Научная статья на тему 'YOSH IJODKORLAR ASARLARIDA MUMTOZ AN'ANALARGA ERGASHISH (2021-2022-YIL "YOSHLIK" JURNALIDA E'LON QILINGAN SHE'RLAR MISOLIDA)'

YOSH IJODKORLAR ASARLARIDA MUMTOZ AN'ANALARGA ERGASHISH (2021-2022-YIL "YOSHLIK" JURNALIDA E'LON QILINGAN SHE'RLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
247
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Tong nafasi” / Qalam / mangu / hamroh / yo‘limga / o‘tkir nigohi / olijanob orzu-niyatlari / yosh / ijodkorlar / asarlar / mumtoz / an'analar / "Breath of the morning" / pen / forever / companion / my path / sharp eyes / noble dreams / age / creators / works / classics / traditions.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S. Daryayeva

Ushbu maqolada yosh ijodkorlar asarlarida mumtoz an'analarga ergashish (2021-2022-yil "yoshlik" jurnalida e'lon qilingan she'rlar misolida) O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning sher’lari misolida yoritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOLLOWING THE CLASSICAL TRADITIONS IN THE WORK OF YOUNG ARTISTS (ON THE EXAMPLE OF POEMS PUBLISHED IN THE "YOUTH" MAGAZINE 20212022)

In this article, following the classical traditions in the work of young artists (on the example of poems published in the Yoshlik magazine for 2021-2022) is highlighted on the example of the poems of the people's poet of Uzbekistan Erkin Vakhidov.

Текст научной работы на тему «YOSH IJODKORLAR ASARLARIDA MUMTOZ AN'ANALARGA ERGASHISH (2021-2022-YIL "YOSHLIK" JURNALIDA E'LON QILINGAN SHE'RLAR MISOLIDA)»

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333 SCIENCE AND INNOVATION 7 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4

YOSH IJODKORLAR ASARLARIDA MUMTOZ AN'ANALARGA ERGASHISH (2021-2022-YIL "YOSHLIK" JURNALIDA E'LON QILINGAN SHE'RLAR MISOLIDA)

Daryayeva Sevara Turdali qizi

Guliston davlat Universiteti, Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6911904

Annotatsiya. Ushbu maqoladayosh ijodkorlar asarlarida mumtoz an'analarga ergashish (2021-2022-yil "yoshlik" jurnalida e'lon qilingan she'rlar misolida) O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning sher'lari misolida yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: "Tong nafasi", Qalam, mangu, hamroh, yo'limga, o'tkir nigohi, olijanob orzu-niyatlari, yosh, ijodkorlar, asarlar, mumtoz, an'analar.

СЛЕДОВАНИЕ КЛАССИЧЕСКИМ ТРАДИЦИЯМ В ТВОРЧЕСТВЕ МОЛОДЫХ ХУДОЖНИКОВ (НА ПРИМЕРЕ СТИХОТВОРЕНИЙ, ОПУБЛИКОВАННЫХ В "МОЛОДЕЖНОМ" ЖУРНАЛЕ 2021-2022 ГГ.)

Аннотация. В данной статье следование классическим традициям в творчестве молодых художников (на примере стихотворений, опубликованных в журнале «Ёшлик» за 2021-2022 годы) освещается на примере стихов народного поэта Узбекистана Эркина Вахидова.

Ключевые слова: «Дыхание утра», перо, навеки, спутница, путь мой, острые глаза, благородные мечты, возраст, творцы, произведения, классика, традиции. FOLLOWING THE CLASSICAL TRADITIONS IN THE WORK OF YOUNG ARTISTS (ON THE EXAMPLE OF POEMS PUBLISHED IN THE "YOUTH" MAGAZINE 20212022)

Abstract. In this article, following the classical traditions in the work of young artists (on the example of poems published in the Yoshlik magazine for 2021-2022) is highlighted on the example of the poems of the people's poet of Uzbekistan Erkin Vakhidov.

Keywords: "Breath of the morning", pen, forever, companion, my path, sharp eyes, noble dreams, age, creators, works, classics, traditions.

