Научная статья на тему 'HAMID OLIMJON IJODIDA QOFIYANING POETIK VAZIFASI'

HAMID OLIMJON IJODIDA QOFIYANING POETIK VAZIFASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
346
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IJODKOR / QOFIYA / XALQ IJODIYOTINING MAHSULI / QOFIYADOSHLIK / JOZIBADOR / YOQIMLI / OHANGDORLIKNI TA'MINLASH / MISRALAR / INTONATSION TUGALLIK / QOFIYA POETIK SAN'AT / RITM / RITMIK / DOSTON

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raximova U.

Maqolada qofiya turli janrdagi asarlarda badiiyatning asosiy qirralaridan biri hisoblаnishi aytib o’tilgan. Zero, bunday asarlarning salohiyati ularda qo’llangan g’oyalar mazmun-mohiyati, timsollar qiyofasini ochishdagi ahаmiyati, qofiyalarning ma’naviy teranligi, ohangdorligi va jozibadorligi bilan belgilanishi sir emas.Qofiyaning xilma - xil turlaridan va san’atlaridan, vazn va qofiya munosabatlaridan mahorat bilan foydalanish asarning o’qimishililigini va ta’sirchanligini ta’minlaishi alohida ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RHYME IN THE WORKS OF HAMID OLIMJON POETIC TASK

The article says that rhyme is considered one of the main aspects of fiction in works of various genres. It's no secret that the potential of such works is determined by the content of the ideas used in them, their significance in revealing the images of images, spiritual depth, melody and attractiveness of rhymes.It is emphasized that the skillful use of various types and arts of rhyming, the ratio of weight and rhyme ensures the readability and expressiveness of the work.

Текст научной работы на тему «HAMID OLIMJON IJODIDA QOFIYANING POETIK VAZIFASI»

Raximova U.

Termiz davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi

HAMID OLIMJON IJODIDA QOFIYANING POETIK VAZIFASI

Annotatsiya: Maqolada qofiya turli janrdagi asarlarda badiiyatning asosiy qirralaridan biri hisoblanishi aytib o'tilgan. Zero, bunday asarlarning salohiyati ularda qo'llangan g'oyalar mazmun-mohiyati, timsollar qiyofasini ochishdagi ahamiyati, qofiyalarning ma'naviy teranligi, ohangdorligi va jozibadorligi bilan belgilanishi sir emas.Qofiyaning xilma - xil turlaridan va san'atlaridan, vazn va qofiya munosabatlaridan mahorat bilan foydalanish asarning o'qimishililigini va ta'sirchanligini ta'minlaishi alohida ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: H.Olimjon, ijodkor, qofiya, xalq ijodiyotining mahsuli, qofiyadoshlik, jozibador, yoqimli, ohangdorlikni ta'minlash, misralar, intonatsion tugallik, qofiyapoetiksan'at, ritm, ritmik,doston.

Rakhimova U. department senior teacher Uzbek language and literature Termez State University

RHYME IN THE WORKS OF HAMID OLIMJON POETIC TASK

Abstract: The article says that rhyme is considered one of the main aspects of fiction in works of various genres. It's no secret that the potential of such works is determined by the content of the ideas used in them, their significance in revealing the images of images, spiritual depth, melody and attractiveness of rhymes.It is emphasized that the skillful use of various types and arts of rhyming, the ratio of weight and rhyme ensures the readability and expressiveness of the work.

Keywords: H.Olimjon, creator, rhyme, product of folk art, rhyming, making attractive, pleasant, melodious, metaphors, intonation completeness, rhyme is poetic art, rhythm,rhythmics, epic.

H.Olimjon o'z asarlari tiliga katta ahamiyat bilan qaragan ijodkor. Shu boisdan ham shoir asarlarining birortasida, hatto biror bandda ham tashqi go'zallik orqasidan quvib ishlatilgan so'zlar uchramaydi. Shoir ijodidagi har bir so'z buyuk imorat poydevoriga qo'yilgan pishiq g'ishtlarni eslatadi. H.Olimjon har bir so'zga, uning fikr ifodalash darajasiga alohida ahamiyat beradi. Shoir ijodi xalqimizning boy merosi bo'lgan xalq og'zaki ijodi, xususan, xalq dostonlarining go'zal an'analari bilan omuxta bo'lib kelgan. Bu holat shoir asarlarining ravon, jozibaliligini uyushtirgan. Chunki, nima haqida yozmasin,

o'z fikrini sodda, umumxalq uchun tushunarli misralarda kuchli obrazlilik to'niga o'rab bayon qiladi. Shuning uchun ham H.Olimjonning har bir asari kishini o'ziga tortuvchi, maftunkordir.H.Olimjon ijodining jozibadorligi, yoqimliligi, o'quvchilarga tez yetib borishini ta'minlashda qofiyadoshlik katta rol o'ynagan.

