Научная статья на тему 'MUALLIF “MEN”INING ADABIY QAHRAMONDA AKS ETISHI'

MUALLIF “MEN”INING ADABIY QAHRAMONDA AKS ETISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
111
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muallif “men”i / qahramon “men”i / xronotop / biografik tahlil / ruhiy psixologizm / muallif biosferasi / peyzaj. / Author “I” / hero “I” / chronotope / biographical analysis / spiritual psychologism / biosphere of the author / landscape.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdulxamidova, Xikmatoy Axrojon qizi

Muallif “men”ining adabiy qahramonda aks etishining adabiyotshunoslik uchun ahamiyati oydinlashtirilgan. Adabiyot san’atida muallif va qahramon “men”iga ta’siri tahlil etilgan. Biografik tahlilning badiiy asar uchun ahamiyati asoslangan,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE AUTHOR'S "I" IS REFLECTED IN THE LITERARY CHARACTER

The author's “I” is reflected in the literary character. Abstract: The significance of the reflection of the author's “I” in the literary hero for literary studies has been clarified. The influence of the author and hero on the “I” in literary art is analyzed. The importance of biographical analysis for a work of art is based on.

Текст научной работы на тему «MUALLIF “MEN”INING ADABIY QAHRAMONDA AKS ETISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

УДК821.512.133-1 MUALLIF "MEN"INING ADABIY QAHRAMONDA AKS ETISHI

Abdulxamidova Xikmatoy Axrojon qizi

Farg'ona davlat universtiteti adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi

xikmatoy96@pf.fdu.uz Tel: +998908489600

ANNOTATSIYA

Muallif "men "ining adabiy qahramonda aks etishining adabiyotshunoslik uchun ahamiyati oydinlashtirilgan. Adabiyot san 'atida muallif va qahramon "men "iga ta 'siri tahlil etilgan. Biografik tahlilning badiiy asar uchun ahamiyati asoslangan,

Kalit so'zlar: Muallif "men"i, qahramon "men"i, xronotop, biografik tahlil, ruhiy psixologizm, muallif biosferasi, peyzaj.

АВТОРСКОЕ «Я» ОТРАЖАЕТСЯ В ЛИТЕРАТУРНОМ ПЕРСОНАЖЕ

АННОТАЦИЯ

Авторское «Я» отражается в литературном персонаже. Аннотация: Выяснено значение отражения авторского «Я» в литературном герое для литературоведения. Анализируется влияние автора и героя на «Я» в литературном искусстве. Важность биографического анализа для художественного произведения основана на.

Ключевые слова: Автор «Я», герой «Я», хронотоп, биографический анализ, духовный психологизм, биосфера автора, пейзаж.

THE AUTHOR'S "I" IS REFLECTED IN THE LITERARY CHARACTER

ABSTRACT

The author's "I" is reflected in the literary character. Abstract: The significance of the reflection of the author's "I" in the literary hero for literary studies has been clarified. The influence of the author and hero on the "I" in literary art is analyzed. The importance of biographical analysis for a work of art is based on.

Key words: Author "I", hero "I", chronotope, biographical analysis, spiritual psychologism, biosphere of the author, landscape.

KIRISH

Badiiy asami ijod mohiyati va ijodkorning asar yaratishdagi ruhiy olamini o'zida aks ettirgan materiallar asosida tahlil etish biografik tahlil sanaladi. Bunda biografik ma'lumotlardan farqli ravishda asar yaralishiga turtki bo'lgan voqelik, badiiy niyat hosilalari, badiiy yaratuvchanlikdagi ijodkorning ruhiy-psixologik holati,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

