Научная статья на тему 'QO‘QON ADABIY MUHITI IJODKORLARINING O‘ZBEK ADABIY TILI RIVOJIDAGI O‘RNI'

QO‘QON ADABIY MUHITI IJODKORLARINING O‘ZBEK ADABIY TILI RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
110
1580
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy til / shoir / badiiyat / mahorat / g‘azal / qit’a / maqol / bayt / did / rivojlanish

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zeboxon Bakirovna Qobilova, Dilzodaxon Axadjon Qizi Abdullayeva

Qo‘qon adabiy muhiti vakillari adabiyotimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shish bilan birga, o‘zbek adabiy tilimizning rivojida ham alohida o‘rin egallaydi. Mazkur maqolada aynan shu mavzu yoritilgan bo‘lib, asosiy xususiyatlari ochib berilgan. Jumladan, shoh va shoir Amiriy, malikayi davron Nodira, Uvaysiy, Fazliy, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy kabi bir qator muhit ijodkorlarining til rivojidagi o‘rniga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘QON ADABIY MUHITI IJODKORLARINING O‘ZBEK ADABIY TILI RIVOJIDAGI O‘RNI»

QO'QON ADABIY MUHITI IJODKORLARINING O'ZBEK ADABIY TILI

RIVOJIDAGI O'RNI

Zeboxon Bakirovna Qobilova Dilzodaxon Axadjon qizi Abdullayeva

QDPI

Annotatsiya: Qo'qon adabiy muhiti vakillari adabiyotimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shish bilan birga, o'zbek adabiy tilimizning rivojida ham alohida o'rin egallaydi. Mazkur maqolada aynan shu mavzu yoritilgan bo'lib, asosiy xususiyatlari ochib berilgan. Jumladan, shoh va shoir Amiriy, malikayi davron Nodira, Uvaysiy, Fazliy, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy kabi bir qator muhit ijodkorlarining til rivojidagi o'rniga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: adabiy til, shoir, badiiyat, mahorat, g'azal, qit'a, maqol, bayt, did, rivojlanish

THE ROLE OF THE CREATORS OF THE KOKAN LITERARY ENVIRONMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE UZBEK LITERARY

LANGUAGE

Zebokhon Bakirovna Kabilova Dilzodakhon Akhadjan kizi Abdullayeva

KSPI

Abstract: The representatives of the literary environment of Kokand make a great contribution to the development of our literature, and occupy a special place in the development of our Uzbek literary language. This article covers exactly this topic and reveals its main features. In particular, attention is paid to the role of a number of environment creators in the language development, such as the king and poet Amiri, the queen Nadira, Uvaisi, Fazli, Makhmur, Gulkhani, Muqimi.

Keywords: literary language, poet, artistry, skill, ghazal, continent, proverb, verse, taste, development

Muayyan milliy til tarixini yoritish uning taraqqiyotiga, o'ziga xos qiyofa kasb etishiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan adabiy hodisalarni alohida tadqiq etishni talab etadi. O'zbek adabiyotining ana shunday hodisalaridan biri XVIII-XIX asrlarda shakllanib, o'z atrofida yuzga yaqin ijod ahlini birlashtirgan, serqirra va jo'shqin madaniy hayot markazi sifatida millat tarixida chuqur iz qoldirgan Qo'qon adabiy muhitining yuzaga kelishidir. Mazkur muhitning paydo bo'lishi va taraqqiyoti shoh-shoir Amir Umarxon

I icclT^^^^H 25 wpjournal.dsmi-qf.uz

nomi bilan bog'liq bo'lib, u o'z davrining yirik davlat arbobi va zabardast ijodkori bo'lgan. Mutaxassislar Umarxon davri adabiyotini XV asrdagi Husayn Boyqaro boshchiligidagi Hirot adabiy muhitiga bo'ylashgan adabiy-estetik voqelik bo'lganligini ta'kidlaydilar. Ahmad Zakiy Validiy Qo'qonda Amir Umarxon, Xivada Muhammad Rahimxon Feruz davrlarida Navoiy zamonasidagi muhit mavjud bo'lganligini e'tirof etadi. Akademik A.Qayumov Qo'qon adabiy muhitining mintaqaning boshqa adabiy muhitlaridan farqlovchi xususiyatlari haqida fikr yuritarkan, mazkurlardan biri bu muhitda o'zbek tilining yetakchi mavqe'da bo'lganligi ekanligini alohida ta'kidlab shunday deydi: "...aynan Qo'qon adabiy muhitida mintaqadagi boshqa rasmiy tillar - arab va fors-tojik tillari orasida o'zbek tili yetakchilikni qo'lga kiritdi. Bu yerda juda ko'p o'zbek shoirlari kamolga yetishib, ona tillari bo'lgan o'zbek tilida devon tuzgan shoirlar yetishib chiqdilarki, ularga haqli ravishda Amiriy va Nodira boshchilik qilishardi."[5, 9]

