Научная статья на тему 'ISAJON SULTONNING “OZOD” ROMANIDA SHARQONA MOTIVLAR TALQINI'

ISAJON SULTONNING “OZOD” ROMANIDA SHARQONA MOTIVLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
414
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Motiv / modern adabiyot / badiiylik / ifodaviylik / uslub / ramziylik / shukronalik / sharqona qarash. / Мотив / современная литература / художественность / выразительность / стиль / символизм / благодарность / восточный взгляд.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Solijonov, Yo‘Ldoshxo‘Ja, Qoʻchqarov, Oʻtkir Oʻktamjonovich

Mazkur maqola Isajon Sultonning "Ozod" romanida sharqona motivlar talqini, motiv aslida nima ekanligi qisqacha, Isajon Sultonning “Ozod” romani sharqona mumtoz falsafa va bugungi postmoderncha dunyoqarashi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ВОСТОЧНЫХ МОТИВОВ В РОМАНЕ "АЗОД" ИСАДЖАНА СУЛТАНА

В данной статье представлена подробная информация об интерпретации восточных мотивов в романе Исаджона Султана «Озод», о том, что это за мотив на самом деле, романе Исаджона Султана «Озод», восточной классической философии и сегодняшнем постмодернистском мировоззрении.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTONNING “OZOD” ROMANIDA SHARQONA MOTIVLAR TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ISAJON SULTONNING "OZOD" ROMANIDA SHARQONA MOTIVLAR

Mazkur maqola Isajon Sultonning "Ozod" romanida sharqona motivlar talqini, motiv aslida nima ekanligi qisqacha, Isajon Sultonning "Ozod" romani sharqona mumtoz falsafa va bugungi postmoderncha dunyoqarashi haqida batafsil ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Motiv, modern adabiyot, badiiylik, ifodaviylik, uslub, ramziylik, shukronalik, sharqona qarash.

В данной статье представлена подробная информация об интерпретации восточных мотивов в романе Исаджона Султана «Озод», о том, что это за мотив на самом деле, романе Исаджона Султана «Озод», восточной классической философии и сегодняшнем постмодернистском мировоззрении.

Ключевые слова: Мотив, современная литература, художественность, выразительность, стиль, символизм, благодарность, восточный взгляд.

Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo'luvchi omil va motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo'luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida motiv atamasi sub'yektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qo'llanadi. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ba'zan " motiv " tushunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qo'zg'ovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.

Isajon Sultonning "Ozod" romanida sharqona motivlar borligini anglashimiz mumkin. Isajon Sultonning "Ozod" romanining umumlashtiruvchi jihati ham muayyan sinovlari bilan insonni komillik sari eltuvchi motivlarning borligida ko'rinadi.

