Научная статья на тему 'MUMTOZ G`AZALIYOTINING ZUKKO DAVOMCHISI'

MUMTOZ G`AZALIYOTINING ZUKKO DAVOMCHISI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
140
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SHOIR / G`AZAL / BADIIYAT / MAVZU / MUHABBAT MAVZUSI / OBRAZ / JANR / SHE`RIY SAN`ATLAR / QOFIYA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Quryazova T.

Mazkur maqolada zamonaviy o`zbek adabiyotining o`zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri-shoir, tarjimon, publisist Matnazar Abdulhakimning g`azal janrida yozgan asarlari tahlilga tortiladi. Shoir g`azallaridagi mavzular qamrovi, ulardagi badiiy san`atlar masalasiga e`tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN INGENIOUS FOLLOWER OF MUMTAZ`S GHAZAL

Keywords: POET, GHAZAL, FICTION, THEME, LOVE THEME, IMAGE, GENRE, POETIC ARTS, RADIF, RHYME

Текст научной работы на тему «MUMTOZ G`AZALIYOTINING ZUKKO DAVOMCHISI»

Quryazova T.

Filologiya fakulteti talabasi

UrDU

Ilmiy rahbar: Rahimova B.B., f.f.n.

dotsent

MUMTOZ GAZALIYOTINING ZUKKO DAVOMCHISI

Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy o^zbek adabiyotining o^zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri-shoir, tarjimon, publisist Matnazar Abdulhakimning ghazal janrida yozgan asarlari tahlilga tortiladi. Shoir g^azallaridagi mavzular qamrovi, ulardagi badiiy san^atlar masalasiga e^tibor qaratilgan.

Kalit so^zlar: shoir, ghazal, badiiyat, mavzu, muhabbat mavzusi, obraz, janr, she"riy san"atlar, radif, qofiya.

Kuryazova T. student Faculty of Philology UrDU

Scientific adviser: Rahimova B.B., ph.f.n.

associate professor

AN INGENIOUS FOLLOWER OF MUMTAZS GHAZAL

Abstract: this article will analyze the works of one of the largest representatives of modern Uzbek literature- poet, translator, publicist Matnazar Abdulhakim, written in the ghazal genre. The coverage of topics in the poefs ghazelles is focused on the issue of artistic Arts in them.

Keywords: poet, ghazal, fiction, theme, Love Theme, image, genre, poetic arts, radif, rhyme.

Ko'p asrlik milliy-adabiy tajriba va tafakkur mahsuli bo'lgan adabiyotning barcha janrlarida odam va olamni, davr va shaxsni haqqoniy tasvirlash tamoyillari o'zgacha shakllarda namoyon bo'la boshladi. Badiiy tafakkur tarixiy-ijodiy xarakterga ega bo'lib, ijtimoiy-estetik ong tadrijini, muayyan adabiy jarayon xususiyatlarini aks ettiradi. Unda san'atkorning dunyoqarashi, ijtimoiy-badiiy fikr miqyosi, voqelikni estetik baholash tamoyillari mujassamlashadi. Har bir tarixiy davrda jamiyat rivoji tufayli yuzaga keluvchi ma'naviy-axloqiy ehtiyojlar badiiy tafakkurda ham o'zgarishlarni taqozo etadi, adabiy-intellektual qadriyatlarga yangicha qarashlar asosidagi munosabat shakllanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, milliy badiiy tafakkur bag'ridagi

mumtoz shakllarda an'ana, umuman, vorislik tarzi yanada boyitiladi, takomillashadi, zamonaviy mohiyat kasb etadi.

