Научная статья на тему 'MUMTOZ QOFIYА AYBLARI (NUQSON) NAZARIYАSIGA OID QARASHLARNING QIYОSIY TADQIQI'

MUMTOZ QOFIYА AYBLARI (NUQSON) NAZARIYАSIGA OID QARASHLARNING QIYОSIY TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qofiya harflari / qofiya harakatlari / risola / iyto / sinod / ikfo / iqvo. / rhyming letters / rhyming movements / risola / iyto / synod / ikfo / iqvo.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Orzigul Hamroyeva Jalolovna

Arab va ajam shoirlari qofiya harakatlari va harflaridagi noo‘xshashliklarni qofiya ayblari sifatida keltirishadi. Odatda qofiya ayblari (nuqsonlari) qofiya harakatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Kamdan kam holatda qofiya harflardagi ixtiloflar qofiya ayblari sifatida keltiriladi. Chunki shoirlar qofiya harflarining ixtilofini juda katta kamchilik sifatida baholashgan. Shuning uchun ham odatda qofiya harflarida har xillik uchramaydi. Maqolada poetikaga oid arabiy, forsiy va turkiy risolalardagi qofiya ayblariga oid ilmiy-nazariy qarashlar qiyoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Arabic and novice poets cite inconsistencies in rhyming movements and letters as rhyme faults. Usually, rhyming faults (defects) are associated with changes in rhyming movements. In rare cases, discrepancies in rhyming letters are cited as rhyming faults. Because poets considered the difference of rhyming letters as a very big drawback. Therefore, there is usually no variation in rhyming letters. The article compares scientific-theoretical views on rhyme errors in Arabic, Persian and Turkish treatises on poetics.

Текст научной работы на тему «MUMTOZ QOFIYА AYBLARI (NUQSON) NAZARIYАSIGA OID QARASHLARNING QIYОSIY TADQIQI»

MUMTOZ QOFIYА AYBLARI (NUQSON) NAZARIYАSIGA OID QARASHLARNING QIYОSIY TADQIQI Orzigul HAMROYEVA Jalolovna

ToshDO'TAU, dotsent, filologiya fanlari doktori arguvon87@mail.ru https://doi. org/10.5281/zenodo. 11109921

Annotatsiya. Arab va ajam shoirlari qofiya harakatlari va harflaridagi noo 'xshashliklarni qofiya ayblari sifatida keltirishadi. Odatda qofiya ayblari (nuqsonlari) qofiya harakatlarining o 'zgarishi bilan bog 'liq bo 'ladi. Kamdan kam holatda qofiya harflardagi ixtiloflar qofiya ayblari sifatida keltiriladi. Chunki shoirlar qofiya harflarining ixtilofini juda katta kamchilik sifatida baholashgan. Shuning uchun ham odatda qofiya harflarida har xillik uchramaydi. Maqolada poetikaga oid arabiy, forsiy va turkiy risolalardagi qofiya ayblariga oid ilmiy-nazariy qarashlar qiyoslanadi.

Kalit so 'zlar: qofiya harflari, qofiya harakatlari, risola, iyto, sinod, ikfo, iqvo.

Abstract. Arabic and novice poets cite inconsistencies in rhyming movements and letters as rhyme faults. Usually, rhyming faults (defects) are associated with changes in rhyming movements. In rare cases, discrepancies in rhyming letters are cited as rhyming faults. Because poets considered the difference of rhyming letters as a very big drawback. Therefore, there is usually no variation in rhyming letters. The article compares scientific-theoretical views on rhyme errors in Arabic, Persian and Turkish treatises on poetics.

Key words: rhyming letters, rhyming movements, risola, iyto, synod, ikfo, iqvo.

