Научная статья на тему 'NODIRA SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRI'

NODIRA SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
235
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ruboiy / taronayi ruboiy / xosiy ruboiy

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilshunosxon Inomova Abdullajon Qizi

Ushbu maqolada ruboiy va uning genezisi, Nodira ijodida ruboiyning tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NODIRA SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRI»

NODIRA SHE' RIYATIDA RUBOIY JANRI

Dilshunosxon Inomova Abdullajon qizi

QDPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada ruboiy va uning genezisi, Nodira ijodida ruboiyning tutgan o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ruboiy, taronayi ruboiy, xosiy ruboiy

RUBAI GENRE IN NODIRA POETRY

Dilshunoskhan Inomova Abdullajon kizi

KSPI

Abstract: V dannoy state rasskazyvaetsya o rubai i ego genesis, roli rubai v tvorchestve Nadiry.

Keywords: rubai, taronayi rubai, khasi rubai

Ruboiy Sharq klassik poeziyasining qadimiy,asrlar osha mutaasil rivojlanib kelgan janrlaridandir. Shuning uchun ham ruboiyning lirik janrlar sifatidagi xususiyatlari, poetikasi uzoq asrlardan buyon juda ko'p adabiyot muxlislarining diqqatini o'ziga tortib kelgan. Ruboiyning tarixiga oida birinchi bo'lib fikrlar bayon qilgan olim XIII asrning mashhur adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays ar-Roziydir. Uning "Al-mo'jazam fan maosiri ash'or ul-Ajam" asarida ruboiy haqidagi fikr va sharxlar o'z aksini topgan. Ruboiyning janr sifatidagi ta'riflari Qabu Muhammadning "Haft qulzum", Vohid Tabriziyning "Jam'i muxtasar", so'nggi turk adabiyotshunoslaridan Doyi Javodning "Zeboihoi suhan yo ilmi bade' dar zaboni forsizy" Muallim Nojiynig "Istilohoti adabiya", Muhammad Fuod Ko'pruluzodaning "Turk adabiyoti tarixi" asarlarida uchraydi.[1:2]

Qabul Muhammad: "Bilgilki, ruboiy lug'atda ikki baytli she'r. Vazn va qofiyada to'rttala misrasi ham muvofiq kelgan she'r ruboiy deyiladi. Uning ko'pincha birinchi, ikkinchi va to'rtinchi misralari qofiyalandi. Mabodo uchinchi misrasi qofiyalanib kelsa, unda "ruboyi tarona" deb yuritiladi. Ruboiy vazni muxtasar qilib aytganda, "hazaj" bahridadir" tarzida tarif bergan. [2:89]

Ruboiyning lug'aviy va istilohiy ma'nolariga doir qiziqarli ma'lumotlari biz "G'iyos ul-lug'ot" asarida ham uchratamiz. Muallif "Ruboiy deb... yet yoshlik tuya va qoramolni va otni aytiladi, to'rt yoshlik qo'y va yetti yoshlik tuya shuning uchun ruboiy deb aytiladiki, ularda yetti yoshda to'rtta tish bo'ladi... Ajam shoirlari 1,2,4-misralari qofiyalangan, uchinchi misrasi qofiyasiz kelgan hazaj bahrining axrab va

I fcclT^^^^HI 37 wpjournal.dsmi-qf.uz

axram shu'balarida yozilgan she'mi ruboiy deb ataydilar. Agar she'r ko'rsatilgan vaznda yozilmagan bo'lsa, uni ruboiy emas, balki qit'a deydilar."[3:846]

Ruboiy dastlab fors-tojik she'riyatida Rudakiy ijodida paydo bo'lgan. Unga xalq to'rtliklari zamin bo'ldi. Bu janr arab she'riyatida salmoqli o'rin oldi.O'zbek klassik she'riyatida ruboiyning poetik formasiga ,bir tomondan, ford-tojik tilidagi ruboiylari, ikkinchi tomondan,o'zbek xalq she'riyati muhim asos bo'ldi. O'zbek xalq og'zaki ijodida ruboiyga o'xshab ketadigan asarlar qadimdan buyon mavjuddir. O'zbek folkloridagi ko'pgina qadimiy lirik she'rlar formal jihatdan ruboiyni eslatadi. Bunga "Devonu lug'otit-turk" dagi ko'pgina to'rtiklar misol bo'la oladi.[3:846]