TALQINI

Solijonov Yo'ldoshxo'ja

FarDU professori, filologiya fanlari doktori. Qo'chqarov O'tkir O'ktamjonovich

FarDU 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Isajon Sultonning "Ozod" romani sharq adabiyoti an'analariga xos mumtoz falsafa va bugungi postmoderncha dunyoqarashni o'zida birlashtira olgan asardir. Romanni o'qish davomida musulmon olamiga xos bo'lgan sharqona qarashlarning zamonaviy falsafiy ifodalariga duch kelamiz. "Ozod" romani ramziy ma'nolar bilan ifoda etilgan o'zbek adabiyotidagi postmodernizm yo'nalishidagi romanlarning eng yaxshi namunasidir. Bu asar o'zida turli xil badiiy yo'nalishlarni birlashtirgan. Asarda ramzlar orqali islom falsafasining qadimiy urf-odatlari zamonaviy psixologik tasvir vositalari yordamida tasvirlangan. Yuzaki qaraganda "Ozod" o'z maqsadiga yetishish uchun yo'lga chiqqan va o'z yo'lida turli xil oda mlar hamda voqealarga duch kelgan, o'z maqsadi yo'lida intilayotgan Vatanning er yigiti haqidagi qissa. Aslida esa asardagi har bir obraz, joy, narsa-buyum, o't-o'lan, barcha tabiat hodisalari o'zida inson hayoti davomida duch kelishi mumkin bo'lgan hayotiga, qismatiga ta'sir o'tkazadigan ramzlar - akslardir. Asar mazmunan Paolo Keoloning "Alkimyogar" asarini yodga soladi. Santyago xazina qidirib yo'lga chiqqan bo'lsa, Ozod o'z muhabbati uchun Lolani ko'zlab yo'lga chiqadi. Bu ikki asarda ham yo'l bu qismatning, ya'ni inson hayot yo'lining ramzidir. Bu asarlarda asosiy e'tibor manzilga qaratilmagan, asosiy diqqat markazi yo'ldagi voqealarga, ya'ni yo'l davomida inson ongining rivojlanib, sayqallanib, o'z xatolarini anglab, tom ma'noda komillikka yetib borishi tasvirlangan. Yo'l tasviriga - ramziga e'tibor berish sharq musulmon falsafiy adabiyotida, xususan, A. Navoiy, J.Rumiy, F.Attor asarlarida ham ko'rish mumkin.

Ozodga hamrohlik qiluvchi shamol motivi bu - inson taqdiridir. Taqdir bilan hamnafas bo'lib, Ozod juda olis, mashaqqatli yo'lni bosib o'tadi. Manzilga yetganda esa u o'z tafakkuri tufayli shamolni, ya'ni taqdirini boshqarish mumkinligini anglab yetadi. Asarni islomiy tushunchalar bilan bog'laydigan yana bir jihat Ozod o'z maqsadiga - Lolaga yetish uchun yettita manzildan - sinovdan o'tishi kerak bo'ladi (Uch yong'oq, Tuz cho'li, Oydin ko'l, Biyobon, Harsangli joylar, Baland tog'lar va Iskandar devori). Yetti raqami musulmon olamida, Navoiy asarlarida juda mashhur yetti osmon, yetti mo'jiza, yetti qasr kabi...

Adib ushbu asarida ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi mangu kurash, omonsiz jang, insonning o'ziga bo'lgan muhabbati, ma'rifat, insoniylik kabi tushunchalarni tahlil qilishni maqsad qiladi. Unda qo'llanilgan ishora va tafsilotlar negizida erkin va fikrlashga o'rganayotgan, o'zini anglashga intilgan, ichki ehtiyojini hayot mazmuniga aylantirgan inson obrazini ko'ramiz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Asar kompozitsiyasi Ozodning Oydin qizga baxt lolasini olib kelish uchun safarga chiqishidan boshlanadi. Qahramon zimmasidagi vazifa kechga qadar lolani olib kelish: "Tushgacha yetib boraman, cho'qqilarga chiqib-tushgunimcha yana biroz vaqt o 'tsa, shomga qadar izimga qaytsam kerak" [9;151]Yo'l umrga ishoradir. Shom umrning poyoni, lola esa farovon va to'kin hayot ramzidir. Kimki lolaga yetsa, uning hayoti baxt-saodatga to'ladi. Bu ezgu niyatga asoslangan tushuncha asrlar osha xalq orasida an'anaga aylanib ketgan. Odamlar bunga ishonadilar va har bir bo'yi yetgan yigit albatta mo'jizakor lolani olib kelish haqida o'ylaydi: "Minglar u ma hal baquvvat, chayir, o'ktam yigit edi, mana shu ayoliga fotiha qilinganida qoyalar-u o'ngirlar osha borib, taqdir lolasini uzib kelgan, deydilar. Odamlar o'shanda lolani ko'rishdan umidvor bo'lib Minglarning uyi oldiga yig'ilishdi. Biroq, horib-charchab, nechundir o'zgarib-yoshi ulg'ayganday bo'ib qaytib kelgan Minglar hech kimga ko'rsatmadi. Minglarning nikohidan keyin ham lolani birov ko'rmadi, ammo bu oila g'oyat sarishta, uvali-juvali, qutli-barakatli bo'lib chiqdi"[9;23-b].