KIRISH

Mamlakatimizda yangi O'zbekistonni barpo etishdek ulug' maqsadga erishish yo'lida asosiy tayanchimiz bo'lgan azmu shijoatli yoshlarga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, ularga barcha sohalarda o'z iqtidori va salohiyatini to'liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Ayniqsa, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim muassasalarini tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yigit-qizlarni munosib ish va daromad manbai bilan ta'minlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlar, IT-texnologiyalarni o'rgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

"Yangi O'zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir". Bu bejizga emasdi, asrlar dunyo ilm maktabining beshigi hisoblangan yurtimizda ulkan islohotlarni amalga oshirish

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

vaqti etgandi. Buning uchun ilm-fan rivojida katta sakrashlarni amalga oshirish lozimligi barchaga ma'lum.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

XX asr o'zbek adabiyoti ham ko'plab yorqin iste'dodlari bilan alohida ajralib turadi. O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov (1936-2016) ana shunday noyob talant sohiblaridan biridir. Ushbu maqolada Erkin Vohidov fenomenining o'ziga xos jihatlari va shoir ijodining ayrim muhim qirralarini imkon doirasida yoritishga harakat qilinadi. Binobarin, Erkin Vohidov ijodida inson va jamiyat hayotining ko'plab muhim tomonlari va muammolari qanchalik chuqur va san'atkorona ifodalanishini o'rganish adabiyotshunosligimiz va ma'naviyatimiz uchun ham dolzarb vazifalardan sanaladi. Erkin Vohidov ijodiyoti tanqid va adabiyotshunosligimizda ancha keng o'rganilgan. Ayniqsa, ustoz adabiyotshunoslarimizdan L.Qayumov, O.Sharafiddinov, N.Shukurov, U.Normatov, I.G'afurov, R.Inog'omovlarning salmoqli tadqiqotlari, shuningdek, D.Azimova, U.Qosimov va M.Jo'rayev kabi munaqqidlarimizning, qolaversa, Veli Savash kabi xorijiy olimlarning asarlarida Erkin Vohidov ijodining o'ziga xosligi, janr xususiyatlari va poetik mahorati tahlil etib berilgan. Lekin bunday ulkan shoir ijodi va yuksak badiiyati yanada keng o'rganishga munosib deb o'ylaymiz. Xususan, shoirimizning badiiy publisistikasi, ya'ni bugungi hayotimiz va ma'naviyatimizning ko'plab dolzarb muammolariga bag'ishlangan o'nlab salmoqli maqolalari, da'vatkor nutq- suhbatlari va ularning ta'sirchan g'oyaviy mazmuni yetarli darajada o'rganilmagan.

TADQIQOT NATIJALARI

Biz ishimiz davomida Erkin Vohidovning turli yillarda yozilgan va bugungi kunda ham o'zining ijtimoiy-g'oyaviy qimmatini va tarbiyaviy-estetik ahamiyatini yo'qotmagan yetuk maqolalarini bevosita davr bilan bog'lab va shoirning badiiy asarlari va mashhur she'rlari bilan yaxlit holda o'rganishga harakat qilamiz. Erkin Vohidov ham o'z ijodini boshqa tengqurlari singari mustabid sovet tuzumining hukmron mafkurasi tazyiqlari kuchaygan davrda boshlagan. Ammo uning chuqur ramziy ma'noni ifodalovchi "Tong nafasi" deb nomlangan birinchi she'riy to'plami adabiyotimizga va xalqimizning ongu-shuuriga yangi bir erkin va ruhiy to'lqin olib kirganligini nafaqat hassos va talabchan tanqidchiadabiyotshunoslar, balki ziyrak kitobxonlar ham quvonch bilan tilga olishadi. Tug'ma nodir iste'dodi, shoirona o'tkir nigohi va olijanob orzu-niyatlari bilan adabiyot olamiga kirib kelgan Erkin Vohidov "Qalam" nomli dastlabki bir she'rida o'zining ijodiy dasturini, ya'ni adabiy-estetik kredosini ham ravshan bayon etadi:

Meni yurtim, davlatimga, xalqimga Xizmat qilmoq davlatiga yetkazding. Butun iste'dodi va qalb qo'rini el-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga bag'ishlagan E.Vohidovning ijodiy izlanishlari g'oyat samarali va mazmunli kechadi. Birinchi kitobidan so'ng oz o'tmay, shoirning mumtoz adabiyotimizning eng qadimiy janrlaridan bo'lgan g'azal janridagi rangbarang mavzu va g'oyalarni tarannum etgan go'zal she'rlaridan dastalangan "Yoshlik" devoni nashr etilishi ham adabiyotimizda quvonchli bir voqea bo'lgan edi. Ayniqsa, devondagi she'rlar ko'hna aruz vaznida qalam tebratuvchi yosh ijodkorlar uchun o'ziga xos bir mahorat maktabi bo'lib xizmat

Qalam, mangu hamroh bo'lding yo'limga,

Bir umrga hamroz bo'lding dilimga, Men shoirlik da'vosin qilmadim Ezgu maqsad seni tutdi qo'limga.

Sen mehrimni oq qog'ozga bitkazding,

Istagimni elga bayon yetkazding.

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

qilganligini deyarli barcha ustoz va zamondosh adiblar ham tan olganligini ta'kidlash lozim. Fikrimizning isboti sifatida ustoz ijodkorlarimizdan biri- O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning faxr bilan aytgan quyidagi so'zlarini keltirishni lozim opamiz: "Mana, bir necha o'n yillardirki, biz dilbar bir she'riyatning muattar havosidan bahramand bo'lib kelayotirmiz.

