Научная статья на тему 'O‘ZBEK SHOIRALARI IJODIDA ZEBUNNISOBEGIM SHE’RIYATI AN’ANALARI'

O‘ZBEK SHOIRALARI IJODIDA ZEBUNNISOBEGIM SHE’RIYATI AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
350
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy muhit / radifli g‘azal / bayt / lirika / ruboiy / vazn. / literary environment / radif ghazal / verse / lyrics / rubaiyat / meter

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Karimova, Safiya

XIX asrning birinchi yarmida yashab qalam tebratgan Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek shoiralari: Uvaysiy, Nodira singari iste’dodli shoiralar Zebunnisobegim she’riyatidan nimanidir o‘rgangan, unumli foydalangan. Har qaysi shoira ishq, firoq, hijron va ayriliq mavzularini qalamga olganida sof muhabbatni tarannum etganlar, ezgulikni sevishga olishga o‘rgatganlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRADITIONS OF ZEBUNNISOBEGIM POETRY IN THE CREATION OF UZBEK POETS

Uzbek poets of the Kokan literary environment who lived in the first half of the 19th century: such talented poetesses as Uvaisi, Nadira, learned something from the poetry of Zebunnisobegim. When every poetess wrote on the theme of love, separation, emigration and separation, they sang pure love and taught to love goodness.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK SHOIRALARI IJODIDA ZEBUNNISOBEGIM SHE’RIYATI AN’ANALARI»

TRANSLATION FORUM - 2022 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28

ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ-2022 ISSN 2181-1784

TARJIMASHUNOSLAR FORUMI- 2022 ^ SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

O'ZBEK SHOIRALARI IJODIDA ZEBUNNISOBEGIM SHE'RIYATI AN'ANALARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-190-196

Filol.f.n. Safiya KARIMOVA

SamDChTI dotsenti, Samarqand, O'zbekiston.

Tel: 90 250-40-48; karimovas@gmail .com

Annotasiya. XIX asrning birinchi yarmida yashab qalam tebratgan Qo 'qon adabiy muhiti o'zbek shoiralari: Uvaysiy, Nodira singari iste'dodli shoiralar Zebunnisobegim she'riyatidan nimanidir o'rgangan, unumli foydalangan. Har qaysi shoira ishq, firoq, hijron va ayriliq mavzularini qalamga olganida sof muhabbatni tarannum etganlar, ezgulikni sevishga olishga o 'rgatganlar.

Kalit so'zlar: adabiy muhit, radifli g'azal, bayt, lirika, ruboiy, vazn.

Аннотация: Узбекские поэтессы коканской литературной среды, жившие в первой половине XIX века: такие талантливые поэтессы, как Увайси, Надира, кое-что почерпнули из поэзии Зебуннисобегим. Когда каждый поэтесса писала на тему любви, разлуки, эмиграции и разлуки, воспевали чистую любовь и учили любить добро.

Ключевые слова: литературная среда, радиф газель, стих, лирика, рубаи, стихотворный размер.

Abstract: Uzbek poets of the Kokan literary environment who lived in the first half of the 19th century: such talented poetesses as Uvaisi, Nadira, learned something from the poetry of Zebunnisobegim. When every poetess wrote on the theme of love, separation, emigration and separation, they sang pure love and taught to love goodness.

Key words. literary environment, radif ghazal, verse, lyrics, rubaiyat, meter

Ayollardan chiqqan buyuk davlat arboblari, yetuk vatanparvarlar, mashhur olimalar bilan bir qatorda so'z san'atining g'ururu iftixori sanalgan shoiralar ham bor. O'z davr an'anasiga ko'ra Hindistonda fors -tojik tilida ijod qilgan sharqning mashhur shoirasi Zebunnisobegim va XIX asr birinchi yarmi Qo'qon adabiy muhiti o'zbek shoiralari: Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Anbar otin hamda Dilshod Barnolar shular jumlasidandir.

Zebunnisobegimning g'azal va ruboiylari sevgi lirikasining yorqin namunasidir. Uning har bir misrasida abadiy hijron, hajr va firoqning

190

shiddatli to'lqinlari, jafokor yorning sitamlari aks etadi. "Mashohir nisvon" ("Mashhur ayollar) kitobida aytilishicha, Zebunnisobegim bir yigitga yashirin muhabbat qo'ygan ekan. Ming afsuski, u yigit yoshligida o'ldirilgan. Shu sababdan bo'lsa kerak, Zebunnisobegim afsus va nadomatlar bilan quyidagi satrlarni bitadi:

Yuz bahor oxir bo 7ib, har chakkadan joy oldi gul, Hayfdir - bizning gulimiz zebi dastor o'lmasa. Har matoga bor xaridor, husnning bozorida, Ne uchun Zebunniso qarib, xaridor o'lmasa?