"Ozod" romanida ham aks qahramonga e'tibor bersak, roman qahramoni ham baxtning timsoli lolani qidirib yo'lga chiqarkan, manzilga qadar turli voqealar-u sinovlarni boshdan kechiradi. Ahiyri, manzilga yetgan Ozod lolaning o'ziday nochor, uning o'ziday baxtga orzumand maxluqot ekanligi ko'rib bariga tushunadi: "Baxt-u saodat nima ekanini endi-endi anglamoqdaman... yo'limda uchragan hamma narsa aslida xulosa chiqarishim va ma'nisini anglashim uchun ataylab yo'llarimga sochib qo'yilganini ham tushunyapman." Shunda Ozod o'zidagi mislsiz kuchni yurtiga qaytgandagina his qiladi, izlagani o'z yurtida ekanligini tushunib yetadi. Ayni shu jihatlar, har roman syujetini Sharq mumtoz adabiyoti namunalariga borib tutashtiradi.

Asarda ilgari surilgan sharqona g'oyalar ichida eng diqqatga sazovori shuki, ota va farzand munosabatlarida farzandning otaga nisbatan hamisha itoatda bo'lmoqligidir.

" Bilib qo 'y, otaga tik boqib, so 'z qaytarib bo 'Imaydi, yurganida undan oldinga o'tib ketib bo'lmaydi, otadan avval taomga qo'l uzatish mumkin emas, qarshisida qo'l qovushtirib, bo'yin bukib turish shart, qoshida qattiq ovoz bilan gapirish mumkin emas! Otaning so'zi qonun unga so'z qotishninng o'ziga xos yo'sini bor... Shu sababdan ota rozi-xudo rozi deb aytdilar, mana bu o'git ham ota zotining ulug 'ligidan bahs etmayaptimi?

Ey ko 'zimning shami-yu ham nuri diydam ravshani, Odamiy iymonga yetmay hech vaqt bo 'lmas g 'ani Mardumozori qilib bo 'lma Xudoni dushmani, Osmongayetsa boshing qilmag'il movumani,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

To otang rozi emas, tavbang qabul bo 'lmas sani." [9;193]

Balki otaning salobati ulug' bo'lgani ko'p narsani zimmasiga olib umrini bolalariga bag'ishlagani uchun ham bu so'zlar aytilgandir.

Yana bir o'rinda esa asar qahramoni Eranning tilidan aytilgan " ... Haybati bir dunyo otam bobomning oldiga kelganida yosh boladay bo'lib qoladi. Oyoqlarini yuvadi, uqalaydi, yaxtagini almashtiradi. Bobom otamni ham ko'p koyiydi..."shu kabi jumlalarda sharqona qarashlarga ko'ra bola hatto ulug' yoshga yetgan bo'lsa ham, agar otasi hayot bo'lsa, otaga bo'lgan hurmat va itoat tuyg'ulari sharqliklarga xos tarzda saqlanib qolaverishini ko'rishimiz mumkin.

Ijodkor sharq ayollariga xos bo'lgan nomus va hayoning naqadar kuchli ekanligini Eran va Diloromning suhbati orqali shunday ifodalaydi:

" Shu gaplarni aytarkan qo'llaridan tutgim keldi... U esa bug'doyning bitta somonini olib yerga tashladi.

- O'rtada chegara bor, - dedi u. - Bundan o'tib bo'lmaydi. O'tilsa, dunyo buzilib ketadi." [9;199]

"Ozod" romani yurak tubidagi po'rtanalardan bahs etadi. Basirat so'qmoqlarida o'z yo'lini topmoq ilinjida sarosar kezayotgan tasavvur orzu, havas, armon, pushaymonlik, hasrat, nadomat kabi turfa tuyg'ular iskanjasida qoladi. Adib inson taqdiri uning Muhabbat va Iymoni darajasiga ko'ra o'zgaradi,- degan xulosaga keladi. Shu ma'noda bu asarni tasavvur va tafakkur romani deyish mumkin".

