Научная статья на тему 'JAHON VA O ZBEK FANTASTIK ASARLARIDA TAKRORIY MOTIV TUSHUNCHASI VA UNING BADIIY TALQINI'

JAHON VA O ZBEK FANTASTIK ASARLARIDA TAKRORIY MOTIV TUSHUNCHASI VA UNING BADIIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
14
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
motiv / fantastika / o lim motivi / tajriba motivi / vaqtlar aro sayohat / falsafiy qarashlar. / motif / fiction / motif of death / motif of experience / time travel / philosophical views.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Yuldoshova Shaxnoza Azimboyevna

Ushbu maqolada jahon va o zbek adiblarining qator ilmiy fantastik asarlaridagi takrorlanuvchi adabiy motiv kategoriyasi tadbiq etilgan bo lib, nasriy badiiy misollar orqali tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF REPEATED MOTIF AND ITS ARTISTIC INTERPRETATION IN WORLD AND UZBEK FANTASY WORKS

This article applies and analyzes the recurring category of literary motif in a number of science fiction works of world and Uzbek writers on the example of prose and fiction samples.

Текст научной работы на тему «JAHON VA O ZBEK FANTASTIK ASARLARIDA TAKRORIY MOTIV TUSHUNCHASI VA UNING BADIIY TALQINI»

JAHON VA O'ZBEK FANTASTIK ASARLARIDA TAKRORIY MOTIV TUSHUNCHASI VA UNING BADIIY TALQINI Yuldoshova Shaxnoza Azimboyevna

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 26-o'rta maktab I toifali ingliz tili o'qituvchisi

email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8351084

Annatatsiya: Ushbu maqolada jahon va o'zbek adiblarining qator ilmiy fantastik asarlaridagi takrorlanuvchi adabiy motiv kategoriyasi tadbiq etilgan bo'lib, nasriy badiiy misollar orqali tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: motiv, fantastika, o'lim motivi, tajriba motivi, vaqtlar aro sayohat, falsafiy qarashlar.

Abstract: This article applies and analyzes the recurring category of literary motif in a number of science fiction works of world and Uzbek writers on the example of prose and fiction samples.

Key words: motif, fiction, motif of death, motif of experience, time travel, philosophical

views.

Inson tasavvuri uning tarixi kabi qadimiydir. Biroq, xayolparastlik qobiliyati inson bilan birga tug'iladi, deb o'ylash xato. Chunki u tafakkur kabi turli sabablar, tashqi va ichki sharoitlar, imkoniyat va ehtiyojlar, eng muhimi ijtimoiy va kommunikativ sabablar ta'sirida vujudga keladigan hodisadir. Shuning uchun ham o'tmishda xayol, orzu, ba'zan amalga oshmaydigandek tuyulgan narsalar bugungi kun haqiqatiga aylandi.

Adabiyotdagi motiv o'z ma'nosini majoziy ma'noda boshqa badiiy foydalanishlardan oladigan takroriy elementdir. Syujet asar mazmunini tashkil etgan voqealar tizimi bo'lsa, motiv shu voqelikni yuzaga keltiruvchi asosiy unsur hisoblanadi.

