Scientific Journal Impact Factor
О
"DEVONI NIHONIY"DA O'G'UZ LAHJASI UNSURLARI
Sevara Baratova O'zRFA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi, [email protected]
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning "Devoni Nihoniy" she'riy to'plamida uchraydigan o'g'uz unsurlariga misollar ko'rsatilgan. Uning nazmiyotida o'g'uz lahjasi elementlarining keng miqiyosda uchrashi isbotlangan. Nihoniy"dagi she'rlarning til xususiyatlari o'zbekcha so'zlar bilan bir qatorda, forsiy va arabiy so'zlar, o'zbek tilining qarluq, qipchoq va o'g'iz lahjalariga oid bo'lgan so'zlardan tashkil topganligi. Shoir ijodida o'g'uz lahjasiga dahldor so'zlar salkam 20 foizni tashkil qilishi. Shoir she'riyatining til boyligida o 'g'uziy til unsurlarining mo 'l qo 'llanganining asosiy omillari dalillangan. "Devoni Nihoniy" she'riy to'plamidagi o'g'uzcha so'zlarning morfologik, leksik tomonlari solishtirilgan. O'g'uz unsurlarning badiiy so'z sifatida ishlatilganligi misollar orqali keltirilgan. Shoir qarluq lahjasiga oid so'z-shakllarni o'g'uz lahjasining morfologik shakllariga solib istifoda qilganligi shoir mahoratini ifodasi sifatida dalillangan.
Kalit so'zlar: "Devoni Nihoniy", o'g'uz lahjasi, lisoniy unsurlar, fonetik, morfologik, leksik
Аннотация: В статье приводятся примеры огузских элементов из сборника стихов Хамзы Хакимзода Ниязи «Девони нихоний». Его поэзия доказывает широкий спектр элементов огузского диалекта. Лингвистические особенности стихов на Нихонийском языке состоят из узбекских слов, а также персидских и арабских слов, слов, принадлежащих карлукским, кипчакским и огузским диалектам узбекского языка. В творчестве поэта почти 20% составляют слова, относящиеся к огузскому наречию. Обоснованы основные причины богатого использования элементов огузского языка в языковом богатстве поэзии поэта. Сопоставлены морфологические и лексические аспекты огузских слов в сборнике стихотворений «Девони нихоний». Приведены примеры использования огузских элементов как художественных слов. Использование поэтом карлукского диалекта в морфологических формах огузского диалекта является свидетельством его мастерства.
Scientific Journal Impact Factor
О
Ключевые слова: Девони Нихоний, огузский диалект, языковые элементы, фонетический, морфологический, лексический.
Abstract: This article gives examples of Oghuz elements found in Hamza Hakimzoda Niyazi's collection of poems "Devoni Nihoniy". His poetry proves the wide range of elements of the Oghuz dialect. The linguistic features of the poems in Nihoniy consist of Uzbek words as well as Persian and Arabic words, words belonging to the Qarluq, Kipchak and Oghuz dialects of the Uzbek language. In the poet's work, the words related to the Oghuz dialect make up almost 20%. The main reasons for the rich use of the elements of the Oguz language in the richness of the poet's poetry are proved. The morphological and lexical aspects of the Oghuz words in the collection ofpoems "Devoni Nihoniy" are compared. Examples are given of the use of Oguz elements as artistic words. The poet's use of the Qarluq dialect in morphological forms of the Oguz dialect is a testament to the poet's skill.
Keywords: ".Devoni Nihoniy ", Oghuz dialect, linguistic elements, phonetic, morphological, lexical
"Devoni Nihoniy" Hamza Hakimzoda Niyoziyning 1914-1915 yillarda tuzilgan she'riy to'plami sanaladi. Unda shoiming 1905-1914 yillarda bitgan aruziy she'rlari jamlangan. Shuni alohida e'tirof etish joizki, Hamzaning ushbu she'rlari an'anaviy yo'llarda bitilgan bo'lib, janr jihatidan qaralganda, unga 150 ta g'azal, shuningdek murabba, muxammas va musaddaslar kiritilgan. SHe'rlarining aksariyati o'zbekcha, qisman tojik tilida yozilgan aruziy she'rlari ham mavjud.
