SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
AGIOGRAFIK OBRAZLARNING MAZMUN-MOHIYATIDAGI
EVRILISHLAR
Sayidolimov Javoxirbek Baxtiyorjon o'g'li
FarDU Adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada agiografik asarlardagi obrazlarning o'ziga xosligi, muallif qarashlari hamda kitobxonning qabul qilishi haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: Agiografik adabiyot, obraz, portret, muallif, kitobxon.
The article talks about the uniqueness of the images in the hagiographic works, the author's views and the reader's acceptance.
Key words: Hagiographic literature, image, portrait, author, reader.
Muallif o'zi tasvirlamoqchi bo'lgan voqea-hodisalarni va shaxslarni obrazlar orqali bayon etar ekan, badiiy-estetik ta'sirchanlikni ham unutmaydi, chunki tuyg'ularga ta'sir etolmagan asar oddiy xabar sifatida qabul qilinishi tabiiy. Shuni ham unutmaslik lozimki "oddiy xabar" ham tinglovchining ruhiy holatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun asarning saviyasini belgilaydigan jihatlardan biri uning badiiyati sanaladi. Agiografik asarlar muallif tomonidan badiiylikning muhim sharti hisoblangan shakl va mazmunning uyg'un holda berilishi bu turdagi asarlarning ta'sirchanligini oshirgan. Agiografik asarlar bevosita e'tiqodiy qarashlar bilan bog'liq bo'lganligi sababdan kitobxon ta'sirlanmas ekan e'tiqodiy qarashlarida o'zgarishlar bo'lmaydi. Bunday jarayonda agiografik adabiyot o'zining mazmun-mohiyatini yo'qotadi. Ijodkor asarni yaratishga kirishar ekan avvalambor, yaratilajak asarni muayyan o'quvchilar guruhiga mos holda yaratadi. "Bu esa o'quvchini estetik subyektga aylantiradi, uni estetik obyektni qayta yaratishga undaydi. Ya'ni o'qish -ijodiy jarayon, chunki o'quvchi yozuvchi yetkazayotgan mazmunning oddiy iste'molchisi emas, u belgilar asosida badiiy voqelikni qayta yaratayotgan ijodkor"[1. 44-45]. Shu o'rinda shoir Muhammad Yusufning quydagi misralari esga keladi:
Arxivlarda qoldi Tohir-u Zuhro,
Bo'lak nimang ham bor desam: ko'rlaring,.
Soqol bo 'yash bilan bandmi endi yo
O'rtoq "O'zbekfilm", rejsyorlarining?... [2.95]
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ko'rinib turibdiki, obrazlarning kinoda o'quvchi tasavvuridagi obrazdan boshqacha ko'rinishda gavdalanishi ham kitobxon tomonidan e'tirozni yuzaga keltirmoqda. Kitobxon o'zi xayolida gavdalantirgan obraz u uchun mukammal edi, zangori ekranlarda berilgan ayrim obrazlar kitobxonning tasavvuridagi obrazga mos kelmasligi ham mumkinligi namoyon bo'lmoqda. Muallifning ijodiy niyatiga asosan asar badiiyatida ham boshqa asarlarda uchramaydigan voqea-hodisalar va tasvirlar berilishi mumkin. Misol uchun, Rabg'uziy asarda keng kitobxonlar ommasi tushunishi uchun voqea-hodislarni genezisidan boshlab bayon etadi. Asarda kitobxon uchun mavhum holatlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida ham barcha voqealar ibtidodan boshlanadi. "Shu boisdan yozuvchi "so'zlab berish"dan o'zini tiyib, ko'rsatib berishga harakat qiladi. Buning uchun ijodkor asarini yozishdan avval "Materiallarni o'rganish mahalida eng mayda narsa [detal] larga" alohida ahamiyat beradi. O'rganish jarayonida yozuvchi nazariga tushgan narsalar tavirining aniqligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi"[3. 