Mumtoz qofiyaga oid arabiy, forsiy, turkiy risolalarda qofiya ayblari maxsus "bo'lim", "fasl", "harf'larda izohlangan. Abu Abdulloh Xorazmiy "She'riy nuqsonlar", Shamsiddin Qays Roziy "She'riy nutqda qofiyadagi nuqsonlar haqida", Nosiriddin Tusiy "Dar uyubi qavofiya", "Dar uyubi qavofi porsi", Jomiy "Fasl" Faxri Isfahoniy "Qofiya ayblari" Atoulloh Husayniy "Risolai qofiya" asarining 7-qismi (7-harf)ni qofiya ayblari tadqiqiga bag'ishlasa, "Funun ul-balog'a" va "Badoe ul-afkor" risolalarida qofiya harakatlari tarkibidagi kamchiliklar sifatida qofiya nuqsonlari izohi beriladi. Risolalarning aksariyatida qofiyaning 4 nuqsoni ta'rifi keltiriladi: iqvo, ikfo, sinod, iyto.

Shamsiddin Qays Roziy, Nosiriddin Tusiy, Faxri Isfahoniy qofiyaning to'rt nuqsoniga qo'shimcha tarzda uch qofiya nuqsonini izohlaydi: munoqaza, tazmin, taxli'.

Aslida qofiya aybi sifatida keltirilgan munoqaza, tazmin, taxli' qofiyadan ko'ra ko'proq she'riy janrlar bilan bog'liq kamchiliklar sanaladi [5: 190].

Iqvo. "Iqvo" so'zining ma'nosi manbalarda turlicha izohlanadi. Bu so'z arab tilida Ij2l -"o'ralgan arqonni yechish", "arqonni teskari tomonga buralishi" [9: 160], "ipni qayta berish" [8: 73] ma'nolarida ishlatiladi. "Iqvo" so'zi leksik jihatdan "tugagan zahira" ma'nosini ham bildiradi [2: 34]. Lug'atlarda "xoli qilmoq", "tark qilmoq" ma'nosida ham keladi. B.Sirus uni aqvo deb ataydi [7: 56]. Risolalarda hazv va tavjihning noo'xshashligi iqvo sifatida keltiriladi. Qiyosiy tadqiqqa tortgan manbalarning aksariyatida hazv (ridf va qayddan oldingi harakat - O.H.)harakati izohida quyidagi baytdagi qofiyadosh so'zlar namuna sifatida keltiriladi: Har vazir va muftiy va shoir ki u Tusiy bud. Jo'n Nizomulmulk va G'azzoliy va Firdavsiy bud.

Baytdagi qofiyadosh so'zlar fj^- fjJJ Tusiy so'zidagi "zamma" (u unlisi) Firdavsiy so'zidagi "vov"dan oldingi "fatha" (a unlisi) bu holatni yuzaga keltirgan.

Az g'usa hijron tu dil bur doram,

Payvasta az on diyda ba xun tar doram [5: 148].

Baytda qofiyadosh so'zlar sifatida taqdim qilingan bur (j) va tar (J) so'zlaridagi raviydan oldingi harakat, ya'ni tavjihning turli harakatlar bilan ifodalanishi qofiya aybi sifatida iqvo sanaladi.

Arab shoirlari majro, raviy harakatidagi noo'xshashlikni ham iqvo nomi bilan atashgan ("Al-mo'jam", "Me'yor ul-jamoli", "Badoe ul-afkor" - O.H). Biroq fors shoirlari raviydan keyingi harakatdagi turlichalikni juda katta kamchilik sifatida baholab, bunday so'zlarni o'zaro qofiyadosh so'z sifatida keltirish noto'g'ri ekanligini ta'kidlashgan. Chunki raviydan keyingi harf va harakatlarning takrori muhim sanaladi.

Abu Abdulloh Xorazmiy iqvo sifatida munzilu - manzili qofiyadosh so'zlarni keltiradi. Qofiyadosh so'zlarga izoh chog'ida "alif", "vov", "yo"lar o'rtasidagi ixtilof juda og'ir ekanligini aytib, iqvodan ko'ra nuqsoni ko'proq ekanligini ta'kidlab, "isrofdir" deb ta'rif beradi.