Adabiyotshunoslar ilmiy -fantastik yo'nalishning boshlanishini ingliz adibasi Meri Shellining (1797-1851) "Frankshteyn yoki zamonaviy Prometey"(1818) romani deb hisoblashadi. Asar o'zi yaratgan mavjudotga hayot berishga muvaffaq bo'lgan iste'dodli olim Viktor Frankenshteyn haqida hikoya qiladi. Biroq, bu olim tasavvur qilgan mukammal namuna emas, balki Viktor va umuman insoniyat tomonidan rad etilgan jirkanch "mavjudot" ekanligi ma'lum bo'ladi. Mahluq qotillik va terror orqali qasos olishga intiladi. "Frankenshteyn" ga kirish so'zi romanni ko'ngilochar asar sifatida taqdim etadi, ammo jiddiy burilish - ilmiy fantastika bilan, shunga qaramay, "inson tabiatining elementar tamoyillari haqiqatini"1 aks ettiradi. Shelli, shuningdek, XVIII asrning boshlarida texnologiya insonlarning boshini aylantirgan tezlikda rivojlanayotganidan qattiq xavotirda bo'ladi. "Frankenshteyn" o'z zamirida ilmiy taraqqiyotning ikki tomonlama tabiati haqida mulohaza qiladi. Muallifning ilmga intilish haddan oshib ketganda, o'z sharafini yo'qotib, xavfli bo'lib qoladi, degan ogohlantirishi olov motivida namoyon bo'ladi. Olovning uzoqdan issiqlik berish qobiliyati va odam juda yaqin bo'lganida yonishning teskari ta'siri kitobda qayta-qayta uchraydi va hatto kitobning yana bir nomi - "Zamonaviy Prometey" bilan bog'liq. Bilamizki, yunon afsonalariga ko'ra Prometey -dono titan Zevsning mehrobidan muqaddas olovni o'g'irlab, uni odamlarga beradi va olovdan foydalanishni va boshqa xudolar bilimlarini o'rgatadi. Oxir oqibatta xudolar g'azabiga uchrab zanjirband bo'ladi. Meri Shelli ham insoniyatga xavf tug'diradigan bilimni, odamning oniy shuhratparasligini, tabiat va inson o'rtasidagi tabiiy muvozanatnig buzilishinini halokati nimalarga sabab bo'lishini ko'rsatishga urinadi.

Huddi shunday ilm-fan taraqqiyoti xavf-xatarlari haqidagi yana bir ilmiy-fantastik asar taniqli ingliz yozuvchisi Herbert Uellsning(1866-1946) "Doktor Moro oroli"(1896) asaridir. Jahon

1 Mary Shelley, Penguin, 2013 r. Penguin Clothbound Classics.272-p 1 b.

adabiyotining klassikasi bo'lgan bu asarda, telba olimning evolyutsiya va axloq kabi masalalarni o'rganishda viviseksiya(tajriba yoki ilmiy tadqiqot maqsadida tirik hayvonlar ustida operatsiyalarni bajarish amaliyoti)dan foydalangan tajribalari va bu tajribalar orqali insonsifat hayvonlar yoki mavjudotlar yaratishga urinishi haqida. Ilmiy qiziquvchanlik tufayli Moroda rahm-shafqat tuyg'usi yo'q. O'zining aql-idrok orqali ijtimoiy taraqqiyot umidiga asoslangan mafkurasiga qaramay, Uells "taraqqiyot" ning axloqsiz rivojlanishi, ya'ni yorqin, samarali mukammallik va'dalari bilan odamlarning tabiiy his-tuyg'ularini buzishi va bosib olish xavfi haqida umumiy xavotirni bayon qildi. O'sha davrida ko'p odamlar inson o'z tassarufurini oshirishi, ilohiy sohaga ham aralashi kerakligi haqida bahslashar edilar. Moroning jonli mavudotlardagi tajribalari fan va texnikaning xavfliligini ifodalaydi. Romanda ilm-fan taraqqiyotiga insoniylik qonuniyatlarini buzish orqali yetish, og'riq va shafqatsizlik, axloqiy mas'uliyat, insonning o'ziga xosligi, insonning tabiatga aralashuvi kabi qator mavzular o'rin olgan. Bu mavzularni yoritishda tajriba qilish motivi qayta-qayta takrorlanib keladi va asardagi ahloqiy erkinlik masalasini yoritadi.

