Научная статья на тему 'INTELLEKTUAL-FALSAFIY ROMAN FANNIY-BADIIY ASAR SIFATIDA'

INTELLEKTUAL-FALSAFIY ROMAN FANNIY-BADIIY ASAR SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy qahramon ong-shuuri shaffoflashuvi / ruh sokinlik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qurbonova Feruza Ilhomovna

Ushbu maqolada Isajon Sulton romanlaridagi syujet modifikatsiyasi masalasi o‘rganilar ekan, uning romanlarida syujet tiplarining o‘zaro uyg‘un kelishi ko‘zga tashlanadi. Xususan, shu modifikatsion uyg‘unlik e’tiboridan “Genetik” romani alohida ajralib turadi. Roman voqealarining bayonida roviy asarning syujet chizig‘idagi hodisalarni xronikal tarzda hikoya qilayotgan bo‘lsa ham, ora-orada chekinadi – retrospeksion yo‘singa murojaat qiladi. Shunday vaziyatlar borki, birorta so‘z yoki voqea munosbati bilan romanning syujet chig‘izi assotsiatsiya ta’sirida boshqa yo‘nalishga buriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTELLEKTUAL-FALSAFIY ROMAN FANNIY-BADIIY ASAR SIFATIDA»

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

INTELLEKTUAL-FALSAFIY ROMAN FANNIY-BADIIY ASAR

SIFATIDA

Qurbonova Feruza Ilhomovna

"TIQXMMI" MTUning Qarshi Irrigatsiya Va Agrotexnologiyalar Instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13945273

Annotatsiya. Ushbu maqolada Isajon Sulton romanlaridagi syujet modifikatsiyasi masalasi o'rganilar ekan, uning romanlarida syujet tiplarining o'zaro uyg'un kelishi ko'zga tashlanadi. Xususan, shu modifikatsion uyg'unlik e'tiboridan "Genetik" romani alohida ajralib turadi. Roman voqealarining bayonida roviy asarning syujet chizig'idagi hodisalarni xronikal tarzda hikoya qilayotgan bo'lsa ham, ora-orada chekinadi - retrospeksion yo'singa murojaat qiladi. Shunday vaziyatlar borki, birorta so'z yoki voqea munosbati bilan romanning syujet chig'izi assotsiatsiya ta'sirida boshqa yo'nalishga buriladi.

Kalit so'zlar: adabiy qahramon ong-shuuri shaffoflashuvi, ruh sokinlik.

Abstract. In this article, while studying the issue of plot modification in Isajon Sultan's novels, the harmony of plot types in his novels is noticeable. In particular, the novel "Genetic" stands out from the attention of this modified harmony. In the description of the events of the novel, even if the narrator narrates the events of the plot line of the work in a chronological manner, he occasionally retreats - turns to the path of retrospection. There are situations when the plot line of the novel turns in a different direction due to association with a single word or event.

Keywords: literary hero transparency of consciousness, peace of mind.

Аннотация. В данной статье при исследовании вопроса модификации сюжета в романах Исаджона Султана заметна гармония типов сюжета в его романах. В частности, этой видоизмененной гармонией выделяется роман «Генетика». В описании событий романа, даже если повествователь повествует о событиях сюжетной линии произведения в хронологическом порядке, он иногда отступает - обращается на путь ретроспекции. Бывают ситуации, когда сюжетная линия романа поворачивает в другую сторону из-за ассоциации с одним словом или событием.

Ключевые слова: Литературный герой прозрачности сознания, душевого сокойствия.

Roman matnida biror so'z, hodisa yoki ism vositasida assotsiatsiyaga berilish holatlariga juda asosli va o'rinli misollar uchraydi. Romanda Sofiya xola obrazining berilishi, shu ayolning taqdiri, kelinlik paytlari, hayot tashvishlariga ko'milgan pallalari, shuningdek, keksalikdagi hayoti ham tasvirlanadi. Yozuvchi shu obrazni voqealar orasiga olib kirishda syujetning xayolga berilish, ortga chekinishi - retrospeksiya va assotsiatsiya tipidan unumli foydalanadi. Adib o'z asarida Sofiya xolani tilga olishga hozirlik ko'rib tabiat unsuri - osmonda nur sochayotgan Oy xususida shunday yozadi: "U maskan uzra tunlari yog'dulangan Oymomo - faqat shu joylarning momosi. O'zga makonlarda Oy bunaqa ko'rinmaydi, nomiyam momo emas, deydilar. Tog' orasidan qalqqan yoki adoqsiz sahrolarning Oyi butunlay boshqa ko'rinishga ega emish. Dov-daraxt isi anqigan kechalarda, tutlaru teraklar ortidan havolangan o'zimizning oy juda aziz.

