga mehribon xalq. Kurashdan to'xtagan emas hech qachon, Kurashdan to'xtamas bordir to jahon. Har kun zafar tomon kadam tashlaydi, Yangi haët uchun kurash boshlaydi. Men dengiz farzandi, to 'fon uyasi, To 'lqinlar onasi, bo 'ron uyasi.

80-yillardan keyin vujudga kelgan va aynan barmoq vaznida, sarbast she'r shaklida yozilgan, ichki ramziy timsollar, zamonaviy talqindagi obrazlarni ifodalagan qator she'riy asarlarning yaxshi namunalari Zikrilla Ishonch, Shafiqa Yorqin va boshqa o'nlarcha shoirlarning ijodida yangi davrning yangicha, zamonaviy asarlari sifatida bo'y ko'rsatdi. Bu toifa asarlarning paydo bo'lishi asrlar davomida shakllangan va hamon davom etayotgan an'anaviy she'riyatga jiddiy raqobat edi. Aynan shunga o'hshash vaziyat o'tgan asrning 20-30-yillarida O'zbekiston adabiyotiga ham xos bo'lib, keyin barmoq she'riy sistemasi, hamda keyinchalik paydo bo'lgan sarbast she'r turi an'anaviy she'riyat shakllarini va aruz vaznini siqib chiqargan edi. Ammo Afg'onistondagi o'zbek adabiyotida an'anaviy she'riyat shakllari hamon yetakchi o'rinni egallab kelmoqda. Faqat ularning mazmun doirasi zamonaviy mavzularning shiddat bilan kirib kelishi hisobiga jiddiy o'zgarib bormoqda. Ulardagi badiiy tasvir vositalari ham real voqelikni ifodalashga yo'nalmoqda. Birgina g'azal mumtoz janrning o'zida mazmun va obrazlar tizimida ancha o'zgarishlar kuzatiladi. Shoirlar g'azalga xos bo'lgan an'anaviy ishq-muhabbat mavzusida yozganlarida ham, bu muhabbat endilikda ko'proq Vatan, xalqqa nisbatan aytila boshladi. Bunga misollar juda ko'p. Shoira Oysulton Xayrining bir g'azalida Vatan haqida quyidagi misralarni uchratamiz: Vatan ey gulshanim, zebo diyorim, Yo 'lingda jon vatan bermak shiorim.

Sevarman men seni ey bog 'i rizvon, Tayanchim ham g'ururim, ham viqorim.

Gulistoningdagi turli chechaklar Tiriklik mujdasi bergay nigorim.

Seni har tog 'u toshing oshiqiman, Muzaffarlikda yashnatmoq qarorim. Seni bir zarra tuprog'ing ko'zimga, Ko 'rinur oltin-kumush, ey guluzorim.

Badaxshon la'liyu ham marjoni birla, Mislsizdur jahonda lolazorim. Sevinchi berkim ushbu xush zamonda, Ochilgan gullaringdan navbahorim.

Hurmatli hamkasblar, umuman Afg'onistondagi zamonaviy o'zbek adabiyoti, she'riyati, uning taniqli namoyandalari, ayniqsa, ushbu adabiyotning o'z taraqqiyotida o'tgan bosqichlari, bu yo'lda erishilgan yutuqlar va duch kelingan muammolar haqida juda ko'p mulohazalar bildirish mumkin. Ammo vaqt cheklanganligi sababli, ma'ruzamiz yakunida quyidagi fikrlarni aytishni joiz topdik. Kuzatishlarimiz natijasida shu narsaga amin bo'ldikki, hozirda Afg'onistonda o'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishini shartli ravishda uch yirik davr, ya'ni XX asrning boshlaridan 50-yillariga qadar, 50-yillardan 80-yillarga qadar va 80-yillardan hozirga qadar bo'lgan davrlarga ajratib, o'rganish maqsadga muvofiqdir. Birinchi va ikkinchi davrda yashab ijod etgan keksa va o'rta avlod vakillarining ijodida biz asosan mumtoz o'zbek adabiyotining kuchli ta'sirini, juda kam miqyosdagi yangi zamon ta'sirini ko'rdik. XX asrning 80-yillaridan e'tiboran ushbu adabiyotda tom ma'nodagi zamonaviy tamoyillar, badiiy shakl va uslublarning shakllanishi jarayoni kuzatiladi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, bu mamlakatda yashayotgan o'zbekzabon adiblar hozirga qadar ikki yuzdan ziyod turli hajm va shakldagi she'riy to'plamlar va nasriy asarlari majmualarini chop ettirganlari bizga ma'lum. Shu bilan bir qatorda, bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Afg'oniston o'zbek adabiyotining rivojlanish tarixi va bosqichlari, taniqli namoyandalari, she'riyati sistemasi, badiiy-uslubiy masalalari bo'yicha zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan jiddiy monografik ilmiy tadqiqotlar na Afg'onistonda, na O'zbekistonda olib borilmaganligi ma'lum bo'ladi va bu sohada hanuz juda katta ilmiy bo'shliq, ulkan izlanishlar maydoni olimlarning e'tiboriga mushtoq bo'lib turibdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.