Ana shu tamoyillarni Sharq mumtoz adabiyotining ko'hna va keng tarqalgan janri - g'azal misolida ham ko'rishimiz mumkin. G'azal haqida qadimda ham, bugun ham ko'p va xo'p gapirilgan, devonlar tuzilgan, bayozlar bitilgan. G'azal janri haqidagi adabiyotlarda nazariy ma'lumot berilar ekan, so'z san'atkorlarining o'lmas ijodi haqida to'xtalar va ular ijodidan, g'azallaridan na'munalar keltirilar hamda hozirgi kunda ham g'azallar yaratilayotganligi, S.Abdulla, E.Vohidov, J.Kamolllarning g'azal an'analarini davom ettirib kelayotganligi qistirib o'tilardi, xolos. Holbuki, ushbu mavzu bilan shug'ullanish jarayonida boy material yig'dik va bugungi kun g'azallari ham anchagina bo'lib qolganligining guvohi bo'lamiz. Munaqqid Umarali Normatov : " E. Vohidovning " Yoshlik devoni" go'yo aruzning yangi hayoti boshlanganidan dalolat6",-deya to'g'ri bashorat qilgan edi. XX asr o'zbek she'riyatida S.Abdulla, J.Kamol, E.Vohidov, M.Abdulhakim kabi qator shoirlar tomonidan g'azalning betakror namunalari yaratildi. Shunday ijodkorlardan biri Xorazm adabiy muhitining yirik namoyandasi Matnazar Abdulhakimdir. U serqirra ijod sohibi - iste'dodli shoir, mohir tarjimon va izlanuvchan tadqiqotchi sifatida keng jamoatchilikka tanildi va el e'zoziga musharraf bo'ldi. Shoir badiiy va ilmiy tafakkur ufqlari qamrovli, fikr mohiyati teran, ifoda tarzi ravon ijodkordir. Uning she'rlarida yuksak estetik didi, voqelik va kechinmalarni badiiy kashf etish salohiyati yorqin ko'rinsa, ilmiy-ommabop maqolalarida adabiy merosni, xususan, o'tmish badiiy yozma qadriyatlarini chuqur anglash va idrok etish iqtidori namoyondir. Bunga shoirning "Iymon tuhfasi", "Ikkinchi muallim saboqlari", "Mangulik jamoli" asarlari dalildir. Ijodkor badiiy tarjima sohasida unumli faoliyat ko'rsatgan. U Shayx Najmiddin Kubro, Majididdin Bag'dodiy, Pahlavon Mahmud, Abulvafo Xoja Xorazmiy, Bedil, Ogahiy singari ustoz so'z san'atkorlari asarlarini fors tilidan o'zbek tiliga o'girgan. Bu tarjimalar asosida "Kim agar ozoddur", "Tabarruk tashrif", "Jamoling menga basdur" kitoblari maydonga keldi. Matnazar Abdulhakim ijodiy yo'nalishlarida she'riyat ustuvordir. Shoirning ilk she'rlar to'plami 1982 -yilda "Tiniq tonglar" nomi bilan chop etildi. To'plamdagi she'rlar uning o'ziga xos shoirona nigohi, voqelikni badiiy kashf etish salohiyati borligini ko'rsatdi va katta ijod yo'liga boshladi. Uning Toshkent va Urganch shaharlarida keyinchalik nashr etilgan "Fasllar qo'shig'i", "Mavj", "Qor qo'shig'i" to'plamlari uni keng kitobxonlar ommasiga tanitdi. To'plamdagi she'rlar mavzu jihatdan rang-baranglik kasb etib, mazmunan teranlashdi, uslubiy turfalik kashf etdi, falsafiy ruh bilan ziynatlandi.

90-yillar Matnazar Abdulhakim ijodida yangi bosqichning - yetuklik sari borishning boshlanishi bo'ldi. Bu davrda uning "Yonimdagi daryolar", "Qorachig'dagi dunyo", "Oydinlik", "Bir qujoq gul", "Yolg'iz yaproq" she'riy

6 HopMaTOB y. KyHra^apra KynraH meipHHT.-TomKeHT.2006.42 6.

to'plamlari kitobxonlar qo'liga tegdi. Bu to'plamlaming har birini shoirning nafosat chamanidagi o'ziga xos she'riy guldastasi deyish mumkin. Adabiy tafakkur birmuncha yangilangan, she'riyat siyosat quroli vazifasidan xoli bo'lib, haq so'zni aytish, inson va hayotni bo'y-basti bilan badiiy tadqiq etish boshlangan yillarda ijod maydoniga kirib kelgan shoir bu jarayonda davom etayotgan yangicha izlanish va adabiy-estetik qarashlar takomiliga munosib hissa qo'shmoqda. Uning "Javzo tashrifi", "Ko'prik" kitoblari hozirgi she'riyatni yanada boyitdi.