Boshqa ijodkorlardan farqli o'laroq, Zebunnisobegim an'analarini davom ettirgan, uning bevosita izdoshi-hammaslagi Uvaysiy lirikasida ham hijron motivi, hijron dardi yor-mahbubdan tashqari, Yaratganga muhabbat yoki o'g'lidan judolik bilan bog'liq. "Uvaysiyman" radifli g'azalida Yaratganga intiqlik bilan intilayotgan solih banda, Payg'ambar alayhissalomga oshiq ummat, haq yo'lidagi piru ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg'ularini izhor etadi:

To ko'rib xarobotin ta'na etma ey Zohid, Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman... Faqir borgohiga qo 'ysa gar qadam har kim, Bosh agar kerak bo 'lsa, jon fido Uvaysiyman.

Shoiraning "Ko'ndalang" radifli she'ri sevgi bobidagi bir haqiqat ifodasi sanaladi. Har bir misrasining tashbehlari samimiy, tili sodda, ifodasi xalqonadir:

Ma 'shuq ermas bo'lmasa vasl ichra nozi ko 'ndalang, Oshiq ermas bo'lmasa so 'z-u gudozi ko'ndalang. Necha kun bedor o 'lub hech topmadim andin asar, Tush aro bo 'ldum muyassar e'tirozi ko'ndalang. Bugina emas, Uvaysiyning yorga bo'lgan sevgisi, muhabbat lirikasiga oid quyidagi baytlar ham sodda, ravon, ohangdor. So'zlar bag'riga singgan hijron yorqin aks etadi:

Ko 'zlaring firog'ida tanda lolagun qonlar, Qilg'ali tomoshosin saf chekibdi mujgonlar. Yoki:

Jafosin chekmayin bo 'lmas muyassar senga jononing, Yurakka dardi tegmay, ta 'sir etmas oh-u afg 'oning.

"Sog'indim" radifli hasbi hol g'azalda o'g'li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan farzandidan judo onaning iztiroblari, nolayu fig'onlari, sog'inchlari ifodalanadi: Bukun, ey do 'stlar, farzandijononimni sog'indim, Gado bo 'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim... Qorong'u bo 'ldi olam ko'zima ushbu judolikdin Ko 'z-u ko'nglim ziyosi mohitobonimni sog'indim. Zebunnisobegim an'analarining davomchisi, uning izdoshi-maslakdoshi Mohlaroyim Nodira ham har on vafoni kuylagan shoiradir. Jafokash taqdir yosh shoirani sevikli yori, ustozi - Umarxondan ayirdi.

Umr yo'ldoshini beqiyos qadrlab, uning bilan o'tgan har lahzani ulug' davlat bilgan va shodligu baxtni kuylagan shoira g'azaliyotini Umarxon vafotidan so'ng motam, hajr, firoq, hijron alamlari egalladi. "Oqibat" radiai g'azalida yor vaslidan ayro ko'ngil, visoldan mosuvo qalbning ohu fig'onlari aks etadi:

Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat Seli g'amdin bu imorat bo 'ldi vayron oqibat.

Faqat bu emas, ushbu davrda yaratilgan har bir g'azali, muxammas, tarje'bandlari, "Firoqnoma"sidagi ruhiy ezilish, abadiy hijrondan shikoyat, zamona zaylidan nolish, yorga intizorlik, uni qo'msash, tanholik va judolikdan nola sadolari har bir ko'ngilga qandaydir mungli, vazmin ta'sir etadi:

Menki qoldim hajr vayronida besomon bo 'lib, Yor kelmas kulbayi ehzonima mehmon bo 'lib. Dashtu sahrodin so 'rog 'ingni topolmay dard ila, Aylanib keldim yana g'am uyiga hayron bo 'lib. Sharbati la'lingxumori birla chandonyig'ladim Qatra-qatra ko'zlarimdin oqdi bag'rim qon bo 'lib. Bunday mungli, alamli she'rlarni o'qiganda qalbimizdan, ich-ichimizdan Nodira dardini his etamiz, uni tushunamiz, yuragimizda shoiraga nisbatan cheksiz hurmat-ehtirom, iliq tuyg'ular jo'sh uradi.

Bu firoq, bu hajr, tabiiy ravishda shoira Nodirabegim ijodida hijron motivini asosiy yo'nalishga aylantirdi, munis va mahzun satrlar bitishga majbur etdi. Nodirabegim umr yo'ldoshi faqatgina sevikli yor bo'lib qolmasdan, balki uning "g'amxo'r ustozi" - xatolarini tuzatadigan,

kamchiliklarini to'ldirgan, ijodiyotida yangiliklar yaratishga undagan "ilhom parilar"i edi. Buni shoira o'z tarjimai holida qayd etgan. Nodira: ".. .Sayyid Umar Bahodirxon aksari avqot mavzun xayollar birla g'azal va muxammas va tarji'i murassa' qilur erdi va andin oshiqlarg'a surur va husn ahlig'a g'urur paydo bo'lur erdi. Meni ham alar mutobaatida biror bayt taqlid bilan aytur erdim. Hazrat ba'zi nuqsonlariga isloh berib mavzun va murassa' qilur erdilar".