Qofiya (arab. — ergashish, izidan borish, yun. - rifma:

«mutanosiblik, ritm») deb ikki yoki undan ortiq misra oxiridagi lafzdoshlikka aytiladi (A. Rustamiy). Qofiya-xalq ijodiyotining mahsuli. Xalq ijodida qofiya poetik san'at sifatida muhim vazifa bajarib kelgan. Xalq maqollari, hikmatli so'zlar avvalo qofiyasining kuchliligi bilan ajralib turadi. Shu jihatdan yondoshilganda bu san'atning negizi xalqning urf-odati, psixik holatlari, fikrni qabul qilib olish va undan estetik zavqlanishdagi didi bilan ham bog'liq.

Qofiyaning mavjudligi misraning to'kisligini ta'minlaydi va kuchaytiradi, ritmik birliklarning mutanosibligi kamroq aniqlik bilan ifodalangan erkinroq ritmik tuzilishdagi misralarda (satrlar bo'g'inlar soni, urg'u joylari va boshqalar bilan farqlanadi) qofiyaning ritmik ma'nosi yuqori darajadagi aniqlik bilan namoyon bo'ladi.

Ma'lumki, she'riyatda ohangni saqlab turuvchi bo'g'in, turoq va boshqa vositalar ham mavjud. Shuningdek, qofiya ham mavjud ohangni fikrni boshidan oxiragacha saqlab borish vazifasini bajarsa-da, uning she'riy nutqdagi vazifasi shu bilan chegaralanib qolmaydi.

Qofiya fikrni bir tugal poetik fikr sifatida tugatishni ta'minlovchi vosita hamdir. Avvalo, har bir fikr intonatsion tugallikka ega bo'ladi. Intonatsiya -tugallovchi vosita. Lekin intonatsion tugallikka ega bo'lgan fikr doimo mantiqan, mazmunan tugal bo'lavermaydi. Bu hol ayniqsa, she'riyatda yaqqol seziladi. Masalan:

Uyashaydi besitam, bezor,

U bilmaydi qayg'uni, g'amni

Oyoqlari ostida bahor

To'shab qo 'ygan alvon gilamni. (Zaynab va Omon)

Ushbu she'riy parchadagi birinchi ikki misra o'ziga xos fikriy tugallikka ega. Lekin g'oyaviy-mazmunan tugal fikr emas. Shu fikrdan keyin uni to'ldirib izohlab keladigan yana bir fikr borligi yaqqol sezilib turadi. Uning (Zaynabning) "besitam, bezorligi", "qayg'uni, g'amni" bilmasligining sababi 3-4-misralarda ikkinchi fikr sifatida ta'kidlanib, oldingi fikr bilan bir butun holda tugallangan fikr vujudga kelgan.

Ko'rinib turibdiki, bunda qofiya fikrlarni bir-biri bilan bog'lash, uni tugal fikr sifatida shakllantirish vazifasini bajargan. Bezor-bahor, g'amni-gilamni so'zlarining qofiyalanishi natijasida fikr mazmunan tugallanib, yaxlit bir poetik ifodaga aylangan.

Qofiyaning she'riy nutqdagi vazifalaridan biri she'riy o'lchovni uyushtiruvchi vosita sifatida xizmat qilishidir. V.Jirmunskiy qofiyaning o'lchovdorlikni ta'minlashini ohangdorlikni ta'minlash jarayonidan

ajratmaydi[1]. Olim ularni bir-biri bilan bog'liqligini oshiruvchi vosita sifatida talqin qiladi.

Ye.Vinokurov va B.Goncharovlar qofiya fikrning ta'sirchanligini oshiradi, desalar [2], N.A.Aseev "qofiya - poetik energiyaning kondensatori", deb yozadi [3].

Darhaqiqat, qofiya she'riy nutqda ifodaviylikni ta'minlovchi vositalardan ham biridir. Chunki qofiya tovushlar takroriga asoslangan san'at. Tovushlar takrori natijasida ma'lum san'atlar - poetik vositalar vujudga keladi. Bu san'atlar bevosita poetik nutqning badiiy ifodaviyligini kuchaytiradi, nutqning jarangdorligini oshiradi. Biroq qofiya she'riy qatorni yakunlab beruvchi yagona vosita emas, kuchli pauza, tugallangan, yakuniy urg'u va ohang, klauzula (lot. clausula «yakun, tamom, yakunlanish») yordamida misraning yakun topgani qofiyasiz ham anglashilishi mumkin:

Hali Zaynab o'zining dardin

Dadil turib yora olmaydi.

