MUQIMIY HAYOTI VA IJODIGA NAZAR
M.Madumarova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutitning Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek realizmining asoschilaridan biri Muhammad Aminxo'ja Muqimiy, uning ziddiyatli hayoti va ijodiy yo'li haqida qisqacha ma'lumot berilgan. Muqimiy yashab ijod qilgan davrning adabiy hayoti va bu muhitning Muqimiy ijodiga ta'siri haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: shoir, satirik, shoirli iqtidori, madrasa, o'zbek adabiyoti, demokratik yo'nalish, g'azal, muxammas, hajviy asar
A VIEW OF HIS REAL LIFE AND CREATION
M.Madumarova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article provides brief information about one of the founders of Uzbek realism, Muhammad Aminkhoja Muqimi, his controversial life and creative path. The literary life of the period in which Muqimi lived and worked and the influence of this environment on Muqimi's work are discussed.
Keywords: poet, satirist, poetic talent, madrasa, Uzbek literature, democratic direction, ghazal, mukhammas, comic work
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy - o'zbek yozuvchisi, shoir, satirachi hamda shu bilan bir qatorda o'zbek realizmi asoschilaridan biri edi. Shoirning "Muqimiy" taxallusi - "doimiylik" degan ma'noni anglatadi. Muqimiy taxallausi orqali tanilgan Muhammad Aminxo'ja 1850 yil (aniq tug'ilgan sanasi hanuz aniqlanmagan) Qo'qonda, Mirzaxo'ja novvoy oilasida tavallud topgan. Muhammad Aminxo'ja oiladagi besh nafar farzand ichida yolg'iz o'g'il farzand edi. Muqimiyning onasi Oyshabibi o'qimishli, ziyoli, ajoyib ta'limga ega, xalq og'zaki ijodini juda yaxshi bilgan, va shu fazilatlari bilan bir qatorda iqtidorli shoira ham bo'lgan. Aynan shu ayol tufayli Muqimiyda yoshlikdan shoirona iqtidor rivojlanadi. Onasi o'g'lini Alisher Navoiy, Hofiz Jomiy kabi ijodkorlar qiyofasida sharq mumtoz adabiyoti bilan tanishtiradi va umrining oxiriga qadar ularga bo'lgan muhabbati saqlanib qoladi. Muqimiy o'zining birinchi ilk she'rlarini o'n yoshida yozishni boshlaydi.
1865 yil Muqimiyning ma'naviy rahnamosi va har tomonlama ko'mak berib turuvchi onasi vafot etadi. Buning natijasi o'laroq Muqimiyning she'rlarida erta hayotdan ko'z yumgan onasiga nisbatan motam soyasi seziladi.
I ¡bOH^^Sl 32 wpjournal.dsmi-qf.uz
1872 yil Qo'qon madrasasini tamomlab, Muqimiy Buxoro shahriga ketadi va mashhur Muxtor oyim madrasasida ta'limni davom ettiradi. Madrasadagi o'qishi davrida u fors tilini mukammal egallaydi, she'r yozish uslublarini o'rganadi, turli fanlar bo'yicha o'z bilimini kengaytiradi. Madarasadagi ta'limi uning ma'naviy rivojlanishida katta rol o'ynadi. Aynan o'sha yerda u ko'p ijod qilgan, uning she'rlarida buyuk shoirlarga taqlid seziladi, ammo taqlid oynagi ortida shoirning g'ayritabiiy, o'ziga xos tovushi eshitiladi.
1870-yillar oxirlarida Qo'qonga qaytadi va yana ijod bilan shug'ullanisni davom ettiradi. Otasi vafotidan so'ng moddiy ahvoli og'irlashgach, "Hazrat" madrasasining kichik bir hujrasiga ko'chib o'tadi (1885), uning butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887-1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur o'rgangan. Almaiy, Nodim kabi ilg'or ruhdagi ijodkorlar bilan aloqa bog'lab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san'atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an'analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o'rgandi, ular g'azallariga muhammaslar bog'ladi. Jomiyni o'ziga ustoz bildi. O'zbek, fors mumtoz shoirlari an'analarini davom ettirdi. O'zbek adabiyotida demokratik yo'nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog'liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg'or fikrli shoirlar o'zbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug'orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. She'rlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda do'stlik, sadoqat, samimiyat vafodorlik, sabot va matonat ulug'langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan ("Kelur oxir seni ham yo'qlag'udek bir zamon yaxshi" va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo'lgan she'rlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o'rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo'nalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida ko'proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo'linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan va o'lkaga kirib kelayotgan kapitalistik va g'ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko'rsatilgan. Ba'zan, o'sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan. Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy
I jbÓÜ^^Bl wpjournal.dsmi-qf.uz
ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan. Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o'zgarishlarga yangicha munosabat aks etgan.
