Научная статья на тему 'NAVOIY RUBOIYLARIDA AXLOQIY MEZONLAR'

NAVOIY RUBOIYLARIDA AXLOQIY MEZONLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2087
122
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ruboiy / bahr / misra / lirika / axloqiy qarashlar / mumtoz adabiyot / dubaytiy / tarona / qofiya / vazn / janr. / ruboi / bahr / misra / lyricism / moral views / classical literature / Dubai / tarona / rhyme / weight / genre.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Davlataliyeva Kumush Akmaljon Qizi

Maqolada o`ziga xos shakliy qurilma tizimiga ega, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy va axloqiy mavzularda yoziluvchi ruboiy janrining Navoiy ijodida tutgan o`rni va uning axloqiy tamoyillari haqida fikr bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETHICAL CRITERIA IN NAVOI RUBOI

The article expressed an opinion on the role and moral principles of the ruboi genre in Navoi's creativity, which has a unique formative system, is written on philosophical, socio-political, romantic and moral themes.

Текст научной работы на тему «NAVOIY RUBOIYLARIDA AXLOQIY MEZONLAR»

NAVOIY RUBOIYLARIDA AXLOQIY MEZONLAR Davlataliyeva Kumush Akmaljon qizi

Namangan davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6537047 Annotatsiya. Maqolada o^ziga xos shakliy qurilma tizimiga ega, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy va axloqiy mavzularda yoziluvchi ruboiy janrining Navoiy ijodida tutgan o^rni va uning axloqiy tamoyillari haqida fikr bildirildi.

Kalit so zlar: ruboiy, bahr, misra, lirika, axloqiy qarashlar, mumtoz adabiyot, dubaytiy, tarona, qofiya, vazn, janr.

ЭТИЧЕСКИЕ КРИТЕРИИ В НАВОИ РУБОИ Аннотация. В статье высказано мнение о роли жанра рубаи в творчестве Навои и его моральных принципах, имеющих свою систему формообразования, написанных на философские, социально-политические, романтические и этические темы.

Ключевые слова: рубаи, бар, Мисра, лирика, моральные взгляды, классическая литература, рубаи, тарона, рифма, вес, жанр.

ETHICAL CRITERIA IN NAVOI RUBOI Abstract. The article expressed an opinion on the role and moral principles of the ruboi genre in Navoi's creativity, which has a unique formative system, is written on philosophical, socio-political, romantic and moral themes.

Keywords: ruboi, bahr, misra, lyricism, moral views, classical literature, Dubai, tarona, rhyme, weight, genre.

Kirish. Ruboiyni tushunib, undan zavq olish uchun, avvalo, misralar zamiridagi manolarni obdon anglab olish lozim. Zero, Sharq adabiyotining o'ziga xos jihati, har bir shakliy vosita muayyan mazmunning ifodasiga mutanosib ekanligidadir. Navoiy ruboiylarida aynan shu narsani ko'rishimiz mumkin. Yani, ularda shakl va mano uyg'unligi mujassam.

ADABIYOTLAR RO'YXATI VA MUHOKAMA. Ruboiy (arabcha -to'rtlik) - Sharq mumtoz she'riyatida keng tarqalgan lirik janr, hazaj bahrining axrab va axram shajaralarida yozilib, ko proq a-a-b-a tarzida qofiyalanuvchi mustaqil lirik asar.[1] Hazrat Navoiyni o'zbek adabiyotida ruboiy janrining asoschisi desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin, 8-sinf adabiyot darsligida turkiy adabiyotga birinchilarda bo'lib ruboiy janrini olib kirgan shoir sifatida Mavlono Lutfiy ko'rsatilgan.[2.] Dilmurod Quronovning "Adabiyotshunoslik lug'ati" kitobida esa Lutfiy to'rtliklari ramal bahrida yaratilganligi aytilgan.[B-261] Demak, Lutfiy to'rtliklari ruboiy bola olmaydi. Chunki, Yoqubjon Is'hoqov:"Biror to'rtlikni ruboiy deb atash uchun unda tugal mazmun, ruboiy shakli bolishidan tashqari ruboiy vazni ham bolishi kerak. To'rtlik qanchalik chuqur mano va go'zal shaklga ega bolmasin, agar u ruboiyning maxsus vazniga tushmasa, ruboiy bola olmaydi" - deydi.[3.] Bu haqda Navoiyning o'zi ham yozgan edi: "Ruboiy vaznikim, oni "dubaytiy" va "tarona" ham derlar, hazaj bahrining axram va axrabidan istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xushoyanda va nazmedur bag'oyat raboyanda"[4.]Shuningdek Xondamir o'zining "Makorimul-axloq" asarida: "Ko'rinishicha, ul hazratdan ilgari hech kim turkiy tilda ruboiy aytmagan"[5.], - deya Navoiy haqida fikr bildiradi. Ushbu ilmiy dalillarga asoslangan holda biz yuqoridagi fikrga keldik. Lekin Lutfiy to'rtliklari o'zbek yozma adabiyotida klassik ruboiy janrining shakllanishida muhim bosqich bolgan. Ammo, bu faktlar bilan "Navoiygacha ruboiy janrida hech kim ijod qilmagan ekanda?" - degan fikrga kelish noto'gli, albatta. Ruboiy so'zining kelib chiqishi arabcha bolsa-da, bu janr dastlab fors adabiyotida paydo bo'lgan. Keyinchalik esa arab va turkiy adabiyotga ham ko'chgan. Fors adabiyotida bu janr asoschisi sifatida Rudakiy ko'rsatiladi. Keyinchalik esa, Shahid Balxiy ijodida ham ko'zga tashlangan. Turkiy adabiyotimizda ruboiy janrida xo'p va ko'p baytlari bilan o'zbek adabiyotiga benazir hissa qo'shgan Navoiyning lirik merosi bilan o'ziga xos olin egallaydi. Alisher Navoiyning turkona ruboiylarining 133 tasi "Xazoyin ul-maoniy"ning birinchi devoni - "G'aroyib us-sig'af'ga, "Badoye^ ul-

