Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BAYT POETIKASI TUSHUNCHASINING TUTGAN O'RNI VA TIPALOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada turkiy xalqlarda, jumladan, o 'zbeklarda ham she'riyat asosida vazn, marom (ritm) va ohang jihatidan bir-biriga teng bo 'lgan misralarni ko 'shish oqibatida yuzaga kelgan qo 'sh misralar yotadi. Chunki misralarning teng o'lchovliligi, ohangdorligi faqat juftliklar orkali belgilanishi she'r tuzilishi nazariyasida tasdiqlangan. Mana shundan kelib chiqib aytish mumkinki, o'zbek mumtoz she'riyatidagi baytning shakliy asoslari xalq ko 'shiklari tarixiga ham borib bog'lanadi. Baytning aruz tizimi asosida o'ziga xos talablar bilan yaratilishi hakidagi nazariy qarashlar esa keyinchalik arab, fors-tojik poetikasi ta 'sirida yuzaga kelganligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: she'riy birlik ,bayt,motiv, lafz,ma'no, band, semantik, vazn, marom lafziy ifoda, anjambement
В данной статье встречаются двойные стихи, которые создаются в результате сложения стихов, равных друг другу по весу, ритму (ритму) и тону, на основе поэзии тюркских народов, в том числе и узбеков. Поскольку ровность и мелодичность стихов определяются только куплетами, это подтверждается в теории строения стихотворения. Исходя из этого, можно сказать, что формальные основы стиха в узбекской классической поэзии связаны с историей народных песен. Считается, что теоретические воззрения на создание стиха с особыми требованиями, основанные на системе аруз, сформировались позднее под влиянием арабской и персидско-таджикской поэтики.
Ключевые слова: поэтическая единица, строфа, мотив, слово, значение, предложение, семантика, вес, ритм, словесное выражение, enjambement.
Arab, fors-tojik va boshqa turkiy xalqlar mumtoz she'riyatida fikrni yagona vazn va qofiya asosidagi maqbul so'zlar vositasida ifodalash bayt deb atalmish she'riy birlik orqali amalga oshirilgan. Mana shuning uchun ham muayyan fikrni
Jurayeva Nazokat Gulmuradovna-
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institute v,b dotsenti Uzbekistan E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'ziga xos vazn, ohangdorlik va nisbiy mustaqillikda ifodalash shakli bayt deb yuritiladi. Bayt termini arab tiliga oid so'zdan olingan bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi uy demakdir. Baytning istilohiy ma'nosi esa nisbiy mustaqil mazmunga ega bo'lgan, bir vaznga solingan va yagona qofiya asosida birlashtirilgan ikki misradan iborat she'riy birlikni anglatadi. Arab she'rshunoslari baytga muayyan ma'noni ma'lum bir alfoz (so'zlar) bilan ifodalash shakli deb qaraganlar. Shu bois bayt so'zining lug'aviy ma'nosi - uy, ya'ni badiiy fikr uyiga to'g'ri keladi. Haqiqatan ham bayt she'rdagi muayyan fikrni o'ziga joylagan she'riy uydir.Arab adabiyotshunosligi ta'sirida dastlab fors-tojik, keyinroq esa o'zbek adabiyotshunosligida bayt poetik fikrni yaxlit va boshqa kichik qismlarga bo'linmaydigai tarzda ifodalashning birligi sifatida qabul qilib olindil. Bayt o'zida mumtoz poetikaning ikkita prinsipini mujassamlagan.Bular: chegaralangan ma'noni chegaralangan strukturada ifo-dalashdan iborat. Bu prinsiplar esa u yoki bu darajada hozirga qadar bayt poetikasida saqlanib keladi.Turkiy xalqlar she'riyatida bayt shakli milliy asosga ega emas deb qaraladi. Qadimgi turkiy yozma manbalar va ko'pgina tadqiqotchilarning ma'lumot berishlaricha, turkiy xalqlar og'zaki poeziyasida bayt emas, balki to'rtlik shakli yetakchilik qiladi. Bu fikrni esa, Maxmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida keltirilgan xalq qo'shiqlari to'rtlik shakliga asoslangani isbotlaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ko'pgina folklorshunoslar ham xalq she'riyatida bayt emas, balki to'rtlik,ya'ni band shaklining yetakchilik qilishini e'tirof etishadi.Haqiqatan ham turkiy xalqlar she'riyatidagi yetakchi semantik-sintaktik birlik bayt emas, to'rtlikdan iboratmi? Arab va fors-tojik mumtoz she'riyatidagi bayt birligi fakat o'zbek mumtoz she'riyatiga o'tib, faqat ana shu she'riyatda asosiy birlik vazifasini o'taydimi?Bizningcha, bayt termini arab poetikasidan