Nosiriddin Tusiy "Dar uyubi qavofiya", "Dar uyubi qavofi porsi" sarlavhalari ostida qofiya ixtiloflarini tushuntirar ekan, ularning ilmiy atama sifatidagi nomlarini keltirmaydi. "Qofiya ayblaridan biri", "ikkinchisi" so'zlari orqali ularning xususiyatlarini ochib beradi. Fors shoirlari qofiya ayblari orasida to'rt qofiya nuqsoni ustida bahs yuritadilar. Tusiy ularning dastlabkisi sifatida ridf bilan bog'liq aybni keltiradi [6: 127]. Ridf bilan bog'liq nuqsonning ikki turini farqlaydi. 1. Hazvning ixtilofi: mard - durd - vird qofiyadosh so'zlardagi "fatha" (a unlisi), "zamma" (u unlisi), "kasra" (i unlisi)ning o'zaro nomuvofiqligi fors shoirlari tomonidan qofiya aybi sifatida keltiriladi. Yoki mutlaq qofiya sifatida keladigan dasta - rusta - basta so'zlaridagi harakatlar ham iqvo sanaladi. 2. Ridf va maxrajdagi harfdagi nuqson: zohirtar - kabehtar so'zlaridagi ridf va "re" va "ho"dagi turlichalik qofiya aybi sifatida ko'rsatiladi. Biroq bu kabi holatlar kamdan kam uchraydi. Dur - sho'r; shir - shey so'zlarini harakatlardagi ixtiloflar fors shoirlari she'rlarida ko'p uchraydi. Tusiy ikkinchi turdagi qofiya ayblarini to'rt turga bo'lgan holda taqdim qiladi. Ularning birinchisi sifatida tavjihdagi ixtilofni keltiradi. Axtar - unsur - shoir so'zlari o'zaro qofiyadosh so'zlardagi harakatlarning ixtilofi qofiya aybini yuzaga keltirgan. Olim "re" - raviy mutharrik bo'lsa, bu so'zlardagi raviydan oldingi "fatha", "kasra", "zamma" tavjih bo'la olmasligini, bu so'zlar qofiyada "murtafe' - murtad" bo'lishini, qofiyadosh so'z sifatida olinmasligini aytadi.

Ahmad Taroziy hazv harakati izohida uning ixtilofi iqvo deb nomlanishini aytadi. "Ul ridfning moqablining harakatidir, netokkim, tus va kus yo zayn va dayn. Va muning ixtilofin iqvo o'qurlar" [10:73]. Arab shoirlari hazv harakatining ixtilofini ayb sifatida qabul qilmaganliklarini, ajam shoirlarida esa bu ayb - nuqson ekanligini aytadi. Olimlarning ridfdagi "vov" harfining ixtilofini qabul qilganliklarini ta'kidlab, Mavlono Asadiyning Tusiy - Firdavsiy so'zlari qofiyadosh so'zlar sifatida keltirilgan baytini keltiradi. Biroq Ahmad Taroziy tavjihning ixtilofini ijoza deb nomlaydi.

Jomiy ham iqvo hazv va tavjihning ixtilofi ekanligini aytib, dur - davr, jast -just, pur -bar qofiyadosh so'zlar misolida tushuntiradi.

Atoulloh Husayniy iqvoning ikki shaklini taqdim qiladi [2:59]:

1. Qofiyadosh so'zlardagi hazvlarning turli harakatlar bilan ifodalanishi: dod- did

(JjJ - JlJ);