Insoniy o'ziga xoslik va ahloqiy erkinlik masalalari yoritilgan yana bir antiutopik asar rus yozuvchisi Yevgeniy Zemlyatinning(1884-1937) "Biz"(1921) romanidir. Asar noma'lum kelajakdagi Yagona Davlatda yashovchi D-503 matematik muhandis tomonidan kundalik ko'rinishida hikoya qilinadi. Bu davlatda hamma bir xil bo'lib, qachon uxlash, ovqatlanish, ishlash, qanday kiyinish, oila, tug'ilish hamma hamma narsa, kundalik hayot aniq matematik hisoblab chiqilgan va avtoritar hukumat tomonidan boshqariladi. Insonlarning hatto ismlari ham yoq bo'lib ular raqamlar bilan atalgandir. Roman D-503 hikoyachisi tomonidan yozilgan 40 dan ortiq "qaydlar" dan iborat. Yagona Davlat hukumatga to'liq bo'ysunish va mantiqqa mutlaq qaramlik ta'limotini ijtimoiy hayotni boshqarishda matematika va ratsionallikka tayanadi. D-503 hayotida o'zgarish I-330 raqamli ayolni uchratganidan keyin boshlanadi Yashil devor tashqarisida hukumatni ag'darishga urinayotgan yashirin inqilobchilar guruhining rahbarlaridan biri bo'lgan bu ayol D-503ning o'zligini anglashi, erkinlik aql va hissiyotning shaxsiy va mafkuraviy talablari singari tushunchalar ustida bosh qotira boshlaydi. Asarda individualism, jamoaviylik va mutloq nazorat kabi mavzular ko'tariladi. "O'ziga xos bo'lish - boshqalardan farq qilish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, o'ziga xoslik tenglik tamoyilini buzishdir".2 Yuqoridagi mavzularni ochib berishdi matematik hisob kitoblar va kundalik yozish motivlari takrorlanib syujet voqeabandligini tuzadi. Kundalik yozish va ilmiy tajriba qilish motivlari yana atoqli o'zbek adibi Tohir Malikning(1946-2019) "Falak"(1978) ilmiy-fantastik qissasida ham uchraydi. Asarda Professor Alimov Jahongir ismli o'zbek olimi Elalloma nomli vaqtlar aro sayohot qilish imkonini beruvchi mashinada tajribalar o'tkazadi va boshidan o'tganlarini kundaliklar ko'rinishida yozib boradi. Xozirgi zamon va shoh va olim Mirzo Ulug'bek davri parallelizm adabiy vositasini ishlatib mohirona tasvirlangandir. Asarda o'tmishning qaytarilishi, johiliyat va ilm ahli o'rtasidagi doimiy kurash, insonlardagi ikkiyuzlamachik va mansabparastlik kabi mavzular ko'tariladi.

Fantastikaning antiutopik yo'nalishi haqida so'z ketganda Oldos Hakslining(1894-1963) "Ajib yangi dunyo"(1932) asarini eslamaslik mumkin emas. Asar kelajakda hamma narsa avtomatlashtirilgan, odamlar qat'iy kasta tizimi asosida ishlab chiqariladigan, hech qanday ahloqiy va ma'daniy cheklovlar yo'q bo'lgan, insonlar ongi ommaviy axborot vositasida boshqariladigan jamiyatda -Jahon davlatida yashovchi bir nechta qahramonlarni haqida hikoya qiladi. Hayot sun'iy tarzda zavodlarda yaratadigan, monogam munosabatlarni qoralaydigan va jismoniy zavqga e'tibor qaratadigan texnologik jihatdan rivojlangan jamiyat. Insonlar Alfa, Betta, Gamma, Delta va Epsilon kabi turlarga bo'lib probirkalarda yaratiladigan va tug'ilmasdanoq genetikasiga ta'sir etib ularni