132]. Navoiy esa voqea-hodisalarni bayon etar ekan davr talabidan kelib chiqqan holda voqeaning o'zini keltiradi, chunki o'quvchi voqealarning ibtido va intihosini biladi. Faqatgina kitobxonga zavq bera oladigan jihatlarini tasvirlaydi. O'quvchiga estetik zavq bera oladigan asarni yaratish uchun adabiyotshunos olim Bahodir Karimov ta'kidlaganiday: "Ijod maydonida Hazrati Ayub alayhissalomning sabri kerak odamga". Agiografik asarlar e'tiqod bilan bog'liq bo'lsa ham o'zida badiiylikni namoyon etmas ekan yo'q bo'lishga mahkumdir. "Yusak san'atkorlik ruhiyati bilan yo'g'rilgan badiiyat namunalari esa har doim yillar, asrlar girdobidan omon chiqadi; har vaqt kitobxon e'tiborini o'ziga jalb etadi va umrboqiylik yo'lida davom qilaveradi..." [4. 6]. Agiografik asarlar biografik xususiyatini namoyon etgani uchun ijodkor aniq faktlarga murojaat qilgan holda ularni kitobxonga o'z uslubidan kelib chiqqan holda badiiy yo'sinda yetkazib berishga harakat qiladi. Adabiyotshunos olim Yo'ldosh Solijonov ta'kidlaganiday "Faqat tarixiy yoki hujjatli asarlardagina emas, balki yozuvchining ijodiy fantaziyasi asosida yartilgan badiiy asarlarda ham fakt va raqamlar, personajlar qiyofasi, yoshi, zamon va makon aniq bo'lgani ma'qul". Alisher Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo" asarida ham yuqoridagi singari raqamlarning va personajlarning aniq berishga intilish hamda ijodkorning badiiy mahorati asar ta'sirchanligini oshirgan:
Gar Shis va gar Qobil erur, gar Hobil, Yoshlari agar yuzyil erur, gar mingyil, Bir necha kun etsalar jahonda ta 'til, Oxir borig'a ajal buyurur ta'jil.[5. 541 ]
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
Agiografik asarlarda har bir kichik detalga ham alohida ahamiyat beriladiki, bu asar mazmunini ochishga xizmat qiladi. Yo'l ustida yotgan tosh, daraxtlar hattoki osmondagi qushlar ham e'tibordan chetda qolmaydi. Toshlar va daraxtlarning inson kabi so'zlashishlari, osmondagi qushlarning (abobil qushlari) dushmanga qarshi kurashishda muhim rol o'ynashi ham ijodkor uslubing o'ziga xosligini namoyon etadi.
Insonning dunyoqarashi kengayib borgani sari atrofdagi voqea-hodisalarga ham munosabati yangilanib boradi. Tasavvurida ma'lum bir obrazni oldin qanday gavdalantirgan bo'lsa tafakkur o'zgarib borgan sari bu obraz ham o'zgarishga yuz tutadi. Dastavval agiografik asarlarda insonning e'tiqodiy qarashlarining shakllanishiga e'tibor qaratilgan bo'lsa, keyinchalik hissiyotlarga ta'sir qilish kuchaydi. Buning sababi inson voqea-hodisadan ta'sirlanmas ekan e'tiqodiy qarashlarida ham o'zgarish kuzatilmaydi. Kitobxon badiiy asarni o'qishni boshlar ekan dastlabki taassurot uning ongida obrazlarni gavdalantiradi, asar so'ngida esa o'quvchining tasavvuri o'zgarib ketishi ham mumkin. Bunday jarayonda bir obrazga badiiy asarni ma'lum vaqt oralig'ida o'qishlik natijasida munosabat o'zgarishi tabiiy hol deb qabul qilinadi. Asrlar davomida rivojlanib borgan asarlarda, xususan, agiografik manbalarning qahramoniga nisbatan ham shuni ko'rishimiz mumkin. Badiiy asarlar ichida agiografik asarlardagi obrazlarning mazmun-mohiyatidagi bunday evrilishlar murakkab ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-falsafiy