Научная статья на тему 'TALABALARNI LUG‘AT USTIDA ISHLASHGA O‘RGATISH'

TALABALARNI LUG‘AT USTIDA ISHLASHGA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘z / lug‘at / lug‘at tarkibi / leksikologiya / tarixiy asar / nutq / metodika.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raximova Altin

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni lug‘at ustida ishlash metodikasi, uning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish, talabalarning nutqini o‘stirish muhim vazifalardan biri ekanligi hamda lug‘at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, olim, shoir va muarrix boʻlgan Eshmurod oxund Al-Alaviyning “Jamshidiy tavoyifi fathi” asari misolida talabalarning lug‘atini boyitish jarayonini boshqarish haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI LUG‘AT USTIDA ISHLASHGA O‘RGATISH»

"YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

TALABALARNI LUG'AT USTIDA ISHLASHGA O'RGATISH

Raximova Altin

Urganch innovatsion universiteti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13943860

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida talabalarni lug'at ustida ishlash metodikasi, uning asosiy yo'nalishlarini o'rganish, talabalarning nutqini o'stirish muhim vazifalardan biri ekanligi hamda lug'at ustida ishlashniyaxshilash, tartibga solish, olim, shoir va muarrix bo'lgan Eshmurod oxund Al-Alaviyning "Jamshidiy tavoyifi fathi" asari misolida talabalarning lug'atini boyitish jarayonini boshqarish haqida so'z boradi.

Kalitso'zlar: so'z, lug'at, lug'at tarkibi, leksikologiya, tarixiy asar, nutq, metodika.

Annotation. This article discusses the methodology of teaching vocabulary work in higher education institutions, exploring its key directions. It emphasizes the importance of vocabulary development in enhancing students' language skills. The article further delves into strategies for improving and regulating vocabulary work, using the example of Eshmurod Okhund Al-Alaviy's work "Jamshidiy Tavoyifi Fathi," a historical, poetic, and scholarly text, to illustrate the process of enriching students' vocabulary.

Keywords: word, vocabulary, vocabulary composition, lexicology, historical text, speech, methodology.This article discusses the role of Ashmurad ibn Odina Muhammad al-Alavi, who played an important role in the historiography of the Khanate of Khiva, as a historian, the linguistic aspects of these works, and the lexical analysis of the work "The Conquest of Jamshidi Tawaifi".

Аннотация. В данной статье рассматривается методика преподавания работы со словарным запасом в высших учебных заведениях, исследуются ее основные направления. Подчеркивается важность развития лексических навыков для совершенствования речевых способностей студентов. В статье также рассматриваются стратегии улучшения и регулирования работы со словарным запасом на примере труда Эшмурода Охунда Аль-Алавий "Джамшидий Тавойфи Фатхи", исторического, поэтического и научного произведения, для иллюстрации процесса обогащения словарного запаса студентов.

Ключевые слова: слово, лексика, состав лексики, лексикология, исторический текст, речь, методика.

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida talabalarni lug'at ustida ishlashga o'rgatish metodikasi, uning asosiy yo'nalishlarini o'rganish, nutq o'stirishning muhim vazifalaridan biri ekanligi hamda lug'at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratish va asoslash, talabalarning lug'atini boyitish jarayonini boshqarish haqida so'z boradi.

Ona tilimiz-milliy ma'naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog'idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko'rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimizdir. (Sh.Mirziyoyev)

Lingvistika"— til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fandir. Maqsadi va vazifasiga ko'ra, tilshunoslikning bir nechta yo'nalishlari (sohalari) bor: Lingvisstikaning ana shunday yo'nalishlaridan biri leksikografiyadir.

U yunoncha "lexikos" - "so'z", "lug'at", "grapho" - "yozaman" degan ma'nolarni anglatadi. Leksikografiya bo'limida lug'atlar, ularni tuzish yo'llari va tamoyillari o'rganiladi.

"YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Men ushbu maqolada Eshmurod ibn Odina Muhammad al-Alaviy tarixiy asarlari leksikasi xususida to'xtalib o'tmoqchiman.

