UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
HOZIRGI ADABIY JARAYONDAGI HIKOYALAR BADIIYATI
Nilufar Xajikurbanova
Urganch davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'limi
yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6850433
Annotatsiya. Hozirgi adabiy jarayonda yaratilgan hikoyalar o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada hikoyalarning badiiyati tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: hikoya, insoniylik, "Do'st" hikoyasi, ramzli obrazlilik.
ИСКУССТВО РАССКАЗА В СОВРЕМЕННОМ ЛИТЕРАТУРНОМ ПРОЦЕССЕ
Аннотация. Рассказы, созданные в современном литературном процессе, имеют особое значение. В данной статье анализируется художественность рассказов.
Ключевые слова: повесть, человечество, повесть «Друг», символическая образность.
THE ART OF STORYTELLING IN THE MODERN LITERARY PROCESS
Abstract. The stories created in the modern literary process have a special meaning. This article analyzes the artistry of stories.
Keywords: story, humanity, story "Friend", symbolic imagery.
KIRISH
O'zbek adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland asar hisoblanadi. Hikoyada davr va qahramon masalasi, xarakter talqini asarni asosiy bo'g'inini tashkil etadi. Hikoya janri azal-azaldan didaktik ma'no kasb etib, insonlarga ma'naviy ozuqa berish va ularni yaxshiliklarga yetaklash uchun xizmat qilib kelgan. Shu sabab, hikoya janri badiiy adabiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Mazkur yilda e'lon qilingan hikoyalarning mavzu va mundarijasi, umuminsoniy qamrov ko'lami, badiiyligi - strukturasi, obrazlari va uslubi keying ellik yillarda yozilgan hikoyalarnikidan sezilarli darajada farq qiladi. Ularda xalq hikoyachiligi tajribalarini ham, mumtoz adabiyot an'analarini ham, jahon, jumladan, turk,yapon, rus, Lotin Amerikasi, ingliz, fransuz, Amerika prozasi unsurlarini ham kuzatish mumkin. Muhimi, bugungi hikoyalarimizda mana shunday ulkan tajriba omillarini adabiyotning tuganmas manbai, Yaratganning san'ati -hayot voqeligi bilan sintez ifodalashga urinishlar bor.
TADQIQOT NATIJALARI
Nazar Eshonqulning "Zulmat saltanatiga sayohat" hikoyasida ramzli obrazlilik lirik personaj sifatida asarda ishtirok etayotgan muallif nuqtayi nazari, individual nutqi orqali yoritilgan. Bu borada ramzli obrazlarning zohiriy belgilarini gavdalantirish bilan kifoyalanib qolinmagan. Hikoyada muallif Hid, Shu'la, Qorong'ulik, Qo'rquv singari ramzlar tabiatini ochish uchun M. ismli adib, N. ismli qiz, Q. ismli qahramon psixologiyasini chuqur yoritishga xizmat qiluvchi hayotiy ziddiyatlarga, holatlar ruhiyatini chizishga, keskinliklar kayfiyatini yaratishga alohida e'tibor qiladi. Hikoyadagi badiiy tafakkur tarziga ko'ra hayot faktlarini qahramonlar turmush tajribalari asosida umumlashtirishni taqozo etgan. Faqat hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirishda timsollar tuyg'ular realizmiga erishishni ijtimoiy-falsafiy umumlashma xulosalar chiqarishni asoslagan, yuzaga keltirgan. Yozuvchiga holatlar,
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
kayfiyatlar, ramzlar psixologiyasini yaratishda tuyg'ular realizmi, kechinmalar haqiqati asos bo'lib xizmat qilgan.
