Научная статья на тему 'JADID YOZUVCHILARINING HIKOYADA SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI'

JADID YOZUVCHILARINING HIKOYADA SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadid / hikoya / ifoda / badiiy matn / obraz / millat / xalqchillik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Safarov Xoliyor Berdiyarovich

Maqolada jadid yozuvchilarining o‘ziga xos ifoda usuli, asarlari tilining shirali, tashbehlarga boy va ta’sirchanligi, Abdulla Qodiriy zamonaviylikni targ‘ib etib, hikoyalarida yangi so‘zlarni targ‘ib etishi, Cho‘lpon hikoyalarida go‘zal tashbehlar, ichki bir zavq, entikish, Elbek asarlarida xalq og‘zaki ijodiga murojaat, umuman, davr hikoyachiligida o‘zbekona tarbiya masalalariga, milliy urf-odatlariga katta e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADID YOZUVCHILARINING HIKOYADA SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI»

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

JADID YOZUVCHILARINING HIKOYADA SO'Z QO'LLASH

MAHORATI

Safarov Xoliyor Berdiyarovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13943971

Annotatsiya. Maqolada jadid yozuvchilarining o 'ziga xos ifoda usuli, asarlari tilining shirali, tashbehlarga boy va ta'sirchanligi, Abdulla Qodiriy zamonaviylikni targ'ib etib, hikoyalarida yangi so'zlarni targ'ib etishi, Cho'lpon hikoyalarida go'zal tashbehlar, ichki bir zavq, entikish, Elbek asarlarida xalq og'zaki ijodiga murojaat, umuman, davr hikoyachiligida o'zbekona tarbiya masalalariga, milliy urf-odatlariga katta e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: jadid, hikoya, ifoda, badiiy main, obraz, millat, xalqchillik.

Abstract. The article focuses on the unique style of expression ofjadid writers, the poetry of their works, the richness and expressiveness of their language, the promotion of modernity by Abdulla Qodiriy and the promotion of new words in his stories, the beautiful sermons in the stories of Chohlpon, the inner pleasure, the enticement, the appeal to the folk oral creativity in the works of Elbek, in general, great attention is paid to the issues of Uzbekistan's upbringing, national customs in the narrative of the period.

Keywords: jadid, the story, the expression, the artistic text, the image, the nation, the nationalism.

Аннотация. В статье рассматриваются особый стиль выражения джадидских писателей, стиль языка их произведений, насыщенность и эмоциональность, Абдулла Кадирий пропагандирует современность и новые слова в своих рассказах, в рассказах Чолпон - красивые призывы, внутреннее наслаждение, прикосновение, в произведениях Эльбека - обращение к устному творчеству народа, в целом, в рассказчиках эпохи большое внимание уделяется вопросам узбекского воспитания, национальным обычаям..

Ключевые слова: характер, история, выражение, художественный текст, образ, нация, народность.

Badiiy asarning o'ziga xos muhim xususiyatlaridan biri so'zning jozibadorligidir. Badiiy matnda har bir so'z, ibora, jumla, gap ijodkor maqsadi va voqelikni go'zal tarzda ifodalashga xizmat qiladi. So'zlar odatda o'z ma'nosida, ayrim o'rinlarda ko'chma ma'nolarda keladi va o'z salmog'ini oshiradi. Ijodkor asarda qanday badiiy vositalardan foydalanmasin, ularning barchasi so'z orqali amalga oshadi. Demak, ijodkorning yutug'i so'z va uni tanlashda. Sara, qaymoq so'z sohibini yuksakka ko'taradi.

Kichik hikoyalar ustasi Anton Chexov "mayda hikoyalar yozganda so'zni ortiqcha isrof qilgandan ko'ra kerakliklarini ham mumkin qadar ozroq ishlatish kerak", deydi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, o'zbek jadid hikoyalariga xos xususiyatlardan biri fikrning til jihatdan sodda, ixcham, xalqona ruhda bayon etilishidir. Har bir yozuvchining o'ziga xos ifoda usuli asarlari tilining shirali, tashbehlarga boy va ta'sirchanligi oshirgan. Bu esa adabiyotimizda "Qodiriy tili", "Cho'lpon ta'biri" kabi iboralarning paydo bo'lishi olib keladi. Buyuk Qodiriyniing so'z qo'llash mahorati tahsinga sazovor. U o'zbekona va islomiy tarbiya masalalariga, o'zbeklarning to'y-marosimlari, kiyinish madaniyati va milliy urf-odatlariga katta e'tibor qaratgan. Adib bejizga "So'z so'ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining o'zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli, yozuvchilik — aytmoqchi bo'lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdir" [1;187], deya ta'kidlamagan.

"YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Uning o'ziga xosligi hikoyalarda tasvirlanayotgan voqeaning davrini ham qayd etib o'tadi. Bu qaydlar "Juvonboz"da "Hamal oyining o'n beshlari bo'lub, bahor avvali edi" [2;45] shaklida, "Tinch ish"da "1917 yil fevral so'nginda inqilob boshlanib, oq podshomiz taxtdan tobutga olinur" [2;116] tarzida berilgan.

Qodiriy zamonaviylikni targ'ib etadi va hikoyalarida yangi so'zlarni targ'ib etadi. Masalan, adibning ilk hikoyasi bo'lgan "Juvonboz"da tancha, madrasa, mudarris, sarkor kabi arxaik so'zlarni, samovar, pivoxona, no'mir, veksel, bonka, notarius, doverennost (vakolat), pochta, resto'ran, politsiya, taftish kabi neologizmlardan unumli foydalanilgan. Bundan tashqari, batahqiq (haqiqatan), sharia'ti islomiyat, xilofi shar'i kabi arabiy, forsiy so'z va iboralarni ham o'rinli qo'llaganki, ular asarga nafosat baxsh etadi. Qodiriyning so'z qo'llash san'atidagi yorqin jihat, nasriy qofiya - saj san'atidan unumli foylalanishidir. U barcha hikoyalarida birdek bo'y ko'rsatib turadi. Adib "Juvonboz"da qishi bilan tanchada yotib zerikkan Solihaning holati shunday tasvirlanadi: "yolg'iz o'zi do'fi tikmakda, ba'zi ashulalardan bilganicha aytmakda edi". O'g'lidan nolishlari esa "Sa'dulla tushkur na madrasada turmasa, na uyig'a kelmasa, na dadasiga xat yozub omon-esonligini bilmasa, bola bo'lub aqli kirmadi", tarzida berilgan. Juvonboz Sa'dullaning ahvoli tasviri esa yanada jonli chiqqan. "...besoqoli bilan sarf qilub, uyig'a o'n, o'n besh kunda bir kelsa kelub, kelmasa samovor va no'mirlardaRahimjonni ayshini surub yurar edi". Uning qo'liga pul tushganda kezadigan joylarini yozar ekan, "minglab pivaxona, besh yuzlab bangixona, biryuzlab nasha, ko'knorixona, elliklab xufiya qimorxona, o'ttuzlab bachalik takya, yana bundin boshqa allanimalar, choyxonalar" deya ahvolni kuchaytiradi. "Mollarni olsam, ko'p foyda qilsam" degan Raufboyning shuhrati ta'rifi esa quyidagicha: "Boylig'iga mag'rur bo'lib, o'g'li Sa'dullani karnay qo'yub, necha kun osh berub to'y qilg'an edi". Hikoya oxirida bu ishlarning oqibatini ko'rsatib, "bu dunyoda xor va oxiratda xudoning qahr-g'azabiga giriftor, Muhammad alayhissalomning oldilarida sharmisor", deydi.

"Uloqda" nihoyatda ravon, jozibodor, eng muhimi, o'n ikki yoshli o'spirin yigitcha nomidan allanechuk hayajon va ehtiros, zavq, shavq bilan hikoya qilinadi. Undagi lirizm, ichki monolog o'quvchiga ham yuqadi. Xalq maqollari ("Oyog'ing olti, qo'ling yetti bo'lib qoldiyov!"), uyushiq bo'lakli fe'llar ("Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydi, yer tepinadi, dum silkitadi..."), pichinglar ("Otingiz juda ham yo'rg'a ekan-da, boyvachcha", "Shu tobgacha tuya bo'g'izlasa ham bo'lar edi, ulog'i yaxlab qoldimi?"), bozorbop ta'riflar ("Mirza qiron bodiring! Qasir-qusir bodiring!'), saj ("Bosh yorilib, ko'z chiqqan bilan, otdan yiqilib qo'li singan bilan parvoyi falak...") asarning badiiy quvvatini oshirgan. Turg'unning bolalarcha quvonchlari, o'zini "to'racha"larga qiyoslashi, o'zgalar tomonidan "chavandoz" deb atalishi, otini "qashqacha", akasi Mahkamni esa "uloqning piri" deyishlari bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini ko'rsatadi, E'tiroflar ham shunga yarasha. Hikoyada Turg'un kiyinishda, otda yurishda, davralarda ham o'zini aslzodalarga xos tutadi. Unga uy xizmatchisining otni hozirlab berishi, toychasi taqilgan umildiriq o'n besh tanga, qamchisi kumushdan, akasi o'ragan salla shohi, to'ni beqasam ekanligi aslzodalar avlodi ekanligidan dalolat beradi. Hikoyada qo'llanilgan "Qulog'i chimirilgan ot chopqir bo'ladi", "Ot olganda tuyog'iga diqqat qil, gap tuyoqda" kabi iboralar ham adibning so'z tanlash va sinchilikda benazir ekanligidan dalolat beradi. Eng ko'p arxaik, forsiy, arabiy so'zlar "Tinch ish"da uchraydi. Ularni bittalab terib o'tirmaymiz, ammo adibning Domla Sharif Oxund tilidan shaharlarga bergan ta'rifi nihoyatda go'zalligini e'tirof etmoq kerak: Amrika - faranglarning bir tabaqasi, Ongliya - dengizlar podshosi, Faransiya -mayda-chuyda ishlarga juda ham usta bir kofir, Turkiya - yer yuzining sultoni, Girmon - g'arqi ohan (temirga boy).