fors-tojik poetikasi orqali mumtoz she'riyatimiz poetikasiga o'tib o'zlashganligi aniq. Biroq bu ikki misradan iborat she'riy birlik ham arablardan o'tgan degan xulosani bermaydi. Xalk ko'shiqlarida keng tarqalgan to'rtlik band birligi ham tarixan juft misralarning ikkilantirilishi natijasida vujudga kelgan. Ammo juftlik ma'nosini ifodalovchi «qo'sh» so'zining ma'nosini folklorshunos A.Musaqulov butunlay boshqacha talqin qiladi5. Aslida, «qo'sh» so'zi xam «qo'shmok» fe'lining o'zagidan olingan-ligi xaqida M.Alaviyaning talqini haqiqatga yaqindir. Chunki ko'pgina dunyo xalqlari tillarida, shu jumladan, turkiy tillarda ham ot turkumiga mansub ko'pgina so'zlarning tarixiy asoslari fe'l o'zagidan olinganligi fanda ma'lum. Masalan «Bog'-bog'lam» -«bog'lamoq»dan, «o'rim»-«o'rmoq»dan, «qo'sh»-«qo'shmoq»dan va h.k.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
A.Musaqulov esa «qo'sh» so'zini ot turkumidagi o'zak so'z hisoblab, uni ruslardagi Koshchey ismining o'zagi bilan bog'liq izohlaydi. Bizningcha, «qo'shik» so'zi ham bir misraga yana bir misrani, ikki misraga uchinchi va to'rtinchi misralarni ko'shib kuylashdan kelib chikqan. Muhimi shundaki, turkiy xalqlarda, jumladan, o'zbeklarda ham she'riyat asosida vazn, marom (ritm) va ohang jihatidan bir-biriga teng bo'lgan misralarni ko'shish oqibatida yuzaga kelgan qo'sh misralar yotadi. Chunki misralarning teng o'lchovliligi, ohangdorligi faqat juftliklar orkali belgilanishi she'r tuzilishi nazariyasida tasdiqlangan. Mana shundan kelib chiqib aytish mumkinki, o'zbek mumtoz she'riyatidagi baytning shakliy asoslari xalq ko'shiklari tarixiga ham borib bog'lanadi. Baytning aruz tizimi asosida o'ziga xos talablar bilan yaratilishi hakidagi nazariy qarashlar esa keyinchalik arab, fors-tojik poetikasi ta'sirida yuzaga kelgan.Bayt mumtoz she'riyatda nafaqat strofik (band) birlik bo'lib qolmay, ayni paytda u obraz strukturasini tashkil etuvchi birlik vazifasini ham o'taydi. Shuning uchun O'rta asrlar arab, fors-tojik adabiyotshunoslari baytning har bir misrasi, garchi ular yagona vazn va qofiyaga ega bo'lsalar ham, mustaqil ma'noga ega bo'lishlari shart, deb qaraganlar. Ularning bunday nazariy talablarini ma'no + lafz - ma'no + lafz tarzida ifodalash mumkin. G'arb olimlari mana shu talabdan kelib chiqqan holda "ma'no" o'rniga "motiv", "lafz" o'rniga ''sintaktik" terminlarini qabul qilganlar. Bunga ko'ra, har bir bayt ikki mustaqil motiv va mustaqil sintaktik ifodadan iborat bo'lishi lozim.Keyinchalik baytni tashkil etgan misralarning har biri tugallangan mustaqil ma'noga ega bo'lishlari lozimligi haqidagi talablar biroz buzila boshlaydi. Chunki badiiy tafakkur rivoji, ijodkorlarning murakkab hayotiy va ruhiy hodisalarni tasvirlash yoki ifodalashdagi ehtiyojlari bayt tarkibidagi fikriy ko'chuvlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Bayt yaratish mahoratini mukammal egallagan Alisher Navoiydek san'atkorlar ham mumtoz poetikaning baytlar tarkibidagi misralarning mustaqil fikriy hamda sintaktik ifodaga ega bo'lishlarini yaxshi bilganlari holda o'z ijodlarida bayt tarkibidagi birinchi mis-raning sintaktik ifoda mustaqilligini bo'zib, fikriy ko'chimlarga yo'l ko'yadilar. Qadimgi nazariyotchi filologlar tomonidan baytga qo'yilgan talablar davrlar o'tishi bilan poetik amaliyotda o'zini to'la oqlay olmadi. Yirik so'z san'atkorlari yaratgan baytlar, fikriy ko'chuvning yuz berishiga qaramay, lafziy ifodada (sintaksisda) misralararo bog'liqlikni kuchaytirishga harakat qiladilar. Ayrim tadqiqotchilarning kuzatishlariga ko'ra, Alisher Navoiy g'azallarida bayt doirasida fikriy ko'chuv (anjambement) qo'llash maxsus poetik usul darajasiga ko'tarilganl. Bu esa poetik amaliyotning hamma vaqt ham nazariy talablar bilan mos kelavermasligini ko'rsatadi. Qolaversa, bayt tarkibidagi misralararo ko'chuvning O'rta asrlar she'riyatida kuchayishi bayt poetikasi an'analariga nisbatan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ijodkorlarning tajdidiy (novatorona) yondoshganliklaridan dalolat beradi.Baytga qo'yilgan poetik talablardan yana biri har bir baytning mazmun va ifoda jihatidan mustaqil bo'lishi