Muqimiy o'zbek adabiyotiga ishchilar mavzusini olib kirdi, tiplar galereyasini. Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli „Sayohatnoma" asarini yozdi. Asar yengil, o'ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining og'irligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma'qullab, go'zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan.
Muqimiy ijodini o'rganish, asarlarini to'plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov "Devoni Muqimiy" to'plamini (T., 1907) nashr qilgan, so'ng 1910-1912-yillarda "Devoni Muqimiy maa hajviyot" nomi bilan asarlari to'plami bosilgan. Keyingi davrlarda G'ofur G'ulom, Oybek, Xodi Zarifov, Homil Yoqubov, H.Razzoqov, G'ulom Karimov, Abduqodir Hayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. She'rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qo'qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farg'ona viloyatidagi shaharcha, Toshkent ko'chalaridan biri, O'zbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla "Mavlono Muqimiy" romani va "Muqimiy" dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat g'azallari ashulaga aylangan.
O'zbek san'ati rivojiga o'zining betakror dramalari bilan hissa qo'shgan adiblardan biri Sobir Abdulla 1965 yilda "Mavlono Muqimiy" romani ustida ishladi. Asarda muallif Muqimiy va uning zamondoshlari yashagan davr odamlari xotiralariga murojaat qiladi. Romanda xayoliy personajlar yo'q, berilgan nomlar bizga ma'lum va notanish shoirlar, sozanda va xonandalar - Muqimiy zamondoshlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Xususan, bastakorlar (bastakormelodist) - Shodmon Hoji, Muhammadjon "Makaylik", hofiza - usta Komiljon, Levi, Rayhon, Farzincha, Xo'ja Maruf, Abduqahhor, Abdulla tarak, Sodiqxon, Hoji Abdulaziz, Hamroqul Qori, Shobarot, Shojalil, Mulla To'ychi, ijrochilar - Shodmon Hoji (musiqachi - ijrochi-dutor, tanbur), Zeboo pari, Abdullaxon hoji (dutor), Nosir Kosagar (Dutor), Isroiljon (dutor), Ismoil mahram (nay), Solih Hoji (tanbur), Abdulla bulbul va boshqalar. Shoir ijodida ishq mavzusi ustunlik qilsa-da, o'z davrining tarixiy sharoiti, zamondosh ijodkorlar (shoir, xonanda va sozandalar)ga bag'ishlangan she"r va baytlar mavjudligi ham bu davr haqida qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.
Ma'lumki, Muqimiy she"riyati musiqa bilan chambarchas bog'liq holda rivojlangan. Yozuvchi ko'plab g'azal, muxammas va murabbalar muallifi. Ijodiy merosi bilan bog'liq bo'lgan Murabba hayotligida xonandalar tomonidan keng kuylangan. Buning sababi sifatida murabba janri o'zining tarkibiy shakliga ko'ra xalq qo'shiqlariga yaqin, deb taxmin qilish mumkin. Masalan, she"rlar to'rtlikdan iborat bo'lib, qofiya tizimi va hatto ritmida xalq qo'shiqlari ritmi bilan o'xshashlik mavjud.
I icclT^^^^H 34 wpjournal.dsmi-qf.uz
Jumladan: "Ol xabar", "Ayrilmasun", "Yodimga tushdi", "Zorn nolon aylading", "Ul kun jonon", "Kim desun?", "Yolg'iz", "Dog'man", "Yakka bu Farg'onada", " O'zim har joydaman", "Muborak", "Arzimni aytay", "Ey nozanin", "Ey chehrasi tobonim", "Ko'nglim sandadur" kabilar tinglovchilar qalbidan chuqur joy olgan. G'ulom Karimovning ta'kidlashicha, "Muqimiy she"rlari xalq qo'shiqlari kabi nihoyatda sodda, ammo tiniq shaklda chuqur ma'no ifodalaydi. Muqimiy she"r yaratishda uning jarangdorligi, musiqaliligini ta'minlovchi ritm, qofiya, radif masalalariga alohida e"tibor bergan. U Aruzning boy va rang-barang dengizidan yaxshi xabardor edi".