"YANGI O ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Umuman, jadid hikoyachiligida tashbehlar, davr yangiliklariga nisbatan qo'llanilgan iboralar va ulardagi ichki bir zavq, entikish e'tiborni tortadi. Zamondoshlari tomonidan "o'zbek adabiyotiga yangi to'n kiygizgarí' deya e'tirof etilgan Cho'lponning "Do'xtur Muhammadiyor" hikoyasida poezd - madaniyat yo'rg'asi, paroxod - madaniyat balig'i, ustozlar - ma'naviy ota deb atalishi jadidlarning ilm-fan va madaniyatga oshnoligi, jaholatdan qutulishning yagona yo'li ham ayni shular ekanligiga dalil hisoblanadi.

"Qor qo'ynida lola" hikoyasida nafaqat sarlavha, ramziylik, badiiy tasvir ifodalari, barchasi hamohang. Undagi har bir sifatlovchi shu qadar aniqki, olam-olam ma'no tashiydi. Qizil ipdan bezalgan to'pning qochib ketishiga "aljib" sifatining berilishi, qizlarning ko'zlari "havasli, o'ynoqi" ekanligi, suvning "yasama oqish"da ketishi, bir vaqtlar boy-badavlat bo'lgan Samandar akaga "ot chiqargan", keyinchalik kasodga uchrab, eshonlarnikida "chuvalishib" qolganligini ifodalovchi iboralar, joynamozning "malla", tasbehning "qahrabo", eshonnikida zikr tushgan so'filar "yong'on", o'sha kun "qiyomat" deb ta'riflanishi, to'yda kelinning bor ashqol-dashqoli bir so'z bilan "ko'ch" atalishi, kelinni aravadan tushirib olishga chiqqan eshon "bo'shashg'on bir chol", aravaga yaqinlashishi esa "sudralib" tarzida berilishi, "- Bo'sh kelmadilar taqsirim! - Hali bellari baquvvat ekan taqsirimning!" kabi kesatiqlar, to'ydan keyingi ko'cha va hayotning "go'riston"ga, yulduzsiz kecha "eshonbobongning ko'nglidek" deya sifatlanishi adibning nuktadonligidan dalolat beradi, ta'riflar xotirada muhrlanib qoladi. "Oydin kechalar"dagi sifatlashlar yanada original. Oppoq, oydin kecha, "qizg'onchlanib", "o'ksiklanib" "hiqqi tutqon", "bilanrak", "ovrupovori yig'ishtirilg'on", "sochlari yerlarda sudralgan", "yig'lab-yig'lab ko'zlari qabarg'on", "to'lg'on-toshqon", "qarig'on, qurug'on", "qayg'ig'a tilmoch bo'lib turg'on", "tentiraklanib" kabilar misollar "Cho'lpon uslubi"ni yorqin dalilidir.

"Novvoy qiz" hikoyasida "yuz" va "ko'z" so'zlarining badiiy matndagi tovlanishlarini ko'ramiz. Birinchi qismning o'zidayoq "yuz" so'zi 6 marta qo'llanilib, so'lg'in(1), oppoq oqargan(2), jirkanchli(3), mag'rur(4), iztirob va qiynoq(5), bezbet(6) sifatida ifodalarni aks ettirgan. "Ko'z" so'zi esa 8 marta qo'llanilib, ochiq(1), so'nik(2), yirik donali ko'z yoshli(3), g'ururli(4) holatini, bir o'rinda ibora(5) - "ko'z ochib yumguncha" va uch o'rinda o'z ma'nosida kelgan. Hikoyada O'lmasboy tomonidan aytilgan "Oyim qiz" iborasi dastlab kinoya, kesatiq, masxaralarga qorishgan holda qizning juvonga aylanganini ifodalangan bo'lsa, "oyimtilla" shaklida esa qadrlilik, tegishlilikni ifodalaydi. Muallif hikoyada "Boyagi uyda, boyagi joyda, boyagi erkak boyagiday bosdi..." [3;294] shaklidagi ta'kidlardan ham samarali foydalangan.