Darhaqiqat, Vadud Mahmud Amiriy va Nodira davri adabiyotini chig'atoy adabiyotining "Ikkinchi oltin asri" deb baholagan bo'lsa, Fitrat "Umarxon zamonida adabiyot yangidan bosh ko'tardi" deydi.[4, 59] Bu davrdagi ijod ahli orasida Fazliy, Ado, G'oziy, Hoziq, Mushrif, Fayziy, Akmal, Maxmur, Gulxaniy,Oshiq, Vazir, Nola, Ma'yus, Mujrim, Ramziy, Afsus, Miriy, Nodir-Uzlat, Ravnaq, Hotif, Xijlat, Xon, Uvaysiy, Dilshodi Barno kabi o'zbek va tojik tillarida qalam tebratgan iste'dodli so'z ustalari bor edi. Amiriyning o'zi ham o'zbek va tojik tillarida birday mahorat bilan qalam tebratgan zabardast zullisonayn shoir sifatida serqirra va sermahsul faoliyat sohibi o'laroq go'zal baytlar bitgan. Bir g'azalida: "Amir she'rlarini ko'rsang, sira taajjub qilma, bu nozik tab'u salim zehn Haqning marhamatidandir", deydi: Taajjub qilmag'il nogah Amir abyotini ko'rsang, Bu tab 'i noziku zehni salim imdodi Rabdindur. [1, 114]

Navoiyning insonning tug'ma tabiatini ming bir tarbiya bilan ham o'zgartirib bo'lmasligi haqidagi mashhur qit'asi bor. "Nokas kishi bo'lmaslikda va nojins kishi jinsi bo'lmaslikda" deb nomlangan qit'aning mazkur 3-4-misralarida kuchuk bilan xo'tikka har qancha tarbiya bergani bilan ulg'ayib ularning biri it bo'ladi, boshqasi eshak" deya, "inson" bo'lishga alohida urg'u bergan: Kim, kuchuk birla xo'dukka necha qilsang tarbiyat, It bo'lur, dog'i eshak, bo'lmaslar aslo odami

Bu teran hayotiy haqiqatga asoslangan hikmat darajasidagi qit'a ko'plab qalam ahliga ta'sir ko'rsagan. Nozikta'b shoh Amiriyning mana bu baytida ushbu mavzuning mutlaqo yangicha talqinini ko'ramiz:

Tarbiyat qilg'on bila noasl bo'lmas odamiy

Ipni yuz alvon bila rang etsa, bo'lmasdur ipak [1, 178]

"Tarbiya qilgan bilan noasl kimsa sira odam bo'lmaydi, chunki ipni yuz rangga bo'yagan bilan u ipakka aylanib qolmaydi"