Men Erkin Vohidovni she'riyatda o'ziga xos sehr sohibi deb bilaman. O'lmas aruz vazniga bepisand qarash hali hukmron bir sharoitda mumtoz g'azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekiladi deya karomat qilishayotganda Erkin Vohidov birinchilardan bo'lib aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig' paydo bo'ldi. Shu ma'noda g'azalga tavajjuh bildirgan yoshlarimizga hozirgi zamon shoirlarimizdan Erkin Vohidov ijodi maktab bo'la oladiro

Ko'hna qasida janrining zamonaviy porloq namunasi bo'lgan bu asar she'riyatimizning yuksak bir cho'qqisi bo'lishi bilan birga hukmron kommunistik mafkura va mustabid tuzum uchun xavfli bir ma'naviy kuchga aylanganini ko'plab yetuk ziyolilarimiz va taniqli adabiyotshunoslarimiz faxr bilan eslashadi. Qasidada xalqimizning va buyuk ajdodlarimizning qonli va shonli kechmishi Erkin Vohidovga xos yuksak badiiy mahorat va haqgo'ylik bilan eng avj pardalarda kuylangan:

Misralarda ifodalangan keng ma'nomazmunni va ular zamiridagi o'kinch-armonlar va faxru-g'urur tuyg'ularini, afsuski, hammamiz ham haligacha chuqur anglab yetmaganimizni tan olishimiz kerak.

MUHOKAMA

Haqiqatan ham, ilmu fanda Beruniy, Ibn Sino, Farobiy va Ulug'bekdek buyuk siymolarimiz va she'riyatda Navoiydek tengi yo'q ajdodlarimiz bo'lsayu ammo xalqimiz o'z yurtida erkin bo'lmasa, bundan ortiq adolatsizlik va nohaqlik bo'ladimi? Sho'ro tuzumida mustamlaka siyosatiga qullarcha tobe xalqimiz o'zining buyuk ajdodlari va milliy qadriyatlari bilan faxrlanish uyoqda tursin, hatto ularning nomini tilga olishga ham botinolmasdi. Erksizligimiz shu darajada ediki, O'zbekistonday ona yurtimizda O'zbek tilimiz Davlat tili darajasida huquq va imkoniyatga ega emas edi. Darhaqiqat, bundan 50 yillar muqaddam yozilgan, ammo sobiq sho'ro davridagi hukmron mafkura tazyiqiga duchor bo'lib, shoirimizga qancha ta'nayu dashnomlar keltirgan "O'zbegim" qasidasida ham, eng avvalo, jafokash xalqimizning asriy orzu-armonlari chuqur hamdardlik bilan ifodalanganligi adabiyotimizda katta bir voqea bo'lganligi ayni haqiqat: Chindan ham, o'zbek dehqoni, o'zbek paxtakorlari asrlar davomida mashaqqatli mehnat qilib, million tonnalab paxta yetishtirib kelgan, ammo oqibat xalq hayoti qanchalar ayanchli kechganligini tarix ham tasdiqlaydi; "Muazzam Jayxunu Sayxun labida tashnalab qoldim, Kiyintirdim jahonni, jismi uryon, bekafan bo'ldim"- Darhaqiqat, o'zbek dehqoni, Erkin Vohidov she'rlari, maqola va suhbatlarida ro'yi-rost aytilganidek, o'z yeriga,

Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o'zbegim... Ko'hna tarix shodasida Bitta marjon o'zbegim. Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek Ko'ragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk- Qo'ydi narvon, o'zbegim.

Mir Alisher na'rasiga Aks-sado berdi jahon, She'riyat mulkida bo'ldi Shohu sulton, o'zbegim. Ilmu she'rda shohu sulton,

Lek taqdiriga qul, O'z elida chekdi g'urbat, Zoru nolon, o'zbegim.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