O'zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiy va Bobur ruboiyning eng yaxshi namunalarini yaratdilar. Navoiy ruboiylarida mehnatni ulug'lash, do'stlikni yoqlab, munofiqlikni fosh qilish, ezgulikni tarnnum etib, yovuzlikka nafrat kabi his-tuyg'ular o'z aksini topgan.[4:154]

Ruboiyning kompozision qurilishi ma'lum bir masala yuzasidan fikrni izchil rivojlantirib,ixcham va tugal ifodalashga mos dastlabki ikki misrada g'oya va maqsad, keying ikki misrada dalil va xulosa o'z aksini topadi. Shundan kelib kelib chiqib ruboiyning birinchi misrasi tesiz, ikkinchi misrasi antitezis, uchinchisi moddai ruboiya (yoki xulosa uchun asos bo'ladigan ko'prik), to'rtinchi misra esa sintez deyiladi. Ya'ni ruboiyning birinchi misrasida juda muhim bir fikr tezis qilib qo'yiladi-da,keying uch misra shu fikr talqiniga bag'ishlanadi; yoki birinchi va ikkinchi misradagi fikriy tezisga uchinchi misradagi antitezis qo'yilib, to'rtinchi misrada sintez(xulosa) beriladi.[5:262]

Nodira ijodida haqida so'z borar ekan uning ijodi chuqur gumanizm bilan sug'orilganligi uchun ham uning she'riyati xalqchil va xalq diliga tez yetib boradi. Nodiraning hayoti va ijodi xon saroyida kechdi, shunday bo'lsa-da u o'z atrofida ijodiy muhit yarat oldi, bunga misol qilib Uvaysiyning hayotini olishimiz mumkin. Ilm-fan, adabiyot rahnamolari Amiriy va Nodira tufayli Uvaysiy ham qizg'in ijod markazida yashadi va ijod qildi. Nodira she'riyatning g'azal, muxammas, tarkiband, tarjiband.musaddas kabi janrlarida ijod qilgan. Amiriy kabi Nodira ijodida ham ruboiy janriga oid namunalar ijodkorlar "Devon"ining debocha qismida uchraydi. Amiriyning devoni debochasida ham ikkita ruboiy berilgan bo'lsa, Nodira devoni debochasida ham ikkita ruboiy berilgan. Alvon g'azal yig'ildi devon o'ldi. Devon demakim,rashki guliston o'ldi. Hijronda so'zlarim parishon erdi, Har kim o'qidi,tabi parishon o'ldi.[6:32]

Ushbu ruboiy a-a-b-a tarzida qofiyalangan bo'lib, xosiy ruboiydir. Qofiyadsoh so'zlar devon, guliston, parishon, "N" tovushi raviy bo'lib kelgan. "O'ldi" so'zi esa radif bo'lib xizmat qilyapti. Shoira yozgan g'azallarini alvon rangga qiyoslaydi,

I jbÄÜ^^Bl wpjournal.dsmi-qf.uz

alvon-so'zi qizil rang ma'nosini beradi,shoira yozgan g'azallarini yurak qoni, dardi singdirilganligiga ishora qilib alvon g'azal deya ta'riflaydi. Bilamizki, she'riyat inson qalbi, yuragi, quvonch-u shodliklari,iztiroblarining so'zdagi aksidir. Shoira "Alvon g'azal" deganda ana shunday his-tuyg'ular aks etgan g'azallarni nazarda tutgan. Devon tuzish uchun arab alifbosining har bir harfi bilan boshlanuvchi g'azallar bo'lishi kerak, shundagina devon tuzila oladi, demak shoiraning devon tuzishi uchun yetarli darajada g'azallari yig'ilganligi, ularning esa rangi alvon rangdaligi (majoziy ma'noda, bu yerda g'azalning rangi emas, undagi his-tuyg'ular haiqda so'z boryapti) haqida aytib o'tadi. Ruboiyning ikkinchi misrasida ruju she'riy san'atidan foydalanilga, Ruju-arabcha so'zdan olingan bo'lib qaytish degan ma'noni bildiradi. Mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, avval aytilgan fikr (biror narsa-tushuncha,holat haqida aytilgan gap, unga qilingan qiyos, tashbeh, tamsil)dan qaytib, so'ng uni kuchliroq, tas'irliroq, go'zalroq tarzda ifodalash. Ya'ni ruju san'atida shoir she'rda o'zi keltirgan chiroyli o'xshatish va sifatlashlarni go'yo bilmasdan aytib qo'ygandek yoki ulardan qanoatlanmaydigan bo'lib, fikridan qaytadi va avvalgilardan ko'ra go'zalroq tashbeh-u sifatlashlarni keltiradi. Atoulloh Husayniy ta'rifiga ko'ra ruju qahramon ma'shuqa go'zalligi yoki boshqa biror sabab tufayli hushini yo'qotar holatga keladi va shu holatida beixtiyor fikr aytib qo'yib, keyin, hushiga kelgach, "aslida mana bundoq edi" tarzida "gapini to'g'rilab oladi"[5:262] Masalan, biz yuqorida keltirgan rubiyning ikkinchi misrasida ruju san'ati qo'llangan: Alvon g'azal yig'ildi devon o'ldi. Devon demakim,rashki guliston o'ldi