2 Yevgeniy Zamyatin, Biz. Toshkent. Faktor Press Info Nashriyoti. 2021yil 288 b.

boshqaradigan, bunda yevgenikadan (odatda odamlarga nisbatan kelajak avlodlarni yaxshilash uchun kerakli irsiy xususiyatlarni tanlash va DNK ga ta'sir etish) usullardan foydalanish kabi ilmiy-texnologik taraqqiyotning daxshatlari va muallifning kelajak haqidagi havotirlani ko'rish mumkin. Asarda texnologiyalarning jamiyat ustidan mutloq nazorati mavzusi bosh mavzu sifatida ko'zga tashlanadi va bu mavzuni ochib berishda "Ford", ya'ni Henri Ford-amerikalik muhandis, industirialist, avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarish va konveyerli ishlab chiqarish asoschisi motiv sifatida olinadi. Hatto yilnoma ham Forddan boshlab hisoblanadi, insonlar "voy hudoyim" emas, "voy Fordim" deyishadi. Bu bir tomondan asardagi technalogiyalarning tabiiy qonuniyatlarga havf-xatari haqida ramziy belgini bildirsa, boshqa tomondan diniy motivlarga ham borib taqaladi. Ya'ni inglizchada Xudoni "My Lord" deyishadi, asarda esa bu "My Ford" shaklida uchrashdi, yana Xristianlik dinida milodiy yil Iso alayxissalomdan boshlab hisoblanadi. Asarda esa Fordning ommaviy konveyrli ishlab chiqarishidan. Samaradorlik, ishlab chiqarish va iste'molchilik bu yerda eng muhim qadriyatlardir, axloq, rahm-shafqat, taqvo kabi tushunchalar esa mavjud emas. Bundan tashqari asarda "isolatsiyalashganlik ya'ni begonalik" motivi ham bo'lib, bu qahramon ruhiyati va kechinmalarini, "Hamma hamma uchun"3degan bema'ni "aksiomatik, o'z-o'zidan ravshan, mutlaqo inkor etib bo'lmaydigan"4 shior bilan yashovchi jamiyatda o'zini ko'rmasligi, botiniy ziddiyati kabi tushunchalar uchun xizmat qiladi. Oldos Hakslining antiutopik jamiyatida mutloq erkinlik bilan insonlar ongli boshqarilsa, Jorj Orvel (1903-1950)ning "1984"(1949) romanida esa mutloq nazorat, tatalitarism orqali insonlar taqdiri va ongi boshqariladigan jamiyat timsolini ko'ramiz. "1984" ham antiutopik roman bo'lib, u partiyaning quyi tabaqa a'zosi Uinston Smitning hayotini aks ettiradi, u partiyaning hamma joyda bo'lgan nigohi va yovuz hukmdori Katta Og'adan hafsalasi pir bo'ladi. "Katta Og'a" odamlar hayotining barcha jabhalarini nazorat qiladi. Katta Og'a odamlarning "buzg'unchi, isyonkorona" deb hisoblangan narsalar haqida o'ylashlariga yo'l qo'ymaslik siyosiy qo'zg'olonni butunlay yo'q qilish maqsadida "yangi so'zlov" tilini o'ylab topgan. Partiya odamlarning nima o'qiyotgani, gapirayotgani, aytgani va qilayotgan ishlarini nazorat qiladi, agar ular bo'ysunmasa, jazo sifatida dahshatli 101-xonaga yuboriladi, deb tahdid qiladi. Asarda totalitarizm va siyosiy hokimiyatning psixologik, texnologik, jismoniy va ijtimoiy xavflari, inson tafakkurini shakllantirishda tilning ahamiyati kabi mavzular ko'tariladi. Romanda Psixologik manipulyatsiya mavzusini ochib berish uchun "Katta Og'a sizni kuzatmoqda" so'zi motiv sifatida keladi. Televidiniya radio, gazetalarda fuqorolarni partiya va Katta Og'a doim kuzatib turishi bot bot eslatiladi. Tarix, axborot umuman hamma narsa partiya nazorati ostida yoziladi, o'zgartiriladigan bu jamiyatda yana g'alati "ikki fikrlilik" ham bo'lib, bir varakayiga ikki qarama-qarshi narsa ham to'g'ri deb qabul qilish mumkin. Dushman davlatlar birdan ittifoqchiga, ittifoqchilar esa dushmanga aylanib qolishi, o'z nomlariga teskari vazifalarni bajaruvchi vazirlik nomlarini ham qabul qilishlari mumkinligi ham aynan shu "ikki tomonlama fikrlashdan"dir. Shuningdek, "Urush bu tinchlik demakdir", "Erkinlik bu qullikdir", "Johillik bu kuch"5 kabi paradoksli shiorla ham asarda qayta qayta kelib motiv vazifasini bajaradi.