"O'zbek tili juda boy adabiy an'anaga ega. O'zbek xalqining butun tarixi davomida yaratgan yozma yodgorliklari o'zbek tilini o'rganish uchun, uning turli davrlardagi taraqqiyot bosqichlarini belgilash uchun boy material beradi", - deb yozadilar universitet va pedagogika institutlari uchun dialektologiya fanidan darslik yozgan mualliflar (Reshetov,"Shoabdurahmonov", 1978: 232). Mazkur fikrni B.To'ychiboev, B.Hasanovlar yozgan darslikda ham uchratish mumkin. (To'ychiboev, "Hasanov", 2004: 112) Shu jihatdan qaralganda, Hamzaning bu devoni alohida mavqe tutadi. Darhaqiqat, "Devoni Nihoniy"dagi she'rlarning til xususiyatlari - lisoniy zaxirasiga nazar tashlansa, unda an'anaga muvofiq tarzda o'zbekcha so'zlar bilan bir qatorda, forsiy va arabiy so'zlar, o'zbek tilining qarluq, qipchoq va o'g'iz lahjalariga oid bo'lgan so'zlardan tashkil topganini ko'rish mumkin. Agar e'tiborni o'zbek tiliga tegishli bo'lgan so'zlar galareyasiga qaratsak, salaflari va boshqa shoirlarga qaraganda, o'g'uz lahjasiga tegishli bo'lgan so'zlar
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
0
katta qismni tashkil qiladi. Umuman olganda, Qo'qon adabiy muhitida o'g'uz lahjasiga aloqador bo'lgan lisoniy unsurlar Hamza Hakimzodaga qadar ham she'riyat tilida keng istifoda etib kelingan. To'g'rirog'i, bu jarayon Qo'qon adabiy muhitining XIX asr shoirlarining asarlaridan boshlangan. O'g'uz lahjasiga daxldor bo'lgan lisoniy unsurlar dastlab shoir G'oziy asarlarida uchragani buni tasdiqlaydi. Keyinchalik bunday holat Amiriy, Fazliy, Gulxaniy, Maxmur, Hoziq, Ado, Xotif va yana boshqa shoirlar she'riyatida ham bardavom bo'ldi. Buning ayrim bir sabablari borga o'xshaydi. Birinchidan, XIX asrning birinchi yarmida Qo'qonda hukmdor Amiriyning rahnamoligida adabiyot anchayin rivoj topgan. Fazliyning "Majmuai shoiron" tazkira-antologiyasida ko'rsatilishicha, Amiriy zamonasida Qo'qonda saksondan ziyod shoirlar ijod qilgan va ko'proq payrov rusumidagi she'rlar yozganlar. Agar Amiriy biror bir she'r bitgan bo'lsa, bir necha shoir uning ana shu she'riga nazira (o'xshatma) bitgan. Tabiiyki, Amiriy istifoda qilgan o'g'uz elementlari (qofiyada, radifda, misralarning boshqa o'rinlarida) o'z-o'zidan tatabbu' qilingan she'rlarga ham ko'chib o'tgan. Ikkinchidan, ana shu o'g'uz til unsurlarining Amiriy she'riyatida joriy bo'lishi bevosita hududlararo aloqalarga ham borib taqaladi. Bu davrda Amiriy devoni usmonli turklar qo'liga ham borib etgan va u erda kitobot qilingan. Amiriy she'rlariga uchinchi ta'sirni Qo'qon xonligining Xorazm xonligi bilan durust aloqada bo'lganligi bilan asoslash mumkin. To'rtinchi ta'sir esa, Qo'qon adabiyotida Fuzuliy, Maxtumquli, Nasimiy nazmiyotining keng tarqalgani deb ko'rsatsa bo'ladi.
Hamzaning "Devoni Nihoniy"sidagi turli aruziy she'rlar an'anaviy bo'lganini hisobga olinsa, quyidagi omillar uning nazmiyotida o'g'uz lahjasi elementlarining keng miqiyosda uchrashini isbotlaydi:
1. Devondagi aksariyat she'rlar Amiriy tamal toshini qo'ygan Qo'qon adabiy muhitining shoirlari she'rlariga o'xshab ketadi. Natijada, ular istifoda qilgan o'g'uziy til unsurlari shoir she'rlariga ham ko'chib o'tgan.
2. Shoir she'riyatining til boyligida o'g'uziy til unsurlarining mo'l qo'llanganining ikkinchi omili Hamza yashagan davrda jadidchilik harakatining avj olishi bilan aloqadordir. Jadid gazeta va jurnallarining mintaqada keng tarqalishi, tatar o'g'uzlarining ma'rifatchilik harakatlari tufayli shu davrda ijod qilgan qator adiblar nazmi, nasri va dramaturgiyasiga, hattoki publitsistikasi, darsliklariga-da o'g'uz tili elementlari keng yo'sinda kirib kelgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Scientific Journal Impact Factor
O
3. Hamza Hakimzodaning (va boshqa ijodkorlarning ham) o'g'iz lahjasining fonetik, morfologik hamda leksik unsurlaridan o'z asarlarida keng qo'llashiga Ozarboyjon teatrlarining O'rta Osiyo bo'ylab gastrollarga kelishi, "Arshin molchi", "Qaynona" va boshqa sahna asarlarini ommaga namoyish qilishi ta'sir qilgan ko'rinadi.
4. SHu bilan birga, madrasalar, eskicha va yangicha maktablarda o'g'uz shoirlari, ayniqsa, Fuzuliy she'rlarining o'qitilishi, joylarda fuzuliyxonliklarning bardavom bo'lishi, qisqasi, adabiyot orqali tilga ta'sir jarayoniga keng yo'l ochilgani sabab bo'lgan.
5. Hamzaning Xorazm shoirlari bilan yaqin aloqada bo'lishi ham uning asarlarida o'g'uz til elementlarining o'rin olishiga sabab bo'lgan.