2. Qofiyadosh so'zlarning birida hazvning ishtirok etishi, ikkinchisida ishtirok etmasligi: dud - davr (jjJ - jj•).

Ikfo. "Ikfo" so'zi lug'atda "xohlagan narsasidan yuz burish", "teskari qilmoq" degan ma'noni anglatadi. Ikfo arab va ajam shoirlari tomonidan qofiyadagi asosiy nuqsonlardan biri sifatida qubul qilingan. Ikfo raviydagi noo'xshashlik asosida yuzaga chiqadi. Bu so'zning lug'aviy ma'nosi ham shunga ishora qiladi. Qofiya ohangdorligini ta'minlovchi asosiy unsur raviy sanaladi. Demak, raviydagi ixtilof qofiya ilmida jiddiy nuqson sifatida qaraladi. Abu Abdulloh Xorazmiy ikfoni noaniq qofiya sifatida ta'riflaydi. Ikfo talaffuziga ko'ra yaqin harflarning har xilligi ekanligini ta'kidlaydi. Xorazmiyda ikfo qofiya ayblari orasida eng oxirgisi sifatida izohlanadi. Ikfo nazariyasi Xorazmiyga qadar yashab ijod etgan arab filologlari asarlarida ham uchraydi: Atama Yunus ibn Habib, Abu Amr ibn A'la (VIII asr) va Xalil ibn Ahmad, Ibn Mo'tazzning ustozlari Mufaddal (XIII asr) va Mubarrad (IX asr).

Ro' bajon or andarin kor ehtiyot, Zongi juz bar tu nadoram e'timod.

Baytda keltirilgan ehtiyot - e'timod qofiyadosh so'zlardagi "to" va "dol" harflari raviy sanaladi. Raviyda ixtiloflar bo'lsa-da, o'zaro o'xshash tovushlar (hurufi mutaqorib) qofiya ohangdorligini ta'minlagan.

Gufti ki: bo muxolif tu ziyn sibas maro,

Nabud behij holi beamre tu hadis.

Rafti-yu roz gufti bo dushmanoni man,

V-on kas, ki go'shdori tu bud on hama shanid.[3: 103; 5: 160]

Baytda hadis - shanid so'zlari o'zaro qofiyadosh so'zlar sifatida keltirilgan, "se" va "zol" harflari raviy sifatida olingan. E'tibor berilsa, qofiyadosh so'zlarda ohangdorlik sezilmaydi. Raviydagi ikki noo'xshash harflarning raviy sifatida kelishi qofiya sifatida olinmasligi kerak. Bunday nazm shaklini she'r sifatida baholash to'g'ri emas. Qays Roziy "nun" va "jim" yoki "bo" va "dol" ning qofiyadosh so'z tarkibida raviyga olinishi to'g'ri emasligini ta'kidlaydi.

Nosiriddin Tusiy ham ikfo raviyning ixtilofi ekanligini qisqa qilib tushuntirib beradi.

Jomiy ham bu kabi ixtilofda talaffuzda yaqinlik sezilishi kerakligini alohida ta'kidlaydi. Arab va ajam harflarini bir qofiyada jam' qilish "bag'oyat nomaqbul ish ekanligi"ga ishora qiladi. Rak -sag, chap - tarab, kaj - gaz, pocha - xoja so'zlaridagi arab va jam harflarini raviy sifatida keltirish noto'g'ri ekanligini ta'kidlaydi.

Atoulloh Husayniyning ikfo haqidagi qarashlari Qays Roziy va Jomiy fikrlari bilan o'xshash. Husayniyning fikriga ko'ra qofiya ayblari orasida ikfo she'riyatda ko'p uchraydi. Saboh - sipoh («Ц« - £b^)qofiyadosh so'zlaridagi raviyning turli harflar bilan ifodalanishi qo'pol xatolardan biri sanaladi. Bu holat, ayniqsa, shoirlarning arabcha va forscha so'zlarni qofiyadosh sifatida keltirilganida ko'zga tashlanadi: tarab - chap, saracha - xoja, kaj - kaz, sag - shak. Bu qofiyadosh so'zlar Jomiyning "Risolai qofiya" asarida ham keltirilgan. Qofiyaning asosini ta'minlab beruvchi asosiy unsur - harf raviy sanaladi. Shuning uchun ham raviydagi ixtilof qofiyada kechirilmas ayb sanaladi. Shamsiddin Qays Roziy va Atoulloh Husayniy qofiyadagi bu xususiyatni muhim sanaganliklari bois ham ikfo qofiyadagi muhim nuqsonlardan biri ekanligini, bunday so'zlar qofiyadosh bo'la olmasligini ta'kidlaydilar.