"Genetik" romanida "Sofiya xolam" degan sarlavhali maxsus bo'lim bor. Tabiiyki, roman syujet va kompozitsiyasidan o'rin olgan, ayniqsa, maxsus sarlavhaga chiqqan obraz yoki joy nomi roman strukturasida nisabatan kengroq tafsiloti bilan tasvirlanishi, asarning markaziga qo'yilgan masala bilan ham puxta bog'langan bo'lishi lozim. Bunday poetik usul, dunyo

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

adabiyoti, o'zbek romanchiligi tarixida ham mavjud. Masalan, Mixail Bulgakov o'zining "Usta va Margarita" romanining birinchi qismida "Pontiy Pilat"ni, ikkinchi qismida "Margarita"ni ichkarida kichik sarlavhaga olib chiqadi. Romanda har ikki qahramonga yetarlicha tavsif beriladi. Shu bilan birga, voqealar o'sha qahramonlar ishtirokida yoki ularning ruhiy-psixologik muhitida yuz beradi. Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanida "Otabek Yusufbek hoji o'g'li", "Yusufbek hoji" "Xushro'ybibi va Zaynab" kabi fasllar bor. Bevosita fasllarning joy nomlari bilan atalganini Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanida "Quva", "Samarqand", "Kobul" tarzida berilishi va ular ham raqamlar bilan boblarga ajratilgan tarkibi kuzatiladi. Shunga mos ravishda "Genetik" romanida ma'lum bir bo'limlar "Sofiya xolam", "Ubay aka", "Do'st", "Ustoz" tarzida nomlanadi. Bunday unsurlar ustida fikrlaganda, Isajon Sultonning dunyo romanchiligi va ayniqsa, o'zigacha bo'lgan ustoz o'zbek adiblarining romanchilikdagi tajribalarini puxta o'rgangani ma'lum bo'ladi. Aslida, har qanday sarlavahaga chiqqin kishi yoki joy nomlari roman syujetida qandaydir vazifani bajarishi shart. Shu e'tibordan roman syujetida asosiy o'rinda turadigan Sofiya xola obrazi "Sofiya xolam" faslida ancha batafsil beriladi: "Sofiya xolam - esini tanib-tanimasdan turmushga chiqqan qishloq ayoli edi. Danakdayligidan onasining yoniga kirib mitti mushtchalari bilan xamir qorgan, hovli supurgan, tomorqada o't yulgan, sigir-qo'ylarga qaragan, qishning sovuqlarida o'tin ko'tarib sandalga olov qalagan... shu mehnatlar aro bir kuni kelin bo'lishni, keng-mo'l, issiq uyda bolalarini katta qilishni orzulagan bo'lsa ajabmas.

