Научная статья на тему 'HAMID OLIMJON LIRIKASIDA EPITETNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI'

HAMID OLIMJON LIRIKASIDA EPITETNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
621
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
epitet / tasvir vositalari / ekspressivlik / semantik-stilistik hususiyatlari / she’r tahlili. / epithet / image tools / expressive / semantic-stylistic features / poetry analysis.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mohizar Ulugʻbek Qizi Noʻmonova

Shoir lirikasida foydalanilgan tasvir vositalaridan epitetning qoʻllanilishi, uning semantik-stilistik hususiyatlari oʻrganildi. Tadqiqot uchun tanlab olingan she’rlar yuzasidan tahlillar oʻtkazildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTIC-STYLISTIC FEATURES OF THE EPITHET IN HAMID OLIMJON’S LYRICS

From the means of image used in the poet’s lyrics, the application of the epithet, its semantic and stylistic features were studied. Analyzes were conducted on the poems, selected for the study.

Текст научной работы на тему «HAMID OLIMJON LIRIKASIDA EPITETNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

HAMID OLIMJON LIRIKASIDA EPITETNING SEMANTIK-STILISTIK

XUSUSIYATLARI

Mohizar Ulug'bek qizi No'monova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Shoir lirikasida foydalanilgan tasvir vositalaridan epitetning qo'llanilishi, uning semantik-stilistik hususiyatlari o'rganildi. Tadqiqot uchun tanlab olingan she'rlar yuzasidan tahlillar o'tkazildi.

Kalit so'zlar: epitet, tasvir vositalari, ekspressivlik, semantik-stilistik hususiyatlari, she'r tahlili.

SEMANTIC-STYLISTIC FEATURES OF THE EPITHET IN HAMID

OLIMJON'S LYRICS

ABSTRACT

From the means of image used in the poet's lyrics, the application of the epithet, its semantic and stylistic features were studied. Analyzes were conducted on the poems, selected for the study.

Keywords: epithet, image tools, expressive, semantic-stylistic features, poetry analysis.

KIRISH

Yosh avlodni yuksak axloqiy va nafosat ruhida tarbiyalash, ilmiy dunyoqarashni uzluksiz shakllantira borish davlatning asosiy diqqat e'tiborida bo'lib kelmoqda. Yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish borasida boshqa sohalar kabi xalq ta 'limi oldiga ham yangidan yangi va jiddiy vazifalar qo'yilmoqda. Yoshlarni mustahkam bilim asoslari bilan qurollantirish, ularda mustaqil fikrlash qobilyatlarini o'stirish, har bir narsaga, atrof muhitga ijodiy va ongli yondashish ko'nikmalarini hosil qilish shu kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. Lirik asar tilini ongli ravishda tahlil qilish ma'lum bir she'r mazmunini, uning g'oyaviy mohiyatini, shoirning ijodiy mahorati g'oyaviy yo'nalishini chuqur o'zlashtirish mahoratini beradi. Yoshlarni o'z bilimlarini amalda sinab ko'rish imkoniyatini beradi. Lirik asarlar tilini tahlil qilish yoshlarga mustahkam bilim berish yo'lidagi muhim nazariy va amaliy usullardan sanaladi.

44

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

ASOSIY QISM

Link asarlarda badiiy tasvir vositalaridan keng qo'llanüadi. Badiiy tasvir vositalari haqida S.Sultonsaidova, O'.SHaripovaning "O'zbek tili stilistikasi" fanidan yozilgan o'quv qo'llanmasida batafsil yoritilgan. Ushbu qo'llanmada badiiy tasvir vositalari "Sintaktik figuralar" va "Troplar" deb ikki guruhga ajratilgan va ularning har biri haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanmada anafora, epifora, takror, sintaktik parallelizm, antiteza, gradatsiya, ritorik so'roq kabi sintaktik figuralar, metafra metonimoya, sinekdoxa, o'xshatish, epitet, ironiya, antifraza, sarkazm, perifraz, mubolag'a, litota, alligoriya kabi troplar haqida misollar bilan ma'lumotlar berilgan. Hamid Olimjon lirikasi ham tasvir vositalarga boyligini ko'ramiz. Badiiy tasvir vositalarining bir turi bu - Epitet. Shoir lirikasida epitet salmoqli o'ringa ega, she'rlarida epitetning go'zal namunalarini uchratamiz. J.Lapasovning "Badiiy matn va lisoniy tahlil" qo'llanmasida Epitetga shunday izoh bergan: "Epitet grekcha so'z bo'lib, izohlovchi demakdir. U o'zbek tilida sifatlash ham deb yurutiladi. Epitet poetik aniqlovchi bo'lib, narsa, hodisa, tushunchaning biror hususiyati, belgisini alohida baholab ko'rsatish uchun o'shanday so'zlar oldidan qo'shimcha tarzda keltiriladigan so'zdir" Aristotelning "Ritorika" asarida ko'plab uslubga oid fikrlar mavjud. Uning qarashlariga ko'ra asarda bayonning odatiy holatdan chetlashishi ham musofirning o'zga yurtda ko'rgan narsalaridan taajjubga va hayratga tushganidek tasavvur uyg'otadi, chunki noodatiy narsadan hayratlanish va taajjublanish ham yoqimlidir. Aristotel o'xshatishni ham o'ziga xos metafora deb baholaydi. Uningcha, ularning farqi juda oz. O'xshatishdan birgina kabi so'zi chiqarib tashlansa, metafora yuzaga keladi. O'xshatish, metafora va epitetlardan ham meyorida foydalanish zarurligi, ularni suiste'mol qilish uslubni g'alizlashtirishi ham qayd etib o'tilgan.

