Научная статья на тему 'ZAMONAVIY XITOY ADABIYOTINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHIDA TARJIMANING O‘RNI'

ZAMONAVIY XITOY ADABIYOTINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHIDA TARJIMANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
658
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima / xorij adabiyoti / islohot / evolyusiya / madaniyatlararo muloqot / adabiy ta’sir / translation / foreign literature / reformation / evolution / intercultural communication / literary influence

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ochilov, Ozodjon

Xitoyda asosan 19-asrning oxirlarida boshlangan g‘arb adabiyoti, madaniyati va ilm-faniga oid asarlarning keng ko‘lamda tarjima qilinishi xitoy adabiyotining ham shaklan ham mazmunan evrilishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Maqolada tarjima adabiyoti ta’sirida yuzaga kelgan shunday o‘zgarish va yangilanishlarning zamonaviy xitoy adabiyotining paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF TRANSLATION IN THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MODERN CHINESE LITERATURE

The large-scale translation of Western literature, culture, and science works, which began in China at the end of the 19th century, played an imperative role in the evolution of Chinese literature, both in form and content. The article examines the role of such changes and updates in the emergence and development of modern Chinese literature under the influence of translated literature.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY XITOY ADABIYOTINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHIDA TARJIMANING O‘RNI»

ZAMONAVIY XITOY ADABIYOTINING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISHIDA TARJIMANING O'RNI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-217-223

PhD. Ozodjon OCHILOV,

TDShU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel:+998903492268, e-manzil: ozodochilov85@gmail.com

Annotatsiya: Xitoyda asosan 19-asrning oxirlarida boshlangan g'arb adabiyoti, madaniyati va ilm-faniga oid asarlarning keng ko'lamda tarjima qilinishi xitoy adabiyotining ham shaklan ham mazmunan evrilishida muhim ahamiyatga ega bo 'ldi. Maqolada tarjima adabiyoti ta'sirida yuzaga kelgan shunday o'zgarish va yangilanishlarning zamonaviy xitoy adabiyotining paydo bo 'lishi va rivojlanishidagi o 'rni ko 'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: tarjima; xorij adabiyoti; islohot; evolyusiya, madaniyatlararo muloqot; adabiy ta 'sir

Аннотация: Крупномасштабный перевод западной литературы, культуры и науки, начавшийся в Китае в конце 19 в., сыграл важную роль в эволюции китайской литературы как по форме, так и по содержанию. В статье рассматривается роль таких изменений и обновлений в возникновении и развитии современной китайской литературы под влиянием переводной литературы.

Ключевые слова: перевод; иностранная литература; реформatsiя; эволюция, межкультурная коммуникatsiя; литературное влияние

Abstract: The large-scale translation of Western literature, culture, and science works, which began in China at the end of the 19th century, played an imperative role in the evolution of Chinese literature, both in form and content. The article examines the role of such changes and updates in the emergence and development of modern Chinese literature under the influence of translated literature.

Key words: translation; foreign literature; reformation; evolution, intercultural communication; literary influence

Ma'lum bir xalq katta mafkuraviy o'zgarishlar davrini boshdan kechirganda, doimiy ravishda madaniyatlarning shiddatli to'qnashuvi ro'y beradi va bu odatda tarjimalar orqali boshlanadi. 19-asr oxirlaridan boshlab xitoy madaniyati, xususan adabiyotida yuqoridagi kabi jarayon yuzaga keldi. Xitoyda tarjima tarixiga e'tibor qaratsak, G'arbiy Xan

217

sulolasining (m.avv.202 y. - mil.8 y.) so'nggi yillarida buddizm muqaddas kitoblarining tarjimalari Xitoyga kirib kelishi va undagi badiiy unsurlar Suy-Tang adabiyotining badiiy-g'oyaviy, mazmuniy, shakliy xususiyatlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Keyinchalik 16-asrning oxirlaridan boshlab xristian missionerlari Xitoyda keng tarzda diniy targ'ibot harakatlarining amalga oshirishi natijasida 19-asrning 40-yillarida "Isoning o'gitlari" ( ) tarzida tarjima qilingan "Injil"

xitoyliklarni ilk marta G'arb bilan tanishishiga zamin yaratdi. Shu tariqa 19-asrning oxirlariga kelib xitoy madaniyati tarixida tarjimaning uchinchi katta to'lqini boshlandi, va bu to'lqin xitoy adabiyotida keng miqiyosdagi evolyusion jarayonlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