Alvon demagin, rashki guliston bo'ldi deya avvalgi aytgan fikridan qaytib yanada kuchliroq fikr yuritgan. Uchinchi misrada esa hijron tufayli so'zlari parishonligini, ya'ni yoridan ayrilgan shoiraning iztiroblari tufayli so'zlari parishonligini va bu parishonlik o'quvchiga ham ta'sir etganligini to'rtinchi misrada bayon etiladi. Xalqimizda, qalbdan chiqqan so'z qalbga yetib boradi, degan so'z bor. Shoiraning qalbidan chiqqan so'zlari o'quvchiga ham ta'sir qiladiki, u ham shoira his qilgan tuyg'ularni his qiladi, u shodlanasa shodlanadi, iztirob cheksa iztirob chekadi. Yo rab, bu savol ishqida sodiq bo'lg'ay, Iqbol bayozig'a muvofiq bo'lg'ay. Ishq ahlini xotiri bo'lib xush andin, Maqbuli tabiati xaloyiq bo'lg'ay.[6:33]

Shoiraning ushbu ruboiysi ham xosiy ruboiydir. Sodiq, muvofiq, xaloyiq so'zlari qofiyadoshlikni hosil qilgan,bo'lg'ay so'zi esa radif bo'lib kelgan.Ushbu ruboiyda shoira tuzgan devonining xalqqa ma'qul bo'lishini, xato va kamchiliklari bo'lsa insof va muruvvat bilan mahv etishliklarini aytib o'tadi. Buni quyidagi so'zlar orqali aytib o'tgan: "Iltimos mudaqqiq rasolaridin va muxaqqiq fuzalolardin uldurki, har sahv-u xato va xalalkim, zohir bo'lsa va har nuqsonki voqe bo'lg'on ersa,insof va

I icclT^^^^H 39 wpjournal.dsmi-qf.uz

muruvvat kazlaki birla mahv qilib, lutf va marhamat qalami birla isloh berib,barcha nuqsonlarin kamol kisvatida ko'rguzsalar, ayni shafqat va marhamat bo'lg'usidir. Va bu amaldin ajri azim va savobi jazil topqaylar."[6:33]

Nodira ijodida ruboiy janrining ikkala namunasida ham shoiraning oddiy, sodda va ravon tiliga guvoh bo'ldi. Shoira tuzgan devoni haqida,unda aks etgan g'azallari haqida soddadillik bilan ruboiyda so'zlaydi, g'azallaridagi mavzularni juda chiroyli o'xshatishlar bilan izohlaydi, devondagi xato va kamchiliklari bo'lsa uni "marhamat qalami birla" tuzatishlarini ham to'rt misrali ruboiyga sig'dirib, o'quvchiga yetkazib bera olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rahmonqul Orzibekov. Lirikada kichik janrlar ,G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti-1976 52-bet

2. Vahid Tabrizi, Jami muxtasar,Moskva,1959-yil, 89-sahifa

3. Qabul Muhammad Haft qulzum,XV jildi,Lakhnav, 1230- yil hijriy, 846-sahifa.

4. O.Nosirov, S.Jamolov, M.Ziyoviddinov, O'zbek klassik she'riyati janrlari, Toshkent- ,,O'qituvchi" -1979-yil, 154-bet.

5. D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva Adabiyotshunoslik lug'ati, Toshkent, Akademnashr, 2013

6. Nodira, Devon 2 jildli,T,1968. 32-33-bet

40

wpjournal.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.