Fantastik asarlarda ko'plab uchraydigan vaqtlararo sayoxat va o'lim mavzulari yoritilgan yana bir ilmiy fantastik asar amerikalik yozuvchi Kurt Vonnegutning(1922-2007) "5-raqamli qassobxona yohud Bolalarning salb yurishlari"(1969) romanidir. Asarda qahramon Billi Piligrimning yoshlik yillaridan tortib, Ikkinchi jahon urushida amerikalik askar sifatida boshdan kechirganlari, fashistlarga asir tushgani, urushdan keyigi yillari, Vietnam urishi, ichki ziddiyatlari-yu ruhiy zarbalar oqibatidagi

3 Oldos Haksli, Ajib yangi dunyo. Toshkent 2021. Hilol nashr. 260 b.

4 O'sha asar

5 Jorj Oruell: 1984,Toshkent. Nihol nashr 2021 y. 338 b.

qarashlari ilmiy-fantastika unsurlarini ishlatgan xolda hikoya qilinadi. Roman syujeti urush asiri sifatida Vonnigutning o'zini boshdan kechirgan tajribalari bo'lib, asar bebaho axloqiy ravshanlik na'munasi sifatida "hamma vaqtlarning eng yaxshi urushga qarshi romanlaridan biri" deb e'tirof etiladi. Asarda Tralfamador planetasi aholidan 4 demensiyali vaqtlar aro sayohat qilish qobiyatini o'rgangan Billi, urushning daxshatlari, urushga umuman aloqasi ham manfaati ham bo'lmagan hali juda yosh bo'lgan yigitlarnig o'limi, insonlarda iroda va tanlov erkinlgining cheklanganli haqida ko'p bosh qotiradi. Yaqinlarining do'stlarining o'limi haqida so'zlab har safar o'lim mavzusidan keyin "Shunaqa gaplar"(So it goes...) iborasini qo'llashi o'lim mavzusini ochib beruvchi motiv sifatida qo'llaniladi va har safar o'quvchida qahramon o'limni va o'z taqdirini shunchakki qabul qilyaptimi yoki bundan qochishga, urushning daxshatlari haqida ogohlantirishga xizmat qilyaptimi degan savol paydo qiladi. "Shunaqa gaplar..." iborasi romandagi har bir o'lim sahnasidan keyin kelib, barcha insoniyat uchun o'limning muqarrarligi, o'lim oldida hamma tengligi, taqdiri azal ekanligini anglatadi. "Bir soatdan keyin u ayol vafot etdi. Shunaqa gaplar."6 Qaerdadir, kambag'al bir, maktab o'qituvchisi Edgar Derbi yer osti katakombalaridan olgan choynak bilan ushlangan. U talonchilik uchun hibsga olingan. U sudlandi va otib tashlandi. Shunaqa gaplar."7 Parchalardan ko'rinib turibdiki, o'lim mavzusi ayniqsa, urushdagi aybsiz insonlarning daxshatli o'limi muallif tomonida faylasufona ko'rsatilgan. Umuman olganda, o'lim mavzusi boshqa adabiy janrlardagi kabi ilmiy fantastika janrida ham keng ishlatiladigan tushunchadir. O'zbek fantast yizuvchisi Hojiakabar Shayxovning(1945-2002)ning "Rene jumbog'i" qissasida ham o'lim motivi motonat, ona yurtga sadoqat va bilim mavzularini razmlab keladi. Kapitan Azizovning Rene jumbog'ini yechishga urinishiga ayoli Klaraning o'limi turtki bo'lgan bo'lsa, fazogir Anna Shvartsning ota-onasi Serera sayyorasida o'limi unga fazogir bo'lib o'sha sayyoraning xatarli atmasferasini zabt etish uchun turtki bo'ladi, Faton fazokemasining ekipajining halokatli o'limi esa fazogirlar Shavkat va Ukennig bu no'malum sayyora jumboqni hal etib, fazogirlar uchun yangilik qilishlariga turki beradi. Fazoda kezish va u yerda olamshumul yangiliklar qilish kabi elementlar ega yana bir asar Chingiz Aytmatovning (1928-2008) "Kassandra tamg'asi yohud Oxirzamon nishonalari" (1994) romanida ham tilga olinadi. Asarda yozuvchining falsaviy, diniy qarashlari, taraqqiyot va texnikaning insoniyat tamaddumu va ibtidosiga ta'siri kabi dolzarb qarashlari aks etadi. Asarda tabiat va ilm bir nuqtada, bir muammo ustida kesishgan. Asarda bahaybat kitlar o'zini qirg'oqqa otib o'limni qabul qilishida ramziylik bor. Bu insoniyat o'z-o'zini oxir zamonga yetaklab borayapti ma'nosida. Asar qahramoni samoviy rohib Filofey shuhratparastlik kuchi bilan qilgan ixtirosidan zavq olomaydi. Abadiyat qonuniyatlari va insoniyatning yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurashi, odamzotning qismat tanlovi kabi tushunchalar asarda falsafiy va ilmiy nuqtai nazar bilan yoritiladi. Yana bir insoniyatning DNK genlari ustida tajribalar qilish va abadiy yashovchi har qanday tabiiy va fizalogik ofatlarga chidamli suniiy odam yaratish ustida ilmiy ish olib borgan genetik olim haqida hikoya qiluvchi asar O'zbek yozuvchisi Isajon Sultonning(1967 y.t.) "Boqiy Darbadar"(2010) asaridir. Asarda DNK genlari o'zgartirilgan, boqiy yashovchi suniiy odam o'zini "yaratgan" o'zidek boshqa odamlardan shunday javobsiz savollar so'raydiki, oxir oqibatda o'zi bilan barchani qum bo'ronlari ostida qolib ketishiga sababchi bo'ladi. Odam bolasining o'z taqdiriga isyoni, o'ziga belgilanganidan ortig'iga intilishi, Yaratguvchining vazifani bajarishga urinishi, bilimning halokati aynan o'sha enlari o'zgartirilgan suniiy inson timsolida ochib beriladi. Bu asar haqida keying boblarda to'liqroq va batavsilroq to'xtalib o'tamiz.

