Научная статья на тему 'SANAMALAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH USULLARI'

SANAMALAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanama / oʻyin / tovush / fonetik tizim / ohang / jamoaviy maqsad / harakat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kuchkarova Zulxumor

Ushbu maqolada bolalar adabiyotida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nutq oʻstirishda hamda sanashni oʻrgatishda, shu bilan birga jamoaviy harakatlarni amalga oshirishda, jamoa boʻlib yagona maqsad sari intilishga yordam beradigan sanamalar, sanamalar turlari, ularning bolalar psixologiyasida tutgan oʻrni haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SANAMALAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH USULLARI»

"YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

SANAMALAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O'STIRISH USULLARI

Kuchkarova Zulxumor

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institute Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13945175

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar adabiyotida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nutq o'stirishda hamda sanashni o'rgatishda, shu bilan birga jamoaviy harakatlarni amalga oshirishda, jamoa bo'lib yagona maqsad sari intilishga yordam beradigan sanamalar, sanamalar turlari, ularning bolalar psixologiyasida tutgan o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: sanama, o'yin, tovush, fonetik tizim, ohang, jamoaviy maqsad, harakat.

Аннотация. В данной статье детской литературы говорится о числах, видах чисел и их роли в детской психологии, которые помогают в развитии речи и обучении счету дошкольников, а также в осуществлении коллективных действий, стремлении к общему цель как команда.

Ключевые слова: свидание, игра, звук, фонетический строй, тон, коллективная цель, действие.

Abstract. This article on children's literature discusses numbers, the types of numbers, and their role in child psychology. It helps in the development of speech and teaches preschoolers to count. It also helps in implementing collective actions and striving towards a common goal as a team.

Keywords: number, game, sound, phonetic structure, tone, collective goal, action.

Bugungi kun zamonaviy maktabgacha ta'lim pedagogikasida nutq o'stirish alohida ahamiyatga egadir. Bola nutqi ustida ishlash, uning intellektual imkoniytlarini kashf etishda xalq og'zaki ijodi o'ziga xos o'ringa ega. Bu o'yin texnologiyalari asosida yuzaga chiqsa yanada ahamiyatlidir. Xususan, xalq og'zaki ijodi janrlari sirasiga kiruvchi sanamalar, aynan o'yin texnologiyasiga asoslangan nutq o'stirish texnikasini shakllantiruvchi unsurlardan biridir.

Sanamalar dunyo bolalar adabiyotida turli nomlar bilan ataladi. Masalan, ruslarda — schitalka, tojiklarda — shumurak, turkmanlarda — sanavoch, tatarlarda — sanashu, ozarbayjonlarda — sanama terminlari bilan ataladi. Bu o'yin respublikamizning turli joylarida turlicha nomlanib "sanashlar", "she'riy sanoq", "sanash qo'shig'i", "sanoq", "sanama" nomalari bilan yuritilsa-da, G'.Jahongirov uni "sanoq termalari" deb ataydi. [1.B.31].

Sanama bu- xalq og'zaki ijodiga oid bo'lgan arifmetik xususiyatga ega bo'lgan lirik janr. U sanash ohangi va ko'nikmasini poetik ko'rinishda ifodalashdan iboratdir. Sanamalar bolalar orasida keng tarqalgan o'yinlar siarsiga kirib, o'yinda bolalarning navbatini aniqlab berishga xizmat qiladi. Biz sanamalaming uch turini ko'rishimiz mumkin [2.B.352]:

1. Voqeaband sanamalar;

2. Kumulyativ sanamalar;

3. So'qma sanamalar;

Biz e'tiborimizni aynan mana shu kumilyativ sanamalarga qaratdik. Chunki uch yoshdan o'n ikki yoshgacha bo'lgan bolarning fikrlashlari, bayon etishlari ayni holatdagi kayfiyatlariga bog'liq ravishda turlicha kechishi psixologik jihatdan asoslangan. Bu borada pedagog-psixologlar Jon Piaje, Erik Erikson, Goverd Gardner nazariyalarini mavjud.