Ayrim misollarga murojaat etib ko'ramiz:
Hamzaning bir g'azali 8 bayt bo'lib, unda jami 107 ta so'z ishtirok etgan bo'lsa, shundan o'g'uz lahjasiga dahldor so'zlar salkam 20 foizni tashkil qiladi. Bular: "vor" (bor) - bu so'z radif sifatida 9 marta, matn ichida bir marta - "vormi" morfologik shaklida ishlatilgan. "ban" (man, men) olmoshi ikki marta istifoda qilingan. Shu g'azaldagi o'g'uzcha so'zlarni bir tizimga solinsa, quyidagilarni kuzatish mumkin:
a) "vor" (bor) modal so'zi:
Ayo shohi karam, vormi banga ehson ishongudek, Xayoling rishtasidan ahdi yolg'on tilgromim vor. (Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1988: 219)
b) "ban" (men) olmoshi: SHu baytda jo'nalish kelishigi shaklida kelgan:
Ayo shohi karam, vormi banga ehson ishongudek, Xayoling rishtasidan ahdi yolg'on tilgromim vor. (Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1988: 219)
v) "cho'x" (ko'p) daraja miqdor ravishi:
Firoqing vahshati qildi vatandan oqibat mahrum,
Xabarsizsan, judolig' o'tidan cho'x-cho'x azobim vor. (Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1988: 219) g) "edarsan" (etarsan) fe'li:
Raqibim ta'nidin uzlatni ixtiyor etdim,
Agar insof edarsan ol xabar, o'lsam savobim vor. (Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1988: 219)
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
d) "bing" (ming) soni:
Xarob etmak ne maqsuding manga tubsiz vafolardan, Ramuzin bilmadim bu va'dalardan bing gumonim vor. (Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1988: 219)
e) "na" (nima) so'roq olmoshi:
Na so'zlar deb g'arazgo'ylar qatori ko'rmasang, jonon, Qulog'ingdin tutib bir so'rgali arzi Nihonim vor. (Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1988: 219)
Shu bilan birga, g'azal matnida shoir qarluq lahjasiga oid so'z-shakllarni o'g'uz lahjasining morfologik shakllariga solib istifoda qilganini ham ko'rish mumkin. Masalan, "so'rashga" so'zidagi harakat nomini "so'rmog'a", "kuyayotgan" hozirgi zamon fe'lini "kuymisham", "olishga" so'zidagi harakat nomini "olurga", "saboq" otini "sabaq" tarzida qo'llangani bu fikrni isbotlaydi.
Bulargina emas, Hamza Hakimzoda "Devoni Nihoniy"ning deyarli barcha she'rlarida o'g'uz lahjasiga doir so'zlarga keng o'rin bergan. Masalan, devonning hamd g'azalida ham o'ndan ziyod o'g'uz lahjasiga tegishli so'zlar uchraydi. G'azalning matlasidayoq bu holat seziladi. Bu lahjaga doir so'zlarning leksik va morfogik qurilishida ko'rinadi:
Nahri ashkim vor ta'sir aylamaz noring bango,
Lutfu ehson damda bergan qahri ozoring bango. (Hamza Hakimzoda Niyoziy, 1988: 219)
Shu g'azalda yana "eton" (etgan), "vermaz" (bermas), "ban" (men), "qo'y banim" (meni qo'y) kabi o'g'uz elementlari ham keladi. Keyingi g'azallarda "o'lgondir ango" (bo'lgandir unga), "taqvoya" (taqvoga), "bing kas o'lurmish" ( ming odam bo'lsa), "boq" (qara), "qo'rqmam" (qo'rqmayman), "qo'rqam" (qo'rqaman), "nalar" (nimalar), "og'lab" (oqizib), "o'lmayan" (o'lmagan), "daryoya" (daryoga), "alingdan" (qo'lingdan), "yo'xlab" (yo'qlab), "onlar birla" (ular bilan), "o'xshayur" (o'xshaydi) singari leksik va morfologik unsurlarning badiiy so'z sifatida ishlatilganini kuzatish mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Hamza Hakimzodaning "Devoni Nihoniy"sidagi o'g'uz lahjasiga oid so'zlarning bu qadar ko'p va xo'b ishlatilishi she'rlarining so'z boyligini yanada oshirgan va undagi malohat va fasohatni kuchaytirgan. Natijada, she'rlardagi so'z orqali yuzaga keladigan musiqiylik alohida mavqe tutgan va shoir mahoratining o'ziga xos ko'rinishi sifatida namoyon bo'lgan.
Scientific Journal Impact Factor
0
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)
1. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O'zbek dialektologiyasi. - T.: O'qituvchi, 1978. B. 232.
2. To'ychiboyev B.B., Hasanov B. O'zbek dialektologiyasi. T.: 2004. B.112.
3. Hamza Hakimzoda Niyoziy. Mukammal Asarlar to'plami. To'rt tomlik, I Tom. -T.: Fan, 1988, B. 219.