Научная статья на тему 'QOFIYАNING BADIIY – ESTETIK VAZIFALARI'

QOFIYАNING BADIIY – ESTETIK VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
268
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvistik maqom / lingvistika / she’riy matn / doston / qofiyadosh so‘zlar tasnifi / lafzdoshlik / qofiya nazariyasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umida Raximova

Mazkur maqola o‘zbek she’riy dostonlarida qofiya va uning lingvistik maqomi haqidagi qarashlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Qofiyaga lingvistik nuqtai nazardan yondashish, uning she’riy nutqdagi turli vazifalari-uyushtiruvchilik, estetik ta’sir etish, stilistik informativlik va boshqalar bilan bir qatorda qofiyaning o‘rganilmagan jihati mazmuniy munosabatini tahlil qilish qofiya nazariyasi tadqiqidagi muhim jihat ekanligiga ham urg‘u berilgan. Qofiyaning lingvistik maqomi, fikr yaxlitligini ifodalashdagi o‘rni borasidagi qarashlar jahon tilshunosligida qofiya nazariyasiga oid ilgari surilgan g‘oyalar misolida tekshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOFIYАNING BADIIY – ESTETIK VAZIFALARI»

QOFIYANING BADIIY - ESTETIK VAZIFALARI

Umida Raximova

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7359443

Annotatsiya:Mazkur maqola o'zbek she'riy dostonlarida qofiya va uning lingvistik maqomi haqidagi qarashlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Qofiyaga lingvistik nuqtai nazardan yondashish, uning she'riy nutqdagi turli vazifalari-uyushtiruvchilik, estetik ta'sir etish, stilistik informativlik va boshqalar bilan bir qatorda qofiyaning o'rganilmagan jihati mazmuniy munosabatini tahlil qilish qofiya nazariyasi tadqiqidagi muhim jihat ekanligiga ham urg'u berilgan.

Qofiyaning lingvistik maqomi, fikr yaxlitligini ifodalashdagi o'rni borasidagi qarashlar jahon tilshunosligida qofiya nazariyasiga oid ilgari surilgan g'oyalar misolida tekshiriladi.

Kalit so'zlar: lingvistik maqom, lingvistika,she'riy matn, doston, qofiyadosh so'zlar tasnifi,lafzdoshlik, qofiya nazariyasi.

ARTISTIC AND AESTHETIC FUNCTIONS OF RHYME

Umida Rakhimova Teacher of Termez state university

Annotation: This article is devoted to the analysis of views on rhyme and its linguistic status in Uzbek poetic epics. The approach to rhyme from a linguistic point of view, along with its various functions in poetic speech-organization, aesthetic impact, stylistic informativeness, etc., also emphasizes that the analysis of the meaningful relationship of the unexplored aspect of rhyme is an important aspect of the study of the theory of rhyme. Views on the linguistic status of rhyme, its role in

expressing the integrity of thought are investigated by the example of the ideas put forward by the theory of rhyme in world linguistics.

Keywords: linguistic status, linguistics, poetic text, epic, classification of rhyming words, conciseness, theory of rhymes.

O'zbek tilshunosligida qofiya va uning lingvistik maqomi haqidagi qarashlar mavjud. Akademik A.Rustamov lafzdoshlikni, kishini ta'sirlantiradigan darajaga ega bo'lgan so'zlarni tildagi badiiy vositalarning bir qismi sifatida talqin etadi. Lafzdoshlikni bir xil bo'g'in yoki tovushga ega bo'lgan so'zlarda bo'lishi, uning ta'siri lafzdosh so'zning turiga, ya'ni so'zlar uchun umumiy bo'lgan bo'g'in va tovushlarning miqdoriga bog'liqligi tadqiqotchi tomonidan alohida ta'kidlanadi1. Qofiya esa misralar oxiridagi lafzdoshlikka asoslanuvchi she'riy san'at bo'lib, uning asosida so'z yotadi. Shuning uchun qofiya nafaqat adabiyotshunoslik balki lingvistik tadqiqotlar uchun ham muhim ob'ektdir.