Matnazar Abdulhakim she'rlari, avvalo, mavzu qamrovligi, shakl rang-barangligi va poetik ma'no hamda shoir nigohining o'ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Ularning barchasiga xos mushtarak xususiyat esa voqelikka faol munosabat, undan chuqur hayotiy mazmun topish va uni go'zal, ta'sirchan ifodalashdir. Bunda shoir aruz va barmoq vaznlaridagi g'azal, to'rtlik, muxammas, doston kabi janrlar imkoniyatlaridan keng foydalanib, adabiy an'analarni ijodiy ulushi bilan boyitib, o'zidan boy adabiy meros qoldirdi. Olloh ato etgan iste'dod, xalq ijodidan bahramandlik, Sharq mumtoz va jahon adabiyotidan ilhomlanish sifatlarining o'zaro sintezi Matnazar Abdulhakimni ko'p qirrali ijorkor sifatida shakllantirdi. SHoir xalq donoligi namunalaridan ilhomlanar ekan, ularni takrorlashga emas, balki boyitishga, ma'no salmog'ini kengaytirishga intiladi. Shoirning 100 ga yaqin g'azali muallifning mohir g'azalnavis, uning sir-asrorini yaxshi bilgan ijodkor ekanidan dalolat beradi. Matnazar Abdulhakim ijodida ham oshiqona g'azallar asosiy o'rinda turib, ular, asosan, parokanda (har bayt o'zicha tugallangan mazmunga ega, ammo mantiq, vazn, qofiya, radif jihatdan o'zicha tugallangan mazmunga ega, ammo mantiq, vazn, qofiya, radif jihatdan birlikni tashkilqiladigan) g'azallar hisoblanadi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, shoir lirikasida bir qator voqeaband g'azallarga duch kelamiz. (Bunday g'azallarda ma'lum silsilaga tushgan, hayotiy voqealarning biror e'tirozi natijasida vujudga kelgan kayfiyatlar tasvirlanadi). Bunday g'azallarni kichik bir lavha deb bilmoq lozim. "Kelmas", "Yig'lar", "Kelsang", "Boshlanur" radifli g'azallar voqeaband g'azallar hisoblanib, shoir badiiy mahoratinihg yuksakligidan dalolat beradi. Shoir "Har kun" radifli g'azalida muhabbat haqida shunday so'z yuritadi:

Muhabbat bir g'ariblikdir, muhabbat bir viqor har kun,

Yurakda barqarordir ham azob, ham iftixor har kun7.

Muhabbat g'ariblik, dunyo hoy-u havaslaridan voz kechib, haq-haqiqat yo'lida adoyilik, vafoyilik va o'z navbatida ilohiy ohanglarga quloq berguvchi navoiylikdir. Bunday qalb musofirlik libosini kiyadi, maskani — mayxona. "Ishqda bo'ldim goh gadolar, goh shohlar",— deydi shoir Matnazar Abdulhakim. Gado holiga shohman deya hayqirguvchilar — dunyo ahli (haqiqiy ishqdan yiroq kishilar)dir. Ruhiyati koinot qadar ishqdan sarmast bo'lib yuksalganida shohlikni his qiluvchi - orif zotlardir. Orif dunyoviylik va

7 ProaeB Ш. Яшаб утди ёнимизда уч шoир//"Китоб дунёси" ra3eTaœ, 2013, фeврал.

ilohiylikni birlashtiradi, dunyo va oxirat chegarasida turadigan xilqat — har ikki taraf unda o'z aro muvozanatda aks etishi lozim..." Keyingi baytlardan birida shoir dunyo va nafsni o'zi uchun dor to'qiyotgan o'rgimchakka o'xshatadi: Raqib ishqingda o'ldim der, ishonma, chunki o'rgimchak Tirik qolmoq uchun qurgay o'ziga o'zi dor har kun. Matnazar Abdulhakimda ham ilohiy ishq, oshiq, mashuq, raqib obrazlari jonlangani holda, raqibni o'rgimchakka o'xshatish novatorlikdir.

Shoirning "Jonim" radifli g'azaliga diqqat qaratadigan bo'lsak, g'azalning matla'sidayoq tazod san'atidan ustalik bilan foydalanilganligining guvohi bo'lamiz:

Lovillar lolalar tog'lar tarafda bir fasl, jonim, Xazon umri muhabbatdan bahordir muttasil, jonim.