Zebunnisobegim ijodida lirik she'rlar bilan bir qatorda tasavvufiy mazmunga ega misralar ham uchrab turadi.Tasavvuf g'oyalarining ifodasida Yassaviy, Boqirg'oniy, Bedil, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur kabilarning ta'sirini kuzatish mumkin.

"Deydurman" radifli g'azal ham shoiraning olam va odam haqidagi falsafiy qarashlarining davomidir. Lirik "men" har qanday ovoz va har bir husnda Haqning jamolini ko'radi :

Na un kelsa qulog'ima, sadoyi yor deydurman, Na tarzi husn ko'rsam, ul ruhi dildor deydurman [2 , 58]. Insonning yashashdan murodi komillik ekan , bu darajaga u avvalo pokiza axloq orqali erishadi. Haq yo'liga kirgan inson esa , bedoru xushyor - ko'ngil ko'zi ochiq , g'aflatdan yiroq bo'ladi. Zebunnisobegim qator asarlarida odamlarni g'ofil bo'lmay , atrofidagi voqealardan ogoh bo'lishga chaqiradi. G'azallarida axloqiy mavzuning aks etishi ham Zebunnisobegim ijodi uchun xarakterli. Inson o'z-o'zini anglashi kerakligini quyidagi baytda targ'ib qiladi:

Qilo, ogoh bo 'lgil, chashmi tarlarni tamosho qil, Hama sarmast o 'zdin - bexabarlarni tamosho qil [2,55]. Zebunnisobegimning ayrim g'azallarida Yassaviy hikmatlari ta'sirini sezish mumkin. Bu mushtaraklik shundaki , har ikki shoir ijodida ham insonning ichki ma'naviy olami kamoloti asosiy o'rinda turadi. Inson kamolotida kamtarlik , kamsuqumlik , faqirlik muhimdir: Qachon dunyoga kelding, xalq aro rasvoi olam bo 'l, G'ariblar ostonida itidin doimo kam bo 'l [2,50]. Inson yashar ekan , hayotini ibratli va mazmunli o'tkazishi kerak, nafsu havoga berilmay yashamog'i lozim, degan xulosa ilgari suriladi. Nafsparvarlik, buzuq maishat odamni g'ofil qiladi. Shu bois shoir ogohlikka chaqiradi:

O'tarlar barqdek bilsang agar hoyu xavaslarkim,

Egil uqbo g'aminkim o'lguningcha diydasi ham bo'l [Nodira.2001:

51.]

Shoira Mohlaroyim Nodira dunyoqarashining takomilida o'zi mansub bo'lgan islom dunyosining ma'naviy ta'siri katta. Shoira devonida Alloh taolo, payg'ambar alayhissalom betakror badiiyat bilan vasf etiladi. Tarixiy obrazlar teran mazmun mutanosibligida talqin qilinadi. Bu shoiraning kalom ilmini, islom dini va millatimiz tarixini chuqur bilganidan dalolat beradi. Devon tartib berar ekan, u mavjud an'anaga muvofiq debochani hamd va na'tlar bilan boshlaydi. Ma'lumki, na't g'azal deb Muhammad payg'ambar maqtoviga bag'ishlangan g'azallarga aytiladi. [Vohidov,1994:208]. Nodira ijodiyotidagi na't she'rlar ham asosan, vasf, me'rojnoma va shafoat-faxriya mazmunida. Ularda Muhammad payg'ambarning so'nggi payg'ambar ekanligi, olam u tufayli yaratilganligi, qiyomat kunida payg'ambar shafoati bois ummatlarining barcha gunohlari kechirilishi ohorli mazmun va betakror tashbehlar vositasida ifodalanadi. Ahmad ( Muhammad) Haq taoloning do 'stidir, Ikki olam uning nuridan namoyondir. Gunohlar zulmatidan ne qo 'rqinch bo 'lsin, Axir ( Muhammad payg'ambar) jamolining quyoshi porlagan-ku! Mana bu misralar ham koinot sarvari na'tida Nodiraning o'ziga xos nazm namunalarini yaratgani isbotidir: Muhammadkim, nabilar xotamidur, Bisoti lam'i Alloh mahramidur. Agar har kimsakim tab 'iyat aylar, Saodatning savobi a 'zamidur [Nodira, 2001:18]. Ikkala she'r mohiyatan bir-birini to'ldiradi. Birinchisida Nodira Muhammad alayhissalom Haq taoloning habibi, ikki olam uning nuridan paydo bo'lgan, uning jamoli quyoshdek hamma yerni yoritib turganda, ma'siyat qorong'iligidan qo'rqinchga o'rin qolmaydi, deb rasuli akramni ulug'laydi. Shoira bu o'rinda dastlab islom dini aqidasiga ko'ra, olam Muhammad payg'ambar tufayli yaratilgani, unga ummat bo'lish nechog'lik sharafli ekani, Rasuli akramning qiyomat kunida o'z ummatlariga shafe'ligi, jumladan, Nodira ham o'sha ummatlar qatorida shafoatdan umidvorligi ifodalanadi.