Hamid Olimjon o'zbek tili imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalangan ijodkor, ayniqsa, uning ijodida, xususan dostonlarida oddiy so'zlashuvga xos lug'aviy birliklar, xalq og'zaki ijodiga xos so'zlar emotsional-ekspressivlikni, ta'sirchanlikni ta'minlash maqsadida ko'plab qo'llanilganligini kuzatish mumkin. Ana shunday so'z qo'llashdagi ijodkor mahoratini shoirning qofiyadosh so'zlarni tanlashida ham kuzatish mumkin.

Hamid Olimjon keng qamrovli ijodkor. Uning asarlari mazmunan takrorlanmasligi, ifoda jihatdan originalligi, badiiy jihatdan mukammalligi, til vositalarining xilma-xilligi va o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.

H. Olimjonning xalq tilidan mahorat bilan foydalanganligini shoir asarlaridagi ifodaning o'ta obrazli, serbo'yoqligida ham ko'rinadi. Shoirning individual uslubiga xos xususiyatlardan biri ham uning asarlaridagi tilning sodda va ravon badiiy bo'yoqlarga boyligidir. Til jihatdan soddalik shoir asarlarida, asarning badiiy ta'sirchanligini kuchaytirganidek, o'quvchi tushinishi qiyin bo'lgan so'z va iboralarni

cheklanishini ham ta'minlagan. Ayni bir paytda obrazli, badiiy mukammal fikrlar ifodalanib, ajoyib manzaralar, tabiat tasvirlari ham xuddi shu usulda yaratilgan.

Hamid Olimjon asarlari badiiy tasviriy vositalarga boy. Shoir ijodida badiiy tasviriy vositalar shunchaki oddiy ifodalar emas, obrazli fikrni vujudga keltiruvchi vositalar sifatida gavdalangan. Shoir olamga shoirona ko'z bilan boqqan ijodkor. U atrof muhitni qanday idrok etsa, shunday ifodalab beradi. Bunday ifoda kishida his-tuyg'u uyg'otmay qolmaydi.

Tinmay oqar daryo pishqirib, Quyi ketar oyli tun bo'ylab, Soy bo'yidan, daryo tunidan, Vodiylarga hikoya so'ylab ("Daryo kechasi")

Insonga xos bo'lgan xususiyatlarni narsa,hodisalarga ko'chirish fikrni obrazli ifodalash usullaridan biridir. Ushbu satrlarda insonga xos so'zlash predmetga (daryoga) ko'chirilishi jonlantirish, oyli tun birikmasi epitet bo'lsa, "Tog'lardagi qip -qizil lola bo'lib go'yo yoqut piyola" misralarida lola yoqut piyolaga qiyoslanadi. Bog'im bor-u gulzorimda gulim ko'p, Har yonda gul, shoxlarda bulbulim ko'p.("Rozimasman") misralarida bog', gul, bulbul, gulzor so'zlari metaforik ma'noda qo'llanilgan. Shoir ijodida badiiy vositalarning turli ko'rinishlaridan mahorat bilan foydalanilganligini, natijada badiiy ta'sirchan ifodalanganini ko'plab kuzatish mumkin. Badiiy vositalardan foydalanishda shoir asarning mazmunidan, mohiyatidan kelib chiqadi. Agar shoir dostonlari badiiy vositalarning qo'llanilishi nuqtai nazaridan tahlil qilinadigan bo'lsa, quyidagi holatlarni kuzatish mumkin bo'ladi. Shoirning "Zaynab va Omon" dostonida badiiy vositalardan o'xshatish, sifatlash ko'p qo'llanilgan holda, jonlantirish, mubolag'a kabi tasviriy usullar kam uchraydi.

"Oygul bilan Baxtiyor" va " Semurg' " dostonlarida esa aksincha, keyingi ikki vosita ancha faol. Buning boisi keyingi ikki asarning folklor an'analaridan foydalanilgan holda xalq og'zaki ijodi motivida yozilganligi, tasvirlanayotgan voqealarning mazmunan xalqning jonli turmushi tarziga mosligidandir. Ma'lumki,

jonlantirish va mubolag'a kabi badiiy san'atlar yozma badiiy ijodga emas, balki og'zaki badiiy ijodga ko'proq xoslanganligi bilan ajralib turadi. Badiiy vositalardan, umuman, til vositalardan bu xilda foydalanishi ijodkorning so'z qo'llash mahoratini namoyon etadi.