Elbekning so'z qo'llash mahorati ham o'ziga xos. "Anorgul" hikoyasida uning xalq og'zaki ijodi ixlosmandi ekanligi namoyon bo'ladi va yor-yor, lapar, qo'shiqlardan foydalanishi, ularni "O'yin kechasi", "Yig'i kechasi", "Yuz ochiq" kabi kichik sarlavha darajasiga olib chiqishi asar badiiyatini oshirgan. Muallif aholining "To'kma", "Gap" kabi kichik marosimlarni tashkil etish orqali quvonch, g'am-tashvishlarni bo'lishishini asarga olib kira olishi xalq hayotini yaxshi bilishi, Cho'lpon ta'kidlaganidek, xalq ichida "oralashub yurub kitoblar yozuvg'a" materiallar tayyorlaganligidan darak beradi. Elbek "Dadamat" hikoyasida saj san'atidan samarali foydalangan va nasriy qofiya tabiat tasvirlari, kishilarning ahvolini ifodalashda yanada joziba kasb etgan. "Ugom daryosi ayqiradi, toshlarni bir-biriga urib ko'piradi, tepalikka yonboshlab yotg'on qishloqning etagini yuvib o'tib dong'li Chirchiqqa qo'shiladi, u bilan gangur-gungur so'zlashib yo'lda davom etadF. "Kishi bermaslikka niyat qilg'on va, mumkin bo'lsa, qarshi urushmoqqa qasd qilg'on bu turkumning qo'lida qurolyo'q eski zamondan qolg'on bir necha shoxli miltiq ila soni 2-3 ga yetmayturg'on ov miltig'ini hisobga olmaganda, qurol otig'a munosib bir narsalari yo'q edi" [4;194]. Muallif tili o'ta xalqona. "Dadamat" hikoyasidagi "Qishloqni g'ovur-g'uvur bosdi", "Qishloq xalqi iniga suv kirg'an chumolilar singari to'zg'ib

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

qoldilar" kabi tasviriy ifodalar va qabristonga berilgan "abadiy dam oluvchi xomushlar mahallasi" ta'rifi adibning so'z qo'llash mahoratidan dalolat beradi.

Jadid hikoyalari markazida turuvchi va qahramonlar ruhiyatini to'la ifoda etuvi bir so'z -ibora bor. Bu - tolesizlik. Bu so'z ko'plab hikoyalarda uchraydi. Botuning "Hoshimjon"i 2B yoshlardagi zamonaviy beqaror yigit, ammo o'zini tolesiz sanaydi. Muallif unga nisbatan "ko'ngliga dog' qo'nmagari' [5;178] iborasini kinoya tarzida qo'llaydi. Hoshimjon ko'p yerda, turli xil ishlarda bo'lgan, ammo johilligi sabab ro'shnolik ko'rmagan. 192B yilda e'lon qilingan ushbu hikoyada avtomobil, hukumat, krovat kommunist, ustal, firqa, kooperativ mudirlik, galstuk, pudra, atr kabi ko'plab neologizmlarni uchratamiz.

Mirmulla Shermuhammad hikoyalarida "devor", "qorong'iliq", "bulut", "yorug'liq", "bulbul" so'zlari o'zak vazifasini bajarib, asarning o'q ildizini tashkil etadi. "Turmush ko'runishlari" asarida devor nafaqat o'z ma'nosida, balki qahramonni o'rab turgan muhitni, erksizlikni, qorong'iliq zulmatdan tashqari, Karima kabi qizlarning ruhiyatini, bulut - boshdagi ko'lanka, tahdidlarni, yorug'liq - umidni, bulbul esa qo'rquv va umid qorishgan hayot qo'shig'ini mahzun kuylovchi qushni ifoda etadi. "Kammunizm chechaklari" hikoyasida ham qorong'ulik va bulut tasviri yetakchilik qiladi va qahramon ruhiyatini ochishda asosiy vosita hisoblanadi. "Havo qorong'ulanib keladir" yoki "Ko'k qora bulutlar bilan o'ralib olg'on" [6;39] kabi tasvirlar buning isbotidir.

Umuman olganda, XX asr boshlarida yozilgan hikoyalarda mualliflar millat ruhi va Turkiston hayotini bor bo'y-basti bilan ko'rsatdi va o'zlarining badiiy maqsadlarini turli tasvir vositalari orqali sodda, xalqchil tilda o'quvchiga yetkazib berdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Qodiriy A. Kichik asarlar. T.: G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1969. -216 b.

2. Qodiriy A. Diyori bakr. T.: Info Capital Group, 2017. - 576 b.

3. Cho'lpon. Asarlar. 2-jild. T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 1994. - 469 b.

4. Elbek. Tanlangan asarlar. T.: "Sharq" NMAK, 1999. - 2BB b.

5. Botu. Yoz kuni. T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 19B0. - 224 b.

6. Go'zal yozg'ichlar. T.: O'zdavnashr, 1925. - 113 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.