Научная статья на тему 'ЖАНРОВЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИРИКИ ФУЗУЛИ'

ЖАНРОВЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИРИКИ ФУЗУЛИ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
76
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ЛИТЕРАТУРА / ЛИРИКА / ПОЭТ / КАЧЕСТВА / ОСОБЕННОСТЬ / КРЕАТИВНОСТЬ
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ЖАНРОВЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИРИКИ ФУЗУЛИ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

Ф И Л О Л О Г И Ч Е С К И Е

НАУКИ

УДК 82

Ш.К. Рузиева, Н.К. Рузиева ЖАНРОВЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИРИКИ ФУЗУЛИ

В статье приведена информация о жанровых характеристиках лирики Физули.

Ключевые слова: литература, лирика, поэт, качества, особенность, креативность.

Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo'lib, ko'lami va qudratiga ko'ra birgina ozarbayjon adabiyoti emas, balki Yaqin va O'rta Sharq xalqlari adabiyotida butun bir bosqichni tashkil qiladi. XVI asr turkiy she'riyatida unga qiyos etgulik ikkinchi shoirni topib bo'lmaydi. U, avvalo, zabardast lirik shoirdir. Yuzlab ehtirosli g'azallar yozgan, devonlar tuzgan, turkiy she'rning buyuk Navoiydan keyin qadru e'tiborini yuksak sharaf va mas'uliyat bilan himoya eta olgan shoirdir.

Shoir lirikaning xilma-xil janrlarida barakali ijod etdi. Uning devonidan g'azal, murabba', muxammas, mu-saddas, tarji'band, tarkibband, qit'a va ruboiy janridagi she'rlar o'rin olgan. Fuzuliy ko'plab sharq she'riyati ijod-korlari singari g'azalga alohida ixlos va muhabbat bilan qaradi. Fuzuliy g'azal janrini kamolotga etkazgan buyuk san'atkordir. Fuzuliy o'z ijodining ibtidosidan boshlab, g'azal janriga alohida ahamiyat beradi, bu janrni boshqal-ardan yuqori qo'yadi.

Fuzuliy o'z kulliyotiga yozgan debochasida: —Shoirligim muqarrar bo'lgach, umrimning bir qismini sarf etib, turli ilmlarni o'rgandim, — deydi. Chunki Fuzuliynipg to'g'ri e'tiqodicha: «Ilmsiz she'r asosi yo'q devor kabi o'lur va asossiz devor g'oyatda bee'tibor o'lur». Ko'rinib turibdiki, Fuzuliy o'z g'azallariga ilm-ma'rifatdan mustahkam «asos» — poydevor qurgan. Shuning uchun oradan to'rt yuz yil o'tishiga qaramay, bu she'rlar hamon o'quvchini maftun etadi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, shoir olim, faylasuf bo'lmog'i kerak.

Fuzuliy g'azallaridagi hayotiylik, yashovchanlikniig yana bir siri — shoirning hamma misralari bir tekisda qalb harorati bilan isita bilishda. Agar mana shu xislat, mana shu fazilat bo'lmasa, ilm va aql kuchi bilan yaxshi she'r yaratib bo'lmaydi. Fuzuliyda shoirlik qobiliyati, olim va faylasufning mushohada kuchi muvozi ravishda takomil topgan. Buning ustiga shoir butun hayoti davomida oliy bir go'zallik maftunidir, mana shu go'zallikni

© Рузиева Ш.К., Рузиева Н.К., 2020.

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

ISSN 2223-4047

qalb ko'zi bilan ko'rib, uni so'z bilan suratga tushirmoq istagi shoirning badiiy kamol topishiga sabab bo'lgan asosiy omildir. Fuzuliy g'azallari — qalbning sadosidir. Chin go'zallik shoirning ko'z o'ngida sohibjamol qiz siymosida namoyon bo'ladn. Oshiq shoir unga etolmay, uning hajrida kuyadi, iztirob chekadi: Azal kotiblari ushshoq baxtin qora yozmishlar, Bu mazmun ila xat ul safxai ruxsora yozmishlar. Muharrirlar yozonda har kima olamda bir ro'zi, Banga har kun dili sadporadan bir pora yozmishlar.