Tunni butun uyg'oq kechirdi,

Fikrlari topmay nihoya... (Zaynab va Omon)

Tovush takrori poetik nutqning ohangdorlik sistemasidan uzilib qolgan alohida holda emas, balki, ohangdorlik sistemasiga singib ketgandagina badiiy-ifodaviy bo'ladi. Ma'lumki, tovush takrori poetik nutqni boshqa nutq turlaridan ajratib turuvchi vositalaridan biri sanaladi. Tovush takrori avvalo evfonik (ohangdosh) va metrik (o'lchovdosh) takrorlarga bo'linadi. Qofiya tovush takrorining birinchi turiga xos bo'lib, ohangdosh takror boshqa bir qator stilistik usullarni ham (alliteratsiya, paronimiya) vujudga keltiradi. Shuning uchun ham tovush takrori she'riyatda badiiy ifodaviylikni vujudga keltiruvchi, she'riyatning ohangdorlik tizimidan joy oladigan vositalardan biri hisoblanadi. Bir qator tadqiqotchilar tovushning poeziyadagi o'rnini alohida ta'kidlaydilar. Chunonchi, K.Balmont poeziyani sehrgarlik deb atab, "har bir harfda sehrgarlik bor, she'r o'zining mohiyati bilan kuchli va har bir harf unda bir sehrdir" [4], deydi.

Quyidagi misralar bu holatni zulqofiyatayn sifatida kuzatish imkonini beradi:

Gulzorlardan, bog'lardan o'tdim,

Bozorlardan tog'lardan o'tdim.(Zaynab va Omon)

Birinchi baytda oltita so'z qo'llanilgan bo'lib, ulardan to'rttasi-gulzor-bozor, bog'-tog' qofiyalangan. Ikkinchi baytda sakkizta so'z ishlatilib, kun-tun, botar-yotar so'zlari qofiyalangan, misralarni ikki bo'lakka (turoqqa) ajratgan. Qolgan to'rtta so'z radifdir. Bu baytdagi qofiyalanish tuzilishi jihatidan bir -biriga o'xshaganidek, bir-biridan farqlanadi ham. O'xshashlik shundaki, har ikki baytda ham bir necha so'zlar qofiyalangan. Qofiyadosh so'zlardan keyin radif qo'llanilgan. Farqi shundaki, birinchi baytda radifdan boshqa barcha so'zlar (misralarning har ikki qismi), qofiyadoshdir, qofiyalanishning bu turi mumtoz she'riyatda tarse deb yuritiladi. Radif esa birgina so'zdan iborat.

Ikkinchi baytda misralarning birinchi qismi qofiyalangan bo'lib, misralar turoqlarga ajratilgan. Ikkinchi so'z radif bo'lib kelgan. Ma'lumki, she'riyatda misralarning turoqlarga ajratilishi uchun har bir turoq qofiyalanishi shart emas. O'z navbatida bu juda og'ir jarayondir. Lekin bir qator ustoz san'atkorlar ijodida, xususan, Hamid Olimjon ijodida bunday qofiyalanish ham bir talay. Bu holat, birinchidan, shorining o'ziga xos ifoda usulini, uslubini, shuningdek, so'zdan foydalanish mahoratini ko'rsatadi. Ikkinchidan, turoqlar qofiyalanishi, turoqlar orasida keskin to'xtam borligini ko'rsatadi va nutqning tantanavorligini, salobatini oshiradi.

Yuqoridagi misralardan ko'rinib turibdiki, qofiya she'riy nutqning ohangdorligini, jozibadorligini ta'minlabgina qolmaydi, balki, shoir tomonidan olg'a surilgan fikrni, mazmunni tushunish, asarning g'oyasini batafsil anglash imkoniyatini ham beradi.

Adabiyotlar:

1. Жирмунский В. Рифма, ее история и теория. - Петроград, 1923.

2. Винокуров Е. Мысли о поезии / / Знамя, 1972, № 10, с. 223.

3. Николай Асеев, Дневник поета, Л., «Прибой», 1929.

4. Балмонт К. Д. Поезия как волшебство. — М: Книгоиздателство «Скорпион», 1915.

5. Umurqulov B., Umurqulov Z., Raximova U. Shoirning qofiya san'ati. -Toshkent: Turon zamin ziyo, 2016.

6. Х,.Олимжон. Мукаммал асарлар туплами. ИИ том. Тошкент-1979. 7. Shaymardanova A. The role and position of lacunas of cultural location in the process of communication (Can the word "Yanga" be thought to be a lacuna in Uzbek language?). ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (92), 322-325. (2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.