Ä- R.

ob

Munojot g'azaldan olingan mana bu baytda Muhammad payg'ambarning qiyomat kunida o'z ummatlarining gunohini Tangridan so'rovchi shafe'ligi bilan bog'liq qarashlar o'z ifodasini topgan. Unga ko'ra, Nodira o'zining gunog'kor ekanligini aytib, Yaratgandan Muhammad payg'ambarning haqqi hurmati bandalari, jumladan, o'z gunohlarini kechirishni so'raydi:

Ey Xudo, Ahmadi Muxtorning urug'-aymog'lari haqqi, Kibriyolik lutfing bilan bandalaring gunohini kechir. Mohlaroyim ijodida xulafoi roshidin vasfiga bag'ishlangan she'rlar ko'p bo'lmasa-da, ularning fazilati, islom dini rivojidagi xizmatlari vasf etilgan misralarni uchratish mumkin. Masalan, mana bu ruboiyda dastlabki to'rt xalifa-islomning ilk davrlarida Abu Bakirning Muhammad alayhissalomga hamrohlik qilib, mushriklardan qochib g'orga yashirinish voqeasi, hazrati Umarning odilligi,Usmon va Alilarning dinni mustahkamlash yo'lidagi xizmatlari tasvirlangan: Erdi Bubakr yori g'or anga, Umar adl etti ustuvor anga, Qildi Usmon charog'idin ravshan, Murtazo erdi do'stvor anga.

Umuman, Nodiraning na't va manqabat she'rlarida Muhammad payg'ambarning fazilatlari, yaqinlarining islom tamadduni yuksalishi-dagi xizmatlari o'ziga xos pafos hamda ohorli tashbehlar vositasida ifodalangan.

Darhaqiqat, Zebunnisobegim an'analarining hayotbaxsh ruhi va ta'siri XIX asrning birinchi yarmi Qo'qon adabiy muhiti o'zbek shoi-ralari: Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Anbar otin hamda Dilshod Barno-larning bir qancha g'azal, ruboiy, qit'a va boshqa janrdagi asarlarida yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Bu shoiralarning she'rda tilning sodda va ranginligi uchun zahmat chekishlarini Zebunnisobegimga bir iz-doshlik harakati, desa aslo xato bo'lmaydi. Ular g'azallarida Zebunni-sobegim qo'llagan vaznlar, ko'p iboralar, u g'azallar asosiga olingan ishq, may, do'stlik, hajr, firoq, hijron mavzulari, avtobiografik mavzu va boshqalar keyingi o'zbek shoiralari, xususan, she'riy devon yarat-gan Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Anbar otin hamda Dilshod Barnolar tomonidan rivojlantirildi, chuqurlashtirildi, nihoyasiga yetkazildi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, keyingi davrlarda yashab qalam tebratgan iste'dodli o'zbek shoiralarining ko'pchiligi Zebunnisobegim she'riyatidan nimanidir o'rgangan, boshqa bir madaniyat yutuqlaridan unumli foydalangan.

Har qaysi shoira ishq, may, do'stlik, hajr, firoq, hijron va ayriliq mav-zularini qalamga olganida sof muhabbatni tarannum etganlar, hayotni, ezgulikni sevishga, qiyinchiliklarga qarshi tura olishga o'rgatganlar. Ular kuylagan muhabbat, ularning hayoti barchaga ibratlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Aziz Qayumov. Nodira. O'zbek tili va adabiyoti masalalari. №1. -37 bet.

2. Zebunniso. Majmuai she'rho. -56 s.

3. Uch shoira. -Toshkent: 1958. 5- bet.

4. O. Sharafiddinov. O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi. Tom II. -Toshkent: 1945. - 191

5. Majmuat ush-shuaro. Sharqshunoslik universiteti qo'lyozmasi. № 3371, varaq 8.

6. Mubarakova, D. (2022). Media matn tarjimasida lingvomadaniy va sotsiolingvistik aspektlar. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 411-414.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.