Научная статья на тему 'HOZIRGI O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTIDA CHET EL ADABIYOTINING AHAMIYATI'

HOZIRGI O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTIDA CHET EL ADABIYOTINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8626
394
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / bolalar adabiyoti / chet el adabiyoti / sharq adabiyoti / vosita / she’riyat / ertak. / literature / children’s literature / foreign literature / oriental literature / medium / poetry / fairy tale.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Azimova Zuhro Ismatilloyevna, Chutboyeva Muxlisa Nuriddin Qizi

Ushbu maqola o’zbek bolalar adabiyotida chet el adabiyotining o’rni va ahamiyati haqida. Adabiyot bu insonni aqliy va ruhiy rivojlantiruvchi vositadir. Jahon adabiyoti orqali ham bolajonlar ko’plab ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF FOREIGN LITERATURE IN CURRENT UZBEK CHILDREN’S LITERATURE

This article is about the role and importance of foreign literature in Uzbek children’s literature. Literature is a means of mental and spiritual development of a person. Children can get a lot of information through world literature.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTIDA CHET EL ADABIYOTINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

HOZIRGI O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTIDA CHET EL ADABIYOTINING

AHAMIYATI Azimova Zuhro Ismatilloyevna

Samarqand davlat universiteti o'qituvchisi, Chutboyeva Muxlisa Nuriddin qizi

Samarqand davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6838624

Annotatsiya. Ushbu maqola o'zbek bolalar adabiyotida chet el adabiyotining o'rni va ahamiyati haqida. Adabiyot bu insonni aqliy va ruhiy rivojlantiruvchi vositadir. Jahon adabiyoti orqali ham bolajonlar ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin.

Kalit so'zlar: adabiyot, bolalar adabiyoti,chet el adabiyoti, sharq adabiyoti, vosita, she 'riyat, ertak.

ЗНАЧЕНИЕ ЗАРУБЕЖНОЙ ЛИТЕРАТУРЫ В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ

ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация. В данной статье речь идет о роли и значении зарубежной литературы в узбекской детской литературе. Литература является средством умственного и духовного развития человека. Дети могут получить много информации через мировую литературу.

Ключевые слова: литература детская литература зарубежная литература восточная литература медиум поэзия сказка.

IMPORTANCE OF FOREIGN LITERATURE IN CURRENT UZBEK CHILDREN'S

LITERATURE

Abstract. This article is about the role and importance of foreign literature in Uzbek children's literature. Literature is a means of mental and spiritual development of a person. Children can get a lot of information through world literature.

Keywords: literature, children's literature, foreign literature, oriental literature, medium, poetry, fairy tale.

KIRISH

Kitoblar yoshlarni yetuk va barkamol inson sifatida tarbiyalashda asosiy omillardan biri sanaladi. Har bir davlat, jamiyat o'z kelajagini qurishda bolalar tarbiyasida, ilm egallashida, qiziqqan sohasiga yo'naltirishda, uning kelajagini yaratishda alohida islohot va qonunlarida mustahkamlab qo'yadi. Bolalar va o'smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui bolalar adabiyoti sanaladi. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o'zbek xalqi bolalar adabiyotiga tezaytish, topishmoq, o'yin qo'shiqlari, rivoyat, afsona, ertak, matal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo'ljallab yaratilgan og'zaki ijod namunalari kiradi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo'ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo'ljallanmagan bo'lsada, keyinchalik bolalar adabiyotiga o'tib qolgan asarlarga ajratish mumkin.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyati — bolalar adabiyoti o'zgaruvchan hodisa bo'lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog'liq. Kitobxon yoshini hisobga olish bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan bolalar adabiyotida syujetga bo'lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi. O'zbek bolalar adabiyoti jahon bolalar adabiyotining ilg'or an'analari ta'sirida rivojlandi. Jahon bolalar adabiyotining nodir namunalari o'zbek tiliga tarjima qilindi. Ular sirasiga kiruvchi "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom tog'aning kulbasi" (BicherStou), "So'na" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari o'zbek bolalarning ham sevib mutolaa qiladigan asarlari bo'lib kelmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yo'nalish bo'lsa, G'arb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini o'zbekchalashtirish ikkinchi yo'nalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqid aertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o'qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. XX asrning 20-30- yillarida Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, G'ayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jo'ra, Qudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sa'dulla, Hakim Nazir, Po'lat Mo'min va boshqa ijodkorlarning asarlari o'zbek bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

O'zbek bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning "Oygul va Baxtiyor", "Semurg' yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Sa'dullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi', Sulton Jo'raning "Zangori gilam" va "Qaldirg'och" singari adabiy ertaklari xalq og'zaki ijodi an'analari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi.