Tog'larda lolalar faqat bir fasl lovillashi va xazon umr muhabbatdan doimo bahor bo'lishi muqoyasa qilinadi.

Ikkinchi misraning o'zida ham yana bir qayta zidlanish yuzaga keladi. "Xazon umr muhabbatdan muttasil bahor". Xuddi shoir muhabbatsiz umr — xazon, ishq bilan doimo bahor demoqchiday. Ikkinchi baytda shoir tashbeh qiladi:

Bo'lib tutqun qutulgim yo'q, muqaddas bir qafasdir ishq, Xalos bo'lmoqni xohlarmi ko'ngilli hech asir, jonim.

Ishq — muqaddas qafas va lirik qahramon shu qafasga tutqun — asir bo'lish orzusida. Undan ko'ngilli asir bo'lib turib xalos bo'lishni xohlamaydi. Uchinchi baytda ijodkor irsoli masal san'atini qo'llaydi: Seni sevgach men o'z qalbimga ham bir e'tiqod qo'ydim, Bilingay o'tda oltin soxtami yoki asl, jonim.

"Oltin o'tda bilinar" — deydi dono xalqimiz. Chindan-da, o'zgani sevmoq, avvalo, o'zingga e'tiqod qo'yib o'zingni sevmoq, qayta-qayta kashf qilmoqdir. Keyingi baytda husni ta'lil san'ati yordamida original go'zallik yaratiladi.

So'zingdan g'am, ko'zingdan nur umrbod yodgor qoldi, Tikanlardan tikan, guldan qolur gullar nasl, jonim.

Bizga ma'lumki, ushbu san'at bir tushunchani unga umuman aloqasi bo'lmagan boshqa tushuncha orqali chiroyli dalillashdir. Tikandan tikan, guldan gul nasl qolishi tabiiy hodisa bo'lgani holda, oshiqqa yor so'zlaridan g'am, ko'zlaridan nur yodgor qolgani chiroyli dalillanadi.

Beshinchi baytda ana shu go'zallik tashbeh orqali yanada kuchaya boradi: Bahor o'xshar, quyosh o'xshar, chaman o'xshar jamolingga, Firoq ichra shirin borliq qilar achchiq hazil, jonim. Tasavvur qilaylikki, oshiq shunday bir shirin borliq ichidaki, bu borliqdagi hamma narsa bahor ham, quyosh ham, chaman ham tabassumi shirin jilvali yor jamolini eslatadi. Eslatibgina qolmay, jonli obraz sifatida ko'z o'ngimizda gavdalanib, achchiq hazil ham qiladi. Bu jonlanish tashxis san'atini yuzaga keltiradi. Tashxisdan tashqari, o'xshar so'zini takrorlash orqali qaytarish

san'ati, "shirin borliq" va "achchiq hazil" birikmalarini qo'llash orqali zidlanish san'ati bo'lgan tazoddan foydalanadi. Bu borliq boshqa qalam sohibida uchramaydigan go'zal obrazli borliqdir.

Shoir bir tomondan mumtoz she'riyat an'analariga tayangan holda, ikkinchi tomondan o'zining zamondosh g'azalnavislari izlanishlaridan ham bahramand bo'ldi va uning g'azaliyotida ikki qutb — an'ana va novatorlik vorislik asosida uyg'unlashdi. Shoirning mahorati shundaki, u g'azaliyotdagi takroriylikka betakrorlik bilan yanada sayqal berdi, uni yangi davr va yangi inson qarashlari bilan boyitdi. Matnazar Abdulhakim g'azaliyoti bugungi o'zbek g'azaliyotining tarkibiy qismi sifatida ardoqlidir.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Abdulhakim M. Tiniq tonglar.- Toshkent: Adabiyot va san'at, 1983.- 46 b.

2. Abdulhakim M. Javzo tashrifi. Toshkent: Sharq, 2008. -336 b.

3. Abdulhakim M. Ko'prik. -Toshkent: Yangi asr avlodi. 2009. -144 b.

4. Abdullayev H. Badiiy so'z fayzi.-Toshkent. 2009.-74 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.