I ihSi^^Bl 26 wpjournal.dsmi-qf.uz

Amiriyning alohida bayt, g'azallari ko'zdan kechirilsa, bir qator quyma ifodalar, xalqona ibora va hikmatlarga ham duch kelinadi: "bo'lsun salomat boshingiz", "Xam bo'lib, ta'zim etib, yer o'pti farmoningda qosh", "Rasmdur elga buzuq manzilni obod aylamoq", "dardu g'am devorida qolg'on somon derlar", "firoqida behidek sarg'ayib", "Azmi zafar etgan chog'i bo'lsun Xizr yo'ldoshingiz", "Ko'z uchidin bir nigoh, ey sho'x, ehson qilmading", Xaddin oshti bu eshikda shay'alillohim maning", "Shishakim tosh ostig'a tushti, nechuk qolg'ay butun" kabi xalqona ifodalar, hikmatlar qochirimlar badiiy tasvir vositalari bilan ziynatlangani yoki ular o'rnida kelganidan muayyan bayt yoki g'azalning ta'sirchanlik darajasi oshgan va shoirning badiiy mahoratini belgilovchi omillardan biriga aylangan. Amiriy ijodida radiflarning yangilanganiligini kuzatish mumkin. Chunonchi, "sallamno", "tamosho", "zeb", "tebranib", bosh uzra qiyg'och", "o'ldi o'xshaydur", "gulnor", "ustindadir", "qilmoq nadur?", "anor", "qildi soz", "qarou qirmiz", "demas", "etmas", "do'ndurmish", "lutf", "o'lturgudek", "kiprik", "ko'rguzung", "qoshllaring", "andisha qil", qoshlaring", tamosho qil", "kokul", "sog'indim", "qilon", aylay bukun", "shirin", "bor ekan", "topti jon", "o'xshotma", "uchradi nogah", "qadrini", , "mendin o'rgandi", "pari", "aylamay naylay", "qiloli", "hay-hay", "ey qumri", "nechuk qilsun?", "biri" kabi radiflar faqat Amiriy ijodiga xos bo'lib, keyingi davr shoirlari Amiriydan keyingina mazkur radiflarda g'azallar bitilgan. Radiflarda asosan o'zbekcha so'zlarining qo'llanilishiga alohida ahamiyat bergan. Bundan tashqari, Amiriy bir baytida hattoki, xizmtida turgan har bir insonni sharaflab bunday yozgan edi: Mulki dil amiraman,ishq shahrining shohi,Har biri Filotundur dargahimda chokarlar" . Amiriyning "Malik ush-shuaro"si Fazliy qatorida ana shunday saroy xizmatchilaridan Gulxaniy va Maxmur ham o'z ijod namunalari davomida o'zbek tilining rivoji uchun munosib hissa qo'shdilar. Shoh va shoir topshirig'i bilan Fazliy "Majmuai shoiron" tazkirasini tuzdi. Ushbu tazkira tazkiranavislikdagi muhim ulush hisoblanib, ko'plab muhit ijodkorlarining hayoti va ijod namunalarining yetib kelishida va o'rganilishida muhim manbadir. O'tkir hajv ustasi shoir Maxmur o'zining mulamma', ikki tilda she'r yozish usulida she'rlar bitgan bo'lsa, Gulxaniy 4 o'zbekcha g'azali hamda "Zarbulmasal" asari tarkibidagi "Tikonsiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo'lmas", "So'zni aytg'il uqqang'a, jonni jong'a suqqang'a", Katta arava qaydan yursa kichik arava shundan yuradi", "Yolg'iz otni changi chiqmas, changi chiqsa ham dong'i chiqmas", "yaxshilar topib so'zlar" kabi to'rt yuzdan ortiq maqollari bilan tilimizning xazinasini boyitdi. Ular hozirda ham o'z ma'no qirralarini yo'qotmay kelmoqda.

O'zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi barcha ulkan so'z san'atkorlari - Uvaysiy, Nodira, Dilshodi Barno, Mahzuna, Anbar otin singari shoiralarning deyarli bir paytda Amiriy adabiy maktabidan yetishib chiqqanligi takrorlanmas hodisadir. Ayol ijodkorlar ham asarlarida o'zbek adabiy tilining rivoji uchun u yoki bu darajada xizmat ko'rsatishdi. Uvaysiy o'zbek tilida "Karbalonoma" dostonini yozdi. Qo'qon malikasi

I jbÄÜ^^Bl wpjournal.dsmi-qf.uz

Nodira muhabbatni asrab-avaylashga, mazkur his insonning odamiyligini ta'minlovchi tuyg'u ekanligini ta'kidlab shunday yozadi:

Muhabbatsiz kishi odam emasdur.

Gar odamsan muhabbat ixtiyor et.[2. 98]

Qo'qonning so'nggi xoni Xudoyorxon davrida ham Amiriyning ona tilini qo'llab-qavvatlash ruhidagi an'analari davom ettirildi, jumladan, bu davrda saroy devonda o'zbek tilida yozishmalar olib borilishiga erishildi. Jumladan, Qo'qon adabiy muhitining keyingi davr ijodkorlaridan Furqat, Muhyi, Muqimiy, Zavqiy kabi bir qator serqirra ijodkorlari ham o'zbek adabiy tilining taraqqiy etishida xizmat ko'rsatgan. Dunyo kezgan keng fikrli Furqat ijodida zamonaviylashuv, o'zgarishlarga intilish, xalqning ma'naviyatiga ta'sir ko'rsatish kabi g'oyalar adabiy tilimizni go'zalliklar bilan boyitgan bo'lsa, Muqimiy adabiyotimizga "Sayohatnoma" janrini olib kirib, so'z birikmali radiflarni mahorat bilan qo'lladi. Jumladan, mazkur baytda to'rt so'zdan iborat radif keltirgan.