asar materialini san'at namunasiga aylantirish yuzasidan ijodkor kechinmalarini o'zida mujassam etgan individual masalalar qamrab olinadi. Ularning asarda namoyon bo'lishi xususida Yuriy Borev "badiiy asarni ijodkor shaxsi orqali o'qish uslubi"[14.167] sifatida baxolashi xususidagi fikrlarini Bahodir Karim "San'atkorning individual taqdiri uning ijodini talqin etishda kalit vazifasini o'taydi",[14.167] tarzidagi ijodkorning biografik biosferasi orqali o'rganishga oid to'g'ri ta'kidini keltiradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Ijodkor tasvirlagan badiiy makon u yashab turgan geografik makon bilan bog'liq holda tasvirlanadi. Shuningdek, ijodkorning tafakkuri va quvvayi hofizasi orqali olingan bilimlar bu tasvirlarni yana-da kengaytiradi, boyitadi. "Astronomik vaqt (ayrim Yevropa olimlarining qarashlarida kalendar vaqti (Skaliger, V.Grigorian) badiiy asarlarda qahramon hayoti va umr bayoni bilan bog'langani uchun uni biografik vaqt tushunchasi bilan bog'liq holda talqin qilinadi"[15.234] Estetik ideal va badiiy niyatni so'z imkoniyatlari orqali ifodalash badiiy adabiyotning yetakchi xususiyatlaridan biridir. Yozuvchi asosiy g'oyani nazarda tutgan holda makon va zamon modelini yaratadi. Bu model dastlab ijodkor tafakkurida shakllanadi. Ushbu yaratilgan badiiy makon ma'lum bir muallif tasvirlagan dunyoning badiiy modeli ya'ni metafora orqali dunyoni modellashtirish sanaladi. Natijada yozilgan asarda ijodkorning biosferasiga xos elementlar, u yashab turgan zamon va makon yangiliklari aks etadi. Bu elementlar badiiy asar tahlilida asarni tushunishni osonlashtiradi. Professor B.Karimov nazariy qarashlariga e'tibor berilsa, unda "adabiy makon asarning estetik qiymati yoki adibning badiiy mahorati yuzasidan deyarli hech narsani belgilab bermasligi, adabiy makon yozuvchining "mamlakati" ekanligi ta'kidlanadi. Bir maqolasida esa fransuz adibi O.Balzak ijodiy merosi adabiy ma'noda o'z geografiyasiga, turli maqomdagi fuqarolariga egaligini e'tirof qiladi" [14.88] Shuningdek, Isajon Sulton bioolami orqali mustaqillik davri nasriga kirib kelgan darbadarlik motivi turli makon va zamonlardagi o'zligini anglashga intilgan qahramonlar tasvirida uchraydi. "Badiiy asardagi vaqt birligini adabiy an'ana nuqtai nazaridan kuzatganda, badiiy vaqtni individuallashtirish holati ko'p kuzatiladi. Chunki har qanday vaqt birligi shaxsning unga munosabatiga ko'ra reallashadi. Badiiy asarda shaxsning vaqtga munosabati personaj va muallif munosabati orqali yuzaga chiqishi turli asarlarda farqli kechadi. Ayrim asarlarda qahramon biografik vaqti sifatida ko'zga tashlangan bu hodisa boshqa bir turdagi asarlarda syujet vaqti sifatida yuzaga kelishi mumkin"[13.E-12] Demak, tasvirlangan badiiy voqelikni gavdalantirishda yozuvchi yashagan makon va zamon tasviri to'liq gavdalantirilmasa-da, u yashagan badiiy biosfera, nazarda tutilgan detal tasviri orqali

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ushbu biografiyaga xos elementlarni ajratib olish mumkin. "Boqiy darbadar"dagi etikdo'zning darbadarligini tirikchilik ilinjida musofirlikda yashashga majbur insonlar ifodasi sifatida baholash mumkin. Xususan, Isajon Sulton ta'biri bilan aytganda, "o'zimga ham xos bu darbadarlik insonga Odam Atodan meros, u jannatdan yerga darbadar etilmadimi? Quvilmadimi? Odam avlodlari mangu darbadar"dir. Asarda har bir inson darbadar ekan, o'zini doim taftish qilishi, o'zligini anglashga intilish zarurati insoniylikning bir belgisi ekanligi g'oyasi singdirilgan. Roman yaratilgunga qadar ijodkorning boshqa asarlarida aks etgan ijodiy tayyorgarlik tarzidagi qarashlarning o'rta va kichik epik janr namunalarida bo'y ko'rsatishi biografik xronotopning mazmun ko'lamini kengaytirishga xizmat qiladi. "Mitti pushtirang mahluqcha", "Hazrati Xizr izidan" asarlarini "Boqiy darbadar" romani epizodlari uchun tayyorgarlik sifatida baholash mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Yozuvchi biografiyasida uchraydigan muhitning u yaratgan asarlarga ko'chishi, ushbu asarlarda ma'lum davrga xos urf-odat, an'analar, ijodkor turmush tarziga xos madaniy unsurlar badiiy asarda biografik xronotopni yuzaga keltiradi. Badiiy asarga biografik xronotop nuqtai nazaridan yondashish asar koloriti orqali ifodalangan mohiyatni belgilashga yo'l ochadi.