Sinod. "Sinod" so'zi "farqlanish" degan ma'noni bildiradi. Ba'zi manbalarda bu so'z "do'stona bo'lmaslik" [5: 109], "ishonch bildirish", "qo'lga olish" ma'nolarida ham kelishi aytiladi. Shams Qays Roziy bu so'zning ma'nosini "ixtilof' deb ataydi. Sinod ridfning ixtilofiga

nisbatan ishlatiladi. Zamon - zamin so'zlaridagi "alif" va "yo" harfi rifd sanaladi. Yoki zindagone - guzine so'zlarida ham "alif' va "yo" harfi rifddir. Abu Abdulloh Xorazmiy sinodni "noto'liq" qofiya sifatida keltiradi. Qudama ibn Ja'farning fikricha, sinod bu ikki qofiya shakllarining o'zgarishidir [4:360-373].

Arab she'rlarida hazv va ta'sis harakatidagi noo'xshashlik sinod sifatida keltiriladi. Fors she'riyatida esa sinod ridfning ixtilofi ekanligi aytiladi.

Kuni noxush ba mo bar zindagone, Agar az mo dami duri guzine.

Zindagoniy - guzine so'zidagi "alif' va "yo" harflari ridf bo'lib, ulardagi noo'xshashlik sinodni yuzaga keltirgan.

Ahmad Taroziy arab shuarosi oldida ridfning o'zgarishi "ravo" ekanligini, ajam shoirlari esa bunga ayb sifatida qarashlarini ta'kidlaydi: ud- id. Arab shoirlar qofiyadosh so'zlar tarkibida ridf sifatida "vov" va "yo"ning kelishini joiz deb bilganlar. Shuning uchun ham bu kabi qofiyalanish tarzi arab she'rlarida juda ko'p uchraydi.

Atoulloh Husayniy sinod ridfning ixtilofi ekanligini ta'kidlab, dod - dud - did qofiyadosh so'zlari misolida tushuntiradi.

Iyto. "Iyto" so'zi lug'atlarda "suvoriy bo'lmoq" ma'nosida keladi. R.Musulmankulov iytoni "oyoqosti qilish" ma'nosida ishlatadi [5:110]. Mumtoz qofiya ilmida iyto bir qofiyani ikki marta qo'llash asosiga quriladi. Arab va ajam shoirlari qofiyani qayta qo'llanishini qofiya aybi sifatida baholashgan. Bu o'rinda Atoulloh Husayniy radd ul-matla' bilan iytoni farqlash kerakligini aytadi. Radd ul-matla' san'atida misra yoki bayt to'liq holda g'azal yoki qasida, qit'aning xohlagan o'rnida aynan takrorlanishiga asoslanadi. Iyto esa bir qofiyaning ham shakl, ham mazmun jihatidan boshqa bir misrada aynan takrorlanishiga asoslanadi (Keyinchalik manbalarda qofiyaning takror kelishi radd ul-qofiya badiiy san'atiga asos bo'lgani keltiriladi. Vaholangki, bu mumtoz qofiyaga oid risolalarda kamchilik sifatida baholanadi - O.H.). Qofiya turlaridan biri -shoygon qofiya aynan iyto asosiga quriladi.

Dar she'ri man nayobi masruqu muntahil, Dar nazmi man nabiyni iytoyi shoygon [3: 123].

Mumtoz qofiyaga oid barcha risolalarda iytoning ikki turi farqlanadi: iytoyi jaliy, iytoyi

xafiy.

1. Iytoyi jaliy. Iytoning iytoyi jaliy turida qofiyaning takrori ochiq bo'ladi.

Dar in zamona buti nist az tu nekutar,

Na bar tu bar shamani az rahiti mushfiqtar.