Badiiy tasvir vositalari goh ritorik figuralar, goh sintaktik figuralar, goh stilistik figuralar tarzida taqdim etiladi. Keng ma'noda bu tushunchalar doirasiga ko'chimlar ham, stilistik figuralar ham kiritiladi.

Muallif tasvirlanayotgan narsa yoki voqeaning o'zi zarur hisoblangan tomonini ma'lum nuqtai nazardan turib baholash uchun epitetdan foydalanadi. Hamid Olimjonning 1936-yilda yozilgan "O'lim" nomli she'rida epitetdan foydalanilgan.

Uchrasharmiz bir kun albatta, Yuragimga bo 'larsan mehmon; Bir mehmonki, sening qo 'lingda Tipirchilar tanamdagi jon.

Lopillatib olib ketarsan,

Bor narsadan etarsan mahrum,

Maskan bo 'lar mangu tor zindon,

Va tiqarsan ko 'zlarimga qum.

Seni qanday kutar ekanman? Uchrasharmiz qaysi bir yerda? Tuproq uzra qattiq olishib, Do 'st bo 'larmiz balki qabrda? Olisharmiz ma'raka qurib, Balki seni etarman g 'orat, Yo o 'parsan mening labimdan, Unda bitar butun harorat. O 'ylaganda seni doimo Yuragim orqaga tortadi Va bosadi muzday sovuq ter, Seskanaman, g'amim ortadi.

Yuqorida keltirib o'tilgan "mangu tor" va "muzday sovuq" so'zlari murakkab tuzilishga ega epitetlardir. "mangu tor" so'zlari zindon so'ziga epitet bo'lsa, "muzday sovuq" so'zlari esa o'zidan keyingi ter so'ziga nisbatan epitet hisoblanadi. Shoir bu sherida zindonning manguligini, torligini izohlab beryapti. "Mangu" va "tor" so'zlari konteksda umumiy bir butunlik manosiga ega, lekin sinonim so'zlar qatoriga kirmasa ham. Bu sherda lirik qahramon timsolida "O'lim" gavdalantirilgan. Shunday ekan, shoir o'limga murojaat qila turib "mangu tor zindon" tasviri yordamida qabrni tasvirlagan. Bu esa albatta, shoirning dunyoqarashi keng va so'z boyligining naqadar cheksizligidan dalolat beradi. Keyingi qo'llangan epitet orqali esa shoirning ichidagi qo'rquvi mohirona tasvirlangan. "Muzday" va "sovuq" so'zlari sinonim so'zlardir. Bunday bir biriga yaqin ma'noli so'zlardan foydalanganligi natijasida she'rda noadatiylikni ko'rishimiz mumkin. Muzday va sovuq so'zlarini yakka holda foydalanganimizda u darajada hissiy ekspressivlikni his qilmaymiz, ammo bu so'zlarni birgalikda qo'llaganimizda esa tasviriylik yanada mukammallashgan, tasir kuchi oshgan.

Bunda gulning eng asllari, Baxmal gilam, alvon poyondoz

Tabiatning bor fasllari: Bahor vayoz qarshimdapeshvoz... Cho 'qqilarda otash saraton, Yonbag 'irlar binafsha bahor.

