Научная статья на тему 'ISAJON SULTONNING “OT YOLI, SOMON PARCHASI VA TOSHBAQA BOLASI” HIKOYASIDA RIVOYAT VA RAMZIYLIK'

ISAJON SULTONNING “OT YOLI, SOMON PARCHASI VA TOSHBAQA BOLASI” HIKOYASIDA RIVOYAT VA RAMZIYLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
121
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ramziy obraz / detal / badiiy tasvir / rivoyat / qahramon ruhiyati / Symbolic image / detail / artistic image / narrative / psyche of famous

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdulxamidova, Xikmatoy, Sobirova, Mohlaroy Sodiqjon Qizi

Maqolada Isajon Sultonning “Ot yoli, somon parchasi va toshbaqa bolasi” hikoyasida keltirilgan rivoyatning asar syujetida tutgan o‘rni tahlilga tortilgan. Hikoyadagi ramziy obrazlarning badiiy tasviri atroflicha namoyon etilgan. Hikoya orqali sharq mifologemasining kishilar tafakkuriga ta’siri ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NARRATIVE AND SYMBOLISM IN ISAJAN SULTAN'S STORY "THE HORSE PATH, THE STRAW PIECE AND THE TURTLE CHILD"

The article analyzes the role of the narration in the story of Isajon Sulton’“Horse track, piece of straw and baby turtle in the composition of the work. The symbolic images be showed in the story.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTONNING “OT YOLI, SOMON PARCHASI VA TOSHBAQA BOLASI” HIKOYASIDA RIVOYAT VA RAMZIYLIK»

ISAJON SULTONNING "OT YOLI, SOMON PARCHASI VA TOSHBAQA BOLASI" HIKOYASIDA RIVOYAT VA RAMZIYLIK

f

14ж|

\ i -, i 11 /

ABDULXAMIDOVA Xikmatoy

Farg'ona davlat universiteti Adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi [email protected] SOBIROVA Mohlaroy Sodiqjon qizi Farg'ona Davlat Universiteti talabasi [email protected]

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-3-45-49

Maqolada Isajon Sultonning "Ot yoli, somon parchasi va toshbaqa ANNOTATSIYA bolasi" hikoyasida keltirilgan rivoyatning asar syujetida tutgan o'rni tahlilga tortilgan. Hikoyadagi ramziy obrazlarning badiiy tasviri atroflicha namoyon etilgan. Hikoya orqali sharq mifologemasining kishilar tafakkuriga ta'siri ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Ramziy obraz, detal, badiiy tasvir, rivoyat, qahramon ruhiyati

В статье анализируется роль повествование в повести "Конная АННОТАЦИЯ тропа, кусочек соломы и черепашка" в композиции произведения. Символические образ рассказе.

Ключевые слова: Символический образ, деталь, повестование, психика героя

The article analyzes the role of the narration in the story of Isajon

ABSTRACT

Sulton'"Horse track, piece of straw and baby turtle in the composition of the work. The symbolic images be showed in the story.

Keywords: Symbolic image, detail, artistic image, narrative, psyche of famous

KIRISH

Hozirgi o'zbek adabiyotida hikoya janri bo'yicha ham salmoqli hissa qo'shib kelayotgan Isajon Sultonning hikoyalari inson tafakkur olamini va "men"ini yanada chuqqurroq anglatishga xizmat qilmoqda. Yozuvchining ko'p asarlarida rivoyat va afsonalarga xos badiiy tasviridan, ramziy timsollardan foydalanilgan. "Bu jihatdan