jarayonlarning natijasida sodir bo'ladi, Chunki agiografik asarlar o'zida e'tiqodiy qarashlarni mujassamlashtirgan. Zamon va makonda [yoshlik davrida o'qilgan asar, ulg'aygandan so'ng mutolaa qilinganda dastlabki tasavvurga zid fikrlar yuzaga kelishi ham tabiiy hol] badiiy asarlarni o'qir ekanmiz ko'p hollarda ma'lum bir g'oya yo hukumron, mafkura ta'sirida asardagi obrazlarga munosabatda bo'linadi. Agiografik asarlarda kitobxon zamon va makondan shuningdek, g'oya hamda mafkuradan kelib chiqqan holda obrazlarga munosabat bildirishga intilsada e'tiqodiy masala fikrlarni to'la aytishga imkon bermasligi mumkin. "...ijodkor badiiy obraz vositasida fikrlaydi, borliqni oddiygina aks ettirmasdan, uni ijodiy qayta yaratadi. Shunga ko'ra, badiiy obrazning vujudga kelishini quyidagi sxemada ko'rsatish mumkin: borliqning hislar orqali ongda akslanishi -tafakkur kuchi bilan o'z ma'naviy-ruhiy ehtiyojlariga mos ijodiy qayta ishlash va umumlashtirish - konkret his etiladigan tarzda (badiiy obraz shaklida) ifodalash" [6.289]. Bu jarayon ko'pincha ijodkor bilan sodir bo'ladi. Muallif borliqni qanday his qilsa uni obrazlarga ko'chiradi. Shuning uchun ham ma'lum bir obraz turli ijodkorlar tomonida o'ziga xos gavdalantiriladi. "Hamma narsa rivojlanadi, tarkibiy qismlarga ajraladi, murakkablashishi va mukammallashish sari boradi" [7. 75]. Agiografik asarlardagi obrazlar ham bundan xoli emas. Obraz yaratish bilan bog'liq hollarda agiografik
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
manbalar boshqa turdagi asarlardan rivojlangan. Ko'p hollarda mazkur tipdagi badiiyat namunalarida portretning batafsil berilishi, [misol uchun "Shamoyil" tipidagi manbaalarda], kitobxon tomonidan obrazni to'la idrok etishga imkon bergan. Shu sababdan ham katta agiografik asarlarda obrazlarning mazmun-mohiyat jihatdan evrilish jarayoni yaqqol ko'zga tashlanadi. Bunday evrilishni G'arb adabiyoti bilan solishtirganimizda jarayonining o'zaro farqlanishiga guvoh bo'lamiz. Payg'ambarlarning obrazini yaratish jarayonida ijodkor obraz bayonida nisbatan cheklangan bo'ladi. O'zigacha bo'lgan davrda qanday yaratilgan bo'lsa shunday davom ettiradi, chunki kitobxon asar o'qimasdan oldin bu obrazlarni eshitgan va o'z tasavvurida yaratgan bo'ladi, agar obraz haqida ma'lumotga ega bo'lmasa asar mazmun-mohiyatini kitobxonlarga yetkazib berolmaydi. Muallif bunday obrazni inkor etmagan holda obrazni to'ldirib boradi, shu sababli ham shamoyil singari asarlar yaratilgan. Obrazlar agiografik asarlardan boshqa turdagi asarlarga o'tganda esa ijodkor imkoniyati anchayin kengayadi. Bunday jarayonda ijodkor asar mazmunidan kelib chiqqan holda obrazni boyitib boradi. Mana shunday turlicha yondashuvlar natijasida ham obrazlarning mazmun-mohiyatida evrilishlar yuz beradi. Misol tariqasida bunday holni jahon adabiyoti namunalarida ham kuzatishimiz mumkin. Gyotening Muhammad alayhissalom madhiga bag'ishlanga "Muhammad qo'shig'i" asarida ko'zga tashlanadi. "Bizgacha saqlanib qolgan parchalar orasida eng mashhuri va alohida diqqatga moligi "Muhammad qo'shig'idir" (u dastlab Ali va Fotima dueti shaklida yozilgan). Bu qo'shiq shoirning Muhammad obraziga qizg'in munosabatini ifodalaydi" [8. 