Shoir Hamid Olimjonning "Chimyon esdaliklari" she'ridan keltirilgan yuqoridagi misralarda epitetning ajoyib namunalarini ko'rishingiz mumkin. Bu misolda "baxmal" so'zi "gilam" ga, "alvon" so'zi "poyondoz" ga, "binafsha" so'zi "bahor" ga nisbatan epitetdir. Yuqorida keltirilgan epitetlar matndan tashqarida boshqa ma'nolarni beradi, ya'ni "baxmal" so'zi "mato", "alvon" so'zi "rang", "binafsha" esa "gul" ma'nosi tushuniladi. Matn tarkibida boshqa so'zlar bilan kabi birgalikda kelganda esa turli xil

ma'nolarni anglatadi. "Baxmal gilam", "alvon poyondoz" birikmalari bahor faslida ochiladigan "lola guli" ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi misrada keltirilgan epitet tasvir vositasining semantik-stilistik hususiyati shundan iboratki, she'rda faqat lola gulinigina emas balki, bahor faslida yer yuzasini bahmal gilam kabi qip-qizil bo'lib ochilgan gullarni tasvirini o'quvchiga shoir tomonidan yetkazilishini ta'minlaydi. O'quvchiga estetik tasir etadi, ko'z oldida bu tabiat manzarasi gavdalanadi.

Ba'zan epitetlar uyushib kelishi mumkin. Hamid Olimjonning "Baxtlar vodiysi" nomli she'rida buning yaqqol misolini ko'rishimiz mumkin. Shoirning "Qish ko'rinishlari", "Bahor", "Daryo kechasi", "Do'stimga" , "Vido" kabi she'rlarida epitetning go'zal na'munalari keltirilgan.

Xalqimizning buyuk shoiri, baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjon qisqa umri davomida sermahsul ijod qildi. Shoirning she'rlari vafotidan so'ng ham qo'ldan qo'lga o'tib, sevib mutolaa qilinmoqda. Uning she'rlarida yoshlik, beg'uborlik, baxt, soddadillik kabi tuyg'ular yaqqol ko'zga tashlanadi. Shoir sherlarini mutolaa qilar ekansiz undagi hayotga bo'lgan jo'shqinlik, vatanni sevish, vatanga sodiq farzand bo'lish vatan oldidagi farzandlik burchi ekanligini she'rlari orqali o'quvchiga yetkazadi. Hamid Olimjon she'rlari tasvir vositalariga juda boy, u she'rlarida tasviriy vositalardan keng ko'lamda foydalangan. Manashu tasviriy vositalardan biri epitetning semantikstilistik hususiyatlarini ijodkorning she'rlari misolida tadbiq qilindi. Bu tadqiqotlarimiz natijasi shundan iboratki: she'rlardagi badiiy tasvir vositalarini o'quvchi erkin holda aniqlashi, mustaqil fikr bildirishi, she'r matnini mustaqil tahlil qila olish imkonini beradi. Bu tahlil yordamida o'quvchi she'r matnini tasvir vositalarini aniqlash, erkin muhokama qila olish imkoniyatiga ega bo'ladi. She'riy matnlardagi epitetlarni aniqlashda aniq qoidalar mavjud, bu qoidalar yordamida she'riy matndagi epitetlarni soddalik bilan aniqlab olamiz. Epitetni bu qoidalar yordamida aniqlaganimizdan so'ng esa, uning semantik-stilistik hususiyatlarini tahlil qilishimiz mumkin bo'ladi. Shoir she'rlaridagi badiiy tasvir vositalarining semantik-stilistik hususiyatlari ijodkorning anashu she'ridagi asl ma'nosini ochib beradi. Ijodkor tasavvur olamining qay darajada chegara bilmas ekanligini tasvir vositalaridan mohirona foydalanganidan bilishimiz mumkin. O'zbek adabiyotshunosligida badiiy tasvir vositalarini o'rganish, semantikstilistik hususiyatlarini tadbiq qilish.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to'plami : O'n jildlik. - T.: "Fan", 1979. - 1-jild. - B. 404.

XULOSA

2. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to'plami: O'n jildli. - T.: "Fan", 1979. - 2-jild. -B. 228.

3. Hojiahmedov A. She'riy san'atlar va mumtoz qofiya. - T.: Sharq, 1998. - B. 160.

4. Hojiahmedov A. She'r san'atlarini bilasizmi? - T.: Sharq, 2001. - B. 96.

5. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. - T.: "O'qtuvchi", 1980. - B. 250.

6. Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. - T.: "O'qtuvchi", 1995. - B. 86.

7. Qudratov T., Nafasov T. Lingvistik tahlil. Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. - T.: "O'qtuvchi", 1981. - B. 184.

8. Sultonsaidova S., Sharipova O'. O'zbek tili stilistikasi. Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. - T.: "O'qtuvchi", 2009. - B. 112.

9. Rahmatullayev SH. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T.: "Universitet", 2006. - B. 254.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.