Roman qahramoni boshidan kechirganlarini eslab, bayon qilar ekan, ulg'aygandan keyingi mahallarda ham Sofiya xolasini esidan chiqarmaydi. Uning huzuriga boradi, u bilan uchrashib gaplashadi. Bunda xronikaga asoslangan syujetga munosib ravishda qahramonning hayot yo'li ketma-ket beriladi. Ammo bu ketma-ketlikda berishning sababi, albatta, Sofiya ismining Oyni eslatishi - shu juftlik assotsiatsiyasidir. "Xolamning ismi boshqa ayollar ismiga o'xshamasligi hayron qoldirardi. Bizning qishloqdagi ayollarning ismlari Oyniso, Turg'unniso, Xosiyat, Nazira, Ibodat... bo'lib, begonaroq bunday ismni hech nimadan xabari yo'q, umrini dalada dehqonchilik bilan o'tkazgan buvam qaydan topib qo'ya qolgan ekan? Tabiiyki, ma'nosini ham bilmasdim. Ayol ismiga "oy" yoki "xon" qo'shib aytilgani uchun, xolamni hamma "Sofiyaxon" yoki "Sofiyaoy" deb chaqirardi, qishloq tilida u allaqachon "Sapiya"ga aylanib ketgan edi. Sofiyaoy degan ism menga ko'proq yoqqani uchun, tungi bulutlar orasidan ko'ringan xayoliy to'lin oy manzarasini yodimga soladi". Oy manzarasidan tashqari Sofiya xolasi allaqachonlardir tushida oyni ko'rgan bo'ladi. Darvoqe, birorta odam o'z ismining ma'nosini bilmasa, unga ismining ma'nosi tushuntirilsa, ko'zlari quvnab, juda mamnun bo'ladi. Xo'sh "Sofiya" nima ma'noni anglatadi? "Men ulg'ayganimda xolam kampir bo'lib qolgan edi. U nurni, u yuzlarni haligacha sog'inaman. Goho tun-kechalarda birdaniga ko'rgim kelib qoladi. Mayin jilmayishini, yuzidagi poklik va musaffolikni qo'msayman.

"Genetik" romanida syujet dinamikasida boshqa voqealar bayoni uchun ham qahramonning o'yga cho'mishi, xotiraga berilishi, allanimanidir eslashlari - bular orqaga chekinishga asos bo'lib xizmat qiladi. "Insonlarning qiyofalari ham ma'lum voqea-hodisalar bilan birlashib ketgan, kimni eslamay, qaysidir voqeaga bog'liq holda jonlanadi. Ubay akani shamollar bilan birga tasavvur qilaman, Sofiya xolam oy manzarasi bilan uyqash, Dashti Qipchoqdan kelgan suluv qiz bol va asal hosil qiladi, onamni yalpiz, rayhon hamda gul ochgan chechaklar yonida, otamni qo'lida bolta yoki arra, kesilgan daraxt shoxlari yoki yaxshilab ag'darilib chiqilgan maydon o'rtasida ko'raman. O'zimni mana shu manzaralar ichida uchib yurgan bol arisiday tasavvur qilaman, qay manzaraga yaqinlashsam, o'sha kattalashib, mayda-chuydalarigacha namoyon bo'ladi". Genetikning hikoyalarida kuzatiladigan asosiy qahramonlar

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Sofiya xola, Ubay aka, Dashti Qipchoqdan kelgan qiz - Intizor, Ona, Ota, bobo obrazlari sekin-asta bitta qishloq doirasidan ilmiy tadqiqotlar orqali dunyo miqyosiga chiqadi. Genetikning genlarni tekshirish natijasida kelgan xulosalarini butun dunyo konferensiyasida bayon qilar ekan, o'z ilmiy kashfiyotidan benihoya faxr tuyadi. Zero, romandagi genetikning ma'ruzagacha kelgan yo'lining qisman xronikal syujetga mos kelishini ham ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Isajon Sulton romanlarida syujetning asosiy xossalari saqlanib qolgani holda, yuqoridagi kabi ayrim noan'anaviy o'zgarishlarga uchragani syujet modifikatsiyasi ko'rsatadi. Shu bilan birga, roman voqealari bayonida syujet unsurlarining turlicha joylashtirilganligi, bunda ham o'zgarish borligini ta'kidlash lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Boltaboev H. Nasr va uslub. Hozirgi o'zbek nasrida uslubiy izlanishlar. -T.: Fan, 1992.

2. Jo'raqulov U. Nazariy poetika masalalari: Muallif. Janr. Xronotop. - Toshkent: G'afur G'ulom, 2015.

3. Isajon Sulton nasri badiiyati. -Toshkent. "Turon zamin ziyo" nashriyoti, 2017.

4. Isajon Sulton. Asarlar. I jild. - Toshkent: G'. G'ulom. 2017.

5. Isajon Sulton. Asarlar. II jild. - Toshkent: G'. G'ulom. 2017.

6. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. -T:, Fan, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.