To jilva qildi, ulpari, men mubtalo qayda boray?

Emdi degaykim, bor nari, men mubtato qayda boray?[3, 89]

"Muqimiy radiflari, asosan, tilimizdagi xalqona oddiy va sodda so'zlar va so'z birikmalarini mahorat bilan qo'llash asosida yaratilgan. Ularda "bor ekan mundog'", "aylansun quling", "o'rgulsun qulung", "oxunim", "bo'lsun omon", kabi erkalash ohangidagi, "afandim", "toleim", "qiron kelsun", "aroba qursin", "aralash", "qalay", "o'lsun bu ot," kabi kinoya yo'sinidagi radiflarga ham duch kelamiz" [8, 341]

Qo'qon adabiy muhiti vakillari ijod namunalarining lingvistik, poetik, tarixiy ilmiy-nazariy muammolari tahlil va yechimlari "Amiriy va Qo'qon adabiy muhiti" (2017), "Alisher Navoiy va Qo'qon adabiy muhiti" (2021), "Qo'qon adabiy muhitida ayollar she'riyatining o'rni" (2021), "Qo'qon adabiy muhiti va uchinchi Renessans"(2022), "Turkiy xalqlar adabiyoti: adabiy aloqalar, adabiy ta'sir va tarjima" kabi Xalqaro va Respublika miqyosida o'tkazilgan anjuman materiallarida ham o'z ifodasini topdi. Qo'qon adabiy muhiti vakillari hayoti va adabiy faoliyatini har taraflama chuqur o'rganish va bir majmuada birlashtirish maqsadida 2022-yil davomida amalga oshirilgan "Qo'qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo'yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish" nomli grand loyihamiz alohida ahamiyatga molik. Ushbu loyiha natijasida "huqandadab.uz"[9] platformasi ishga tushirilib, muhit vakillari hayoti, asarlari, bu boradagi turli yo'nalishlardagi tadqiqotlar o'rin olgan holda ommaga taqdim etildi. Loyiha davomida "Qo'qon adabiy muhiti ijodkorlari antologiyasi", "She'r va sharh" asarlarining 1-kitoblari nashrdan chiqdi.

Qo'qon adabiy muhiti tuganmas xazina. Bu xazinani nafaqat adabiyotshunoslik, balki tilshunoslik guqtai nazaridan ham o'rganish zarurati bor. Bugungi kunda Muqimiy va Zavqiy asarlarining lingvistik xusuiyatlari o'rganilmoqda. Agar mazkur

28

wpjournal.dsmi-qf.uz

muhitda 300 dan ziyod qalam ahllari ijod qilganini e'tiborda tutsak, qilinadigan ishlar yaqqol namoyon bo'ladi. Uylaymizki, yosh tadqiqotchilar bu sohada g'ayrat qiladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Amiriy. Devon. - T: Tamaddun (nashrga tayyorlovchilar: Qobilova Z., Davlatov O., Madaminov A., Ergashev O.). 2017.

2. Nodira. Devon. - T: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 1968.

3. Muqimiy. To'la asarlar to'plmi. Tuzuvchi: Turdaliyev A. -Toshkent: Iqtisodiyot. 202l.

4. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. II jild (Ilmiy asarlar). - Toshkent: Ma'naviyat, 2000.

5. Qayumov A. Amiriy - Qo'qon adabiy muhitining asoschisi // "Amiriy va Qo'qon adabiy muhiti" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. -T: Tamaddun, 2017

6. Qobilova Z va boshqalar. Qo'qon adabiy muhiti ijodkorlari antologiyasi. -Toshkent: Tamaddun-2022.

7. Qobilova Z. Badiiy ijodda ta'sir va izdoshlik. Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim yetilgan dissertatsiyasi. - Farg'ona, 2021

8. Tursunova N. Muqimiyning radif qo'llash mahorati // "Qo'qon adabiy muhiti va Uchinchi Renessans" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. -T: "Tamaddun", 2022.

9. http://huqandadab.uz/

29

wpjournal.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.