Isajon Sulton romanlarida shamol tasviridan keng foydalanilgan. Bu tabiat hodisasi uning bolalik ongida (ijodkor biosferasiga yoki biografiyasiga xos) iz qoldirgan, badiiy asar yaratilish jarayonida qayta gavdalangan tasvirdir. Biz esa shamolni romanlardagi zamon va makonning o'zgarishini ta'minlovchi motiv sifatida baholaymiz. Ozod tafakkuri ijodkorning badiiy niyatini amalga oshirish bilan birga yozuvchiga tasvir makonini o'zgartirish, ya'ni boshqa makonga ko'chirib o'tkazish imkonini beradi. Shuningdek, voqelikni tezlashtirishga yoki boshqa bir voqelikka bog'lashga, syujet liniyalarida muallif nazarining harakatlanishiga xizmat qiladi. Yozuvchi romanlarida shamol tabiat hodisasidan obraz darajasiga ko'tarilganligi ijodkor tasvir individualizmining natijasidir. Bu "Genetik" romanida bir qadar uchrasa, "Boqiy darbadar"da davrlar osha qahramonga hamroh bo'ladi. "Ozod" romanida esa asarga motiv sifatida kirib kelgan shamol badiiy obraz darajasiga ko'tariladi. Bunda Isajon Sulton asarlarida shamolning badiiy unsur sifatida tadrijiy o'sish, ko'tarilish bosqichlarini kuzatishimiz mumkin. U dastlab asarga tasvir elementi sifatida kirib keladi. Peyzajning bir qismidan obrazga aylanadi. Shamol asar makonini o'zgartirishga va o'zgargan makonda badiiy vaqtning muayyan maqsadda voqealanishiga xizmat qilishi orqali esa motivga aylanadi. Ya'ni muallif undan asar voqeligini harakatga keltiruvchi kuch sifatida foydalanadi (ya'ni peyzaj - obraz -motiv munosabatini yuzaga keltiradi). Roman yozuvchining buyuk ijod yo'lidagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ijodiy safari tarzida bayon etilgan. Unga qamrab olingan voqeliklar bir qarashda Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonini yodga soladi. Dostondagi qushlar "Ozod" romani obrazlarini ijodkorlarga evriltirib olib kirilgandek, go'yo. Yozuvchi "Lison-ut tayr"dagidek adabiy namoyondalarga metaforik ishoralar orqali murojaat qilsa-da, adiblar nomi sir tutiladi. Ularga xos ijodiy topildiq aynan keltiriladi yoki ishora orqali ma'lum qilinishida reminisensiya muhim o'rin tutadi. "Ozod", "Boqiy darbadar", "Genetik" romanidagi shamol, safar, sinov, uchrashuv motivlari asarning sharqona qarashlar ta'sirida shakllangan realistik ifodasidir. Shu kabilar orqali Isajon Sulton o'zbek adabiyotiga neorealizm yo'nalishini olib kirdi.

Bu uch romanni bir-biriga bog'lab turgan gen injeneringi (ta'bir Y.Solijonovga tegishli) masalasi nafaqat o'zbek, balki jahon adabiyotida ommalashgan mavzu sanalsa-da, unga sharqona nuqtai nazarning birlashishi, romanlardagi bosh g'oyalardan biri - o'zlikni anglash boshqichlarini yorqin ifodalaydi. Darbadar kishi, gen muhandisi, baxt lolasini izlab yo'lga chiqqan sayyohlardek qayta tarbiyalanuvchi obrazlar ifodasi ijodkorga xos xususiyatlarni ko'rsatib beradi. Ushbu romanlarda qahramonlar kamolotiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi obrazlar olib kirilgan. Masalan, Ozodga shamol, darbadarga uning ruhiy "meni" doimiy hamroh sifatida tasvirlanadi. Shuningdek, bu obrazlar real shaxs sifatida tasvirlanmasa-da, asar qahramonlari bilan kommunikatsiyaga kirishadi. Voqea-hodisalar talqiniga munosabatlarini bildiradi yoki qahramonlar tafakkurining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Ushbu ta'sir qahramonlar zohirida va botinida namoyon bo'ladi. Asar qanday yozilsa, shunday o'qiladi, degan munaqqidlarning ta'kidlari buning isbotidir. Asardagi qahramon bilan birgalikda ijodkor "men"i ham shakllangan, qahramonlar tafakkurida bu yaqqol ko'zga tashlanadi. "Shamolni ustoz bilgan Ozodning fíkri, his tuyg'ulari, istak va tushunchalari tobora teranlasha boradi. Bu teranlik va ma'naviy-ruhiy yuksalish yo'li uning tegrasida jilvalangan zohiriy manzara-holatlaridan botinini mohiyatga tomon ildamlash tarzida kechadi. "Ozod" ko'zlagan maqsad (borish manzili) aniq, intilishlari e'tiqod ishonchiga esh, hamdami piri komil ekani bois, tasvir davomida barcha ishoratlar asrori ayonlashib, uning qalb ko'zgusi va ruh oynasida olam akslana boshlaydi".[12.47]