MUHOKAMA

Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi bo'lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining o'rni, ahamiyati katta. Negaki, tarjima asarlarini o'qigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o'sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo'ladilar.

Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o'tib, dillarni yashnatib yurgan "Qizil Shapkacha"(Sh. Perro), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Dyumchaxon" (H. Andersen), "Oltin baliq" (A. S. Pushkin), "Tom Soyerning boshidan kechirganlari", "Shahzoda va gado" (M. Tven), "Kapitan Grant bolalari", "Ostin-ustin" (S. J. Vern), "Don Kixot" (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo'sh urdirib yuboradi.

XX asrda yaratilgan "Maugli" (R. Kipling), "Kichkina Shahzoda" (A. De Sent -Ekzyuperi), "Katta va kichik Karlson" (A. Lindgren), "Toshkent - non shahri" (A. Neverov), "Vinni Pux" (A. Miln), "Ahmoq sichqoncha haqida ertak" (S. Marshak), "Uch baqaloq" (Y. Olesha), "Quvnoq japbaqlar" (B. Kerboboyev), "Doktor Aybolit" (K. Chukovskiy), "Temur va uning komandasi" (A. Gaydar), "Chipollinoning sarguzashtlari" (J. Rodari), "Styopa amaki" (S.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Mixalkov), "Kim bo'lsam ekan?" (V. Mayakovskiy), "Bilmasvoy quyosh shahrida" (N. Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o'zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda. XULOSA

Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o'rgatadi, nimagadir da'vat etadi. Bu asarlarning ko'pchiligida onaVatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish ("Uch baqaloq"), noshukur bo'lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish ("Ahmoq sichqoncha haqida ertak"), tabiatga buyuk mehr (,, Maugli"), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish ("Doktor Aybolit"), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam ko'rsatish ("Temur va uning komandasi"), o'ziga pishiq-puxta bo'lish, ichki sirlarni o'zgalarga oshkor qilmaslik ("Qizil Shapkacha"), namunali o'qish, kasb-hunar egasi bo'lish ("Kim bo'lsam ekan?"), sergak, tadbirkor bo'lish hamda quvnoqlikka intilish (, Quvnoq japbaqlar")dek oliyjanob g'oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o'stiradi.

Maktab darsliklarida keltirilgan Jonni Rodari, Hans Kristian Andersen, Ezop, Jonatan Svift kabi bir qator jahon adabiyoti yozuvchilari asarlarini o'quvchilar sevib mutolaa qiladilar. Ushbu yozuvchilarnin g asarlari bolalarga har tomonlama ta'lim va tarbiya berishga qodir bo'lgan noyob asarlar desak yanglishmagan bo'lamiz. Jahon adabiyotining o'zbek adabiyotidagi o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki jahon adabiyoti bolalarning fikrlashini rivojlantiradi, ularni har tomonlama rivojlanishlariga turtki va omil bo'ladi. Masalan Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham, eng avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat g'oyasi yotadi.

REFERENCES

1. G.Rahimova. Ona tili va adabiyot( bolalar adabiyoti). O'quv qo'llanma. - Samarqand: SamDU, - 308-bet.

2. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o'qitish metodikasi. - Toshkent: "INNOVATSIYA-ZIYO", 2020.

3. Borodich A.M. Bolalar nutqini rivojlantirish usullari. - M., 2014.

4. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o'qitish metodikasi. - Toshkent, 2018.

5. Bolshova T.V. Biz ertakdan o'rganamiz. - Sankt-Peterburg, 2009.

6. Gurovich L.M. Baby Boy va kitob /.m. Gurovich, l.b. Qirg'oq, v.i. Loginov. - M., 2009.

7. Nest: Bolalar bog'chasida rivojlanish va ta'lim dasturi /V.I. Loginova, T.I. Babaeva, N.A. Notek va boshqalar. Ed. T.I. Babaeva, Z.A. Mixailova, L.M. Gurovich: Ed. 2-chi. - SPB, 2007.

8. Mirzayev I.K, Muhiddinova B., Ro'zmonova R. O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi. -Samarqand, SamDU, 2019.

9. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent: "NOSIR", 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.