Baytda qofiyadosh so'z sifatida keltirilgan nekutar - mushfiqtar so'zlaridagi "tar" so'zining takrori qofiyani yuzaga keltirgan asosiy unsur sanalishi bilan birga ikki misrada aynan takrorlangan.

Ba giti zi obu otash tiztar nist,

Du xon andu du sultoni sitamgar.

Tu ro Semurg'-u tiyr gaz naboyad,

Na Raxshi jodu-yu Zoli fusungar.

Sitamgar -fusungar qofiyadosh so'zlardagi "gar" shakli ikki misrada aynan takrorlangan. Tu on shabrang toziyro bamaydon, chun barangizi, Aduro xud binvardi, ba-don tig'i balogustar. Va andak ro'zgor, ay shah, du chizam dod baxti tu:

Yake lafze xirat rutbat, duvum tab'i sanogustar [9: 162].

Ahmad Taroziy ham iytoyi jaliyga namuna sifatida nekutar - mashaqqatar so'zlarini keltiradi [10: 74]. Jomiy esa nekutar - zebotar qofiyadosh so'zlar asosida iytoyi jaliyni izohlaydi [1: 309]. Iytoyi jaliyda qofiya to'liq takrorlanmaydi, qofiyadosh so'zlarning qismlari takrorlanadi: saracha - gilamcha, dard mand - hojatmand, fusungar - sitamgar, mahbuban - oshiqan kabi. Atoulloh Husayniy iytoyi jaliyning kelishi she'rda katta bir nuqson ekanligini aytadi. Arab va ajam shoirlari iytoyi jaliyning qo'llanashini tanqid qilganlar. Faqat zarurat yuzasidan, hajman katta bo'lgan qasida va g'azallarda baytlari bir-biridan uzoqda bo'lgan hollardagina qo'llashga ruxsat berganlar. Bunda qasida yoki g'azal 20-30 baytdan ko'proq bo'lishi kerak. Shamsiddin Qays Roziy ham iytoyi jaliy fors shoirlari tomonidan qo'pol nuqson sifatida qabul qilinishini aytib, qasida uzun, 23 baytdan tashkil topsagina iytoyi jaliyning qo'llanishiga ruxsat etilganini ta'kidlaydi. Bunda qasida ikki yoki undan ortiq matla'dan iborat bo'ladi. Bunday holatda qofiyaning takrori boshqa bir qismda qo'llangani bois ham qabul qilingan.

Atoulloh Husayniy Qays Roziy keltirgan fikrga oydinlik kiritadi. Qasida va g'azalda iytoyi jaliyning qo'llanish o'rni bor: qasidada 12-14 baytddan keyin, g'azalda esa har 7 baytdan keyin iytoyi jaliy qo'llanishi mumkin [2:23].

2. Iytoyi xafiy. Iytoyi xafiy "yashirin, berkitilgan iyto" ma'nosini bildiradi. Iytoning bu turida qofiya tarkibidagi ba'zi qo'shimcha harflar takrorlanadi. Eng asosiysi, bu qo'shilgan harflarni bemalol alohida ajratish mumkin.

Ey guli ruxsori tu burda zi ro'yi gul ob,

So'hbati gulzorho karda ba bo'yat gulob [1: 309].

Shamsiddin Qays Roziy qofiyasi boshdan oyoq iytoyi xafiy nuqsoniga ega bo'lgan bir nechta qasidalarni keltiradi. Rashididdin Vatvotning o'zi ta'kidlaganidek, "dar nazmi nabini iytoyi shoygon" shaklidagi qasidasini tahlilga tortadi. Qasidadagi posbon - diydabon - mehribon; mehrgon - xudoygon - royagon - shoygon qofiyadosh so'zlardagi ixtiloflarni iytoyi xafiy ekanligini aytadi.

Ahmad Taroziy iytoyi xafiyga gulob - selob, gulzor - lolazor, dono - bino so'zlarini namuna sifatida keltiradi.