TAHLIL VA NATIJALAR

Demak, Ozod tafakkuri shakllanib tarixda iz qoldirgan ramzlarni anglashni boshlaydi. Yashirin mohiyatlarga tushunib yetishi xususidagi keyingi fíkrlarida muallif "Ozod" romanida qoyadagi na'matak (Oybek) va majnuntol tagida o'tirgan mo'ysafidga (Mirtemir) ishora qiladi. Shubhasiz, yuqoridagi kabi hollar ustozlar qismati, adabiy-ma'naviy merosidan bahramandlik, abadiy ruhlari oldida chuqur qarzdorlik hissi merosiy qalam qarshisidagi mas'ullikdan tug'ilgan".[12] Bu orqali

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yozuvchi ijodkorlikni go'yoki o'zigacha qalam tebratganlarning hayoti, mashaqqati bergan to'lovlari, badallari evaziga sabr bilan erishilgan buyuklik sifatida talqin etadi. Lekin ijod bandalari onasini, oilasini, yaqinlarini yoki butun bir hayotini yo'qotishiga qaramay, bu yo'ldan qaytmaydilar. Shunday tovonlar evaziga bo'lsa ham o'zlarining buyuk yaratiqlarini yaratishda davom etgan Oybek, Mirtemir, Shavkat Rahmonlarga ishora orqali katta hayot falsafasi ilgari suriladi. Ya'ni ijod, ijodkorlik ulkan fidoiylik, intertekstuallik1 asosida namoyon bo'lgan. Bu orqali nafaqat ijodkor, balki boshqa adabiy namoyondalarning biografik xronotopi taftish etilganligi ma'lum bo'ladi. Keyingi o'rinda muallif qahramonini undan-da olisroq adabiy muhitga yetaklaydi. "Qon" qismi Abdulla Qodiriyni yodga soladi. "Iz" va "Kuchuk" nomli qismlardagi tasvir qatag'onga uchrab, musulmonchilik an'analaridan mosuvo tarzda bir umumiy jarlikka ko'milgan qatag'on qurbonlarini xotirada gavdalantiradi. Bu voqeliklarni asarga qamrab olinishi ijodkorlar biografiyasiga chuqurroq olib kirishning samarali usullaridir.

"Ikki qush"da keltirilgan tasvirdan taqdir lolasi-yu baxt qushi sari borayotgan qahramon muallifning o'zi ekanligi ma'lum bo'lib, bunga sabab Haq visolidan umiddir. "Bizlar shu yergacha kela olamiz, uyog'iga o'ta olmaymiz", deya payg'ambar Muhammad (s.a.v)ni merojga olib chiqilishida foydalanilgan so'zni ishlatish orqali ushbu umidni isbotlaydi. Asarda shamol "Ozodning kamol topishiga mutanosib tarzda yo'lboshlovchi donishmand zot, ziyrak roviy, nihoyat ilohiy inoyat mujdasi kabi iyerarxik ketma-ketlikda namoyon bo'ladi. U qahramoni hayotidagi ma'no dashtlari - sinov manzillarida kuzatilgan, ammo kutilmagan voqea-hodisa, timsol va ramzlarni sharhlab, talqin qilib boradi. Shamolni ustoz deb bilgan Ozodning fikri, his tuyg'ulari, istak va tushunchalari tobora teranlasha boradi. Bu teranlik va ma'naviy-ruhiy yuksalish yo'li uning tegrasida jilvalangan zohiriy manzara va holatlardan botiniy mohiyatga tomon ildamlash tarzida kechadi"[12. E - 48] hamda bu tadrij shamol qarshisidagi Ozodning ma'naviy-moddiy (borliq haqidagi) tafakkuri shakllanishiga xizmat qiladi.