6 Kurt Vonnegut, Slaughterhouse-Five. USA. 1998. Random House Publishing Group 288 p. 187bb

7 O'sha asar 214-bet. (Tarjima muallifdan)

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, fantastik asarlarning turli yo'nalishlarida, turli xil mavzular, ularni tahlil qilishda turli xil badiiy motivlar qo'llanilishiga qaramay, fantast yozuvchilarning hammasi insoniyatning fan texnikaga mukkasidan ketishi va tabiat bilan o'zaro bog'liqikni uzishi orqasidan keladigan xavf-xatar haqida ogohlantirishga urinishi yotadi. Jahon adabiyotinig atoqli na'munalari qatorida O'zbek yozvuchilarining asarlarida ham milliy madaniy qadriyatlarimiz, ilm-fan borasida tuganmas merosimiz bo'lgan allomalarimizning bilimlarini badiiy talqinini yaqqol ko'rishimiz mumkin. Demak ilmiy fantastikaning asosiy vazifasi — kelajakni bashorat qilib, badiiy ifodalashdan iborat desak uning asosiy tasvir usuli — fikriy eksperiment-tajribadan iborat bo'ladi deyish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mary Shelley, Penguin, 2013 г. Penguin Clothbound Classics.272-p

2. Kurt Vonnegut, Slaughterhouse-Five. USA. 1998. Random House Publishing Group 288

p.

3. Jorj Oruell: 1984,Toshkent. Nihol nashr 2021 y. 338 b

4. Oldos Haksli, Ajib yangi dunyo. Toshkent 2021. Hilol nashr. 260 b.

5. Yevgeniy Zamyatin, Biz. Toshkent. Faktor Press Info Nashriyoti. 2021yil 288 b.

6. Isajon Sulton, "Boqiy Darbadar", "Sharq yulduzi" jurnali, 2010, 6-son

7. Todorov, Tzvetan. The Fantastic: A Structural Approach to Fantasy Genre. Trans. Richard Howard. New York: Cornell University Press,1975. Print.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.