111]. Gyotening bu asarida payg'ambar jamiyatning yetakchisi sifatida xalqni birlashtirgan tarixiy shaxs, uning e'tiqodiy qarashlarini shakllanishida muhim rol o'ynagan obraz sifatida tasvirlanadi. Shu sabali obrazning mazmun-mohiyatida diniy rahnamolikdan ko'ra dunyoviy davlat arbobiga yaqinlashib boradi. Unutmasligimiz kerakki, Gyote barcha e'tiqod egalari bir xil huquq va erkinlikka egaligi haqidagi diniy bag'rikenglik tarafdori bo'lgan uchun Sharq bilan g'oyaviy yaqinlikni his qilamiz: "hamma birgalashib ibodatxona sari yo'l oladi, hech kim boshqalardan din va mazhabga mansub ekanini so 'ramaydi va yagona ibodatni ado etadi. Barchalari olov atrofida davra quradilar va yagona olov ularni nurafshon aylaydi" [9. 127]. Bunday fikrlarni Gyotening "Sharq-u G'arb" devonida ham ko'rishimiz mumkin, ya'ni payg'ambar obrazi turlicha nurafshonlikda namoyon bo'ladi. Hamma vaqt ham bunday ijobiy yondashuvlar bo'lavermagan. Obrazlarning mazmun-mohiyatidagi evrilshlar ijodkorlar tomonidan salbiy bo'yoqlarda ham tasvirlangan. Shu sababli Gyote Volterning "Muhammad" tragediyasida payg'amabr - Muhammad alayhissalom shamoyilining buzilganligini qattiq tanqid qiladi. Keyinchalik Gyote o'zi Muhammad alayhissalom haqida
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
yaratishini niyat qilgan asarida payg'ambami jangovar lashkarboshi sifatida tasvirlamoqchi bo'ladi, ammo keyingi izlanishlari natijasida bunday fikrdan qaytadi. Bunga sabab asar boshida tasvirlanga lashkarboshini asar so'ngida diniy rahnamo sifatida e'tirof etishni mantiqsizlik sifatida baholaydi. O'zi yaratamoqchi bo'lgan obrazning keyingi davri uchun bunday evrilish asar ta'sirchanligini pasaytirshi mumkin deya hisoblaydi. Lev Tolstoyning "Iqrornoma" asarida ham payg'ambar bilan bog'liq bo'lgan qarashlarda ham obraz tasvirining berilishi turli makon va zamon ta'sirida evrilishlarga uchrashi mumkinligiga guvoh bo'lamiz. "...har qancha donoligimizga qaramay, biz Shopengauer va Sulaymon payg'amabr uchovimiz g'oyatda bema'ni ahvolga tushib qolganmiz" [7. 75]. Obrazlardagi bunday evrilishlariga sabab insonlarning e'tiqodiy tafakkuridagi o'zgarishlar hisoblanadi.
Yuqoridagi keltirilgan fikrlar va misollarda Sharq (islom) agiografiyasiga urg'u qaratilganligi uchun, bu tur asarlarda boshqa e'tiqod vakillari tomonidan yaratilgan asarlarda evrilishga uchragani singari, islom e'tiqodi asosida yaratilgan manbaalarda ham ular tasvirlagan obrazlarda ham evrilishga uchraydi.
REFERENCES
1. К,уронов Д. Мамажонов З. ва бошкалар. Адбиётшунослик луFати. Тошкент.: Академнашр. 2013.
2. Мухдммад Юсуф. Сайланма. Тошкент.: Шарк. 2017.
3. Солижонов Й. Адабиёт хиёбони. ФарFона.: 2020.
4. Каримов Б. Рух,ият алифбоси. Тошкент.: Гафур Гулом. 2018.
5. Алишер Навоий. Танланган асарлар туплами. Саккизинчи жилд. Тошкент.: Гафур Гулом. 2013..
6. Куронов Д. Мамажонов З. ва бошкалар. Адбиётшунослик луFати. Тошкент.: Академнашр. 2013.
7. Лев Толстой. Икрорнома. ["Авлиё Сергий" туркумида].Тошкент.: O'zbekiston milliy ensikilopediyasi. 2018.
8. Мухторхон Эшон Умархужа. Икки буюк замондошим. Тошкент.: Х,илол нашр. 2021.
9. Мухторхон Эшон Умархужа. Икки буюк замондошим. Тошкент.: Х,илол нашр. 2021.
10. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),
XULOSA
111-112.