bidoya" debochasiga 8 ta, "Mahbub ul-qulub"ga 12 ta, "Majolisun-nafois"ga 8 ta, "Vaqfiya"ga 15 ta, "Munshaot"ga 58 ta, "Holoti Pahlavon Muhammad"ga 1 ta, "Holoti Sayid Hasan Ardasher"ga 2 ta, "Mezonul-avzon"ga 7 ta, "Muhokamatul-lug'atayn"ga 3 ta, "Xamsatul-mutahayyirin"ga 3 ta kiritilgan. Olima Marifat Rajabova o'zining ""Nazm ul-javohir" manbalari va badiiyati" nomli nomzodlik dissertatsiyasida shoirning tarjima asari "Nazm ul-javohir" ("Nasr ul-laoliy"-"Marvarid hikmatlar" asarining she'riy tarjimasi)da ruboiylar soni 268 ta ekani aytilgan.

NATIJA. Demak, Navoiy turkiy tilida 500 ga yaqin ruboiy bitgan.

Eykim, qilasen jilva-u ishrat chogl zeb, Mustahsan emas er kishining qilmog^i zeb, Gar bo Isa ishing ko"pragi yo ozrog^i zeb, Zohirdin erur sutuda botindog^i zeb.[6]

"Nazm ul-javohir" devonidan olingan ushbu ruboiyda shoir birinchi, ikkinchi va uchinchi misralarda kitobxonga tanbeh berib, to'rtinchi misrada bevosita yakuniy xulosa beradi. Dilmurod Quronov bu haqida: "dastlabki ikki misrada g'oya va maqsad, keyingi ikki misrada dalil va xulosa oz aksini topadi. Shundan kelib chiqib hozirgi adabiyotshunoslikda ruboiyni birinchi misrasi tezis, ikkinchisi antitezis, uchinchisi moddai ruboiya (yoki xulosa uchun asos boladigan ko'prik), to'rtinchi misra esa sintez deyiladi" [B-262] - deydi. Yani ushbu ruboiyning xulosasi: "botiniy husn zohiriy husndan yaxshiroqdir". Shoir kitobxonga qalb go'zalligi hamma narsadan ustunligini uqtirmoqda. Ushbu g'oya hozirgi davr muammosiga aylandi desak mubolag'a bolmaydi, menimcha. Chunki ko'pchiligimiz insonning tashqi ko'rinishiga, kiyimiga qarab muomala qilamiz, do'st tanlaymiz. Bundan necha asrlar avval Hazrat Navoiy buning noto'g'ri ekanligini takidlab o'tgan.

Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi, Baxtim kibi, har ishta zabunluq qildi, Gah kom sari rahnamunluq qildi,

Alqissa, base buqalamunluq qildi.

Ruboiylar qofiyalanishiga ko'ra 2 ga bolinadi: ruboiyi xosiy va ruboiyi tarona. Ruboiyi xosiy a-a-b-a tarzida, ruboiyi tarona esa a-a-a-a tarzida qofiyalanadi. Navoiyning o'zbekcha ruboiylarining 95 foizi, forsiy ruboiylarining hammasi ruboiyi taronaga to'g'ri keladi. "Mahbub ul-qulub"dan olingan yuqoridagi ruboiy ham ruboiyi taronada yozilgan. Yani to'rttala misra ham: "dunluq", "zabunluq", "Rahnamunluq", "Buqalamunluq" - ozaro qofiyalangan. Ushbu ruboiyda "inson Alloh tomonidan yuborilgan har qanday sinovga - hoh shodlik bo'lsin, hoh g'am bo'lsin sabr bilan chidashi kerakligi" haqidagi g'oya ilgari surilgan. Xalqimiz donoligi bo'lmish "oyning o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u" degan maqolga ham to'g'ri keladi.