45

14 www.birunijournal.uz

U.Hamdam va LSultonlarning masalaga yondashuvi o'ziga xos va ibratlidir. Ular asarlarida o'z g'oyaviy niyatini o'quvchiga yetkazish uchun ramziy timsollardan g'oyat unumli foydalanmoqdalar. To'grirog'i, bu adiblar hikoya uchun asos qilib olingan real voqelikni g'ayritabiiy vaziyatlar hamda ramziy timsollar zimmasiga yuklamoqdalar. Yanada aniqrog'i, hikoya mazmunini ochish vazifasini inson obrazi emas, aniq ramziy obrazlar, detallar, belgilar, shartli epizodlar bajaradi"1 Darhaqiqat, Isajon Sultonning ko'p asarlarida bunga bevosita guvoh bo'lamiz. Masalan "Ozod"da "lola", detali misolida, "Boqiy darbadar"da "Shahri Haybar", "Bobo toshbaqa" vositalarida ramziylikni ko'rishmiz mumkin. "Ot yoli, somon parchasi va toshbaqa bolasi" ramziy obrazlari shu nomdagi hikoyada ramzoylikni asoslashga xizmat qiladi. "Hikoya — inson hayotidagi uncha kata bo'lmagan bir voqea tasviridir. U hamma xalqlarning adabiyotlarida eng ko'p rivoj topgan janr hisoblanadi. XX asr o'zbek adabiyotida A.Qodiriy, G'.G'ulom, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev va boshqa yozuvchilar eng yaxshi namunalarini yaratdilar"2 Bu janrda XXI asrda Isajon Sulton, Ulug'bek Hamdam, Abduqayum Yo'ldoshev va boshqa yozuvchilar sermahsul ijod qilmoqdalar. Albatta, bu o'zbek adabiyotini boyishiga ham ijobiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Isajon Sulton hikoyaga noodatiy sarlavha bergan: "Ot yoli, somon parchasi va toshbaqa bolasi". Bu o'quvchida turli savollarni tug'diradi: "nega bunday nom? Bu uchalasida qanday ramziy aloqadorlikni o'zida namoyon qiladi?" kabi savollar kitobxon e'tiborini tortadi.

Adib o'z asarlarida ko'pincha rivoyat va afsonalardan foydalanadi shu jumladan ayni hikoyada ham. Biroq, bu hikoya o'zi rivoyat asosiga qurilgan. Yozuvchi yaratgan qahramon hayotda yaxshi yashash uchun o'ziga turli oson yo'llarni izlash bilan ovvora Abdusamad misolida hikoya qilinadi. Hikoyadan ko'zlangan maqsad insonning rizqi Alloh tomonidan berilishiga va insonning yeb-ichgani tuproqqa berganlari esa o'zida qolishi, bu duyoda mol-davlat emas faqatgina ezgu amallarimiz va savoblarimizgina bizniki ekanligini anglatishdir. Asardagi roviy nutqi va badiiy asar tili ham muhim hisoblanadi. Shu maqsadni amalga oshirish uchun "Muallif nutqi bilan personaj nutqi orasidan badiiy nutqning yana bir shakli—o'ziniki bo 'Imagan muallif nutqi joy oladi. Oraliq hodisa ekanligi uchun ham unda personaj nutqi muallif gapi shaklida ifoda etiladi" 3 Hikoyada roviy nutqi ta'sirchan va xalqona ifoda

1 Hy^gom coot^ohob "A^AEHÉT XHEEOHH" "®APFOHA" Hampuera, 2020-hh^ 27-6eT

2 IZZAT SULTON "ADABIYOT NAZARIYASI" "O'QTUVCffl" nashriyot-matbaa ijodiy uyi TOSHKENT—2005 170-bet

3 Dilmurod Quronov "Adabiyot nazariyasi asoslari" Toshkent "Navoiy universiteti" 2018 248-bet

46

etilgan, bu esa qahramonni ichki olamiga olib kirgan va ayni davr muhitini ham ochib berishga xizmat qilgan.Yozuvchi shunday tarzda roviy nutqini taqdim qilganki, hikoyada yozuvchining o'z emotsional munosabati borligini ko'rish mumkin.