Muallif shamolning shakli bo'lgan shabodani shivirlaguvchi, shamoldan "Yo'l ko'rsatuvchi"ga aylantirib, qahramonini Cho'lpon, Fitrat, Hamzalar taqdiri tomon undaydi. Epik "men" Uchyong'oqning markazidan Zebi, Yo'lchining taqdirini kuzatadi. Bu voqealarda Ozodga hamroh bo'lgan shamol ulg'ayadi. Bu ulg'ayish muallif "men"ining, dunyoqarashining ulg'ayishi edi. Hammasi aksga, barchasi to'zonga, bari sarobga mengzalib tasvirlanadi. Albatta, yozuvchi bu fikrlarni ochiq -oydin aytmasdan, kosa tagida nimkosa tarzida ifodalaydi. To'g'ri, "Zotan bo'z yigitni

1 Intertekstuallik - muallif o'z g'oyaviy badiiy niyatini ifodalash uchun boshqa mualliflar asarlaridan olgan havolalari. Har qanday matn avval mavjud bo'lgan matnlarni transformatsiya qilgan holda o'ziga singdirgan sitatalar majuidir. Baxtin uni qayta idrok etish asosida vujudga kelgan fikrlar sifatida baholaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

dinamik o'stirib borib, Eranga aylantirish yozuvchi ijodiy niyatidayoq ko'zda tutilgan. Shuning uchun barcha struktur-semantik parchalar bosh maqsad negizida adabiy montaj usulida yagona kompozitsion markazga jipslashadi"[12. Б - 47] Biroq, ijodkor yaratgan qahramon asarda o'z umrini kechirar ekan, u aynan Eranga emas, balki ijodkor idealini o'zida tajassum etgan, ruhan va fikran yuksalgan Ozodga aylanadi. Endi unga hayot so'qmoqlarida hech kim ta'sir ko'rsata olmaydi. Chunki, uch aks davomida qahramon "men"i shakllanadi. "Boqiy darbadar"da qahramon makoni milliy zamindan jahon makoniga tomon harakatlansa, "Ozod"da qahramon takomillashuvining muallifga xos yo'li to'lig'icha milliy zaminda kechadi. Bu kechimda Ozod shamol bilan aynizamoniylikda, yori bilan esa ayrizamoniylikda tasvirlanadi. Har ikki qahramonni ular bosib o'tgan qismat yo'li, ma'naviy maqomi shakllantirib lomakon voqeligiga (zamon va makon tushunchalaridan holi bo'lgan voqelik) olib kirish orqali ikki romanda ham qurama voqeliklar xronotopi bir roman sifatida shakllantiriladi. Bu esa bugungi o'zbek romanchiligida sifat va miqdor o'zgarishlari bilan bir qatorda tasvir va tasavvur (ifoda usulidagi samarali o'zgarishlar)ning ham rivojlanayotganini ko'rsatadi. Isajon Sulton ijodiga o'zbek adabiy muhitining ko'rsatgan ta'sirini, tasvir va tasavvur ko'lami ning kengayishiga asos bo'la olgan milliy adabiyotning yangi aloqa almashish vositasi sifatida tushunish mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Muallif "men"ining adabiy qahramonda aks etishi ijodkor dunyoqarashini baholash uchun ahamiyatlidir. Adabiyot san'atida muallif va qahramon "men"iga ta'siri tahlil etilib, ular orqali badiiy asarni tahlil qilish badiiy asar g'oyalar tizimini aniqlashtiradi. Biografik tahlilning badiiy asar uchun ahamiyati asoslandi.

Demak, ijodkorning qarashlari, fikrlari badiiy asarda muallif va qahramon nutqi orqali namoyon bo'ladi. Yozuvchining badiiy mahorati bu ikki nutqdan ununumli foydalangan holda voqelikni ishonarli, obrazli, tasirchan tarzda tasvirlashidadir. Bu muallif va qahramon nutqidan ijodkor g'oyalar mundarijasining o'sib chiqishini ta'minlagan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Тураева Б Тарихий романларда бадиий замон муаммоси мавзусидаги филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) дисертацияси. Тошкент 2018. 101-б.