Professor, adabiyotshunos olim Abdug'afur Rasulov esa, Isajon Sultonning "Ozod" to'plamidan o'rin olgan hikoyalarini tahlil etar ekan uning tabiat hodisalari, turfa mavjudotlarga ma'no yuklashini yuksak baholaydi:

"Isajon Sulton asarlarida shamol - yozuvchi imkoniyatidagi tuganmas poetik imkoniyat. Yaratilajak timsollar moyasi. Yozuvchi nafaqat shamol, bo'ron, to'fonni, o'rni-o'rni bilan hashorat-u hayvonotni, parranda-yu parq-u bulutni, kapalaklar, ninachilarni tasvirlaydi. Ularning har biri ma'no qati, ramzi sifatida aks eta boshlaydi. Xullas, postmodernistik asarda hamma narsa o'z o'rnida betakror timsol vazifasini o'taydi".

Isajon Sultonning "Ozod" romanida syujet va kompozitsiya tig'izligi yaxlitlik intizomiga bo'ysundirilgan. Ramziy talqin negizida kechayotgan muloqot zalvori favqulodda kechinmalarga aylanib ketadi. "Ko'r kishining hikoyasi" faslidan olingan ushbu lavhada qahramon his qilayotgan ma'nolar bilan yana-da jonlantirilgan. Asarda ko'r kishining aslida ko'r emasligi, bir paytlar ko'zi ochiq bo'lganligi haqida axborot beriladi. Biroq uning ko'p sir-u asrorlarni bilib olishida ochiq ko'zga muhtoj emasligi, qalb ko'zining ochiqligini ko'rsatadi. Ozod bu hikoyadan o'ziga tegishli

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xulosalar chiqarish barobarida, mustaqil fikrlash qobiliyatini sinovdan o'tkazadi. Demak, hol tili - barcha yaratilgan jonliyu jonsiz predmetlar gapirish xususiyatiga ega ekanligi, hodisotlarning kutilmaganda ro'y berishi, azaldan taqdirga bitilgan qismat deya, anglab qoladi. Taqdirning puchmoqlarida ro'y berayotgan hodisotlar, aslida qahramonning tashqi dunyoga bergan savollariga javob yanglig' yuzaga chiqadi. Ayniqsa, "avom ham olim ham so 'z aytdi" jumlasida yana-da tiniq mantiqqa duch kelamiz. Oddiy avom so'zi zaif, olimniki salmoqli ekanligi tafakkur darajalarini chamalab kelayotgan personaj ruhiyatini yanada kengroq inkishof qilishga kalit vazifasini o'taydi. Shu o'rinda bilim to'g'risida gapirgan adib Jon Golsuorsi haq. U aytadi: "Asrimizning xatarli tomoni bizning nodon bo'lib qolishimizda emas, balki bizning o'ylash-o'ylanish qobiliyatini yo'qotib borayotganimizda.

Oldimizda turli-tuman vazifalar borgan sari ko'proq ko'ndalang bo'lib bormoqda, lekin biz krossvordlarga yoki detektiv romanlardagi jumboqlarga topgan yechimlarimizdan tashqari hayot oldimizga qo'ygan savollarga javob bera olamizmi? Javob bersak ham, to'g'ri javoblarimiz borgan sari kamayib ketmoqda. Biz borgan sari osonroq va jo'nroq narsalarga moyillik bildiramiz. Ammo bilimga olib boradigan yengil yo'l hamisha eng olis yo'l bo'lib chiqadi. O'zimiz mustaqil ravishda erishadigan bilimimiz har narsadan qadrliroq va mustahkamroq bo'ladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2).

3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

XULOSA

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

12. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

14. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 7(3),

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.