Muqimiyning ijodiy merosida muxammaslar muhim o'rin tutgani ma'lum. Mumtoz adabiyot namoyandalari Muxammasni Alisher Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Amir, Maxmur va boshqa zamondosh do'stlarining Furqat, Muxayir, Umidiy, Muntazir, Nodim, Zavqiy, Olmaiy kabi g'azallari bilan bog'lagan. Masalan, "Nigorim...", "Noma yozmading", "Hijroni zor o'lturg'usi", "Kerak", "Gul" (Navoiy g'azalidagi muxammas), "Mekuni, yo ne?". (Jomi g'azalidagi muxammas), "Asar vermaz", "Ixtiyor etmazmidim", "Rahmat sango", "Orzu" (Fuzuliy g'azalidagi muxammas), "Zabon ochtim qilay tavsifini hurmat qilamiz..." (G'ozi g'azalidagi muxammas), "Mujgoning", "Xo'b bo'ldi", "Muborak", "Shirin", "Qo'zg'olmasun" (Amir g'azallarida muxammas), "Hapalak qishlog'i to'g'risida" (Mahmur g'azallaridagi muhammas), "Kashmirlik qizga", "Ko'zlaring", "Tanholig'ing", "Intizor o'lturgusi", "Ruxsoringiz chiroylik", "Kam-kam bo'lur" (Furqat g'azaliga muxammas), "Mushtoq yuzingga" (Muxayyir g'azaliga muxammas), "Ash'yorho dorad" (Muntazir g'azaliga muxammas) , "Bormu anga hech chora", "Bu parishon holimi" (Nodim g'azaliga muxammas), "Orzular g'unchasidin..." (Umidiy g'azaliga muxammas), "Hayolim san pari paykardadur" (Zavqiy g'azaliga muxammas), "Kamlanmasun", "Hayot" (Olmaiy g'azaliga muxammas).
1880 yil boshlarida Muqimiy bir nechta maslakdoshlari bilan she'riyatga yangicha qarashlari bilan ajralib turuvchi Yosh shoirlar to'garagini tashkil etishadi. Unga yangi o'zbek realizmiga asos solgan Furqat, Zavqiy, Komil, Nisbat va Muxair kabi shoirlar a'zo bo'lib kirishgan. Lekin o'sha vaqtdan e'tiboran, yosh shoirlar va eski she'riyat namoyondalari o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Adabiy bahslar o'tkir g'oyaviy kelishmovchiliklarga olib keladi, hamda o'sha davrning ko'plab shoirlari siyosiy ta'qiblarga uchraydi.
Otasining o'limidan so'ng, Muqimiy qaramog'ida qolgan oilasiga yordam berish uchun Toshkentga ko'chib borishga majbur bo'ladi. Shoirning Toshkentdagi qisqa muddatli ijodi uning uchun foydali va manfaatli bo'lib xizmat qiladi, dunyoqarashining kegayishiga, qat'iyat va muahoratining mukammallashuviga olib keladi. She'rlaridagi zamonaviylikka, keskin fikrlar hamda asarlarining o'zi xosligiga qaramay, uning she'rlari hech qayerda chop etilmas edi. Muqimiyning moddiy ahvoli qiyinlasha boshlaydi, yashash uchun hech qanday vositasi qolmaydi. Shu sababli, u otasining
I [ccñ^^BI 35 wpjournal.dsmi-qf.uz
uyini sotib, madrasadagi kichik keleda o'g'li Akbarxo'ja bilan yashashga majbur bo'ladi. Aynan o'sha yerda, madrasadagi keleda u shoir ismini abadiylashtirgan ajoyib asarlarini yaratadi.
Muqimiy juda oddiy va kambag'allikda hayot kechirgan, hayotining so'nggi yillari kitoblardagi xatolarini to'g'irlash va ularni ko'chirish bilan o'tgan. U 1903 yilning 25 may kuni ellik uch yoshida vafot etadi.
Shoir tomonidan turli janrdagi 100 dan ziyod she'rlar, shuningdek 30 ga yaqin hajviy asarlar yaratilgan. Muqimiyning hajviy qarashlari ulkan ijtimoiy va badiiy ahamiyatga ega bo'lgan. Muqimiy "Chin yurakdan haqqoniy insongina meni tushunadi" deb yozgan edi.
Muqimiy nomi bilan O'zbekiston ko'chalari, O'zbekiston davlat musiqali teatri, Qo'qon davlat pedagogika instituti va boshqalar nomlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yoqubov H., O'zbek demokrat shoiri Muqimiy, T., 1953
2. Zarifov H., Muhammad Amin Muqimiy, T., 1955;
3. Karimov F., Muqimiy. Hayoti va ijodi, T., 1970;
4. Karimov G'. O'zbek adabiyoti tarixi. 3-kitob, T.. 1975.
5. Karimov G'. Muqimiy hayoti va ijodi. T., 1970.
6. Ahmedov S. O'zbek demokratik adabiyotida she'riy hikoya. T., 2023
7. Karimov F., O'zbek adabiyoti tarixi, 3kitob, T., 1966, 1975, 1987.
36
wpjournal.dsmi-qf.uz