1851 yilda boshlangan "Taypin tyanguo" qo'zg'oloni 1866 yilda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, Ching imperiyasi hukumatining yanada zaiflashishishiga, shuningdek g'arb intervensiyasining kuchayishiga olib keldi. Tobora vaziyati og'irlashayotgan hukumat ayrim islohotlarni amalga oshirishga urinib ko'rdi. Ular harbiy qudrat va fan texnologiyalari borasida yuzaga kelgan katta farqni Xitoyning qoloq davlatga aylanib qolishining eng asosiy sabablari sifatida ko'rsatishdi va islohotlar tor doirada bir tomonlama amalga oshirila boshlandi. Shunga qaramay, 1894 yilda sodir bo'lgan Xitoy-Yapon urushida Xitoy yana bir o'ta og'ir mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Xitoy ziyolilari inqirozining asosiy sababi fan-texnologiyalar yoki harbiy salohiyat bilan aloqador emas, balki bu milliy ong va milliy g'oya bilan bog'liq ekanligini tushunib yetishdi.

Shundan so'ng Yan Fu, Lin Shu kabi adiblar xitoy ziyolilari va xalqini zamonaviy bilimlar bilan tanishtirish, ulardagi madaniy stereotiplarni sindirish, milliy yangilanish sari rag'batlantirish hamda Xitoyni inqirozdan qutqarishning yagona yo'li harbiy islohotlarda deb biluvchi guruhni mahf etish maqsadida g'arb madaniy tafakkuri bilan tanishtiruvchi bir qator mashhur adabiyotlarni tarjima qilishga faol kirishdi. Yan Fu asosan ilmiy adabiyotlar tarjimasi bilan shug'ullandi. U 1898 yilda tarjima qilgan T.G.Gekslining "Evolyusiya nazariyasi" asari xitoy ziyolilari orasida haqiqiy rezonans keltirib chiqardi. Yirik islohotchilardan biri bo'lgan Kang Yovey, bu kitob G'arbni anglashimizda birinchisi bo'ladi, degan edi [1,353]. Lu Syun, bo'sh vaqt topguncha "Evolyusiya nazariyasi"ni o'qishi

haqidagi qaydlar mavjud [2,296]. Asarda keltirilgan "hayot uchun raqobat", "kuchlilar yashab qoladi" kabi evolyusion g'oyalar o'sha davrdagi avangard ziyolilarning mutaassib feodallar bilan olib borgan kurashida muhim g'oyaviy qurolga aylandi [3,238-239]. Yan Fu shu bilan birga 1898-1912 yillar davomida dunyo ilm-fan taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega bo'lgan bir qator asarlarni tarjima qildi. Jumladan, G.Spenserning "Sotsiologiya asoslari" (The Principles of Sociology, 18741896), A.Smitning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini o'rganish" (An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations,1776), Dj.S.Millning "Ozodlik haqida" (On Liberty, 1859) va "Mantiq tizimi" (A System of Logic, 1882), E.Djenknsning "Siyosat tarixi" (A History of Politics, 1900), Sharl-Lui Monteskyoning "Qonunlar ruhi haqida" (The Spirit of Law, 1748), U.Djevonsning "Mantiq asosi" (Primer of Logic, 1878) kabi asarlarni tarjima qilish orqali Yan Fu tizimli ravishda evolyusiya nazariyasi, materialistik empirizm, burjua klassik siyosiy iqtisodiyoti, siyosiy nazariyalar, shuningdek tabiatshunoslikning va G'arb falsafiy ideologiyasining yangi yutuqlarini xitoy xalqiga tanishtirib, yangicha burjua dunyoqarashni keng targ'ib qildi. Bu zamonaviy xitoy tafakkur tarixida yangi davrni boshlab berdi va xitoy jamiyatining g'oyaviy jihatdan o'sishiga misli ko'rilmagan darajada ta'sir ko'rsatdi, deyish mumkin. Yan Fu tomonidan sinchkovlik bilan tanlanib tarjima qilingan asarlar Xitoyda nafaqat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy ongning yuksalishiga, balki yangi badiiy g'oyalarning paydo bo'lishiga ham olib keldi va bu zamonaviy xitoy adabiyotining yuzaga kelishida muhim asoslardan biriga aylandi.