Hikoyada keltirilgan avliyo Abdusamadga boy bo'lishi uchun buyurgan "ot yoli, somon parchasi, va toshbaqa bolasi" ni topib kelib avliyo buyurgandek toshbaqani tushovlab, u aytgan duolarni o'qib o'tirishi bizningcha o'quvchida biroz kulgi ham uyg'otadi, sababi allaqanday buyumlar insonga qanday qilib boylik keltirishi mumkin degan tabiiy savol paydo bo'ladi. Bunga ishonch mental qarashga munosib tarzda totemistik tafakkur ta'sirida qahramon ongida gavdalanadi, natijada yuziga g'alati g'o'ddalar toshigan xuddi toshbaqa kosasidek va somon parchasi kabi ingichka ikki kishi unga ikkita ko'zada to'la tilla olib kelibdi, ammo kimdanligi noma'lum. Bu ham Allohning mo'jizasi. Abdusamad avliyoning oldiga "dardiga davo istab" borganida avliyo unga: "qishloqdagi bultur sel oqizib ketgan ko'prikni o'rniga yangisini solib berasiz"4— deb shart qo'ygan va Abdusamad bunga rozi bo'lgan ham edi-ki o'rtaga nafs degan balo aralashdi. Abdusamadni ishlari o'z ehtiyojini qondirishda bir tekisda davom etsa-yu vada qilingan ko'prik qurilishiga kelganda turli bahonalar topilaveradi va qahramon bu ishni o'z xoliga tashlab qo'yadi. Vadaga vafoni unutadi. Vaqt soati kelib u o'lim bilan yaqinlashdi. Abdusamad buva farzandlariga o'sha ko'prikni qurilishidan olib qolgan tillalarni farzandlariga merosligini aytadi. Vasiyat tariqasida farzandlariga o'zi tugata olmagan ko'prikni bitkazib qo'yishlarini iltimos qiladi va farzandlari bunga rozi bo'ladi. Ertak va dostonlardan hikoyachilikka kirib kelgan vasiyat motivi asarda tasvirlangan Farzandlari merosni ochib ham qarashgandi-ki ko'za ichidan tilla emas "ot yoli, somon parchasi va o'lik toshbaqa bolasi turibdi. Bu orqali insonni olgani emas berganigina o'zida qolishi ifodalanadi. Agar qahramon o'quvchida qani endi o'sha vada qilingan ko'prikni qurganda edi, nafsiga qul bo'lmay vadaga vafo qilganida balki, o'sha tillalar farzandlarida qolishi mumkin edi.

Hikoya rivoyat asosiga qurilgan. Rivoyat badiiy tasvirini ochib berishda ramziy obrazlar muhim o'rin egallaydi. Ular hikoyani ekspressivligi va gedonistik xususiyatlarni ta'minlab beradi. Razmiy obraz xalq og'zaki ijodida ham ko'p qo'llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Ertaklarda, ertak-dostonlarda, hikoyalarda asar ta'sirini ko'rsatarish, tushunilishi oson bo'lishi uchun hayvonlar orqali insonlarga ishora qilinadi. "Susambil", "Egri va To'g'ri", "Zarbulmasal", "Kalila va Dimna" kabi ko'plab asarlarda bunga guvoh bo'lishimiz mumkin. Ma'lumki, hayvonlar, ranglar yoki boshqa ba'zi predmetlar o'z ramziy ma'nosiga ega. Ayni hikoyada keltirilgan ramziy obrazlar ham o'ziga xos ma'no anglatishga xizmat

4 Исажон Султон "ГЕНЕТИК" ТОШКЕНТ 2018 363-бет

47

qilgan. Xalqimiz orasida ot - murod ramzi, toshbaqa - donishmadlik ramzi, somon -parchasi esa mehnatni ifodalovchi ramziy detal sifatida qo'llanadi. Muallif bu hikoyada ana shu obrazlarni tanlashiga sabab ham xalqimiz tarixidan qo'llanilgan ramzlarga bog'liq. Toshbaqa uzoq umr ko'rgan, hayotda ancha qiyinlagan donishmandlik yoshiga yetib qolgan inson qiyofasida donishmandlikdan dalolat beradi. Somon parchasi orqali ko'p mehnat qilgan dalalarda sarg'ayib mehnat ostida ulg'aygan kishiga ishora qilinadi. Ot esa bizda murod ramzi sifatida qo'llanilmoqda bunda, Abdusamad buvaning "niyyatiga yetishi" yaxshi yashashi uchun yetarli miqdorda boylikka erishganiga ishora qilmoqda.