Normurod Norqobilovning "Dashtda" hikoyasida aynan o'sha dashtda Berdimurod bilan sodir bo'lgan voqeani noto'g'ri talqin qilgan qishloq aholisi haqida aytiladi. Yosh kelinchakka yaxshilik qilib tuhmatga qolgan Berdimurodni hech kimning gap-so'zi qiziqtirmaydi. Bir insonning oilasi uchun kurashgan Berdimurod yemagan so'msasi uchun pul to'lagan bo'lsa, uning qishloqdoshi Suvonqulning qilmishlari hammasidan o'tib tushadi. Qishloqdagilar Suvonqulining qilib yurgan "ishlari"dan bexabar faqatgina Berdimurodni ayblash bilan ovvora bo'ladilar. Ushbu hikoyada yozuvchi qahramonlar orqali insoniy tuyg'ularni qarama-qarshi qo'yadi, ya'ni Berdimurod va Suvonqul obrazlari. Ular ikkalasi bir-biriga zid, chunki asarda insoniylik va noinsoflik, vijdonsizlik kabi xislat va illatlar qarama-qarshi qo'yiladi.
"Kulgan bilan kuldirgan" hikoyasida Shukur Xolmirzayev vatan go'zalligi, boyligi, umuman, tabiatga befarq bo'lmagan, uni sevuvchi kishilarni tashvishga solayotgan - tabiat boyliklarini asrash masalasini ilgari suradi va bu masalaning mohiyatini oddiy bir voqea tasviri orqali ko'rsatadi. Shukur Xolmirzayevning "Kulgan bilan kuldirgan" hikoyasida bosh qahramon tog'dagi kakliklar haqida qayg'uradi, bir-ikki qushni emas, umuman, hududdagi barcha qushlarni qahraton ayozdan omon chiqarib olish g'amini yeydi.
MUHOKAMA
Xurshid Do'stmuhammadning "Ma, osh" hikoyasidagi qahramonlar ruhiyatida o'zbekona soddadillik yashiringan. Sabriddinning maoshini avtobusda o'g'irlatib kelishi va oilasi bilan pullari qayerga ketgani haqida uzoq bahs qiladilar. Ularni oldin bu masalaga aqli yetmay turadi. Sabriddinning qizi Bahor bunga oydinlik kiritib, dadasining maoshi qanday qilib yo'qolganligini topib beradi. Sabriddin ham qizining topqirligiga tan beradi. Asarda oilaning boshi hisoblangan Sabriddin maoshi haqida qayg'urar ekan, avvalo, oilasi bilan keying maosh oladigan vaqtigacha qanday qilib yetib olishi haqida o'ylaydi. Sabriddin obrazi orqali oilaparvar, g'amxo'r ota obrazi shakllantirilgan. Hikoyada reining maoshi yo'qolgani sabab qayg'uga tushgan Mastura obrazi ham bor. U hikoya boshida bo'lgan voqealar uchun motam tutayotgan bo'lsa-da, asar so'ngiga kelib, eriga ziyon yetmaganligi uchun xursand boladi. Sabriddinning "Bola-chaqamizga ushoq bo'lmaydi-ku, cho'ntakkesarga yuqarmidi?!" deyishida uning oddiy va soddadil inson ekanligini ko rishimiz mumkin. Xurshid Do stmuhammad hikoyalarida qahramonlar ruhiyatiga alohida e'tibor beriladi. Shundan kelib chiqadiki, tahlil qilinayotgan ushbu hikoyalardagi obrazlar ruhiyatida ozbekonalik ufurib turadi. XULOSA
"Senu men tengdosh edik, do'st
O'tloqlarda o'ynar edik." Isajon Sultonning "Do'st" hikoyasiga to'xtaladigan bo'lsak, bu asarda bir insonning do'stiga yo'llagan dil izhorlari tasvirlanadi. Bolalik paytidan to qarilik davrigacha bo'lgan voqealar aks ettiriladi. "Lekin... agar sening istaklaringga bo'ysunsam, yuksaklarga emas, yerlarning tubiga ketardim! Sen men uchun bir pillapoya bo'lding, do'st. Senga oyoq qo'yib, o'zimning rutbalarim sari ketdim, do'st. Abadiyan alvido, ey do'st! Haliyam do'stimmisan, ey do'st?.."
REFERENCES
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
1. U.Jo'raqulov. Xos kalom xosiyati. "Sharq yulduzi" jurnali. 2013. 3-son
2. Dostmuhammad. Beozorqushningqargishi. "Sharq" nashriyotmatbaaaksiyadorlikkompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2006
3. G.Sattorova. "90-yillar ozbek hikoyachiligi milliy xarakter muammosi". Toshkent. 2002.