Lin Shu chet el badiiy adabiyotlari tarjimasi bilan mashg'ul bo'ldi. U xitoy yoshlarini "xorij adabiyotiga yaqinlashtirdi, dunyoning peshqadam adiblari bilan tanishtirdi, ularni chet el adabiyotidan o'rganib, o'z yurti adabiyotini rivojlantirishga ko'maklashdi va ruhlantirdi [4,182]." Lin Shu asosan A.Dyuma, L.Tolstoy, A.Konan Doyl, Ch.Dikkens, U.Shekspir, V.Skott, V.Irving, G.Ebsen, Servantes, D.Defo, G.Filding, J.Svift, Stivenson, J.Rid, E.Xoup, G.Bicher-stou, V.Gyugo, Onore de Balzak kabi ilg'or yozuvchilarning asarlarini xitoy tiliga tarjima qildi. Xu Shi, Vang Guovey, Guo Moruo kabi ko'plab adiblar uning ishini davom ettirib, adabiyotning turli janrlariga oid sara asarlarni adabiyot ixlosmandlariga

yetkazib berishdi. Bu davrda qilingan tarjimalar xitoy yozuvchilari tomonidan yozilgan asarlar miqdoridan oshib ketgani kuzatiladi. Masalan, 1911 yilda "Xanfinlou yangi kitoblarining turkumiy katologi"dan o'rin olgan xitoy yozuvchilari tomonidan yaratilgan asarlar 120 tani tashkil qilgan bo'lsa, tarjimalar soni 400 taga yetgan[5,11]. "Xitoy zamonaviy adabiyotiga 30 yil" risolasida keltirilgan statistikaga ko'ra, 1896 yildan to 1919 gacha "Zamon" gazetasi («0t#№»)da e'lon qilingan tarjimalar 800 ta atrofida [6,30]. Chen Pingyuan hisobiga ko'ra, 1899 yildan 1916 yilgacha bo'lgan tarjimalar soni 796 ta, birgina 1906 yilda 110 ta, 1907 yilda 126 ta tarjimalar amalga oshirilgan [7,43]. Shuningdek 1935 yil davomida nashr qilingan 12 tomdan iborat "Dunyo adabiyoti xazinalari" almanaxiga yuqorida ko'rsatilgan davrda tarjima faoliyati bilan shug'ullangan 100 dan ortiq tarjimonlar kiritilgan bo'lib ular asosan Sovet Rossiyasi, Fransiya, Amerika, Angliya, Ispaniya, Gresiya, Norvegiya, Germaniya, Polsha, Belgiya, Italiya kabi davlatlarda ijod qiluvchi adiblarning katta miqdordagi she'rlari tarjima qilinganligini kuzatish mumkin[8,12tom]. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, Gyote, G.Geyne, Bayron, Shelli, Lotman, Uayld, Pushkin, Gorkiy kabi shoirlardan qilingan tarjimalar ayniqsa xitoy she'riyatining yangi bosqichga ko'tarilishidagi o'rni yaqqol ko'zga tashlanadi.

Xitoy va G'arb o'rtasidagi madaniy muloqot jarayonida g'arb adabiyotining xitoy adabiyotiga ta'sirini qaysidir ma'noda tarjima adabiyotining xitoy adabiyotiga ta'siri deyish ham mumkin, vaholanki, tarjima adabiyoti Xitoy va G'arb madaniy muloqotini harakatga keltiruvchi eng muhim vositalardan biriga aylangandi. 19-asrning oxirlaridan boshlab 20-asrning boshlarigacha xitoylik tarjimon va adiblarning chet el adabiyoti bilan tanishuvi asardan tortib yozuvchigacha, yozish texnikasidan tortib nazariyasigacha, adabiyot oqimlardan tortib adabiy harakatlargacha bo'lgan qiziqishini kun sayin orttirdi va ularning dunyoqarashini tubdan o'zgartiruvchi vositaga aylandi. Yangi xitoy adabiyotining boshlanishi to'lig'icha adabiy tushunchalarning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lib, u yangi ratsional bilishning individ va butun jamiyat ongining evrilishida namoyon bo'lishi bilan yuzaga keladi. Biz aytayotgan yangi ratsional bilish asosan g'arb madaniyatining ta'sirida paydo bo'lib, bunda uning asoschilari va targ'ibotchilarini nazaryotchilar, mutafakkirlar, inqilobchilar, san'at ahli va albatta tarjimonlar tashkil qildi. Ular yangicha

qarashlarni adabiyot maydoniga shiddatli tarzda olib kira boshlashdi va xitoy adabiyotida yangi asrning boshlanishiga katta turtki berishdi. Shunday nazariya va qarashlar ta'siridan so'nggina yangi badiiy ijod paydo bo'ldi. Shu tariqa yuzaga kelgan adabiy tushunchalarning o'zgarishi va yangilanishi asosan quyidagi uchta jihatdan iboratligini ko'rish mumkin:

Birinchisi, islohotlarga "yangi" tushunchasining olib kirilishi bilan bog'liq. Qadimgi xitoy adabiyoti mohiyatan feodal tuzum adabiyoti bo'lib, adabiy tushunchalar nuqtai nazaridan uning yagona missiyasi imperatorga sadoqatni ifodalashdan iborat, deb qarab kelingan. Qadimgi xitoy adabiyoti Tang davrida o'tkazilgan ayrim adabiy islohotlarni hisobga olmaganda turg'unlikda, ma'lum bir qat'iy belgilangan chegaralarda

taraqqiy etdi. O'tkazilgan ayrim kichik islohtlar ham " fugu" ya'ni, qadimga murojaat bayrog'i ostida bo'lib, bu xitoyliklar qat'iy ishonuvchi qadriyat mezoniga ko'ra "Avval bugundan yaxshi bo'lgan" ("

degan qarash asosida ro'y berar edi. Qisqa qilib aytganda, yangilik qadimda bo'lib, qanday o'zgarishlar yuzaga kelmasin, barchasi o'zidan oldin belgilab ketilgan mezonlarga ko'ra amalga oshirildi, bu esa xitoy adabiyotida haqiqiy islohotlar uchun to'siq bo'lib keldi. 19-asr oxirlariga kelib xitoylik ayrim ilg'or ziyolilar va mutaffakirlar xitoy jamiyatni uyg'otish uchun avvalombor qadriyat mezonlarini o'zgartirish shart ekanligini anglab yetishdi va yangilanishning asosi faqat va faqat "yangi" g'oyalar, tushunchalar va jarayonlarda ekanligini keng targ'ib qila boshlashdi. Bu bevosita xitoy adabiyotida ham aks etib rostmana islohotlar o'tkazishga katta turtki berdi.

Ikkinchisi, mustaqil adabiy ongning uyg'onishidir. Qadimgi xitoy adabiyoti asosan feodal jamiyatning siyosiy va axloqiy vassali hamda amaliylik va utilitarizm doimo uning oliy qadriyati, yagona nishoni bo'lib kelgan. Dastlab Lyang Chichao va Vang Guovey kabi ziyolilar an'anaviy qarashlarga barham berish, mustaqil adabiy ongni chinakamiga uyg'otish uchun yirik g'oyaviy va amaliy harakatlarni amalga oshirishga kirishdi. Vang Guovey o'ta qat'iy tarzda shunday ta'kidlagan edi: "San'at uzoq zamonlardan beri mustaqil qadriyatlariga ega emas. Barcha sulola shoirlari imperatorga sadoqati va vatanparvarligini namoyon qilib undan rag'bat

olishdi, sof san'at kuychilari esa doimiy ta'qib ostida bo'lishdi..." [9,111120]. Ko'rinadiki, Vang Guovey haqiqiy san'at, jumladan adabiyot mustaqil bo'lib, ta'qib va rag'batlardan holi bo'ladi. Bu ikki mutafakkir ilgari surgan g'oyalar ta'sirida eski qoliplardan chiqib yangicha fikrlovchi erkin ijodkorlar guruhi paydo bo'la boshladi.

Uchinchisi, yangi adabiy qarashlarda "inson" markazga qo'yildi. Insonparvarlik adabiyotning yadrosi va tayanchi ekanligi jihatdan xitoy adabiyotida "inson" birinchi o'ringa ko'tarila boshlandi. Lu Syun 1907 yilda birinchilardan bo'lib bu taklifni o'rtaga tashlagan bo'lib, bir qator maqolalarida individuallikni hurmat qilish g'oyasini ilgari surdi. Jou Zuoren esa "Inson adabiyoti" kabi qator maqolalarida 19-asrda Yevropada gumanitarizmga asoslangan realistik tafakkurni tizimli ravishda tahlil qildi, adabiyot uyg'onishi bilan inson uyg'onishini uyg'unlashtirdi va adabiyot qandaydir tuzumlarning quroli emas, balki jamiyatga yuzlangan holda odamlar haqida, ayniqsa, oddiy odamlarning quvonch va qayg'ulari haqida yozish kerak degan xulosalar berdi. Bunday g'oyalar ko'pchilik tomonidan qo'llab-quvvatlandi va zamonaviy xitoy adabiyotining katta bir oqimiga aylandi.

