Научная статья на тему 'MUQIMIY IJODIDA AN’ANALAR TALQINI'

MUQIMIY IJODIDA AN’ANALAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
562
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
muhammas / murabba / ruboiy / sayohatnoma / Hapalak / allegoriya / satira / stil / Umarxon davri adabiy muhiti / taxmis / tazkira.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asrorbek Rajabboy Ogli Razzaqberganov

Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri bo’lgan, taniqli satirik, muxammas va murabba janrlarida ijod olib brogan Muhammad Aminxo’ja Muqumiy ijdoi va uni adabiy tahlili olib borilgan. Shuningdek muallig bu sohada doir ko’plab qarashlarni taqqoslab o’rgangan va shaxsiy fikrlarini keltirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUQIMIY IJODIDA AN’ANALAR TALQINI»

MUQIMIY IJODIDA AN'ANALAR TALQINI

Asrorbek Rajabboy o'g'li Razzaqberganov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri bo'lgan, taniqli satirik, muxammas va murabba janrlarida ijod olib brogan Muhammad Aminxo'ja Muqumiy ijdoi va uni adabiy tahlili olib borilgan. Shuningdek muallig bu sohada doir ko'plab qarashlarni taqqoslab o'rgangan va shaxsiy fikrlarini keltirgan.

Kalit so'zlar: muhammas, murabba, ruboiy, sayohatnoma, Hapalak, allegoriya, satira, stil, Umarxon davri adabiy muhiti,, taxmis, tazkira.

Muqimiy Navoiyning satirik mahoratidan ijodiy o'rganib, shoir o'z davri materiallarini satirik tahlil etadi, o'ziga zamondosh amaldorlarning zo'ravonligi va zulmkorligini fosh qilib, ijtimoiy tuzumdagi adolatsizlikni hayotiy misollarda haqqoniy ko'rsatadi.

Muqimiyning o'tmish satiradan ta'sirlanganligini isbotlovchi yana bir misol uning "Hapalak" qishlog'i haqidagi Maxmur g'azaliga taxmis bog'lashida ko'rinadi. Bir qator o'tkir satiralar muallifi Maxmur o'zining bu g'azalida Umarxon davridagi mehnatkash xalqning ayanchli ahvoli, son-sanoqsiz soliqlar, o'lka, qishloq, shaharlarni vayronaga aylantirganini Hapalak misolida juda jonli tasvirlagan edi. Bu g'azal keyingi davrlarda ham o'zining zamonaviylik ahamiyatini yo'qotmadi. Chunki, Muqimiy davrida Maxmur yashab ijod etgan davrdan xalq ommasini yashash sharoitining yaxshilanishi ma'nosida zarracha ham o'zgarish bo'lmadi, aksincha, xalqning turmushi ikki yoqlama zulm ostida yanada og'irlashdi.

Shuning uchun ham Muqimiyning xuddi shu satirik g'azalga murojaat etishi tasodifiy emas: shoir Maxmur asari o'z davrining ham holatini realistik tasvirlaydi, deb hisoblaydi va ayni zamonda, har baytga ulangan o'z misralari bilan salafining g'azalini yangi hayotiy faktlar bilan boyitib, mazmunini chuqurlashtiradi, satirik fosh etish ruhini kuchaytiradi. Natijada mazmun, maqsad, shakl, intilish va g'oya jihatidan bir butun, mukammal va aytish kerakki, endilikda Muqimiy qalamiga mansub yangi satirik muxammas maydonga keldi. Satirik g'azallarga taxmislar to'g'risida so'z borar ekan, satiraning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadigan bir muhim holatga alohida urg'u berish zarur ko'rinadi. Gap shundaki, satirik g'azalda (umuman barcha satirik asarlarda bo'lganidek) shoirning g'oyaviy pozitsiyasi, voqea hodisalarga munosabati aytaylik, ishqiy- lirik g'azaldagiga nisbatan aniqroq yuzaga chiqadi, unda shoir "men"ining