Eshmurod ibn Odina Muhammad al-Alaviy haqida mavjud mufasal ma'lumotlarni N.Toshov ishlaridan olamiz. Olim, shoir va muarrix bo'lgan bu insonning nomi va lavozimlari (al-Alaviy, maxdum, mulla, domullo, oxund) ulamolar sulolasiga mansub bo'lganini, shahzoda Rahimquli vasfidagi qasidasi maqtasidan uning Murodiy taxallusi bilan she'rlar yozgani ma'lum bo'ladi. Lekin uni "adash"i To'ramurod to'ra Murodiy1 bilan yanglishtirmaslik kerak.

Eshmurod oxund Alaviy Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Ogahiyga zamondosh inson ekani, saroyda muhim madaniy va siyosiy mavqega ega bo'lgani ayon. Uning asarlari tariximiz haqida qimmatli manba bo'lishi bilan birga tilshunoslik masalalariga ham daxldorligini aytib o'tish maqsadha muvofiq.

Eshmurod oxund Al-Alaviyning "Jamshidiy tavoyifi fathi" asarida: "Va hamul kunda ixlosnishon Mirzoxon xalifani Hirot xoni shoh Komrong'akim, bu davlatxonaning qadimiy do'stidur, elchi yo'sunida muhabbatnomalarni topshurub yibordilar" kabi parchani olaylik.

Jamshidiy tavoyifi fathi" asari leksik tarkibini tahlil qilish uchun, avvalo, asarni o'z zamonida yaratilgan asarlar bilan muqoyasa qilgan holda mutolaa qilish zarur. Shuning uchun biz asar bilan keng jamaotchilik tanish bo'lmagani bois dastlab undan bir parcha e'lon qilishni lozim topdik.

"1b Bismillohi-r-rohmani-r-rohim. Jamshidiy tavoyifi fathi. Ta'iydoti rabboniy va taqviyati subhoniy i'onati bila shahzodayi sipehrmartabati doroshavkatu faridunhashmatu iskandarjohu sulaymonjoygohu nusratpanohu zafarhamrohu nosirul millati va-d-din, mu'inidudini-l-matin, boisu-l-amni va-l-amon, shafiqi ahli-l-iymon abulfathi va-z-zafar shahzoda Rahimquli Bahodir Sulton ja'alahuullohu ta'ala muzaffaran va mansuran ila-l-inqirozi-z-zamong'a besu'ubat-u mashaqqat muyassar bo'lg'anining zikri.

Hazrati podshohi anjumsipoh, qiblatu-l-xavoqinu-l-muazzam, ka'batu-s-salotini-l-mukarram 2a iskandarnishon-u faridunmakon, dorodarbon-u sulaymonjoh-u jamshiddastgoh, nazm:

Qaysi shahkim, shahnshohi davron,

Moliki ins-u jon-u madori jahon.

Shohlar sarvar-u sarafrozi,

Shoh Allohquli Abulg'ozi.

Yuz Iskandarcha bor anga chokar,

Chokari har biri chu Iskandar.

Muftaxir qullug'ig'a xoqonlar,

Matnga e'tibor qaratsak, biz uchun notanishdek tuyulgan bir qancha so'zlar e'tiborimizni tortadi. Dargahi qullari kelib xonlar.

Yuqoridagi matnga e'tibor qaratsak, biz uchun notanishdek tuyulgan bir qancha so'zlar e'tiborimizni tortadi.

Mazkur so'zlarning ma'nosini bilish uchun talabalar tilshunoslikning leksikologiya bo'limidan ham yaxshigina xabardor bo'lishlari lozim. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zlaming nutqda ma'no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba'zi so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi, ma'no ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. Shu sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Shuning

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

uchun lug'atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning muhim sharti hisoblanadi.

Amaliy mashg'ulotlarda tashkil etishda lug'at ustida ishlashni tashkil etishda interfaol usullar va lug'atlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Ko'rinadiki, Eshmurod oxund Alaviy tarixiy asarlarining lingvistik tadqiqi tilshunosligimizdagi, lug'atshunosligimizdagi muayyan bo'shliqlarni to'ldirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O'zbekiston, 2017

2. Do'stova S.S. Laffasiyning "Tazkirai shuaro" asari va uning qiyosiy-matniy tadqiqi [Matn]: Monografiya / - Toshkent: Bookmany Print, 2023.

3. Hojiyev A. O'zbek tilida so'z yasalish tizimi. - Toshkent, 2006.

4. Hojiyev A. linO'zbek tilida so'z yasalish tizimi. - Toshkent, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.