"Kumulyasiya» lotincha «Kumulation» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, aslida «yiriklashish, to'planish» ma'nolarini anglatsa-da, ko'chma ma'noda ijtimoiy sug'urta ishida

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

tahlika yoki xavfning to'planishi, tibbiyotda bemor tanasida og'riqqa qarshi kuchli ta'sirni tashkil etishga qaratilgan xilma-xil dorilar jamlamasini o'tkazish va nihoyat harbiy sohada snaryad portlashi natijasida uning sochilib ketib, ta'sir doirasining kengayishi ma'nolarini anglatadi. Portlash esa snaryad ichidagi gazning kuchli bosimga uchrashi asosida yuzaga keladi. [2.St.126]

Bolalar o'yini hamisha baland zavqni talab yetganligi bois, ularning ichki kechinmalari portlab chiqadi, bu holat o'z- o'zidan fikrni uzuq- yuluq holatga keltiradi. Aynan shu ruhiy holatni sanamalar yorqinroq ko'rsatadi. Tartibsiz, mantiqsiz so'z va iboralarning sanash ohangida qo'llanilishi asosida vujudga kelgan sanamalarni kumulyativ sanamalar tarzida atash va alohida guruhlashga asos bor. Chunki sanamalarda fikrlarning uzuq-yuluq ifodalanishi, obrazlar mavhum, misralar mazmuni mantiqsizday ko'rinadi.

Biroq, kichik yoshdagi bolalar nutqida fikrning sochilib ketishi va bir-biriga bog'lanmagan holda bayon etilishi tabiiyligi uchun ham bu kabi sanamalarning yodda qolishi qulay sanaladi. Fikr izhorida tartibsizlik, poyma-poylik ichki hissiy tuyg'ularning kuchli ifodasi sanamalarda yanada yaqqolroq ko'rinadi. M.N.Melnikov ta'biri bilan aytganda: «Mantiqsiz yo'nalishdagi bunday sanamalar har xil obrazlarning ko'rinishlaridir, undagi har bir parchada qat'iy sintaktik tizim mavjudki, xuddi shuningdek, leksik tushunchalar ham o'z ifodasini topgan» [2.St.126].

Kumulyativ sanamalarda bolalarning his-tuyg'ulari mantiqan o'zaro bog'lanmagan holda ifodalana borib, poetik ohangdorlik kasb etadi. Mana shu poetik ohangdorlik, matnda mantiqsizlik ichida mavjud obrazlar o'yinda ishtirok etuvchini o'ziga qaratadi va g'alabaga da'vat etuvchi kuchga aylanadi.

Sanamada bolaning nutqi eng avvalgi o'rinda turadi, shuning uchun ma'nosiz tizilgan tovushlar tizmasi qofiyadosh, hazil mutoibaga mos ravishda nutq o'stirishda muhim vosita hisoblanadi.

Kumulyativ sanamalarda boshlamalar muhim o'rin egallaydi. O.Safarovning aniqlashicha [1.B.-102] kumulyativ sanamalarda «atola-batola», «adina-badina», «attum-battum», «xo'ppon-do'ppon» singari mantiqsiz juft so'zlardan tarkib topgan quyma misralar hamisha matn uchun ritmik asos vazifasini o'tab kelgan va shu xususiyati bilan sanash ohangini ta'minlab turadi.

Bunday ma'no ahglatmaydigan tovushlar o'ziga xos tizim hosil qilib, ritmik ohangdorlikni yuzaga keltiradi o'yin tabiatiga, mos voqyelikka urg'u beradi, munosabat bildiradi hamda fikrni sochma izhoriga keng yo'l ochib beradi. Attum-battum Govmish sotdim. As-past, Govmish sot, Sen chiqaver!

Xorazm bolalar o'yinlari silsilasida «Avak-avak», «Altang-saltang», «Hutti-hutti», «Irg'ol-sirg'ol", «O'mpoq-so'mpoq» boshlamali kumulyativ sanamalar uchraydiki, ularning aksariyati voqeabandlik negizida qurilgan: Altang-saltang, Kaltang-kultang. Bori-bo'ri, Cho' pi-chori, Ko' rqoq ukang, Chiqib ketsin,

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Botir akang!