dalasiga o'zi xo'jayin emas edi. Bu achchiq haqiqat sobiq sho'ro davrida ham ko'plab realist shoir va yozuvchilarimizning yetuk asarlarida u yoki bu darajada ko'rsatilgan edi. Shoir iste'dodi va ijodining yana bir yorqin qirrasi, jo'shqin ijtimoiy- adabiy faoliyatining ibratli bir yo'nalishi uning publitsistik asarlarida- maqola va nutq-suhbatlarida namoyon edi. Ular allaqachon xalqimizning ma'naviy- ruhiy mulkiga aylanib, o'zligimizni anglashda ham muhim ahamiyatga ega. Erkin Vohidovning "Shoiru she'ru shuur"(1987) va "Iztirob" (1992) nomli to'plamlari ham uning xalq bilan birdamligi va hamnafasligining ibratli samaralaridir. Ular so'nggi yillar adabiyestetik tafakkuri rivojiga munosib hissa bo'lishi bilan birga, ma'naviyatimizni boyitib, ruhiyatimizni yuksaltirishda ham muhim manba bo'lib xizmat qilmoqda. Muallif "Iztirob" majmuasining vujudga kelishi va asosiy mazmuni haqida, jumladan, shunday yozadi: "El ichida yashab, elning orzuumidlari, kurashlari, shodlik va qayg'ularidan chetda turish mumkin emas. Jamiyat hayotining mavju dolg'alari hamma zamonlarda ham she'riyat 4 Yoshlik jurnali "Yo'l iztiroblari" 18.08.2016 y ahli yuragida aks etgan. Bu kitobni dastalar ekanman, bosib o'tgan hayot yo'lim ko'z oldimdan o'tdi. Unda ko'p o'nqir-cho'nqirlar, yanglishishlar, izlanishlar bor. Negaki boshimizdan kechirgan kunlarimizning o'zi notekis, murakkab, xatolarga to'la bo'lgan. "Biz haq so'zni aytish qiyin bo'lgan zamonda yashadik"4 . Shoir ning samimiyat va ichki bir armon bilan aytgan bu iqrori zamirida xalqimiz boshidan kechirgan, ammo oshkora aytolmagan dard-alamlari ham o'z ifodasini topgan. Erkin Vohidov ijodida xalqimiz yaqin o'tmishda boshidan kechirgan dolg'ali va g'amanduhli kunlarning haqqoniy manzaralari ham, Mustaqillikdan keyingi yorug' kunlarimizning buyuk ne'mat ekanligi ham o'zining teran ifodasini topgan va bular, shubhasiz, alohida o'rganishga munosibdir. Erkin Vohidov she'riyati hayot singari rang-barang bo'lganidek, uning maqola-nutqlari, suhbat va intervyularining ham mavzu doirasi keng va muammolari jihatidan ham xilma-xildir. Masalan, "Iztirob" to'plamining asosiy g'oyaviy mazmun-mundarijasini tashkil etgan yigirmadan ortiq maqola va suhbatlarning aksariyati onaVatanimiz va xalqimizning yaqin o'tmishi, hozirgi hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liq bo'lgan muammolarga bag'ishlanganligini alohida ta'kidlash lozim. Ya'ni ularda mehnatkash va dono xalqimizning ko'p yillik hayotiy tajribasi ham, jamiyatimizda ro'y berayotgan voqea-hodisalarga munosabati va mamlakatimiz ravnaqi yo'lidagi orzu-intilishlari ham haqqoniy ifodalangan.

XULOSA

Erkin Vohidovning teran g'oyaviy-badiiy ijodi va uning qizg'in ijtimoiy faoliyati xalqimiz va davlatimiz tomonidan yuksak qadrlandi. U "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan. 1999-yil 25-avgustda Erkin Vohidov vatanimizning eng yuksak mukofoti-"O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlanib, "Oltin yulduz" medali taqib qo'yilgan. Afsuski, beshafqat o'lim 2016-yil 30-may kuni xalqimizning asl farzandi, adabiyotimizning buyuk namoyandasi Erkin Vohidovni oramizdan olib ketdi. Bu- xalqimiz uchun, adabiyotimiz va ma'naviyatimiz uchun ham og'ir yo'qotish bo'ldi. Ammo donolar aytganidek, xalq qalbidan manguga joy olgan haqgo'y shoirning so'zi aslo zavol ko'rmaydi.

"O'lsa o'zi o'lar, So'zi o'lmaydi, Hamisha barhayot nasl shoirlar.

Haqiqiy shoirning qabri bo'lmaydi, Yurakka ko'milar asl shoirlar...(Muhammad Yusuf)

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi qaroriga asosan Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi mustaqil yurtimizda keng nishonlandi. Farg'onada

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

shoirning Uy muzeyi tashkil etildi. Marg'ilondagi so'lim madaniyat- istirohat bog'iga shoir nomi berildi. Prezidentimiz qaroriga asosan Erkin Vohidov nomi abadiylashtirilib, shoirga muhtasham haykal o'rnatilishi minnatdor xalqimizning chuqur hurmat-ehtiromi ramzi bo'lib qolajak.

REFERENCES

1. Abdulla Oripov. So'z sehri (1992) ZIYOUZ.COM 05.01.2016 y

2. Abdulla Oripov. So'z sehri (1992) ZIYOUZ.COM 05.01.2016 y

3. U.Qosimov, L.Sindorov, M.Nizomova "Adabiyotimiz sahifalari" Toshkent 10.02.2017 y 113 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.