Umuman, Hamid Olimjon o'z asarlarida so'zlardan mahorat bilan foydalangan. Uning asarlarida qo'llanilgan sinonimlarni ham, hatto bir xil ma'noli so'zlarni ham o'rnini o'z ma'nodoshi bilan almashtirish qiyin. Bunday hollarda, ko'pincha nutqning jozibadorligi susayadi yoki nutqiy g'alizlik vujudga keladi. Masalan, O'n besh kunga to'lganida oy, Ko'kka chiqib tunni axtardi, Orqasidan baland osmonda, Olam-olam yulduzlar bordi.

misralaridagi ko'k va osmon so'zlarini, Bir zo'r otash, bir zo'r alanga misralaridagi otash- alanga so'zlarini, O'xshashi yo'q bu go'zal bo'ston, Dostonlarda bitgan guliston misralaridagi bo'ston -guliston so'zlarini o'rin almashtirib bo'lmaydi. Bu hol shoirning so'z qo'llashda, mantiqiy moslikka, so'zning matn tarkibida boshqa so'zlar bilan birikuviga alohida e'tibor qaratishi natijasidir. Hamid Olimjon asarlarida so'z nafaqat fikr ifodalash vositasi, balki poetik obraz yaratuvchi vosita hamdir. Bu holatda matnda so'z bir paytning o'zida ham nominativ va definativ ma'no ifodalash sari yo'naltirilgan bo'ladi.

Ikki do'stga aytib sharaf-shon, Oqar edi toshqin Zarafshon Olam sari sochib yangi ong Sekin-sekin yorishardi tong.

misralaridagi tong so'zi orqali ifodalangan "tong otishi" uning nominativ ma'nosi bo'lsa, shu so'z orqali ifodalangan "yangi ongning paydo bo'lishi" ma'nosi denotativ ma'nosidir. Ana shu ma'no ifodasi asosida tong so'zi yangi urf-odatlarning paydo bo'lishi - poetik obrazini hosil qilgan.

Hamid Olimjonning so'zdan foydalanish mahorati haqida ilk tadqiqotlar olib borgan tilshunos Karimboy Samadov shoirning ijod namunalari haqida shunday fukr

bildiradi: "Chinakam badiiy kashfiyot darajasiga ko'tarilgan asarning tafti, zavqi, ta'sir quvvati junjikkan badanga o'sha uyum cho'g'ning lazzatini yodga tushiradi. Negaki, badiiy kashfiyotning g'oyaviy yuksakligi, tasviriy tabiiyligini ta'minlovchi barcha vosita san'atkorning bilag'onligi, topqirligi tafakkur qudrati, xayolotning hayotiyligini namoyon etadi. Bunday asar davrning da'vati, kitobxon ko'nglidagi tugunning yechimi sifatida maydonga keladi... Hamid Olimjon she'riyati ana shunday ijod namunalaridan hisoblanadi"2.

Tadqiqotchi shoir ijodi haqida fikr yuritar ekan, uning ijodida xalq hayotining keng ko'lamini tasvirlanishi, shoir she'riyatida ta'sirchanlikni ta'minlashda xalq iboralaridan unumli, o'rinli, voqelik ruhiyatiga monand foydalanilganlik masalalariga

-5

alohida e'tibor qaratdi .Shuningdek, shoir asarlarida umumiste'mol so'zlari asosida yaratilgan badiiy obrazlar ham tadqiqotchi nazaridan chetda qolmagan. Shoir she'rlarini tahlil qilar ekan, tadqiqotchi "Hamid Olimjon qo'llagan har bir so'zda, har bir turg'un so'zda, har bir turg'un vositada o'ziga xos individuallik mavjud" degan fikrga keladi4.

2 Самадов КУзбек тили услубияти.-Тошкент:УкитувчиД991.-Б.38-39(умумий бет 54)

3 Самадов ККурсатилган асар.Б.45-47

4 Самадов ККурсатилган асар.Б.46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.