Bu kumulyativ sanamada o'yiboshi o'yin ishtirokchilarini hushyorlikka, o'yinda chaqqonlik ko'rsatishga da'vat etayotir. O'yin voqeasida «Bori bo'riga» qiyos etilsa, uning jazosi - «Cho'pi-chori» ekanligi, ukasidek qo'rqoq emas, balki botir akasidek shahdli bo'lishga chaqiriq ifodalangan.

Aslida kumulyativ sanamalarda bolalarga xos zavq-shavq, kuchli his-tuyg'u, cheksiz ehtirosni hapriqib, tartibsiz holda bayon etish hollari ustun turadi. Ular bu paytda voqealar tizimining tartibiga emas, balki ularning taassurotini oldinga qo'ydilar. Shuning uchun ham kumulyativ sanamalarda poyma-poy so'zlar, fikr-tuyg'ularning mantiqan bog'lanmaganligi yaqqol ko'rinib turadi. Shunga qaramay, matnda misralarning sanash ohangiga qat'iy buysungan poetik ohangdorligi negizida navbatchini belgilovchi da'vatkor kuchiga diqqat qilinadi: Xo' ppon akam, Do' ppon akam, Shoxi tagal, Baytal akam,

- Qayga ketdi?

- Toqqa ketdi,

- Qachon kelar?

- Yozda kelar. Sen chiqaver

Ushbu kumulyativ sanamada ham sardor o'yin ishtirokchisiga xos epitetli obrazlar tizimini yaratgan. Bunda xo'ppon-semiz, do'ppon-do'ppayib turmoq, ma'nosidagi so'zlarning bolalar tomonidan qayta ishlanmasidan foydalanilgan. Uchinchi misrada o'yin ishtirokchisining jonli obrazini yaratish uchun epitetlar istifoda etilgan. «Shoxi tagal» - qo'chqor muguzi, uning o'tkirligi, uddaburonligi sifatlangan. To'rtinchi satrda goh baytal (urg'ochi ot, biya) singari xomsemizligiga ishora etiladi. «Akam» - bu yerda dimog'dorlikni hazil-mutoyibaga moyil holda ifodalayotir. Keyngi misralar esa savol-javob negiziga ko'rilgan bo'lib, da'vatkor ohangdagi xotimadir.

Kumulyativ sanamalar haqidagi bilimlardan foydalanish, maktabgacha ta'lim tashkiloti va umumta'limning boshlang'ich sinflarida dam olish soatlarini tashkil qilishda samarali sanaladi. Bolalar uchun dam olish o'yinlari bo'lgani bilan o'quvchilarda nafaqat nutq o'stirishda, balki jamoada hamfikrlilik, o'z o'rnini topish, jamoasi uchun mehnat qilish, jamoadoshlar orasida mas'uliyatni his qilish kabi bir qancha vazifalarni bajarishda yetakchi o'rinda turadi.

Kumulyativ sanamalar uchun "Bekinmachoq" , "Quvlashmachoq" o'yinlari asosiy sanaladi, ammo bu kabi o'yinlardan dam olish daqiqalari yaratish mumkin emas, shuning uchun oxirgi harflarga mos so'zlarni topish, topishmoqlarni jamoa tarzida o'tkazish, va ularga sanamalar orqali o'yinboshi tanlab olish kutgan natijani beradi.

Attoncha-battoncha, Dasti qalam garmoncha. Merosxo'rim, Donaxo'rim, Chiq, bachcha!

Xulosa qilib aytganda, kumulyativ sanamalar bolalarda jamoaviy maqsad uchun uyushgan holda harakat qilishni, tez fikrlash namda fikrni ifoda qilishni, ulardagi tortinchoqlik,

YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

o'zini chetga olish, jamoadan ajrab qolish kabi xususiyatlarni yo'qotishda eng samarali usul sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O.Safarov. "O'zbek xalq bolalar o'yinlari". T: Sharq"-2013

2. M.N.Melnikov. Russkiy detskiy folklor. Moskva.1987. St.126

3. Oxunjon Safarov, Bashorat Jalilovayu Bolalar adabiyoti va folklor. Uslubiy qo'llanma. Toshkent. "TURON ZAMIN ZIYO". 2015

4. Guljahon Mardonova O'zbek milliy o'yinlariyu Toshkent 2022.

5. https://arxiv.uz/ru/documents/referatlar/san-at/sanamalarning-tarihiy-asoslari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.