bahosi, dunyoqarashi, hukmi bo'rtib ko'rinib turadi. Shunday ekan, satirik g'azalga taxmis bog'laydigan ikkinchi bir shoir, avvalo va birinchi navbatda, g'azal muallifining g'oyaviy yo'nalishi, bahosi, asardan chiqarayotgan hukmiga to'la- to'kis qo'shilishi lozim, uni birlamchi asos sifatida qabul qilishi shart. Aks holda, to'la ma'nodagi (g'azalga har jihatdan hamohang) taxmisning yuzaga kelishi mumkin emas. Muqimiyning taxmisidan chiqadigan birinchi xulosa shuki, u Maxmur g'azalining ham g'oyaviy yo'nalishi va uni ifodalash usullari bilan, ham detallarni tanlash yo'li va butun g'azalga berilgan satirik ruh bilan batamom kelishgan va uni bo'lajak taxmisning asosi, tayanch nuqtasi sifatida qabul qilgan. Har jihatdan Maxmur g'azali bilan birikib-chatishib ketgan misralarning yaratilishi ana shundan dalolat beradi. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi misolni keltiramiz: Ajiriq ildizini mayda kelilarda tuyub, Qaynatib, kunda ichib, derlar sumalak. Bu baytga, g'azalning boshqa misralari kabi, Maxmur juda katta mazmunni ifodalash vazifasini yuklagan. Shoir "qishloq ahli nihoyatda qashshoq, ayanchli hayot kechiradi; uning yeyishga noni, ichishga oshi yo'q; dehqonlar och-yalang'och, xor-zor edi" mazmunini favqulodda mahorat bilan kichik bir detalda hayotiy va ishonarli ifodalay olgan. O'sha ayblovchi mazmun "ajiriq ildizini qaynatib yeyishga" mahkum etilishning o'zida butun salmog'i bilan keskin va alohida ta'kidlash kerakki, ta'sirchan aksini topa olgan. Dehqonlarning "kundalik" yemishlari shu ekan, kitobxon ularning turmush sharoitlari haqida aniq mantiqiy xulosaga kela oladi. Katta ayblovchi, fosh etuvchi mazmunni kichik, ammo, juda xarakterli detallarda kitobxonlarga yetkazish san'atidan Maxmur butun g'azal davomida foydalanadi, natijada yaxlit misralar ham ramziy ruh egallaydi.

Aytaylik, shoirning "tovug'i ignachiyu, o'rdagu g'ozi — kapalak" misrasini so'zma-so'z tushunish, shubhasiz, xato bo'ladi. Yuqorida keltirganimizdek ushbu misrada ham, qishloqning xaroba va vayronazorga aylanganiga aniq ishora etilmoqda. Bu misra ham — dehqonlarning og'ir moddiy turmushini hayotiy detallarda yaqqol ko'rsatuvchi dalil sifatida o'qiladi.

Muqimiy Maxmur g'azaliga taxmis bog'lar ekan, unga shakl tomondangina yondashmadi,— u g'azal mag'zidagi ana shu qoralovchi, fosh etuvchi ruhni qayd etdi, asos sifatida qabul qildi. Natijada shoir "ulagan" misralar Maxmur misralari bilan mantiqiy aloqaga kirishib uzviy birlikni tashkil etdi, yagona mavzuda yaxlit g'oya, yaxlit mazmunni ifodalovchi muxammas bandlariga aylandi. Diqqatga sazovor joyi shundaki, Muqimiy misralari ham xuddi Maxmurniki kabi, ko'p o'rinda chuqur mazmunni ramziy iboralarda ifodalab keladi. Aytaylik, qishloqning "erkak-ayol" aholisining "issiqda kuyub yantoq o'tin chopishlari", "zog'ora nonini topsa" ("agar topsa"!) "qand

o'mida ardoqlab yeyishlari", "jazi yo'q qovoq sho'rvani suyub ichishlari" xuddi "ajiriq ildizini qaynatib" iste'mol qilishlari haqida misradagidek, umum ocharchilik va nochorlik holatini real tasvirlab keladi:

Chopishur yantog' o'tun mardu zan issig'da kuyub, Yer zog'ora nonini topsa otin qand qo'yub, Jazi yo'q sho'rva kadu eydigan oshida suyub, Ajiriq ildizini mayda kelilarda tuyub, Qaynatib, kunda ichib, otini derlar sumalak.

Muqimiy misralari Maxmur bayti goyasini, ayblov ruqini yanada rivojlantirgani, yanada konkretlashtirgani, hayotiy dalillar bilan boyitib, shaklan va badiiy jihatdan ham bayt bilan singishib ketgani keltirilgan misoldan yaqqol ko'rinib turibdi. Bu besh misra birgalikda, taxmisning boshqa bandlari kabi, o'tmish davri qishlog'ining, uning mehnatkash dehqonlarining qorong'u hayoti lavhasini yorqin gavdalantiradi, "vayrona, teshik kapa, olachuq, katalaklar"dangina iborat bo'lgan, suvsizlikdan cho'lu biyobonga aylangan qishloqlarning tipik manzarasini badiiy bo'yoqlarda ishonchli chizib beradi. Muqimiy bunday ayanchli holatga, xuddi Maxmur kabi, betaraf, loqayd qaramaydi. Shunday mavzuning g'azal (endilikda muxammas) uchun tanlanishining o'zidayoq yuzaga chiqqan avtor (avtorlar) pozitsiyasi — o'lkaning vayrona, xarobazorga aylanishidan qayg'urish, achinish ohangi, qishloq mehnatkashlariga hamdardlik va ayni zamonda, shunday holatdan norozilik g'oyalari g'azal (taxmis) ruhiga singib ketgan:

Ko'chti xalqi yopinib ko'hna, uvoda to'nini, Charxdin o'tkarishib ohu fig'onu unini, Solmasun dushmana ham boshig'a kelgan kunini, Kecha nogoh eshitib shuhrati tillo pulini,

Hapalak qo'rqishidin uchdi misoli kapalak.

Muqimiyning bu taxmisdagi katta yutug'i shundaki, u Maxmur g'azalini o'z davri nuqtai nazaridan to'ldirib, g'oyaviy chuqurlashtirgan, badiiy-tasviriy vositalariga har jihatdan muvofiq misralar yaratishga muvaffaq bo'lib, mantiqiy izchillikka erishadi.

Maxmur g'azalining birinchi baytida hukmdorga murojaat etiladi. Bunda u eng yuksak unvonlar bilan ataladi. Muqimiyning shu matlaga qo'shgan uch misraiga nazar tashlansa, ularning xuddi shu ruh, shu usul bilan yaratilganligini, ba'zan esa kesatiqning yanada keskinroq xarakter kasb etganligini qayd etish mumkin. Muqimiy taxmisidagi hukmdorning "odilligi" haqidagi, "arra"ning zulmidan bog'u "chakalak"larning omonligi to'g'risidagi "ijobiy" misralarning chin ma'nosi salbiy bo'lib, Maxmur bayti ohangida o'qiladi:

Ko'rdi sandek shohi odilni na insu na malak, Arraning zulmidin emin hama bog'u chakalak

Yangi oy ko'ziga xasmingni oturg'a kamalak,

Ey jahondori zafar, kavkabai davri falak,

Eshiting qissai qishlog'i harobi Hapalak!

Biz Muqimiyning Mahmur razaliga tahmis borlashi misolida o'tmish adiblar ijodidagi satirik an'ana- lardan baqramand bulib, ulardan ijodiy ta'sirlan- ganligini kurib utdik. Bunda eng muqim belgisi shundaki, Muqimiy salaflari merosidan o'rganar ekan, masalaga ijodiy yondashadi, o'z davri, sharoiti materiallariga asoslanadi. Shuning uchun ham, masalan, Maxmur g'azaliga bog'langan taxmis Muqimiyning eng kuchli asarlaridan biri qisoblanib, XIX asr II yarmi va XX asr boshlaridagi o'lkamiz qayotini, qishloq dehqonlarining og'ir turmushini, vayronagarchilik va xarobazorlikni yorqin bo'yoqlarda ishonarli tasvirlaydi. Qisqasi, Muqimiy lirika sohasida bo'lganidek, satirada ham o'tmish adabiyotymiz namoyandalarining ilg'or an'analari ta'sirida bo'ldi, ularni boyitdi, rivojlantirdi. Ammo, Muqimiy merosidagi kuchli satirik yo'nalishni ana shu ta'sir bilangina izohlash no'o'g'ri bo'ladi. Satira Muqimiy ijodida shoir dunyoqarashi, ideali, g'oyaviy-estetik, prinsiplari bilan adolatsiz sharoit o'rtasidagi jiddiy ziddiyatning mevasi sifatida yuzaga keldi. Xuddi shu jihatdan ham shoirning satirik merosi alohida ahamiyat kasb etadi. U o'z davrining ilg'or qarashlarini ifodaladi hamda xalq manfaatlari pozitsiyasidan juda izchil va yuksak badiiylik bilan satirik-tanqidiy tahlil etdi.

REFERENCES

1. G'ulom G'. Muhammad Aminxo'ja Muqumiy. Tanlangan asarlar. - T.: Uzdavlnashr, 1953.

2. Yakubov X. O'zbek democrat shoiri Muqumiy. - T .: Uzfan, 1953

3. Olimjon H, Muhammad Aminxo'ja Muqumiy. O'zbekiston san'ati va madaniyati jurnali №7

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.