Abdusamad ruhiyatidagi o'zbek xalqiga xos ishonuvchanlik, soddalik yaqqol sezilib turadi. Bunga u avliyoning hamma gapiga ishonib aytgan shartlariga so'zsiz rozi bo'lishi va "bittamas, o'nta bo'lsayam quraman" degan so'zlarida ham bunga guvoh bo'lamiz. Avliyo tayinlagan hamma narsani muhayyo qilgach, xotiniga "Birov so'rab kelsa meni uyda yo'q deysan" 5 deb kulbasiga kirib ketib nimadir ro'y berarmikan mujda qaydan kelarkan deb o'tiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yozuvchi asarlarida qo'llagan rivoyatdagi, ramziy obraz asarning badiiy estetik funksiyasini ochib berishga sabab bo'ladi. Hikoyada qahramon hayoti bilan birgalikda folklor manbalari bo'lgan boylik ilinjida, nafsi ko'yiga kirib yo'ldan adashgan qahramonlardan to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi. Bu esa adabiyot atomdan kuchli ekanligining inikosidir.

REFERENCES

1. Dilmurod Quronov. "Adabiyot nazariyasi asoslari". Toshkent. "Navoiy universiteti" 2018-yil.

2. IZZAT SULTON. "ADABIYOT NAZARIYASI" "O'QITUVCHI" nashriyot-matbaa ijodiy uyi TOSHKENT—2005-yil.

3. Исажон Султон. "ГЕНЕТИК" ТОШКЕНТ 2018-йил.

4. Йулдош Солижонов. "АДАБИЁТ ХИЁБОНИ". "ФАРГОНА" нашриёти, 2020-йил.

5. Abdulkhamidova Hikmatoy Akhrorjon qizi. International Journal on Integrated Education Poetic Characteristics of Chronotopy of Photos in Isajon Sultan's Novel "Free" Indaneziya 2021

6. Abdulkhamidova Khikmatoy Akhrorjon Qizi. Хоразм Маъмун Академияси Ахборотномаси. Isajon Sultonning "Ozod" romanida aks xronotopi. Xorazm 2021

7. Isajon Sulton "Boqiy darbadar" 2010-yil 6-son "Sharq yulduzi"

5 Уша китоб 365-бет

XULOSA

48

www.birunijournal.uz

8. Sulton I Asarlar:roman va qissalar. - Toshkent: "G'ofur G'ulom", 2017 2-jild.

9. Isajon Sulton nasri badiiyati. Ilmiy maqola va risolalar to'plami Toshkent. "Turon zamin ziyo" 2017.

10. Khushbokov Jovli, Isadjan Sultan. Conversation. If the prayer of the hand is lucky // Literature and art of Uzbekistan // Issue 31. July 29, 2016.

11. Oxunjon Safarov " O'zbek xalq og'zaki ijodi" Musiqa nashriyoti. Toshkent 2010

12. T.Boboyev "Adabiyotshunoslik asoslari" Toshkent. "O'zbekiston" 2002

13. Xalq og'zaki poetik ijodi O.Madaliyev. T.Sobitova. Sharq nashriyoti . Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi

14. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. "Actual problems of classical and modern uzbek literature" In Конференции.

15. Xasanova, X. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) ARTISTIC AESTHETIC FUNCTION OF LETTERS IN THE NOVEL "PAST DAYS 2020. 532-534-betlar"

16. Oripova, G. M., Akhmadjonova, O. A., Kholmatov, O. U. U., & Muminova, T. S. (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1(2), 304-309.

17. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

18. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.

19. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.

20. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

21. Oripova, G. (2020, December). RHYTHM AND MYTHING IN LYRICAL GENRE. In Конференции.

22. Oripova, G. (2019) "Traditions of folk ballads and distinctiveness of uzbek poetry of independence period," Scientific journal of the Fergana State University: Vol. 2 , Article 12.

23. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

49

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.