G^urbatda g^arib shodmon bolmas emish, El anga shafiqu mehribon bolmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg^a tikandekoshyon bolmas emish.

Bu ruboiy "G'aroyib us-sig'ar"dan olingan bo'lib, shoir uni hozirgi Eronning Mashhad shahrida musofirlikda yurgan vaqtlarida yozganligi aytiladi. Buni ruboiy mazmunidan ham bilish mumkin. Ya niki, ruboiyning birinchi va ikkinchi misrasida: "musofirlikda inson xursand bola olmasligi, o'zga yurt vakillari begonaga mehribonlik qilmasliklari", - aytilgan. Buning dalili sifatida esa: "bulbul qafas oltindan bo'lsa ham o'zining tikonli erkin vataniga alishmasligi" - keltirilgan. Buni dastlabki ikki satrda aytilgan umumiy fikrning qiyosiy isboti deyish mumkin. Yuqorida takidlaganimizdek, Navoiy ruboiylarining 95 foizi taronai ruboiyda yozilgan. Ushbu ruboiy esa qolgan 5 foiz tarkibidagi ruboiylardan. Yani, ruboiyi xosiyda yozilgan.

O^lsam yasamang munda mozorimni mening, Yuklab elitingjismi firoglmni mening, O^tru chiqarib ahli diyorimni mening, Ko^yida qo^yung tani nizorimni mening.

To'rt tomlik "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'atf'da: firoq-ayriliq, uzoqlashish, judolik [3-tom.-B 347], o'tru-qarshi, muqobil ropara [3-tom.-B 617], ko'y-ko'cha, mahalla, kata yol [2-tom.-B 148], nizor-ozg'in, sust, zaif [2-tom.-B 459] tarzida izohlangan. Shundan kelib chiqqan holda "G'aroyib us-sig'af'dan olingan yuqoridagi ruboiyni quyidagicha tahlil qilish mumkin: birinchi misrada Navoiy " olsam mozorimni yani qabrimni yasamanglar" - demoqda. Buning sababini esa qolgan misralarda tushuntiradi. Ikkinchi misrada jonidan judolikdagi jismini yuklab eltishlikni; uchinchi va to'rtinchi misralarda zaif tanasini ahli diyoriga yani xalqqa ropara qilib katta ko'chaga qo'yishlikni aytadi. Bizga malumki, Navoiy oz davrining o'ziga to'q amaldorlaridan bolgan. Lekin shuncha boyligi bolsa ham hech nima olib keta olmasligini xalq ko'rishini istaydi. Bu ruboiyda "Insondan faqatgina yaxshi amallari qolishi, shuning uchun qoldan kelgancha yaxshilik qilish kerakligi" g'oyasi ilgari surilgan.

Farzand ato qullig^in chu odat qilg^ay, Ul odat ila kasbi saodat qilg^ay, Har kimki atog^a ko^p rioyat qilg^ay, O^glidin anga bu ish siroyat qilg^ay.

"Nazm ul-javohir" ("Gavharlar tizmasi") asaridan olingan ushbu ruboiyda qaysiki farzand otasi xizmatini qilishni odat qilsa, o'sha odati uchun kasbida saodatga erishishi va otasiga itoat qilgan har qanday insonning o'glining o'gliga ham bu odat yuqishligi aytilgan. Bunday tahlil qilishimizning sababi: "Siroyat-o'tish, tasir, yuqish"[7], - deya izohlangan. Hadislarimizda ham "ota-onaga yaxshi muomalada bo'lish kerakligi, qanday muomala qilsa, farzandidan qaytishi", - aytilgan.

XULOSA. Ulug' shoir oddiy so'zlar orqali to'rttagina misraga qalamining sohir kuchi bilan o'ta nozik g'oyaviy, ijtimoiy, manaviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega hayotiy mazmunlarni yuklay olishdek yuksak mahoratini namoyon etadi.

Adabiyotlar:

1. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug'ati. - T: Akademnashr, 2013. - B 338.

2. Olimov S., Ahmedov S., Qochqorov R. Adabiyot (Umumiy o'rta talim maktablarining 8-sinf uchun darslik). - T.: Gafur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. - B 67.

3. Is'hoqov Y. Navoiy poetikasi ("Xazoyin ul-maoniy" asosida). - T.: Fan nashriyoti, 1983. - B 79.

4. Navoiy, Alisher. Mezon ul-avzon (ilmiy-tanqidiy tekst). - T. 1949. - B 35.

5. Xondamir. Makorim-ul-axloq. - Toshkent, 1967. - B 50.

6. http://navoinatlib.uz8101 Navoiy, Alisher. Nazm ul-javohir. // Mukammal asarlar to'plami. 20 tomlik. - Toshkent: Fan nashriyoti, 1991.

7. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati (4 tomlik). - T.: Fan, 1984. 3-tom, - B 88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.