Deb afsuslanadi. Lekin bu jafokor sohibjamol lirik qahramonga nisbatan loqaydlikda, muruvvatsizlikda davom etadi. Ana shunda shoir to'lib-to'lib, butun

vujudi bilan yonib kuylaydi. Fuzuliy g'azallarini o'qir ekansiz, shoir she'riyatining kamoloti uchun ma'shuqani muruvvatsizlikda ayblagingiz kelmaydi. Darhaqiqat, lirik qahramon mahbu-basi og'ushida farog'atda bo'lganda, mana bunday bebaho g'azallar bunyodga kelmasdi: Yondi jonim hajr ila vasli ruhi yor istaram, Dardmandi furqatam darmoni diydor istaram, Bulbuli zoram, dagil behuda, afg'on etdigim, Qolmisham nolon qafas qaydida, gulzor istaram.

Ushbu she'r ham an'anaviy yor ta'rifi va oshiq holi tasviriga bag'ishlangan. Ma'no va ifodadagi ko'p qavatlilik bu she'rda ham ayon ko'rinib turadi. Ikkinchi baytda o'qiymiz:

Labing sirrin gelub guftora bandan o'zgadan so'rma, Bu pinhon nuqtani bir voqifi asror o'landan so'r.

Oddiy o'quvchi «labing sirini bilishni istasang, mendan boshqadan so'rama. Bu sirni bilgandan — mendan so'ray qol», degan jo'n fikrni anglaydi, xolos.

Mumtoz adabiyot sirlari bilan oshno bo'lgan kishi uchun esa u butun bir olam. Alisher Navoiy «Mahbubul-qulub»da ishqni ikkiga — majoziy (insoniy) va ilohiyga ajratganligi adabiyot muhiblariga ma'lum. Buyuk shoir bu ikki ishqni o 'zida birdek jo eta olgan bir toifaga diqqatni qaratadi va bunga misol sifatida Hofiz Sheroziy bilan Abdurahmon Jomiyni tilga oladi. Fuzuliy ham mana shu siraga mansubdir. U ham mashhur mutasavviflar singari atrof borliqni ollohning tazohiri (namoyon bo'lish shakli) deb biladi. Tabiat va uning gultoji — insonda Olloh jamolining jilvalarini ko'radi. Insonning yaratilishidan maqsad Olloh jamoliga qovushmoqdir - o'zlikka qay-tmokdir, deb hisoblaydi va bularning barchasi fano (yo'qlikka erishish) orqali amalga oshadi, degal nuqtai nazarda turadi. Lekin unga qanday erishiladi? Bu erda erkinlikka imkon bor. Bu erkinlik shundan iboratki, inson foniylikka hol orqali ham erishishi mumkin. Ya'ni u o'zining ollohga mansubligini dil-dilidan his etadi. Va vaslga shu orqali erishadi.

Fuzuliyda mutoyibaga moyillik ham bor. U goho fojeiy manzaralardan juda engil chiqib ketadi. Bu holni uning juda ko'p she'rlarida uchratish mumkin. Masalan, Fuzuliyning «Parishon holing o'ldim, so'rmading holi parishonim» deb boshlanadigan murabba' (to'rtlik) janrida yozilgan mashhur bir she'ri bor. Fuzuliy shaklan go'zal, mazmunan teran, badiiy barkamol she'rlari bilan o'z iste'dodini va mahoratini namoyon qila olgan yuksak iste'dod egasi edi. U haqli ravishda o'z zamonasidagi xalq e'tirofiga sazovor bo'lgan, o'z davri shoirlarining yetak-chisi darajasidagi ijodkor edi. Uning ijodi an'anaviy mavzularni ishlash, ularning yangi qirralarini ochish va ohorli tashbihu timsollar bilan boyitishda o'z davri shoirlaridan bir pog'ona yuqori turadi. Bu o'z davrida ham, undan keyin ham e'tirof etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar 1.Valixo'jaev B. O'zbek adabiyotshunosligi tarixi. - Toshkent: O'zbekiston.

РУЗИЕВА ШАХЛО КИЁМИДДИНОВНА - преподаватель родного языка и литературы, школа №27 Вобкентского района Бухарской области, Узбекистан.

РУЗИЕВА НИЛУФАР КИЁМИДДИНОВНА - преподаватель родного языка и литературы, школа №5 Вобкентского района Бухарской области, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.