2. Yo'ldoshev Q., Qodirov V., Yo'ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik majmua. - T.: Yangiyo'l poligraph service, 2006, - B. 281-282.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3. Исажон Султон. Бокий дарбадар. Роман, кисса, хдкоялар. - Т.: Узбекистан, 2011. - Б.5.

4. Прихожан, А.М. Психологическая природа и возрастная динамика тревожности: Личност. аспект: диссертация... доктора психологических наук: Мoсква 1996. C-167.

5. Исажон Султон насри бадиияти, Куп пуртаналардан бахс этувчи асар. Ёкубов.И. Т.:2017. 122-б.

6. Нилуфар Тошева Хрзирги узбек насрида фольклорга оид воситаларнинг поэтик функцияси (Исажон Султон насри мисолида). Автореферат Тошкент 2020. 21-б.

7. Генетик. Исажон Султон. Озод - Тошкент: Янги аср авлоди, 2018.217б.

8. Abdulkhamidova Hikmatoy Akhrorjon qizi. International Journal on Integrated Education Poetic Characteristics of Chronotopy of Photos in Isajon Sultan's Novel "Free" Indaneziya. 2021.

9. Abdulkhamidova Khikmatoy Akhrorjon Qizi. Хоразм Маъмун Академияси Ахборотномаси. Isajon Sultonning "Ozod" romаnidа aks xronotopi. Xorazm. 2021.

10. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. "Actual problems of classical and modern uzbek literature" In Конференции.

11. Xasanova, X. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) ARTISTIC AESTHETIC FUNCTION OF LETTERS IN THE NOVEL "PAST DAYS 2020. 532-534-betlar".

12. Ёкубов И. Мустакиллик даври узбек романлари поэтикаси: Монография. -Тошкент: "Nurafshon business", 2021. Б - 48.

13. Умарова М. Тарихий драмада вакт концепцияси: филол. фан.ном... дис. -Тошкент, 2012. Б 12.

14. Каримов Б. Абдулла Кодирий феномени. Тошкент, "Info capital group". -2019. Б 167.

15. Бахтин М. Форми времени и хронотопа в романе Вопросы литературы и эстетики, - М.: 1975. - C. 234.

16. Abdulxamidova, X., & Sobirova, M. S. Q. (2022). ISAJON SULTONNING "OT YOLI, SOMON PARCHASI VA TOSHBAQA BOLASI" HIKOYASIDA RIVOYAT VA RAMZIYLIK. International scientific journal of Biruni, 1(3), 45-49.

17. Abdulhamidova, H. A. Q., & Saminjonova, M. O. Q. (2022). MUSTAQILLIK DAVRI SHE'RIYATIDA MILLIY DETALLARNING IFODALANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 434-440.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

18. Valiyeva, N. (2023). THE CLASSIFICATION OF CHEMICAL TERMINOLOGY IN MODERN ENGLISH AND UZBEK LINGUISTICS. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

19. Abdurashidovich, Q. A. Abdulxamidova Xikmatoy Axrorjon qizi, A. Qosimov, R. Umurzakov, & Махмиджонов Шохрухбек.(2022, May 1). THE VIRTUES OF A" HOME WITH A MAN.

20. Mukhammadjonova, G. (2022). THE ARTIST'S IMAGE-LANDSCAPE-LITERARY SYNTHESIS. Models and methods in modern science, 7(1), 46-48.

21. Guzalkhan, M. (2021). CREATIVE PERSON AND THE HARD WORK OF CREATIVITY. In Euro-Asia Conferences (Vol. 4, No. 1, pp. 239-240).

22. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.

23. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga". International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.

24. Sabirdinov, A. (2020, December). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. In Конференции.

25. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of the banned period in the stories of Naim Karimov. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 4-91.

26. Oripova, G. (2019) "Traditions of folk ballads and distinctiveness of uzbek poetry of independence period," Scientific journal of the Fergana State University: Vol. 2 , Article 12.

27. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

28. Oripova, G., & Ibrohimova, G. (2022). SIROJIDDIN SAYYID IJODIDA MUMTOZ MUSHTARAKLIKLAR. International scientific journal of Biruni, 1(2), 251-255.

29. Oripova, G., & Alijanova, M. A. Q. (2022). ASQAD MUXTORNING "CHINOR" ROMANIDA AYOL PORTRETINING BADIIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 221-226.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.