Jomiy baytdagi gul ob - gulob so'zlaridagi ob(suv) so'zining takrorini iytoyi xafiyga namuna sifatida keltiradi. Baytdagi gul ob - gulob so'zlari o'zaro shakldosh bo'lib, qofiyaning takroridan ko'ra ikki, turli ma'noga ega so'zni hosil qilgan. Bu esa tajnis san'atini yuzaga keltirgan.

Zihi zamiri munirad zihobe fazlu karam, Zi fayzi kilk tu jorist obe fazlu karam.

Husayn Voiz Koshifiy Shamsiddin Qays Roziyning fikrlarini aynan keltirgan holda Anvoriy va Amir Muizziyning qasidalarini iytoyi xafiyga namuna sifatida taqdim qiladi. Ba xoki poyi tu sad bor besh ta'na zadast, Sipihr, taxti Sulaymonu toji Qisriyro Ba har chi muftiyi royat qalam a dast girift, Qazo chu ob navisad javobi fatviyro [3:124]

Atoulloh Husayniy iytoyi xafiy haqidagi nazariy qarashlarni aniq va ochiq izohlaydi. Amru naxiy (buyruq) so'zlar biyo va mayo so'zlari ham iytoyi xafiyga namuna bo'la olishini aytadi. Biroq nafyi-u isbat (tasdiq-inkor) so'zlardan biraft - naraft so'zlari iytoyi xafiy bo'lolmasligini, bu ikki qofiyadosh so'zlardagi kamchilik aniq ko'rinib turganini ta'kidlaydi.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, temuriylar davriga oid risolalarda qofiya ayblari sifatida baholangan iqvo, ikfo, sinod, iyto umumiylik asosida izohlansa-da, ba'zi o'rinlarda risola mualliflari o'zaro bahsga kirishadi. Arab va ajam shoirlari tomonidan kamchilik sifatida baholangan va ravo ko'rilgan nuqsonlar o'zaro qiyosiy o'rganiladi. Shamisddin Qaysi Roziy va Atoulloh Husayniy qofiyaga oid kamchiliklarga qo'shimcha ravishda ma'noga ta'sir qiluchi nuqsonlarni ham bir butunlikda tadqiq etadilar. Jomiy, Faxri Isfahoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Atoulloh Husayniy risolalarda keltirilgan baytlar arab, fors adabiyotdan olingan bo'lsa, "Funun ul-balog'a" muallifi aksariyat namunalarni turkiy adabiyotdan keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Абдурахмон Жомий. Рисолаи кофия // Шарк мумтоз поэтикаси Хамидулла Болтабоев талкинида. (Таржимон Д.Юсупова). -Т.: Узбекистан Миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти. 2006.

2. Атоуллох Хусайний. Рисолаи дар кофия. - Техрон. х.1393.

3. Koshifß Kamoluddin Husayn Voizi Sabzavorâ. Badoe'u-l-afkor ffi sanoe'i-lash'or. Virosta va guzordai Mir^aloluddini KazzozH.-Tehron: Nashri markaz. 1369.

4. Красковский И.Ю. Арабская поэтика в IX веке// Избранные сочинение. Т.2. -М.-Л. 1956.

5. Мусульманкулов Р. Персидско-таджикская классическая поэтика X-XV вв. - М., 1989.

6. Носир ад-Дин Туси. Ми'йар ал-аш'ор. — Техрон, 1325.

7. Сирус Б. ^офия дар назми тожик. Сталинбод, 1955.

8. Фахри Исфахоний. Меъёр ул-жамоли (Кия Садек). Техрон. 1337.

9. Шамси ^айси Розий. Ал-Муъжам фи маъойири ашъору-л-ажам. Перевод с персидского исследование и комментарий Н.Ю.Чалисова. - М.: "Восточная литература" РАН, 1997.

10. Шайх Ахмад ибн Худойдод Тарозий. Фунуну-л-балога. (Нашрга тайёрловчилар Х.Болтабоев, Ж.Жураев) - Т.: МУМТОЗ СУЗ, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.