Yuqorida sanab o'tilgan uch jihat eski jamoaviy qoidalarga batamom barham bergan holda, individ adabiyotini yuzaga keltirib, yangi xitoy adabiyotiga ko'p qirrali va ko'p yo'nalishli rivojlanish tendensiyasini taqdim etdi. O'sha davrda amalga oshirilgan tarjima faoliyati va undagi g'arb madaniyatining talqini xitoy jamiyati va ana'anaviy xitoy adabiyotini modernizatsiya qilishda katta rol o'ynadi. Ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazaridan biror bir xalq zamonaviy sivilizatsiyaga kirib kelar ekan, uni madaniy-psixologik jihatdan o'zgartirish eng muhimidir. Bu qadriyatlarni, tafakkur tarzini, estetik didni, axloqiy mezonlarni, milliy mentalitet kabilarni o'z ichiga oladi va madaniy tipning o'zagi va mohiyatini belgilaydi. Shu sabdan ham bu jarayondan o'tish nihoyatda murakkabdir. Asosan 19-asr oxirlaridan boshlab turli ko'rinishlarda namoyon bo'lgan g'arb madaniyati va xitoy an'anaviy madaniyati o'rtasida yuzaga kelib turgan ziddiyatlar g'arblashuv va o'zlik o'rtasidagi kurash edi. Bu to'qnashuvda xitoy ziyolilaridan tortib oddiy odamlargacha rad etishdan qabul qilish va tan olishgacha bo'lgan murakkab yo'lni bosib o'tishdi. G'arb madaniyati ta'siri ostida an'anaviy qadriyatlarda o'zgarishlar yuz

bera boshladi. Zamonaviy badiiy, falsafiy, ilmiy adabiyotlarning tarjima qilish faoliyati G'arbning zamonaviy madaniyati va svilizatsiyasini tanishtiruvchi eng qulay vositaga aylandi. Umuman olganda, bu davrda tarjima sohasi o'ta keng ko'lamda rivojlandi, tarjima asarlarning miqdori va sifati tubdan o'zgarib bordi, ilg'or ziyolilarning faol targ'iboti va mashaqqatli mehnati orqali yuzaga kelgan tarjimalar o'sha davrdagi antiimperialistik va antifeodal kurashlar bilan chambarchas bog'lanib, uning ta'sir doirasini toboro kengaytirib bordi.

Adabiy taraqqiyot nuqtai nazaridan tarjima adabiyoti ta'sirida zamonaviy xitoy adabiyoti adabiy qarashlar, janrlar, bayon uslubi va mahorati jihatidan turli darajada rivojlanib, takomillashdi. Demokratiya, erkinlik, shaxs mustaqilligi va ozodligiga intilish, ma'naviy erkinlik kabi xorij adabiyotining asosiy g'oyalari xitoy adabiyotini ruhlantirdi, ma'nan kuchaytirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. » , 1 9 88 «m

2. imfc&ft . № », »m 2 m, 19 8 1 «m

3. mrnft: « + » ,D«^W№?±,D1998 «m

4. , 1980 «m

5. m^+11x^. ^

2006 «

1998 «

8. M^m œ^xrn», 1935 12m

9. mtX: r.-ïfè&tftxtt&mt&mx-zm-Ê:

«X^ifii», 1993(3)

10. 3naMyxaMegoB, (2022). ny CyHraHHraHHr ".Hao ^aÔHHHr FapoHHÔoraap xa^ngarn x^Koanapn" acapnga ôyggaBHËnHK Ba gaocnnnHK MOTHBnapn. Builders of the future, 2(2), 181-188.

11. Mustafayeva, S.T. (2020). The Influence of Ming CHinese Novels on Edo-Japanese Literature. Solid State Technology, 63(6), 4967-4973.

12. OHHHOB, O. M. (2022). XHTOH^A '"flHTH fflELPH^T" HHKHHOEHHHHr FO^BHH ACOCHAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 219-226.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.