hisoblanadi. Albatta, har bir bayt mazmunan mustaqil, shaklan tugal bo'lsa, uning ta'sirchanligi yuqori bo'ladi, unda ifodalangan mazmunni anglab olish osonlashadi. Shuning uchun mumtoz poetikada baytlararo fikriy ko'chuvga yo'l qo'ymaslik talab etiladi. Darhaqiqat, bir fikrning boshqa baytga ko'chishi poetik mazmunning yaxlitligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bois Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Amiriy, Uvaysiy, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi ko'plab o'zbek shoirlari ijodida baytlararo fikriy ko'chuv hodisasi uchramaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, o'zbek she'riyatida baytning mazmuniy va ifodaviy yaxlitligiga katta e'tibor berilgan. Baytning mazmuniy va ifodaviy mustaqilligini ham mutloq konuniyat deb tushunmaslik kerak. Chunki baytdagi shakliy va mazmuniy mustaqillik ham nisbiy hodisadir. Asosiy she'riy birligi baytga asoslangan barcha lirik janrlarda, bundan faqat fard janri mustasno, baytlarning ifodaviy shakllari (sintaksisi) mustaqillikka ega bo'lsalar ham, biroq ularning mazmuniy qamrovlarida nisbiy munosabat sezilib turadi. Bu nisbiy munosabat esa har qanday baytga yo oldidan, yo ketidan yangi nisbiy mazmunga ega bo'lgan mustaqil baytlarni bir-biriga ulash orqali qasida, g'azal, qit'a, ruboiy, tuyuq va masnaviy kabi janrlarga mansub yaxlit, tugal asarlar yaratishga imkon beradi. Bu narsa Boburning olti baytdan iborat quyidagi g'azalida ko'zga yorqin tashlanadi. G'azal matla'sida mahbubaning qaddi, qoshi, ko'zi, yuzi va badani sarvga, rayhonga, nargis va gulshanga o'xshatilgan. Bayt misralarida tilga olingai a'zolar an'anaviy poetik ramzlarga o'xshatilgan holda alohida misrada parallel ta'riflangan. Demak, baytning har ikki misrasi mazmunan bir-birini taqozo etsa ham, biroq ular shaklan to'la mustaqildirlar. Chunki ular mazmun, vazn, marom (ritm), ohang va qofiya jihatidan mustaqil misralardan tashkil topgan baytdir.
Qaddu xatting bila ko 'zu yuzung, ey sarvi siymin tan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshani.
Biroq bu baytni keltirish bilan shoirning maqsadi amalga oshmaydi. U mahbubaning a'zolarini, qaddi-qomatini ta'riflash orqali o'quvchiga nimanidir aytishni istaydi. Shuning uchun u ikkinchi baytni yozadi:
Hadisu la'lu raftoru jamolingdin erur har dam,
Tilim go 'yo, so 'zum rangin, ko 'ngul xurram, ko 'zum ravshan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Mazkur baytda oshiqning tili burroHgi, so'zi ma'noliligi, ko'ngli shodligi va ko'zi ravshanligi mahbubaning so'zi, labi, harakati va jamoli tufayli ekanligi aytilgan. Mana shu tariqa g'azal olti baytda yakunlangan. Shoir matla'dan boshlab ta'riflagan mahbubaning a'zolari, ulardan oshiqqa yetadigan foyda va zarar haqida fikr yuritar ekan, o'z maqsadini maqta'da ayta oladi:
O'qung birla xayoling, dardingu mehringga Boburdek, Tanim manzil, ko'zum maskan, ko'ks ma'vo, ko'ngul mahzan.
Demak, mahbubaning g'amzasi o'qiga oshiqning badani manzil, xayoliga ko'zi maskan, dardiga ko'ksi manzil, mehriga ko'ngil xazina. U mahbubaning barcha xislatlari, jafo-yu jabrlarini alohida-alohida oltita mustaqil baytda birma-bir ifodalagan. Demak, u mahbubaning barcha jafolarini tortishga ko'nikib qolgan va ularni zarracha og'ir olmaydi. Bu xulosaga esa shoir o'quvchini asta-sekinlik bilan olib keladi. Agar g'azalning boshi, o'rtasi yoki oxiridan biror bayt olib tashlansa, uning mazmunida saktalik yuzaga keladi va ijodkor ko'zlagan maqsad ifodalanmaydi.
REFERENCES
1. Бобур. Девон. Нашрга тайёрловчи проф. А.Абдугафуров. - Тошкент: Фан, 1994. - Б.43-44.
2. Иванов С.Н. К изученню жанра газели в староузбекской поэзии // Тюркологический сборник. - 1974, - М.,1978. - С. 149-157;
3. Рипка Ян. История персидской и таджикской литературы - М.,1970. -С.110-111; Стеблева И.В. Семантика газелей Бабура. - М.,1982. - С.5;
4. Рейснер МЛ. Эволюция классической газели на фарси (Х-ХУвека). -М.,1989. - С.10-23;
5. Мусульманкулов Р. Персидско- таджикская классическая поэтика (Х-ХУвека). - М.,1989. - С.158.
6. Саримсоков Б. Алишер Навоий поэтик синтаксисидаги бир усул хдвдда.// Узбек тили ва адабиёти. - .2001. №2. - Б.10-14.